Xalqaro valyuta operatsiyalari


Joriy xalqaro operatsiyalarga quyidagilar kiradi



Yüklə 103,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix26.12.2023
ölçüsü103,12 Kb.
#198224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xalqaro hisob kitoblar

Joriy xalqaro operatsiyalarga quyidagilar kiradi: 

tashqi savdoni, boshqa joriy faoliyatni yuritish, shu jumladan 
xizmatlar koʻrsatish (ishlar bajarish) munosabati bilan toʻlanishi 
lozim boʻlgan barcha toʻlovlar;

foizlar va boshqa daromadlar shaklida, shu jumladan bank 
omonatlari, kreditlar, lizing boʻyicha foizlar va boshqa daromadlar 
shaklida, shuningdek boshqa investitsiyalardan olinadigan sof 
daromad shaklida toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlar;

kreditni (qarzni) toʻlash davrida qarzning olingan, shartnomada 
koʻrsatilgan toʻlash davrlari soniga nisbati sifatida hisob-kitob 
qilingan qismining ikki baravaridan ortiq boʻlmagan miqdordagi 
summani toʻlash;

nosavdo tusidagi pul oʻtkazmalari.


Kapital harakati operatsiyalari jumlasiga joriy xalqaro
operatsiyalar boʻlmagan barcha xalqaro (transchegaraviy)
valyuta operatsiyalari, shu jumladan quyidagilar kiradi:

investitsiya faoliyatini amalga oshirish, jumladan rezidentlar
tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida
joylashgan oʻz filiallarini aylanma mablag’lar bilan toʻldirish;

kreditlar (qarzlar) olish va berish, lizing operatsiyalarini
amalga oshirish;

koʻchmas mol-mulkni sotib olish va sotish;

chet davlatlardan mablag’larni jalb etish hamda ularni chet
davlatlardagi hisobvaraqlar va omonatlarga joylashtirish;

intellektual mulk ob’ektlariga boʻlgan mutlaq huquqni toʻliq
olish yoki sotish.
38


Markaziy bank valyuta operatsiyalarini oʻtkazishga nisbatan:

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga,
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini
tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida;

to’lov balansining barqarorligiga tahdid mavjud boʻlgan
hollarda Xalqaro valyuta jamg’armasi bitimining Moddalari
doirasidagi majburiyatlarga rioya qilgan holda cheklovlar joriy
etishi mumkin.

Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid yuzaga kelganda Oʻzbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
Markaziy
bank
bilan
kelishgan holda valyuta operatsiyalarini oʻtkazishga doir
cheklovlar joriy etishi mumkin.

Yüklə 103,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin