Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi. Xizmat xatlari. Tijorat yozishmalari
Soha lug'atlari. Glossariy
REJA:
Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi.
Xizmat xatlari.
3. Tijorat yozishmalari.
Xizmat yozishmalari.
Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi.
Leksikografiya lot. lexikos — so‘z, grapho — chizmoq, yozmoq so‘zlaridan olingan bo‘lib, lug‘at tuzish amaliyoti va nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslikning bo‘limidir.
Leksikografiya nazariyasining predmeti lug‘at tuzish tamoyillari va usullaridir.
Leksikografiya amaliyoti esa lug‘at tuzuvchilarning ishini tashkil etish, so'zlarni kartochkalarga tushirish, sistemaga solish va saqlash singarilarni o‘z ichiga oladi. Leksikografiya nazariyasida lug‘at turlari, so‘zlik tarkibi va so‘z maqolasining tuzilishi asosiy o‘rinni egallaydi.
lug‘atlar ikki turli boladi:
1) ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlar;
2) filologik (lingvistik) lug‘atlar.
Bu ikki turdagi lug‘atlar lug‘at birliklarining nimaga qaratilgani bilan farqlanadi. Lug‘atga kiritilayotgan birliklar barcha tushunchalarni o‘z ichiga olsa, ensiklopedik (qomusiy) lug‘at ma’lum bir tildagi so‘zlarni o‘z ichiga olsa, filologik (lingvistik) lug‘at hisoblanadi.
Ensiklopedik (qomusiy) lug‘atda turli xil tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, ilmiy tushunchalar va boshqalar o‘z ifodasini topadi. Umuman, ensiklopedik lug‘atlar ma’lum bir xalqning madaniy-ma’naviy, ilmiy-amaliy, siyosiy-iqtisodiy hayotiga doir barcha tushunchalarni qamrab oladi va bu tushunchalar unda o‘z izohini topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” ni yaratish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qildi. Ana shu qaror asosida 2000—2006-yillarda 12 jildli “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” yaratildi.
Toshkent shahrida ensiklopedik lug‘atlar va kitoblarni nashr etish bilan shug‘ullanayotgan alohida muassasa — “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tildagi so‘zlarni izohlashga qaratilgan lug‘atlar izohli lug‘at, muayyan tildagi so‘zlarning ikkinchi tilga tarjimasini berishga qaratilgan lug‘atlar esa tarjima lug‘at sanaladi.
1981-yili Moskvadagi «Pyccкий язык» nashriyotida nashr qilingan 2 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», 2006—2008-yillarda «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr qilingan va 80 ming so‘z hamda so‘z birikmasini o‘z ichiga olgan 5 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», 2001-yili Toshkentdagi «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati tomonidan nashr etilgan «O‘zbek tili faol so'zlarining izohli lug‘ati» yoki o‘zbekcha-ruscha, inglizcha-ruscha-o‘zbekcha lug‘atlar bunga misol bo‘la oladi.
Izohli lug‘atlar so'zlikning tanlanishiga ko‘ra umumiy va tarmoq lug‘atlarga bo‘linadi. Tilning barcha so‘zlarini izohlashga qaratilgan lug‘atlar umumiy izohli lug‘atlar, ma’lum bir tarmoqqa doir so‘zlarnigina tanlab, ularni bir tartibda joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lug‘atlar tarmoq lug‘at hisoblanadi. (Masalan, kasb-hunarga doir lug‘atlar, ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalar lug‘ati va boshqalar.)
Har qanday lug‘at shu lug‘atning egasi bo‘lgan xalqning katta madaniy va ma’naviy boyligi sanaladi.
Hozirgi zamon hujjatchiligida xizmat yozishmalari alohida o'rin egallaydi va juda keng miqyosda qo‘llanadigan hujjatlar oqimini o‘ziga qamrab olgan.
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil, chunki u tashkilot faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari, sohalari o'ziga xos xususiyatga ega, tartiboti mavjud. Ish yuritish ham sohaning faoliyatidan kelib chiqqan holda olib boriladi. Ular, asosan, rasmiy xarakterdaligi bilan har bir soha, yo‘nalish uchun xos bo‘lgan hujjat turlariga egaligi bilan ma’lumot-axborot, tashkiliy farmoish guruhiga mansub hujjatlardan farq qiladi. Til xususiyati jihatidan, ayniqsa, sohalarga oid so‘z va so‘z birikmalarining qo‘llanishi bilan ham o'ziga xoslikka ega. Shu o’rinda, sohaviy lug’atlar tushunchasiga to’xtalib, uning lingvistik va en-siklopedik lug’atlar bilan o’xshash va farqli jihatlarini tahlil qilamiz. Sohaviy lu-g’atlar ’’maxsus lug’atlar’’ va ’’atamalar lug’ati’’ kabi nomlar bilan ham ishla-tiladi. Xususan, M.Irisqulov o’zining ’’Tilshunoslikka kirish’’ kitobida ularni ’’maxsus lu-g’atlar’’ deb atab, ularga shunday ta’rif beradi:’’Bu lug’atlar fan va texnikaning ma’lum bir yo’nalishiga, tarmog’iga bag’ishlangan bo’lib, u ham izohli ham tarjima lug’ati bo’lishi mumkin.1’’ Ushbu izohdan ko’rinib turibdiki, sohaviy lug’atlar o’z o’rnida ikki xil turga bo’linadi. Biri bir til ichidagi ma’lum bir tarmoqqa doir so’z-larga berilgan ta’riflarni o’z ichiga olsa, ikkinchi turiga bir tildagi sohaviy ata-malarning boshqa bir yoki bir necha tillardagi tarjimasidan tashkil topgan lug’at-lar-dir. Yuqorida keltirilgan sohaviy lug’atlar birinchi turga misol bo’lsa, sohaviy tar-jima lug’atlariga B.Alixonov va S. Samolyovning ’’O’zbekcha-ruscha-inglizcha ekologik izohli lug’ati’’ misol bo’la oladi. N.Rasulova esa sohaviy lug’atlarni tar-moq lug’atlar deb atab, ularni shunday izohlaydi:’’Ma’lum bir tarmoqqa dori so’z-larnigina tanlab, ularni bir tartibda joylashtirib joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lug’atlar tarmoq lug’at hisoblanadi.2’’
Sohaviy lug’atlar ensiklopedik va lingvistik lug’atlarning kichik ko’rinishi bo’lsa-da, ulardan farqli jihatlari ham yetarlicha. Ensiklopedik lug’atlar biror bir millat orasidagi tushunchalar bo’yicha umumiy ma’lumotlarni, yoki biror bir soha-ning ichidagi barcha leksema va frazemalarning keng ko’lamli izohini keltirib o’tadi. Ensiklopedik lug’atlarda so’zlarning etimologik tahlili bilan birgalikda uning kelib chiqish tarixini, masalan, kimdir tomonidan yaratilgan bo’lsa, yaratuvchisi, yara-tilish vaqti va sharoiti haqida ham ma’lumot berib o’tadi. Sohaviy lug’atlar esa nis-batan torroq tushuncha bo’lib, odatda, katta sohalarni kichik tarmoqlarga ajratgan holda, o’sha tarmoqdagi so’zlarni ta’riflaydi. Bunda, ensiklopedik lug’atlar kabi so’z haqidagi barcha ma’lumotlarni jamlamasdan, tushunchaning o’zini izohlashga e’ti-bor qaratilgan bo’ladi.
Lingvistik izohli lug’atlar esa, o’zida leksemalarning atash ma’nosidan tash-qari, lingvistik tahlilini (qaysi so’z turkumiga tegishli ekanligi kabi), qaysi tildan ke-lib chiqqanligi, ushbu so’zdan tashkil topadigan iboralarning leksik ma’nosini, shu-ningdek, so’zlarning ko’pma’nolilik va shakldoshlik jihatlarini va so’z ishtirok etgan gaplardan namunalarni ham o’z ichiga oladi. Sohaviy lug’atlar esa soddaroq tuzil-gan bo’lib, asosiy maqsadi atamalar haqida soha vakillari va foydalanuvchilarga tu-shunarli ma’lumot yetkazishdan iborat. Quyida, ensiklopedik, lingvistik va sohaviy lug’atlarning o’xshashlik va farqli tomonlari yanada tushunarli bo’lishi uchun ’’annotatsiya’’ so’zining ushbu uch turdagi lug’atlardagi ta’riflarini keltirib o’tamiz.
’’Annotatsiya(lot.annotatio – mulohaza, qayd; eslatma) Kitob, maqola va sh.k.ning mazmuni, ahamiyati haqidagi qisqacha ma’lumot, qisqacha ta’rif. Kitob annotatsiyasi. Annotatsiya yozmoq.3’’
’’Annotatsiya(lot. annotation - qayd) – qisqacha ta’rif. Kitob, maqola, qo’l-yoz-ma mundarijasini, g’oyaviy-siyosiy yo’nalishini va b. jihatlarini ochib beradi. A.ni, kitobning o’zida, bibliografik ko’rsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi o’quvchilarda muayyan kitob, maqola, qo’lyozma to’g’-risida umumiy tasavvur tug’dirish va ularga adabiyotlar tanlashda yordam ko’r-satishdir.4’’
’’Annotatsiya – kitob, qo’llanma va shu kabilarning ahamiyati, mazmuni haqida qisqacha ma’lumot.5’’
Izlanishlar natijasi o’laroq, shuni aytishimiz mumkinki, sohaviy lug’atlar tuzish faqatgina leksikografiya sohasida foyda berib qolmay, foydalanuvchilarga turli soha va yo’nalishlarda uchraydigan atamalarni yaxshiroq tushunish uchun ham qo’l ke-ladi. Shuningdek, keltirilgan misollar orqali sohaviy lug’atlarlarning lingvistik va ensiklopedik lug’atlar bilan o’xshash va farqli jihatlari bo’yicha asosiy tushunchaga ega bo’lish mumkin.
Leksikografiya lot. lexikos — so‘z, grapho — chizmoq, yozmoq so‘zlaridan olingan bo‘lib, lug‘at tuzish amaliyoti va nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslikning bo‘limidir.
Leksikografiya nazariyasining predmeti lug‘at tuzish tamoyillari va usullaridir.
Leksikografiya amaliyoti esa lug‘at tuzuvchilarning ishini tashkil etish, so'zlarni kartochkalarga tushirish, sistemaga solish va saqlash singarilarni o‘z ichiga oladi. Leksikografiya nazariyasida lug‘at turlari, so‘zlik tarkibi va so‘z maqolasining tuzilishi asosiy o‘rinni egallaydi.
lug‘atlar ikki turli boladi:
1) ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlar;
2) filologik (lingvistik) lug‘atlar.
Bu ikki turdagi lug‘atlar lug‘at birliklarining nimaga qaratilgani bilan farqlanadi. Lug‘atga kiritilayotgan birliklar barcha tushunchalarni o‘z ichiga olsa, ensiklopedik (qomusiy) lug‘at ma’lum bir tildagi so‘zlarni o‘z ichiga olsa, filologik (lingvistik) lug‘at hisoblanadi.
Ensiklopedik (qomusiy) lug‘atda turli xil tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, ilmiy tushunchalar va boshqalar o‘z ifodasini topadi. Umuman, ensiklopedik lug‘atlar ma’lum bir xalqning madaniy-ma’naviy, ilmiy-amaliy, siyosiy-iqtisodiy hayotiga doir barcha tushunchalarni qamrab oladi va bu tushunchalar unda o‘z izohini topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” ni yaratish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qildi. Ana shu qaror asosida 2000—2006-yillarda 12 jildli “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” yaratildi.
Toshkent shahrida ensiklopedik lug‘atlar va kitoblarni nashr etish bilan shug‘ullanayotgan alohida muassasa — “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tildagi so‘zlarni izohlashga qaratilgan lug‘atlar izohli lug‘at, muayyan tildagi so‘zlarning ikkinchi tilga tarjimasini berishga qaratilgan lug‘atlar esa tarjima lug‘at sanaladi.
1981-yili Moskvadagi «Pyccкий язык» nashriyotida nashr qilingan 2 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», 2006—2008-yillarda «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr qilingan va 80 ming so‘z hamda so‘z birikmasini o‘z ichiga olgan 5 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», 2001-yili Toshkentdagi «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati tomonidan nashr etilgan «O‘zbek tili faol so'zlarining izohli lug‘ati» yoki o‘zbekcha-ruscha, inglizcha-ruscha-o‘zbekcha lug‘atlar bunga misol bo‘la oladi.
Izohli lug‘atlar so'zlikning tanlanishiga ko‘ra umumiy va tarmoq lug‘atlarga bo‘linadi. Tilning barcha so‘zlarini izohlashga qaratilgan lug‘atlar umumiy izohli lug‘atlar, ma’lum bir tarmoqqa doir so‘zlarnigina tanlab, ularni bir tartibda joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lug‘atlar tarmoq lug‘at hisoblanadi. (Masalan, kasb-hunarga doir lug‘atlar, ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalar lug‘ati va boshqalar.)
Har qanday lug‘at shu lug‘atning egasi bo‘lgan xalqning katta madaniy va ma’naviy boyligi sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |