So'z birikmasini



Yüklə 78,84 Kb.
səhifə1/5
tarix05.06.2023
ölçüsü78,84 Kb.
#125498
  1   2   3   4   5
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA SO\'Z BIRIKMASINI O\'RGATISH METODIKASI


BOSHLANG'ICH SINFLARDA "SO'Z BIRIKMASINI" O'RGATISH METODIKASI
REJA:
1. Boshlang’ich sinfda so’zning morfemik tarkibini o’rganishning metodik ahamiyati
2. 3-sinf ona tili darslarida so’z yasalishi ustida ishlash
3. 3-sinf ona tili darslarida so`z tarkibini o’rganishda dars samaradorligini oshirish
Davlatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardayoq yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalash ishiga alohida e’tibor bilan qarab kelmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh yo`nalishi – davlat, jamiyat va oila oldidagi mas’uliyatni anglab yetadigan, mustaqil firlay oladigan, o`z fikr mulohazalarini himoya qiladigan ozod shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir.1
Maktabda grammatik materialni o’rganish amaliy yo’nalishga ega bo’lgani va birinchi navbatda, o’quvchilarning nutqiy va aqliy rivojlanishiga xizmat qilgani uchun, bir til kategoriyasining boshqasiga tobeligini va bir-birini taqozo qilishini tushunish bilan birga, o’quvchilarning bu haqdagi bilimlaridan amaliy vazifalarni hal qilishda, ya’ni so’zlarni yozish, gap tuzish, so’zni tahlil qilishda foydalanishga o’rgatish ham muhimdir.
O’qituvchi tilni o’rgatish vazifalarini hisobga olib, doimo o’quvchilarning nutqiy tajrbasiga suyanadi va til kategoriyalarining bog’liqligi haqidagi bilimlarni tajribaga tatbiq etish jarayoniga yo’naltiradi. Bilim komponentlari o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash bilimni tajribaga, o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqiga tatbiq etish imkonini beradi.
Ona tilini o’rganish jarayonida bilimlarning izchilligi qanday ta’minlanadi? Avvalo, maktab dasturi lingvistik materialni o’rganishda yangi o’rganiladigan materialning ilgari o’rganilganlar bilan ilmiy asoslangan bog’lanishini aniqlashga imkon beradigan izchillikni ko’zda tutadi.
O’qituvchi bu bog’lanishning mohiyatini metodik jihatdan aniq ko’z oldiga keltirishi zarur. O’zaro bog’liq bo’lgan til hodisalarini ketma-ket va parallel o’rganish mumkin. Bularning qaysi biridan foydalanish ma’qulroq degan masala ko’proq materialning lingvistik mohiyatidan kelib chiqib hal qilinadi. Masalan, kishilik olmoshlari fe’ldan oldin o’rganiladi, bu fe’lning shaxs-sonda tuslanishini kishilik olmoshlariga bog’lab o’rganish imkonini beradi. O’qituvchi yangi o’rganiladigan materialni ilgari o’rganilganlar bilan bog’laydi. Buning uchun til tushunchalarini taqqoslaydi va bir-biriga qarama-qarshi qo’yadi. Masalan, so’z o’zgartuvchi qo’shimchalarni o’rganishda ular so’z yasovchi qo’shimchalar bilan taqqoslanadi (so’z yasovchi qo’shimcha yangi so’z hosil qilish uchun xizmat qilsa, so’z o’zgartuvchi qo’shimcha so’zning shaklini o’zgartirish uchun, ya’ni gapda so’zlarni bog’lash uchun xizmat qilishi aniqlanadi).
O’quvchilar tahlil tartibini bilib olishlari uchun o’qituvchi bu tartibga rioya qilib so’zga xarakteristika berishning qulayligini tushuntiradi.
So’z turkumiga ko’ra tahlil og’zaki va yozma tarzda o’tkaziladi: uni mustaqil mashq sifatida topshirish ham mumkin. To’liq bo’lmagan morfologik tahlildan xilma-xil grammatik vazifalarni bajarish maqsadida yangi mavzu bilan tanishtirish bosqichida ham, uni mustahkamlash bosqichida ham foydalaniladi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ona tili o’qitishga katta ahamiyat berila boshlandi. Bunda 1989 yil 21 oktyabrda «O’zbek tiliga Davlat tili maqomini berish haqida”gi qaror alohida o’rin tutadi.
Ta’lim sohasidagi bu o’zgarishlar ona tili o’qitish metodikasida ham bir qator imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Bu yangiliklardan ko’plari maktablarda amaliyotga tatbiq qilinmoqda, ba’zilari hozircha sinovdan o’tkazilmoqda.
SHunday qilib, fan sifatida ona tili o’qitish metodikasining o’z predmeti, vazifasi, nazariy va ilmiy sohasi bo’lib, bir qator fanlar o’rtasida uning ma’lum o’rni bor. Bu fan ham boshqa fanlar kabi rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda.
Keyinchalik 1931 yil 5-sentyabrda qabul qilingan “Boshlang’ich va o’rta maktab haqida”gi, 1932 yil 25-avgust qabul qilingan «Boshlang’ich va o’rta maktab o’quv dasturlari rejimi haqida»gi qarorlar yuqoridagi kabi yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilishda va o’quv mashg’ulotlari tizimini ishlab chiqishda maktabga va o’qituvchilarga yordam berdi. O’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishda maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi sharti − o’quvchini shaxs sifatida muvaffaqiyatli kamol toptirishdir. Quyidagi ko’rsatilgan omillar tilni o’rgatish bilan bog’liq holda o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish usulini belgilaydi:
Mustaqillgimizning dastlabki yillaridanoq butun mamalakat miqyosida talim tarbiya, ilm -fan, kasb hunar o`rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshlandi.Busiz jamiyatimizning biror bir sohasini o`zgartirishga erishib bo`lmaydi.2
1. Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ) vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan, boshlang’ich sinflarda
tilni o’rgatishning yetakchi yo’nalishi o’quvchilar tomonidan tilning aloqa vazifasini bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi.
2. Til bilan tafakkur uzviy bog’liq bo’lib, tafakkur so’z vositasida yuzaga chiqadi. Til tafakkurnipg mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o’zicha yashamaydi.
Maktabda tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, so’z yasalishi)ni o’zaro bog’liq holda o’rganish ona tilini o’rgatishdagi yetakchi tamoyil bo’lib, uni amalga oshirish o’quvchilarning tilni murakkab, rivojlanuvchan, o’zaro bog’langan muhim tomonlarga ega bo’lgan hodisa sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o’zaro bog’langan qismlardan tuzilishini tushunishga zamin hozirlaydi.
Maktab tajribasi va maxsus tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, yuqorida qayd etilgan dastlabki qoidalarni o’quv jarayonida amalga oshirishda ijtimoiy hodisa sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini to’g’ri tanlash, asosiy til hodisalarini va turlarini tushuntirishda o’qituvchining tutgan metodologik yo’lining aniqligi, o’quvchilar fikrlashini faollashtirish, til nazariyasini o’rgatishga asos bo’ladigan til materialining yuqori sifatli bo’lishi kabi dalillar hal qiluvchi ta’sir etadi. SHubhasiz, har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan holda bo’lmaydi. Aksincha, ularning bir-biriga to’g’ri, maqsadga muvofiq ta’siri ijobiy natija beradi.
Tilning rivojlanishi, ayrim so’zlarning ma’nolari haqidagi bilimni boshlang’ich sinf o’quvchilari ot, sifat, son, fe’lni o’rganish jarayonida asta-sekin bilib oladilar. Bu o’rinda «So’zning tarkibi» bo’limi katta imkoniyatga ega. O’quvchilar bu bo’lim materiallarini o’rganish jarayonida tilimizning yangi so’zlar bilan boyib borishi haqidagi muhim manbalar bilan, so’z yasalishi bilan tanishadilar. Ma’lumki, ko’pgina yangi so’zlar tilda mavjud bo’lgan so’zlar zaminida yaratiladi, tilda bor qoliplar kabi yasaladi: limon tipida limonzor, suvchi tipida bo’zchi kabi. Tilda yangi so’zning paydo bo’lishi o’zidan keyin bir xil o’zakli so’zlar guruhining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi: ishli, ishsiz, ishchi kabi.
Boshlang’ich sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus o’rganilmaydi. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog’liq holda rivojlanadigan hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratish muhim ahamiyatga ega. Tilning leksik tomoni boshqalariga nisbatan xarakatchan, tez rivojlanadigan bo’lgani uchun, til leksikasi misolida boshlang’ich sinf o’quvchilari saviyasiga mos ravishda jamiyatning rivojlanishi bilan bog’liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi. Tilning leksik tarkibida yuz berayotgan o’zgarishlar yuzasidan o’qituvchi va o’quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi tasavvurini shakllantirishga mos mate­rial beradi.
Tildan bilim berishda o’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir. O’qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo’lgan daliliy materiallarni yig’ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Til­ga oid bilimni o’rganish natijasida o’quvchilar nutq faoliyatining sifati o’zgaradi, ongliligi ortadi.
O’tgan asrning 50-70-yillari mobaynida boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi sohasida anchagina qo’llanmalar yaratildi. Bu yillarda ona tili o’qitish metodikasi fan sifatida rivojlana boshladi, umumiy pedagogik, didaktik va psixologik xarakterdagi ilmiy tekshirishlarning natijalari ona tili o’qitish metodikasini takomillashtirish va yangi metodika yaratishga imkon berdi.
1955 yildan boshlab pedagogika institutlari qoshida boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari tayyorlaydigan fakultetlar ochila boshlandi.
Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his-kechinmalarni ifodalashda muhim o’rin tutadi. Til jamiyat a’zolarining bir-biri bilan o’zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, ta’sirchan ifodalanadi. Demak, kishilarning o’zaro munosabati, his-tuyg’ulari, kechinma va holatlari til vositasida aniqlanadi. Maktabda ona tilini chuqur o’rganish zarurati tilning bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi.
K.D.Ushinskiy boshlang’ich maktab o’quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan.
Ona tili boshqa fanlarni o’qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o’rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg’otishda ham alohida o’rin tutadi.
Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o’qigan bola o’zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab boradi, muomala madaniyatini egallaydi.
Ona tili boshlang’ich sinflarda asosiy o’rinni egallar ekan, har bir o’quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalab borish zarur.
Boshlang’ich sinflarnig ona tili dasturi ikki qismdan iborat:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida”gi 203-sonli qarorida umumiy o’rta ta’lim ikki bosqichdan iborat qilib belgilandi:
1. Boshlang’ich ta’lim.
2. Umumiy o’rta ta’lim.
Respublikamizda uРmumiy o’rta ta’limning standarti yaratildi. Unda boshlang’ich bosqich va umumiy o’rta ta’lim nihoyasida o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berildi.
Hozirda o’quvchilarga bilim berish, bilimlarni oshirishda mustaqil ishlarni uyushtirish, bilimlarni hisobga olish kabi metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqilmoqda, texnik vositalardan unumli foydalanish, grammatik ta’limiy o’yinlarni joriy etish keng tus olmoqda, ta’lim jarayonida test topshiriqlaridan, turli boshqotirma va jadvallardan keng foydalangan holda mashg’ulotlar uyushtirilmoqda.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, ona tili o’quv fani sifatida shakllanib, rivojlanishning murakkab yo’lini bosib o’tmoqda.
Dialektik tafakkur keng ma’noda hodisalarning boshqa hodisalar va jarayonlarga bog’liqligini hisobga olib, ularni har tomonlama mavjud belgilari yig’indisi bilan rivojlanishda ko’rish ko’nikmasini ta’riflaydi. Tafakkurning bunday sifati o’quvchilarda asta-sekin shakllana boradi va o’z navbatida, ular kuzatish jarayonida dalillarni topish, ularni tahlil qilish va o’rganiladigan hodisalarning ayrim tomonlari o’zaro bog’liqligini aniqlash, taqqoslash va umumlashtirish ko’nikmasini egallab boradilar. Keyingi yillarda o’quvchilarning o’quv faoliyati tobora izlanish xarakteriga ega bo’lmoqda. Tilni o’rganishda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ayrim qoida va aniqliklarni yodlab olish emas, balki atrofdagi hayotni kuzatish asosida o’quvchilarning o’zlari «topgan» yoki adabiy manbalardan tayyor olingan til materialini maqsadga muvofiq analiz va sintez qilish yetakchi hisoblanadi.
Ona tilini o’rganish jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish masalasini hal qilishda maktab­da ona tilini o’rgatishga asos bo’ladigan material alohida qimmatga ega. Materialning haqiqiy tomoni, uning g’oyaviy yo’nalishi va badiiy ifodaliligi o’quvchilarning fikrlash faoliyatiga, his-tuyg’ulariga ta’sir etadi, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi, o’quvchilarning umumiy taraqqiyoti darajasini o’stiradi va ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Keyigi yillarda maktab ona tili darsliklari va o’qituvchilar uchun nashr qilingan qo’llanmalar materiali mazmuniga qo’yilgan talablar anchagina ortdi. Materialning asosiy me’zoni matn va alohida gaplarning bilimni boyituvchi qimmati, leksik-uslubiy aniqligi, mavzu jihatdan xilma-xilligi, hayotning turli tomonlari bilan bog’lanishi, matnlarning g’oyaviy-mavzuviy yo’naltirilganligi, kichik yoshdagi o’quvchilarga mosligidir.
SHunday qilib, tilni o’rganish jarayonida kichik yoshdagi o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga o’qituvchining metodologik yondashuvi, o’quvchilar o’zlashtiradigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib boruvchi til haqidagi bilimlar majmuasi, o’quvchilar o’rganib oladigan bilish usuli, tilni o’rganishga asos bo’ladigan materialning bilim berishdagi, g’oyaviy-siyosiy va badiiy qimmati hal qiluvchi ta’sir ko’rsatar ekan.
O’quvchilarda dunyoqarash asoslarini shakllantirish ko’p qirrali jarayon bo’lib, u maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan o’quv-tarbiyaviy ishlarning barcha tizimida hal qilinadi.
So’z, so’z birikmasi va gap grammatik tomondan ko’pgina xususiyatlarga ega. So’zning o’z morfemik qurilishi, o’zining so’z yasalish turi, biror grammatik kategoriyasi (shaxs, son, egalik, kelishik va boshq.), ma’lum sintaktik vazifasi bor. So’z birikmasi ham so’z kabi so’z o’zgarishi (ko’proq ergash so’z o’zgaradi) shakllariga ega. Gap o’z qurilishiga ko’ra so’zdan sifat jihatdan farqlanadi: so’z o’zi alohida kelganda mustaqil ma’no anglatmaydigan morfemalardan tuziladi, gapni tashkil etuvchi qismlar esa gapdan tashqarida ham mustaqil leksik ma’no bildiradi, gap tarkibida esa uning ma’nosi yana oydinlashadi. Gap va so’z birikmasi “qurilish materiali” sifatida xilma-xil tuzilgan so’zdan foydalanadi. Gap uchun qator sintaktik xususiyatlar, shuningdek, tugallangan ohang ham xarakterlidir.
SHunday qilib, tilning har bir jihatining o’ziga xos xususiyatini ko’rib chiqishning o’zi ularning o’zaro munosabatini, bir-biriga o’tishining murakkabligini ta’kidlaydi. Tilshunoslik fani bo’limlari o’rtasidagi munosabatlar ham shunga o’xshash murakkabdir.
So’z uchun muqarrar morfemik tarkibi xarakterli bo’lib, bunga so’zning leksik ma’nosi va qator grammatik belgilari bog’liq bo’ladi. Yangi so’z qaysi usul bilan yasalmasin, u doim grammatik shakllanadi va o’zining leksik ma’nosiga ega bo’ladi. Har bir so’z turkumida so’z yasalishining xarakterli xususiyatlari mavjud. So’zning morfemik tarkibi va yangi so’z yasalish usullari tilshunoslik fanining so’z yasalishi bo’limida, grammatika va leksikologiyadan ajratilmagan holda o’rganiladi.
O’quvchilar tilni ularda til birliklariga, xususan, ularning asosiylari bo’lgan so’z, morfema, so’z birikmasi, gapga lingvistik munosabatni parallel shakllantirish bilan birga ongli o’zlashtiradilar. So’zga lingvistik munosabat so’zni tovush-harf tomonidan tahlil qilib, uning tovush va grafik tomoni o’rtasidagi bog’lanishini aniqlash, so’zni morfemik tahlil qilish va so’zga leksik ma’no berishda morfemaning o’rnini tushunish; so’zni gram­matik tahlil qilish va shu so’zning muayyan so’z turkumiga oid ekani bilan uning grammatik belgilari o’zaro bog’liqligini tushunish ko’nikmasining shakllanishiga qarab o’sib boradi.
Masalan, III sinf o’quvchilari gapdagi so’z birikmalarini topadilar, ammo u so’z birikmasidagi so’zlar o’zaro qanday, ya’ni nimalar yordamida bog’langanini tushuntira olmaydilar. IV sinf o’quvchilari gapdagi so’z birikmasini topadilar va so’z birikmasi tarkibidagi so’zlar o’zaro so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar (kelishik, shaxs-son qo’shimchalari) yoki ohang yordamida bog’langanini tushuntiradilar, ya’ni bog’lanish grammatik vositalar bilan ifodalanishini ko’rsatadilar. Bu so’z birikmasi tarkibidagi so’zlarning bog’lanish mohiyatini elementar darajada tushunish bo’lib, uni yuqori sinflarda chuqurroq (so’z birik­masi tarkibidagi so’zlarning bog’lanish turlari, bosh va ergash so’zning xususiyatlarini) tushunadilar.
Ta`lim sohasidagi ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz Fransiyadagi dunyoning eng yaxshi 5 ta biznes maktabi qatoriga kiradigan “Inssad” [alqoro biznes maktabining 2012 yilgi innovatsiyalarning global indeksi” maruzasida bayon etilgan ma`lumotlarni keltirish o`rinli deb o`ylayman. Ta`lim tizimini rivojlantirish bo`yicha esa O`zbekiston dunyoning 141 mamlakati orasida ikkinchi o`rinnni band etgan. 3
O’qituvchi o’quvchilarda so’zga, so’z birikmasi va gapga lingvistik munosabatni ta’lim jarayonida maqsadga muvofiq o’stirib boradi, xususan, o’rganiladigan kategoriyani o’quvchi tushunib olishiga g’amxo’rlik qiladi.

Morfemalarning qo’shilishi bir-biriga ta’sir qiladi, bun­dan tashqari, ko’pgina o’zak va so’z yasovchi qo’shimchalar ko’p ma’noli. SHunga qaramay, ko’p so’zlarning leksik ma’nosini uning mor­femik tarkibiga qarab aniqlash qiyin, bu maqsadda so’zni morfemalarga ajratishdan foydalanishga to’g’ri keladi.


O’quvchilar so’zning morfemik tarkibini va so’z yasalishini o’rganishlariga qarab, so’zni morfemalarga ajratishdan ongli foydalana boshlaydilar. Ular yasama so’zlarning leksik ma’nosini so’zlarning semantik o’xshashligiga qarab bilib oladilar.
So’zning leksik ma’nosini aniqlash maqsadida uni morfemalarga ajratish til haqidagi fanda o’zining nazariy asosiga ega.
Morfema – so’zning eng kichik, bo’linmaydigan ma’noli qismi. Morfema ikki turga bo’linadi:
1. O’zak morfema – so’zda albatta qatnashadigan va leksik ma’no anglatadigan morfema.
2. Affiksal morfema – mustaqil holda leksik ma’no anglatmay, so’zning leksik va grammatik ma’nolari shakllanishi uchun xizmat qiladigan morfema. Masalan, gullarni, gulla so’zlaridagi gul – o’zak morfema, -lar, -ni, -la affiksal morfema­dir.
Affikslar (qo’shimchalar) ikki turga bo’linadi:
1. So’z yasovchi qo’shimchalar. Ular so’zning leksik ma’nosini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Masalan, bog’bon, paxtakor, gulzor, ishchi so’zlaridagi -bon, -kor, -zor, -chi so’z yasovchi affikslardir.
2. SHakl yasovchi qo’shimchalar. Bu qo’shimchalar so’zlarni grammatik jihatdan shakllantirib, turli grammatik ma’nolarni ifodalaydi. Masalan, maktablarimizni so’zida -lar, -imiz, -ni shakl yasovchi qo’shimchalar bo’lib, -lar ko’plik ma’nosini, -imiz egalikning I shaxs ko’plik ma’nosini, -ni tushum kelishigi ma’nosini ifodalaydi.
So’zlarning morfemik tarkibi ustida ishlashning ahamiyati va shunga mos ravishda o’qituvchining vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. So’zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o’quvchilar so’zning leksik ma’nosini aniqlashning asosiy usullaridan birini bilib oladilar. Bunda o’qituvchining vazifasi o’quvchilar so’zlarning leksik ma’nosi va morfemik tarkibi bir-biriga bog’liqligini bilib olishi uchun eng qulay sharoit yaratish, shu asosda ularning lug’atiga aniqlik kiritishga maqsadga muvofiq rahbarlik qilish hisoblanadi.
2. So’z yasalishi haqidagi elementar bilim ham o’quvchilarning tilimizning yangi so’zlar bilan boyishining asosiy manbasini tushunishlari uchun muhimdir. Yangi so’z tilda mavjud bo’lgan morfemalardan, ma’lum usul va modellar asosida vujudga keladi (yasaladi). So’z yasalishini kuzatish o’quvchilarda so’zga faol munosabatni shakllantirishga ijobiy ta’sir etadi, tilning rivojlanish qonuniyatlarini tushunishga olib keladi.
3. So’z yasalishi asoslari bilan tanishish o’quvchilar lug’atini atrof-muhit haqidagi bilimlar bilan boyitishga imkon beradi. Predmet, jarayon, voqea-hodisalar haqidagi tushunchalar so’z bi­lan ifodalanadi. So’zlar o’rtasidagi ma’no va tuzilish jihatidan bog’lanishni belgilash o’zaro munosabatda bo’lgan tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishga tayanadi (masalan, traktor va traktorchi so’zlari o’zaro munosabatda bo’lgan tushunchalar, shu tufayli ma’­no va tuzilishiga ko’ra bog’langan). O’quvchilar so’zlarning ma’no va tuzilishiga ko’ra o’zaro munosabatini haqiqatan bilsalar, atrof-muhitda mavjud bo’lgan predmetlar, jarayonlar, voqealar o’rtasidagi bog’lanishni chuqur tasavvur etadilar, biladilar.
4. So’zda morfemaning ahamiyatini anglash, shuningdek, qo’shimchalarning semantik ma’nosini bilish o’quvchilarda nutqning aniq shakllanishiga ta’sir etadi. O’qituvchining vazifasi o’quvchilarning so’zning leksik ma’nosini tushunibgina qolmay, kontekstda aniq qo’shimchali so’zlardan ongli foydalanishlarini ham o’rgatish hisoblanadi.
5. So’zning morfemik tarkibini o’rganish imloviy malakalarni shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Fonetik tamoyil yangi o’zbek imlosining yetakchi tamoyili bo’lib, bunga binoan so’zlar va ularning tarkibiy qismi (o’zak va qo’shimchalar) ko’proq talaffuziga muvofiq yoziladi. O’zak va qo’shimchalarni to’g’ri yozish malakasini nazariy asosda shakllantirish fonetik, so’z yasalishiga oid, grammatik bilimlarni maqsadga muvofiq tatbiq etishni talab qiladi. SHuning uchun so’zning morfemik tarkibini o’rganishning muhim vazifalaridan biri o’zak va qo’shimchalarni to’g’ri yozish malakasini shakllantirish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar asosini yaratish hisoblanadi.
6. So’zning morfemik tarkibini o’rganish o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirishda, xususan, til birligi sifatida so’zni ongli bilib olish uchun zarur bo’lgan maxsus aqliy ko’nikmalarni shakllantirishda ham ahamiyatli. O’qituvchining vazifasi ta’lim jarayonida bilimni o’zlashtirish bilan o’quvchilarda aqliy faoliyatni o’stiradigan, analiz, taqqoslash ko’nikmalarini shakllantiradigan sharoit yaratish hisoblanadi.
Boshlang’ich sinflar ona tili dasturiga muvofiq so’zning morfemik tarkibi III sinfda o’rganiladi. IV sinfda so’z turkumlarini o’rganish bilan bog’liq holda so’zning tarkibi haqidagi bilimlarni takomillashtirish ko’zda tutiladi.
Avvalo, til materialini o’rganish tizimi nimaligini aniqlab olish zarur.
Til materialini o’rganish tizimi deganda aniq, ilmiy asoslangan izchillikdagi va o’zaro bog’lanishdagi bilimlar yig’indisini o’zlashtirishni ta’minlaydigan maqsadga qaratilgan jarayon, shuningdek, shu asosda amaliy ko’nikmalarni shakllantirish tushuniladi. So’zning morfemik tarkibiga tatbiq qilganda, tizim so’z yasalishiga oid va grammatik bilimlarni o’zlashtirish: a) dastur materialini o’rganish tizimida so’zning morfe­mik tarkibini o’rganishning o’rni bilan; 2) “o’zak”, “o’zakdosh so’z”, “so’z yasovchi qo’shimcha”, “shakl yasovchi qo’shimcha” tushunchalari ustida ishlashdagi izchillik bilan; 3) so’zning morfemik tarkibi va so’z yasalishining o’zaro bir-biriga ta’sir qilishi bi­lan; 4) morfemalarni to’g’ri yozish malakasini shakllantirish us­tida ishlash bilan bog’liqligini belgilab beradi.
Mavzuni o’rganishda to’rt bosqich ajratiladi:
BIRINCHI BOSQICH – so’z yasalishini o’rganishga tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichning vazifasi – o’quvchilarni bir xil o’zakli so’zlarning ma’no va tuzilishiga ko’ra bog’lanishini tushunishga tayyorlash. Bunday vazifaning qo’yilishiga sabab, birinchidan, so’zning ma’no va tuzilishi jihatidan bog’lanishini tushunish, o’zining lingvistik mohiyatiga ko’ra, bir xil o’zakli so’zlarni va so’z yasalishini o’zlashtirishga asos hisoblanadi. Haqiqatan ham, yasalgan va yasashga asos bo’lgan so’zlar bir-biri bilan ma’no va tuzilishi jihatidan bog’lanadi: ish – ishchi, g’alla – g’allakor. Ikkinchidan, o’quvchilar bir xil o’zakli so’zlarni va morfemalarni o’rganishda qiyinchiliklarga duch keladilar: ular bir xil o’zakli so’zlarnnng ma’nolaridagi umumiylikni tushunishda qiynaladilar, chunki ularda mavhum tafakkur hali yetarli rivojlanmagan bo’ladi; o’zak, so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalarning vazifalarini o’zlashtirishda ularga bir xil o’zakli so’zlarning ma’no va tuzilishi jihatidan o’xshashligi va farqini aniqlash anchagina qiyinlik qiladi. SHuning uchun so’zning morfemik tarkibini maxsus o’rganishdan oldin uning ma’no va tarkibiga ko’ra yaqinligi kuzatiladi.
I sinfda kuzatish o’rganiladigan materialning mazmuni va ayrim so’zlarning ma’nosini, yozilishini tushuntirish bilan uzviy bog’lanadi. I sinfda kim?, nima? So’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni o’rganish jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning “Nima uchun u yoki bu narsa shunday nomlangan?” savoliga birgalikda javob topishi ularni bir xil o’zakli so’zlar o’rtasidagi munosabatni tushunishga tayyorlashda anchagina mos va qiziqarli usul hisoblanadi. Bu savolga javob topish bilan o’quvchilar “Nega so’zlar o’zakdosh hisoblanadi?”, “Bir so’zdan boshqa so’z qanday hosil bo’ldi?” savollariga javob berishga tayyorlanadilar.
Tilda juda ko’p so’zlar shaxs va narsaning nomi hisoblanadi. SHuning uchun o’quvchilar bilan nega shaxs yoki narsa shunday nomlanganini aniqlashdan asta-sekin tildagi bir so’z bilan ikkinchi so’z o’rtasidagi bog’lanishni aniqlashga o’tish mumkin. Masalan, “Nega kishilar paxta ko’p ekilgan joyni paxtazor (paxtapaxtazor), daraxt ko’p ekilgan joyni daraxtzor (daraxt – daraxtzor) deb nomlashgan?”, “Nega kishilar bir uyni g’ishtli (g’isht – g’ishtli), boshqasini sinchli deyishadi?”
O’quvchilar predmet yoki predmet belgisining nomlanish sababini aniqlashdan so’zlarning ma’nosi va tarkibidagi umumiylikni topishga o’rganadilar. Bularning hammasi o’quvchilarni bir xil o’zakli so’zlarning yasalishi mohiyatini tushunishga tayyorlaydi; ular bir so’z boshqa so’zdan o’zaro ma’no jihatdan bog’lanishi asosida yasalishini, o’z navbatida, shu so’z bilan nomlangan tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishga asoslanishini tushuna boshlaydilar. O’quvchilar so’zning yangi so’z hosil qilishga yordam beradigan qismini bilib olgan sari ularda so’z yasalishi haqidagi tasavvur chuqurlasha boradi.
IKKINCHI BOSQICH – bir xil o’zakli so’zlarning xususiyatlari va barcha morfemalarning mohiyati bilan tanishtirish. Bu bosqichning asosiy o’quv vazifasi – so’zlarning ma’noli qismlari sifatida o’zak, so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalar bilan tanishtirish, “o’zakdosh so’zlar” tushunchasini shakllantirish, bir xil o’zakli so’zlarda o’zakning bir xil yozilishini kuzatish hisoblanadi.
“O’zakdosh so’zlar” tushunchasini shakllantirish ularning ikki muhim belgisini, ya’ni mazmuniy umumiylikni (ma’nosida qandaydir umumiylik borligini) va tuzilishiga ko’ra umumiylikni (umumiy o’zak mavjudligini) o’zlashtirish bilan bog’lana­di. SHuning uchun bu belgilarni o’quvchilar o’zlashtirishiga ta’lim jarayonida sharoit yaratish lozim. Bu o’quvchilarda bir xil o’zakli so’zlarning lug’aviy ma’nolari bilan morfemik tarkibi o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash ko’nikmasini rivojlantiradi. Masalan, o’quvchilar gul, gulzor, gulli (ko’ylak), gulladi so’zlarini taqqoslaydilar, bu to’rt so’z ma’nosiga ko’ra o’xshashligini va bir xil umumiy qismga ega ekanini, shuning uchun bularni bitta o’zakdosh so’zlar guruhiga kiritish mumkinligini aniqlaydilar.
Bir xil o’zakli so’zlarning ma’nolaridagi umumiylik o’zakning umumiyligi tufayli vujudga keladi, ularni bir guruhga birlashtiradi; qo’shimchalar esa so’zning ma’nosiga o’ziga xos ma’no qo’shadi; ularni bir-biridan farqlaydi. Bir xil o’zakli so’zlar ustida bunday ishlash usuli o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi, ular diqqatini so’zning umumiylikka asoslangan aniq belgilariga jalb qilish imkonini beradi. Masalan, o’qituvchi kombayn rasmini ko’rsatadi va «Kombaynni boshqaradigan kishi nima deb nomlanadi?» savolini beradi. Javob xattaxtaga yoziladi: kombayn – kombaynchi. Tushunchalarni taqqoslab kuzatish quyidagi aniq til materialini yaratish imkonini beradi, uni tahlil qilish jarayonida bir xil o’zakli so’zlarning xususiyatlari haqida xulosa chiqariladi: Avval so’zlarni ma’no va tarkibiga ko’ra taqqoslash asosida “o’zakdosh so’zlar” atamasi beriladi, keyin o’zakdosh so’zlarning umumiy qismi o’zak deyilishi, o’zakdosh so’zlarni, boshqacha qilib, bir xil o’zakli so’zlar (ya’ni o’zakdosh so’zlar) deb nomlanishi ham tushuntiriladi.
O’quvchilarda bir xil o’zakli so’zlarni ikki muhim belgisiga ko’ra aniqlash ko’nikmasini o’stirish uchun o’zakdosh so’zlar yaqin ma’noli – sinonim so’zlar bilan, shakli o’xshash bo’lgan so’zlar bilan taqqoslanadi. Masalan, o’quvchilar baxtli – baxtsiz o’zakdosh so’zlari bilan baxtli saodatli sinonim so’zlarini taqqoslab, o’zakdosh so’zlar ham, sinonim so’zlar ham yaqin ma’no bildirishini (o’xshash tomonini), o’zakdosh so’zlarda umumiy qism (baxt) mavjud bo’lib, sinonim so’zlarda bunday umumiy qism yo’qligini (farqli tomonini) aniqlaydilar, ular bog’ – bog’bon o’zakdosh so’zlari bilan suv – suva so’zlarini taqqoslab, quyidagi xulosaga keladilar: bog’ – bog’bon o’zakdosh so’zlar hisoblanadi, chunki bular yaqin ma’noli va umumiy qismi bor; suv suva so’zlari shakli tomonidangina o’xshaydi, ammo butunlay boshqa ma’noni bildiradi. Bunday mashqlar o’quvchilarni o’zakdosh so’zlarni yaqin ma’noli sinonim so’zlardan, bir-biriga o’x­shash bo’lgan so’zlardan farqlashga o’rgatadi.
Bir xil o’zakli so’zlar turli so’z turkumiga oid bo’ladi. SHuning uchun bir xil o’zakli so’zlarni o’rganishning bu bosqichida o’quvchilar diqqati o’zakdosh so’zlar shaxs, narsa, uning harakati va belgisini bildirishiga qaratiladi. SHu maqsadda turli so’z turkumiga oid bir xil o’zakli so’zlar mavjud bo’lgan matnni tahlil qilib, o’zakdosh so’zlarni aniqlash, shuningdek, kim?, nima?, qanday?, nima qiladi? so’roqlariga javob bo’ladigan bir xil o’zakli so’zlar tanlash mashqlaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Bunda so’zlarni ma’nosi va tarkibiga ko’ra taqqoslab, o’xshash va farqli tomonlarini aniqlash shart. O’quvchilar u yoki bu so’z nima uchun o’zakdosh ekanini isbotlaganlarida, ularning ikki muhim belgisini aytsinlar. Masalan, gul, gulladi, gulli, guldor, gulzor o’zakdosh so’zlar hisoblanadi, chunki bularda umumiy qism – gul mavjud, bu so’zlar yaqin ma’noni bildiryapti.
Bir xil o’zakli so’zlarni o’rganish jarayonida o’quvchilar o’zakning har vaqt bir xil yozilishini kuzatadilar. Bunday kuzatish o’zakda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar bo’lgan so’zlarni anglab, to’g’ri yozishga asos bo’ladi.
Bir xil o’zakli so’zlar bilan tanishish jarayonida o’quvchilarda so’zning ma’noli qismi bo’lgan morfemalar (o’zak, so’z yasovchi, shakl yasovchilar) haqida boshlang’ich tasavvur hosil bo’ladi. Buning uchun so’z yasashga oid vazifa topshirish maqsadga muvofiq. Bu vazifani bajarishda o’quvchilar morfemalardan foydalanib bir xil o’zakli so’zlar guruhini hosil qiladilar va morfemalarning o’rni hamda vazifasi haqida tasavvur hosil qiladilar. Masalan, o’qituvchi gul so’zini yozish va unga gul ko’p ekilgan joyni bildiradigan o’zakdosh so’z tanlashni topshiradi. O’quvchilar gul, gulzor so’zlarini yozadilar. Gulzor so’zini hosil qilish uchun -zor qismi qo’shilgani aniqlanadi. O’qituvchi “Gul parvarish qilish bilan shug’ullanadigan kishini nima deb nomlaymiz?” savolini beradi. O’quvchilar gulchi so’zini aytadilar; bu so’z gul so’ziga -chi qismini qo’shish bilan hosil qilingani (yasalgani) aniqlanadi. So’zlardagi -zor, -chi qismlarining ahamiyatini taqqoslash asosida boshlang’ich bilimlar umumlashtiriladi, so’z yasovchi qo’shimcha atamasi beriladi.
SHakl yasovchi qo’shimcha bilan elementar tanishtirish uchun daftar va daftarlar so’zlarini ma’no va shakl tomondan taqqoslash topshiriladi. Suhbat asosida o’quvchilar ma’noning o’zgarmaganini, shakli o’zgarganini (-lar qo’shilganini) aniqlaydilar.
Ta’limning bu bosqichida o’quvchilarning morfema haqidagi bilimlari yetarli emas, ularni bu tushunchalar bilan amaliy mashqlarni bajarish jarayonida endigina tanishtirilyapti. SHuning uchun o’qituvchi tarkibi va yasalish usuli o’quvchilarning yosh xususiyatiga mos bo’lgan so’zlarni tanlaydi, bu so’zlarni analiz va sintez qilishni boshqaradi, so’zlarning leksik ma’nosi bilan morfemik tarkibi o’rtasidagi bog’lanishni o’quvchilarning bilib olishlariga doimiy g’amxo’rlik qiladi.
UCHINCHI BOSQICH – o’zak, so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalarning xususiyatlari hamda tildagi ahamiyatini o’rganish metodikasi. Bu bosqichning o’quv vazifasiga “o’zak”, “so’z yasovchi qo’shimcha”, “shakl yasovchi qo’shimcha” tushunchalarini shakllantirish, so’zning leksik ma’nosi bilan morfemik tarkibi o’rtasidagi bog’lanish haqidagi tasavvurlarni o’stirish, o’zakda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshli so’zlarni to’g’ri yozish malakasini shakllantirish, nutqda so’z yasovchi qo’shimchasi bor so’zlarni ongli ishlatish ko’nikmasini o’stirish kiradi.
Bu bosqichning vazifasi bir-biri bilan ma’lum bog’lanishda hal qilinadi. Masalan, so’zda har bir morfemaning ahamiyatini o’zlashtirish asosida o’quvchilar so’zning leksik ma’nosi bilan uning morfemik tarkibi o’rtasidagi bog’lanishni bilib oladilar. Barcha vazifalar bilan uzviy bog’liq holda, so’zlarning morfemik tarkibini hisobga olib, ulardan nutqda mumkin qadar aniq va ongli foydalanish vazifasi ham bajariladi.
O’zakni o’rganishning xususiyatlari. “O’zak” tushunchasini shakllantirishda o’quvchilar o’zak o’zakdosh so’zlarning umumiy qismi ekani va u barcha bir xil o’zakli so’zlarning ma’nosidagi umumiylikni o’z ichiga olishi bilan tanishtiriladi.
O’zakdosh so’zlarni tahlil qilish bilan o’quvchilar so’zning qaysi qismi shu so’zlardan o’zakdosh so’zlar hosil qilayotganini tushuntirishga (bunda ular o’zakni ajratadilar), qaysi qismi har xil ma’noli so’zlar hosil qilayotganini tushuntirishga (bun­da ular so’z yasovchi qo’shimchalarni ajratadilar) o’rgatiladi. Bunday vazifalarni to’g’ri bajarish natijasida o’quvchilar o’zak va so’z yasovchi qo’shimchaning so’zning leksik ma’nosini hosil qilishdagi rolini elementar tarzda bo’lsa ham tushunadilar, shuningdek, o’zak o’zakdosh so’zlarga asos bo’ladigan qism ekanini bilib oladilar.
O’zak ustida ishlash bu bilan tugamaydi, balki boshqa morfemalarni maxsus o’rganishga ajratilgan darslar mazmuni bilan va keyinroq so’z turkumlari o’rganilganda, so’z yasashga doir mashqlar bilan ham uzviy bog’lanadi.
So’z yasovchi qo’shimchalar ustida ishlash. Bu morfemani o’rganishning asosiy vazifasi o’quvchilarni so’zda so’z yasovchi qo’shimchaning ahamiyati bilan tanishtirish va shu asosda so’z yasovchi qo’shimchali so’zdan o’z nutqida ongli foydalanish ko’nikmasini o’stirish hisoblanadi. O’quvchilar so’z yasovchi qo’shimcha yordamida yangi leksik ma’noli so’z yasash mumkinligini tushunishi muhim ahamiyatga ega.
So’z yasovchi qo’shimchalar ustida ishlash ba’zi so’z yasovchi qo’shimchaning ma’nosini va yasama so’zning grammatik belgilarini aniqlash bilan birga olib boriladi. So’z yasovchi qo’shimchaning ma’nosini tushuntirish uning so’z yasashdagi ahamiyatini o’quvchilar anglashiga imkon beradi, ularning diqqat-e’tibori so’z yasovchi qo’shimcha yordamida yangi leksik ma’noli so’z yasalishiga qaratiladi. Masalan: ish – ishchi, ishli, ishchan, ishla).
Yasalgan so’z qaysi so’z turkumiga kirishini aniqlash so’z yasovchi qo’shimcha yordamida har xil so’z turkumiga oid so’zlar yasash mumkinligi haqidagi tasavvurni chuqurlashtiradi.
So’z yasovchi qo’shimchani ongli o’zlashtirish uchun quyidagi mashqlar guruhidan foydalanish yaxshi natija beradi:

Yüklə 78,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin