O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha. Baholash masalasi elektron pochta yoki telefon orqali muhokama qilinmaydi. Baholash faqat universitet hududida, belgilangan xona va belgilangan vaqtda hamda dars davomida (JN) amalga oshiriladi.
Nazoratlarga puxta tayyorgarlik ko‘rib kelish va etarli ball to‘plamagan holda takroriy nazoratlarni belgilangan muddatlarda topshirish;
Nazorat paytlarida ko‘chirmachilik (plagiat) qilmaslik va ushbu holat ro‘y berganda nazoratdan chetlashtirilishini e’tiborda tutish;
Ko‘yilgan balga e’tirozi bo‘lsa, ball e’lon qilingandan keyin bir kun mobaynida o‘qituvchi, kafedra mudiri yoki dekanga (yakuniy nazoratlar bo‘yicha apelyasiya komissiyasiga) murojaat qilish;
Dars paytida va undan tashqarida o‘qituvchi va boshqalarga nisbatan odob-axloq doirasida hurmat bilan munosabatda bo‘lish.