Ma’ruza mashg‘ulotlari mavzulari, mazmuni va ularga ajratilgan soatlar
№
|
Mavzular mazmuni
|
S
|
1.
|
Milliy g`oya targ`iboti texnologiyalari: predmeti, maqsadi va vazifalari
|
2
|
2.
|
Milliy g`oya targ`ibotida ijtimoiy-gumanitar fanlarning tutgan o’rni va ahamiyati
|
4
|
3.
|
Oliy ta’lim tizimida o‘qitish texnologiyasi: mazmun-mohiyati, tuzilmasi va tasnifi
|
1
|
4.
|
Milliy g`oya fanini pedagogik texnologiya asosida o’qitish nazariyasi
|
1
|
5.
|
Milliy g`oya targ`ibotini takomillshtirishning asosiy omillari. Madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyati
|
2
|
6.
|
Milliy g`oya targ`ibotinining texnologik asoslari
|
1
|
7.
|
Milliy g`oya targ`ibotinini amalga oshirishning dolzarb vazifalari.
|
1
|
8.
|
Milliy g’oya targ’ibotida zamonaviy texnologik uslublar
|
1
|
9.
|
Milliy g’oya fanini o’qitishda didaktik jarayon loyihasining interfaol usullari
|
1
|
10.
|
Milliy g`oya targ`ibotida “Jamoatchilik bilan aloqalar”
|
2
|
11.
|
Milliy g`oya targ`ibotida Ommaviy Axborot Vositalarining o’rni
|
4
|
12.
|
Milliy g`oya targ`ibotida xalq og’zaki ijodidan foydalanishning o’ziga xos usullari
|
2
|
13.
|
Milliy g’oya targ’ibotida milliy-madaniy markazlarning o’rni va roli
|
2
|
14.
|
Globallashuv jarayonida yoshlar ongiga Milliy g`oyani singdirish texnologiyalari
|
4
|
15.
|
Milliy g`oya targ`iboti texnologiyalaridan foydalanishning o’ziga xos jihatlari
|
2
|
|
Jami
|
30
|
1-MAVZU: Milliy g`oya targ`iboti texnologiyalari: predmeti, maqsadi va vazifalari (2-soat)
Reja:
1. Milliy g`oya va targ`ibot texnologiyasi tushunchasi.
2. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari.
Kishilik jamiyati, insonlar kundalik hayotida va faoliyatida doimo rivojlanib, takomillashib, yangilanib boradigan muayyan qarashlarni, maqsadli e`tiqodni ifodalovchi g`oyalarga-maqsadga tayanib ish ko`radi. Bu muayyan ijtimoiy g`oyalar, ta`limotlar orqali ham ifodalanadi. Zero, kishilik jamiyati asrlar davomida qaror topgan ma`naviy hayot dunyoqarash negizida shakllangan g`oya va mafkuraga tayanib, hayot kechirib kelmoqda. Jamiyatlar hayoti muayyan g`oya va mafkuralar bilan uzviy bog`liq holda rivojlanib kelgan. G`oya va mafkuralarning jamiyat hayotiga ta`siri ham har xil bo`lgan. Masalan, ezgu, bunyodkor g`oyalarni targ`ib etish jamiyatning rivojiga ijobiy ta`sir ko`rsatgan bo`lsa, yovuz va tajovuzkor g`oyalarni targ`ib etish esa aksincha salbiy ta`sir ko`rsatgan.
Umuman, “g`oya va mafkura” hamda u bilan bog`liq “g`oya va mafkura texnologiyalari” tushunchalarini keng ma`noga ega ekanligini hisobga olish maqsadga muvofiq. “Milliy g`oya” tushunchasi va “Milliy g`oya targ`iboti texnologiyalari” undan farq qiladi. U, faqat O`zbekiston jamiyati hayoti bilan bilan bog`liq holda uning milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog`liq negizlarini o`zida ifoda etadi. Milliy g`oya targ`iboti texnologiyalari ham O`zbekiston xalqining ezgu maqsadari va manfaatlarini ifoda etadigan g`oyani keng jamoatchilikka etkazish yo`llari, vositalari, shakl va usullarini majmuini o`z ichiga oladi.
“...Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa, avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak”2.
Dostları ilə paylaş: |