Tuzuvchilar: kafedrasi mudiri, professor Nuruzova Z. A., dostent Aliev Sh. R. Taqrizchilar


Baholash turlarini o‘tkazish muddati



Yüklə 369,08 Kb.
səhifə101/103
tarix28.12.2016
ölçüsü369,08 Kb.
#3751
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
Baholash turlarini o‘tkazish muddati.

Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar-tematik rejaga muvofiq o‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‘tkaziladi. YAkuniy nazorat semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o‘tkaziladi.

Joriy va oraliq nazoratlarda saralash ballidan kam ball to‘plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.

Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o‘qishni boshlaganidan so‘ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.

Semestr yakunida fan bo‘yicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat turlarini har biri bo‘yicha saralash balidan kam ball to‘plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o‘zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. SHu muddat davomida fanni o‘zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.

Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi.

Apellyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini bildiradi.



Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o‘quv bo‘limi hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.


Yüklə 369,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin