Tayanch tushunchalar



Yüklə 440,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix16.08.2022
ölçüsü440,67 Kb.
#63153
  1   2   3   4   5   6   7   8
A1. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika-93-105



2.3. TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI.
Tayanch tushunchalar: metod, ta’lim metodi, ta’lim usuli, 
qoida, interfaol metod, metodika, texnoiogiya, didaktik vosita
ta’limning texnik vositalari.
Metod, usul va texnoiogiya. Ta’lim metodi tushunchasi 
anchagina murakkab dir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq 
talqini xususida munozara haLigacha davom etmoqda. Biroq bu 
tushunchaga beriladigan didaktlaming turli ta’riflariga qaramay, 
ularning 
nuqtai 
nazarlarini 
yaqinlashtiradigan 
qandaydir 
umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta’lim 
metodini о‘quvchilarning о ‘quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli
deb hisoblashga moyildir.
Shu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani 
yanada batafsil ко‘rib chiqish va uning ilmiy ta’rifiga kelishga 
harakat qilamiz.
Metod so'zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli 
deganidir. Metod - eng umumiy ma’noda - maqsadga erishish usuli
ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda 
ham o ‘qituvchining o ‘rgatuvchi 
ishi 
va u tashkil etgan 
o'quvchilaming faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi.
Г  
\
Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni 
egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalami hal etish 
bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o'quvchilaming 
o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig’indisi 
^ tushuniladi. 
^
Didaktikada, shuningdek, ta’lim usullari atamasi ham keng 
qo‘llanadi. Ta’lim usuli - ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki 
alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga 
bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga 
bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o ‘quv 
vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli 
metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu
92


metod turli o'qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi 
mumkin.

Yüklə 440,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin