Mavzu.Zamonaviy odam kelib chiqishiing arxeologik dalillari
Yaqindagina Janubiy Afrikadagi bir g`ordan munchoqning topilishi ramziy buyumlarni yashash bundan 77 ming yil burun, ya`ni Yevropanikidan ikki barobar oldin yasalganligini ko`rsatib berdi. Keyptaundagi Iziko muzeyi xodimi Kristofer Henshilvud va uning hamkasblari 2002 yilning boshlarida uchburchak va grozantal chiziqlar chizilgan oxra qoldiqlari topishganliklarini e`lon qilishdi. Tadqiqodchilar bunday qoldiqlarga Yevropaning so`ngi paleolit davrida uchratganliklarini ta`kidlashgan. Bundan tashqari, Alison Bruks va uning hamkasblari Zairdan 80 ming yoshli nuqtalar va chiziqlar tushurilgan suyakni topishgan. Bunday buyumlar ham Yevropaning so`ngi tosh davrida uchraydi.