Tadbirkorlikning moxiyati



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə1/5
tarix05.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#108246
  1   2   3   4   5
ILHOMJON KARIMOV


Tadbirkorlikning moxiyati.
Reja:
KIRISH



  1. Tadbirkorlik mohiyati.

  2. Tadbirkorlik turlari.

  3. Tadbirkorlar toifasi. Tadbirkorlar uyushmasi.

  4. Tadbirkorlikning tashkiliy – xuquqiy shakllari.

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon davlatimiz tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yangi ichki mahsulot ishlab chiqarishda nafaqat hal qiluvchi mavqe egallashi, balki uning aholi farovonligi va daromadlarini orttirishda, ishsizlik muammosini yechishda ham muhim omilga aylantirishga erishish yo‘lida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Amaldagi qonun hujjatlarimizga muvofiq xususiy sektorning taraqqiyotiga katta imkoniyat va shart-sharoitlar yaratilmoqda, buning natijasida sifatida tadbirkorlik faoliyati keng rivojlanmoqda.
Kurs ishining maqsadi. Bugungi kunda yurtimizda mavjud bo’lgan tadbirkorlik shakllari va ularning jamiyatda tutgan o’rnini ochib berishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari: Belgilangan maqsadga erishishda quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko’zda tutadi:

    • Tadbirkorlikning rivojlanish tarixi va mohiyatini ochib berish;

    • Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari haqida tushunchalar berish

    • Tadbirkorlik faoliyatining shakllari va ko’rinishlarini yoritib berish

    • O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlarini tushuntirishdan iborat.



1.Tadbirkorlik mohiyati.
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir.
Xo’sh, «tadbirkor», «tadbirkorlik» tushunchalari qanday mazmunga ega va nimani anglatadi?
Bu tushunchalarni hozirgi ma’nosida birinchi bo’lib XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida ingliz iqtisodchisi Ri­chard Kantilon qo’llagan edi. Uning fikricha, tadbirkor tavakkalchilik sharoitida faoliyat ko’rsatuvchi kishidir. Shu boisdan u er va mehnat omilini iqtisodiy farovonlikni belgilab beruvchi boylik manbai deb bilgan. Keyinchalik, XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida mashhur frantsuz iqtisodchisi J.B.Sey (1767-1832) «Siyosiy iqtisod risolasi» kitobida (1803y.) tadbirkorlik faoliyatini ishlab chiqarishning uch mumtoz omillari – er, kapital, mehnatning yaxlitligi deb ta’riflagan edi.
U Angliya sanoatining muvaffaqiyatini «ingliz tadbirkorlari iste’dodi» ta’minlaganligini ta’kidlagan edi. J.B.Seyning asosiy tezisida mahsulot ishlab chiqarishda tadbirkorlar asosiy faoliyat ko’rsatadi deyiladi. J.B.Sey­ning fikricha, tadbirkor olgan daromad uning mehnati, ish­lab chiqarishni tashkil etganligi, mahsulotni o’z vaqtida sotganligi uchun berilgan mukofotdir. Tadbirkor tavakkal qilib, biror-bir mahsulotni ishlab chiqarishni o’z bo’yniga oladi.
Qayd etish lozimki, iqtisodiyot fanining asoschilari tad­birkorlar shakliga kam e’tibor berganlar. Tadbirkorlar faoliyati ularning ilmiy-tadqiqot ishlarining tahlil ob’ekti bo’lmagan. Ingliz iqtisodchi olimlari A. Smit (1723-1790) va D.Rikardo (1772-1823) iqtisodiyotni o’z-o’zini muvofiqlashtiruvchi mexanizm deb qabul qilganlar. Ushbu mexanizmda ijodiy tadbirkorlikka o’rin yo’q edi. «Xalqlar boyliklarining mohiyati va sabablarini tadqiq etish» (1776y.) kito­bida A.Smit tadbirkor ta’rifiga e’tibor bergan edi. A.Smit fikricha, tadbirkor – kapital egasi. U muayyan tijorat g’oyasini amalga oshirib, daromad olish uchun tavakkalchilik bilan ish boshlaydi, chunki kapitalni biror bir ishga sarflash doimo tavakkalchilik bilan bog’liqdir. Tadbirkorlikdan olingan daromad, A.Smit fikricha, shaxsiy tavakkalchilik uchun olingan mukofot. Tadbirkor ishlab chiqarishni o’zi rejalashtiradi, tashkil etadi, ishlab chiqarish faoliyati natijalariga egalik qiladi. Bu ishlar, o’z navbatida, bozor tizimi bilan bog’liq. Shu bois A.Smit bizlarni bozor tizimining markaziy mexanizmi – raqobat mexanizmi bilan tanishtiradi. O’z manfaatini ko’zlab yurgan har bir kishi bozorda shu maqsad bilan yurgan kishilarga duch keladi. Natijada, bozordagi har bir harakat qiluvchi sub’ekt raqobatchi taklif qilgan narxlarga rozi bo’ladi. Bunday raqobatda o’xshash tovarlarga me’yordan ortiq narx qo’ygan ishlab chiqaruvchi xaridorni yo’qotishi hech gap emas.
A.Smitning qayd qilishicha, bozor jamiyat sotib olishni xohlagan va kerakli miqdordagi tovarlarni ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, A.Smit bozorning qudratli kuch ekanligini, u jamiyatni kerak bo’lgan tovarlar bilan doimo ta’minlashini va bu tizim o’z-o’zini muvofiqlashtirishini ko’rsatib berdi. A.Smit raqobat va daromad ishlariga davlatning aralashishiga qarshi edi. Uning fikricha, o’z-o’ziga qo’yib berilgan bozor tizimi rivojlanadi va bunday tizimi bor xalqning boyligi ortaveradi
XIX-XX asrlar chegaralarida tadbirkorlik institutining ahamiyati va rolini ko’pchilik anglay boshladi. Frantsuz iqtisodchisi Andre Marshall (1907-1968 yy.) birinchi bo’lib ishlab chiqarishning uchta omiliga (yer, kapital, mehnat) to’rtinchi omil – tashkillashtirish omilini qo’shdi. Shu vaqtdan boshlab tadbirkorlik tushunchasi va shu sohada olib boriladigan ishlar ko’lami kengayib bormoqda
Amerikalik iqtisodchi J.B.Klark (1847-1938) J.B.Seyning «uchlik formulasiga» bir oz o’zgartirish kiritdi. Uning fikricha, ishlab chiqarishda doim to’rt omil ishtirok etadi:
Har bir omil ishlab chiqarishdan olinayotgan o’ziga xos foydani aks ettiradi: kapitaldan kapitalist qo’shimcha foiz oladi; er renta beradi; kapitalistning ishbilarmonlik faoliyati daromad keltiradi; ishchining mehnati uni maosh bilan ta’minlaydi. Boshqacha qilib, J.B.Klark so’zi bilan aytganda: «Erkin raqobat mehnatga mehnatdan kelgan narsani beradi, kapitalist-larga kapital yaratgan narsa tegadi, tadbirkorlar muvofiqlashtirish faoliyati-dan kelgan narsani oladi». Tadbirkorlik faoliyatini u ana shunday tushungan


1.1.1-chizma. J.B.Klark taklif etgan ishlab chiqarish omillari
Mashhur amerikalik iqtisodchi Yozef Shumpeter (1883-1950) o’zining «Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» kitobida, tadbirkorni novator (yangilik bunyod qiluvchi odam) deb ta’riflagan. Olim tadbirkorlik faoliyatini kapitalistik iqtisodiyotning rivojlanishida, iqtisodiy o’sishni ta’minlashda katta rol o’ynaydigan yangiliklarni joriy etishdan iborat, deb biladi: «Funktsiyasi yangi kombinatsiyalarni joriy etishdan iborat bo’lgan xo’jalik sub’ektlarini biz tadbirkor deb ataymiz». Ushbu muammoga iqtisodiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan (1974) ingliz iqtisodchisi Fridrix Fon Xayn (1899-1984) boshqacha yondashgan. Uning fikricha, tadbirkorlik faoliyat bo’lmasdan, balki yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlab topish, hatti-harakatlarni ta’minlashdir. Olim tadbirkorlikni faoliyat emas, deb talqin etadi.
Amerikalik iqtisodchi olim Y.Shumpeter katta hissa qo’shgan. Uning fikriga ko’ra, tadbirkorlikning novatorlik xarakteri quyidagilarda aks ettiriladi:

  • bozor uchun yangi tovar ishlab chiqarish;

  • ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnologiyalarni tadbiq etish;

  • yangi sotish bozorlarini o’zlashtirish;

  • xom ashyoning yangi turlari va manbalarini topish.

Tadbirkorlikni vujudga kelishining uchinchi bosqichi tadbirkorlikning alohida shaxsiy sifatlari: iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatning o’zgarishida to’g’ri yo’l topa bilish qobiliyati, boshqaruv qarorlarini tanlash va qabul qilishda mustaqillik, boshqaruv qobiliyatlarining to’la namoyon bo’lishi bilan ta’rif-lanadi.
Tadbirkorlik nazariyasining rivojlanishidagi hozirgi bosqichni to’rtinchi bosqichga kiritish mumkin. Uning paydo bo’lishini tadbirkor harakatini tahlil qilishdagi boshqa­ruv aspektiga ko’chirilishi bilan bog’laydilar. Bu hozirgi vaqtda nazariyada tadbirkorlik muammolari tahlili ko’plab o’zaro bog’liq fanlar doirasida olib borilishini bildiradi.
Hozirgi zamon nazariy tadqiqotlarida nafaqat tadbirkorlikka ishlarni mustaqil olib borish usuli sifatida, balki firma ichidagi tadbirkorlikka yoki intraprenerlikka e’tibor qaratiladi. «Intraprener» atamasi amaliyotga ame­rikalik olim G.Pinsho tomonidan kiritilgan edi.
Intraprenerlikning paydo bo’lishi ko’pgina yirik ishlab chiqarish tuzilmalari, ularda ishlab chiqarishni tashkil qilishning tadbirkorlik shakliga o’tishi bilan bog’liq,. Tad­birkorlik ishi ijod erkinligining mavjud bo’lishini ko’zda tutganligi sababli yaxlit ishlab chiqarish birikmalarining bo’linmalari harakat qilish erkinligini oladilar, bu tad­birkorlikning asosida yotuvchi g’oyalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan intrakapitalning mavjudligini nazarda tutadi
Taniqli olimlarning olib borgan tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, tadbirkorning o’z faoliyati sohasida olib boradigan ishlari ko’p qirralidir. Bu bozor siyosatining o’zgarishi bilan yoki korxonaning ichki va tashqi omillari ta’sirida aniqlanadi. Lekin tadbirkorning asosiy maqsadi manfaat (foyda) ko’rish bilan bir qatorda, bozorda samarali faoliyat yuritishni ta’minlaydigan ishlarni amalga oshirishdir. Buning uchun tadbirkorlikni boshqarish va unga ko’mak beruvchi zamonaviy menejment usullariga asoslangan mexanizmni yaratish va undan unumli foydalanishni ta’minlash zarurdir. Bozor sharoitida tadbirkorlikni boshqarishda uning quyidagi xususiyatlarini e’tiborga olish kerak:

  • tadbirkor har doim bozordagi talab va taklifni e’tiborga olib ish ko’radi;

  • tadbirkor samaradorlikni ta’minlovchi sa’y-harakatlar qilib, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish yo’llarini qidiradi;

  • biznesning pirovard natijalariga javob beradigan shaxslar, oz biznesini erkin shart-sharoitlarda olib borishlariga etarli imkoniyatlar yaratishadi;

  • kichik korxonaning pirovard natijalari, ya’ni uning oladigan foyda yoki zarari faqat bozordagi oldi-sotdi jarayonida ma’lum bo’ladi;

  • kichik biznes bilan shug’ullanuvchi tadbirkor o’z mablag’larini harakatga solib, bozorda qanday xavf-xatarga duch kelishi yoki yakuniy natija qanday bo’lishini aniq bilmaydi.

Shunday qilib, tadbirkorlik – bu iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo’lib, uning zamirida mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g’oyasiga asoslangan, foyda olishga yo’naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyatdir.
Shaxsiy qiziqish - bu tadbirkorlikni qo'zg'atuvchi motiv, shuning uchun olingan natijalarni o'zlashtirish, daromad olish va to'plash uchun shart -sharoitlar yaratish - bu ishbilarmonlik muhitining hal qiluvchi shartidir.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimning asosiy figurasi sifatida tadbirkorni birinchi o'rganishni boshlagan R. Kantillon bo'lib, u aslida tadbirkorlik mavzularini ilmiy o'rganishga asos yaratdi va bu yo'nalishda keyingi nazariy tadqiqotlar uchun poydevor qo'ydi.
Tadbirkorlik nazariyasini yaratishda muhim o'rinni Adam Smit egalladi, u muvozanatli iqtisodiy tizim o'zini o'zi tartibga soluvchi va barqaror rivojlanishga qodir o'zini o'zi ta'minlaydigan organizmdir deb hisoblagan. Erkin raqobat bu erda tartibga solish mexanizmi bo'lib, tadbirkorlar bu raqobatning asosiy ishtirokchilari hisoblanadi.
Tadbirkorlik iqtisodiy faollikning alohida turi bo’lib, uning boshlang’ich bosqichi, odatda, fikrlash faoliyati yoki uning natijasi bilan bog’langan bo’ladi, faqat u keyin moddiy shaklni oladi.
Tadbirkorlik yangilik kiritish, tovar ishlab chiqarish faoliyatini o’zgartirish yoki korxonani (shu jumladan, ki­chik korxonani) tashkil qilish sohasida ijodkorlikning mavjudligi bilan ta’riflanadi. Tadbirkorlik faoliyatining ijodkorlik jihatlari boshqaruvning yangi tizimda ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi usullari yoki yangi texnologiyalarini tadbiq etishda o’z ifodasini topadi.
Tadbirkorning o’zi tadbirkorlik faoliyatining asosiy sub’ekti bo’ladi. Ammo tadbirkor yagona sub’ekt emas, har qanday holda u ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmatning iste’molchisi hamda har xil vaziyatlarda yordamchi yoki raqib sifatida bo’luvchi davlat bilan o’zaro hamkorlik qilishga majbur. Iste’molchi ham, davlat, ham, yollanma (ishchi) xodim ham tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari qatoriga kiradilar.
Tadbirkor va iste’molchining o’zaro munosabatlarida tad­birkor faol sub’ekt kategoriyasiga kiradi. Iste’molchi esa bunda passiv rol o’ynaydi. Bu o’zaro munosabatlarni tahlil qilishda iste’molchi tadbirkorlik jarayonining indikatori rolini bajaradi. Tadbirkor faoliyati predmetini tashkil qiluvchi barcha narsa iste’molchining ijobiy bahosiga ega bo’lgan holdagina amalga oshirilishi mumkin. Bunda iste’molchi tomonidan tovarga baho beriladi va keyin u yoki bu tovarni harid qilishga tayyorligi aniqlanadi. Tadbirkor o’z faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilishda iste’molchining kayfiyati, istagi, manfaatlarini hisobga olishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkor uchun iste’molchining manfaatlariga muvofiq harakat qilishdan boshqa iste’molchiga ta’sir qilishning yo’li yo’qdir. Ammo bu tadbirkor iste’molchining manfaatlariga muvofiq harakat qilishi kerakligini bildirmaydi. Tadbirkorning o’zi iste’molchining talabini shakllantirishi, yangi iste’mol ehtiyojlarini yaratishi (agar haridor uchun zarur bo’lgan yangi tovar yaratilsa) mumkin. Shundan kelib chiqqan holda tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilishning ikki usulini keltirish mumkin:

  • iste’molchi manfaatini aniqlash;

  • iste’molchiga yangi tovar yoki xizmatlarni «majburan qabul qildirish» usuli.

Shunday qilib, tadbirkorning asosiy maqsadi – o’z iste’molchilariga ega bo’lish yo’lida tovarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashdan iboratdir. Tadbirkor o’z iste’molchilarini shakllantirishda quyidagi asosiy omillarni hisobga olishi kerak:

  • tovarning yangiligi va uning haridor manfaatiga mos kelishi;

  • tovar yoki xizmatlarning sifati;

  • tovar yoki xizmatlarning narxi;

  • tovarning universallik darajasi;

  • tovarning tashqi ko’rinishi, uning haridor talablariga mosligi;

  • sotuvdan keyingi servis xizmatlaridan foydalanish imkoniyati;

  • tovarning qabul qilingan umumiy yoki davlat standartlariga mosligi;

  • tovar va xizmatlar reklamasining jozibaliligi, xaridor diqqatini o’ziga jalb qilishi va hokazo.

Xulosa shundan iboratki, agar ijtimoiy ishlab chiqarish nuqtai nazaridan tadbirkor faol sub’ekt rolida bo’lsa, unda tadbirkorlik jarayonining o’zi, uning samaradordigi va mazmuni nuqtai nazaridan iste’molchi faol rol o’ynaydi va tadbirkor bu omilni inkor eta olmaydi.
Tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, imkoniyatlari va ishga doir sifatlari tadbirkorlikning hapakatlantiruvchi kuchi bo’ladi. Tadbirkorning ishga doir sifat­lari quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:

  • birinchidan, bozorning tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini tahlil qilish yo’li bilan iqtisodiy xo’jalik tizimida o’z o’rnini topish;

  • ikkinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga tayyorlik qobiliyati;

  • chinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan holda, dastlabki tadbirkorlik hisob-kitoblarini amalga oshirish;

  • to’rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlik-ni to’g’ri yo’lga quyish qobiliyati;

  • beshinchidan, yangi texnik, texnologik g’oyani birinchi bo’lib hayotga tadbiq etish hamda ushbu g’oyadan amalda foydala­nish, undan qanday yakuniy natija, mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini tasavvur qila olish.

Tadbirkorning ushbu ishbilarmonlik tamoyillari uning ijodkorligiga asoslanadi. Aynan ana shu ijodkorlik Y.Shumpeter fikriga asosan, tadbirkorga boshqalar e’tibor qilmagan va bilmagan ishlarga e’tibor qilib, faoliyat yuritish imkonini beradi.
Ijodkorlik tadbirkorni ta’riflashda asosiy mezon bo’ladi, ammo u har xil shakllarda namoyon bo’lishi mumkin. Tad­birkor boshqa ijodkor kishilar tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar, topilmalardan qanday qilib samarali foy­dalanish mumkinligini biladi. Shu bilan birga u bu yangiliklardan haridorning qiziqishini uyg’otuvchi yangi, ajoyib narsa ishlab chiqarish sohasida foydalanish yo’llarini topa oladi.
Ammo kashfiyot va yangilik faqat tovar turining yangi tarkibiy qismini yaratishda emas, balki tovar ishlab chiqarishni yangilash jarayoniga jalb qilishni talab qilmaydigan oddiyroq shakllarda ham namoyon bo’ladi. Masalan, u tovar o’ramining yangilanishi, an’anaviy tovarga yangi xususiyatlar va sifatlar berish ko’rinishida namoyon bo’lishi mumkin.
Tadbirkor faoliyatining boshqa tomonlarida ham kashfiyotchilik elementlarini qo’llash mumkin. Masalan, u ish­lab chiqarishning, mahsulotni sotishni boshqarishning yangi shakllarini topadi, sheriklik munosabatlarini o’rnatadi, ishlab chiqarishning yangi texnologiyalaridan foydalanadi.
Tadbirkorlikning yana bir muhim xususiyati ishlab chiqarish jarayonida yangi g’oyalarning amalga oshirilishi bozor tomonidan qanday qabul qilinishini oldindan ko’ra bilish qobiliyatida namoyon bo’ladi. Shu jihatdan qaraganda, yangilikni bozorda tadbiq etish va iste’molchining javobini bitta jarayonga birlashtira olish tadbirkor muvaffaqiyatining garovidir.
Ko’pgina tadqiqotchilar jamiyatda tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilar soni ko’payib borayotganligini ta’kidlaydilar. Ma’lumotlarga ko’ra, mustaqil faoliyat yurituvchi aholining 8-10% qismi tadbirkorlik bilan shug’ullanishi mumkin. Tadbirkorlik har qanday boshqa kasb kabi ishbilarmonlik sifatlarini talab qiladi.
Tadbirkor kishidan, avvalo, o’ziga va o’zining qobiliyatiga ishonish talab qilinadi. O’ziga, o’z kuchiga ishonmaydigan inson nafaqat tadbirkorlikka, balki har qanday sohada ham ishni oxirigacha olib borishga qodir emas.
Tadbirkorning muvaffaqiyatini belgilovchi keyingi shart – agressivlikdir. Bunda gap, birinchidan, tadbirkorga nimadadir birinchilikka ega bo’lishlik ishonchini beruvchi, ikkinchidan, tadbirkorning aniq maqsadga qaratilgan hapakatlarni bajarishida tashabbusni tortib olishga harakat qiluvchi agressivlik haqida ketayapti. Shunday qilib, bu o’rindagi agressivlik amalda g’oyalar, loyiha va tashabbusni tortib olish va uni tez amalga oshirishni bildiradi. Bunday agressivlik atrofdagilarga (hammadan oldin raqiblarga) to’g’ridan-to’g’ri zarar keltirmaydi, u bevosita zarar keltirishi mumkin (agar birov qandaydir tovarni ishlab chiqarishda tashabbusni o’z qo’liga olsa, boshqa kishi bunday tovarni ishlab chiqara olmaydi, demak, tovar ishlab chiqarish bo’yicha tashabbusni birinchi bo’lib boshlagan tadbirkorning harakati u mo’ljallagan daromadni olishiga imkon bermaydi).

Tadbirkorlik – (ingl. enterprise) shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o‘z nomidan, o‘z mulkiy mas’uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn. entrepreneur) qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo‘jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog‘ozlar bilan ish olib borish bilan shug‘ullanishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyati - bu xo`jalik faoliyatining (ishlab chiqarish yoki savdo) asosiy turidir. Bu faoliyat turi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, o`z nomidan va uning xavf-xatariga doimiy asosda, ular tadbirkorlar dеb aniqlanadi. Bu faoliyat davlat xuquqiy normalariga rioya qiladi va o`z faoliyati uchun mulkiy javobgarlikni, hamda bozor xo`jaligining alohida sub'еktlarini rеsurs va kapitallarni eng yaxshi ishlatish yo`li bilan ko`zlangan natijaga еrishishni ko`zlaydi. Bu tushunchani hamma tashkil etuvchilarini ko`rib chiqamiz. Tadbirkorlik alohida faoliyat turi sifatida bu faoliyat sub'еktlarida ma'lum bir fikrlash doirasi, o`zga xo`jalik xulqi va stilini taqazo etadi. Tadbirkorlik faoliyatining eng muhim vazifasi individual tadbirkor faoliyatini yoki firmaning samarali ishlashini ta'minlashdan iborat. Bu esa yangi sharoit va yangiliklarni, hamda xilma-xil manbalarda qo`yilgan vazifalarni hal etish uchun rеsurslardan foydalanishni ko`zlaydi. Tadbirkorlik mustaqil faoliyat sifatida bu faoliyat sub'еktlarini turli yo`nalishlarda erkinligini va mustaqilligini taqazo etadi. Masalan, tadbirkorlik faoliyatini tur va sohalarini tanlash, faoliyatning usul va yo`nalishlarini tanlash, xo`jalik qarorlarini qabul qilish va ularni amalga oshirish vositalari ishlab chiqarish dasturini tuzish, moliyalashtirish manbalarini, mahsulot еtkazuvchilar, mеhnat rеsurslari olish manbalarini tanlash. Mеhnat haqini va tizimini hamda yo`llanma bo`yicha ishlaydigan shaxslarning daromad turlarini bеlgilash, mahsulot va xizmatlarga ta'rif va baholar pog`onasini bеlgilash tadbirkorlik faoliyatining soliq va boshqa majburiy to`lovlardan qoladigan foyda (daromad)dan foydalanish, tadbirkorlik xo`jalik foliyati sifatida shaxsiy tadbirkorlik yoki firma faoliyatini sohasi va turidan qat'iy nazar xo`jalik jarayonini tashkil etish va boshqarishni taqazo etadi. Tadbirkorlik faoliyati yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.


Tadbirkorlar o`z ishini o`z foydasi yoki firma foydasi uchun tashkil etadi. Shuning uchun tadbirkorlik faoliyatiga eng kuchli motivatsiyalar xosdir. Yuqori tеxnologiyali sohalarda shaxsiy ish odatda konkrеt ilmiy-tеxnik fikrlar bilan bog`langan bo`ladi. Chunki tadbirkorlar mahsulot yaratish tеxnologiyasini yaxshi tushunishadi. Tadbirkorlik 2 yoki 3 ta bitim asosida emas, balki davomiy tarzda amalga oshiriladi. Bu еrda gap tizimli, stabil tashkillashtirilgan xo`jalik faoliyatini yakuniy natija sifatida kеyingi rivojlanishni maqsad qilib olishida kеtyapti. Bu esa foyda o`sishi va moliyaviy muammolarni hamda tashkiliy kamchiliklarni omadli hal etish, firmaning muqobil rivojini va samarali faoliyatini ta'minlovchi tеxnologik rеsurs va boshqa imkoniyatlarini toppish, konvеrtsion omadga erishishga yo`naltirilgan foyda va tadbirkorlik daromadi olish bilan bog`liq. Tadbirkorlikning sof foydasini ko`p qismi shaxsiy istе'molga emas, balki kеyingi xo`jalik faoliyatining samaraliroq yo`nalishlarini rivojlanishga yo`naltiriladi. Tadbirkorlik faoliyati kapitalni eng yaxshi tarzda ishlatishga yo`naltirilgan: shaxsiy va boshqa mulk hamda moliyaviy, matеrial, tеxnik va mеhnat rеsurslari. Tadbirkorlar mulk xo`jaligi foydalanuvchi va boshqaruvchisi sifatida chiqadi. Bu esa mulk sub'еkti sifatida uning xarakatlarini qamrab oladi, ya'ni uning davriy qaytarilishidagi rеal jarayonini amalga oshirish uchun zarur, ya'ni:


- erkin va mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish imkoni, ya'ni egalikni uning haqiqiy ko`rinishida amalga oshirish;
- ishlab chiqarishning barcha ishtirokchilarini va faoliyatining barcha turlarini muvofiqlashtirish;
- ishlab chiqarish va sub'еktni tashkillashtirish, pul mablag`lari xarajati mulkning arеndaga olinishi va bеrilishi bilan bog`liq.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin