S. D. Rizayeva Chirchiq 2022


Pythonning o'ziga xosligi



Yüklə 51,62 Kb.
səhifə3/4
tarix07.04.2023
ölçüsü51,62 Kb.
#94258
1   2   3   4
Ergashaliyev Numonjon python

1.2.Pythonning o'ziga xosligi
Oddiy, o'rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta'minot.
Dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani
boshqarishni hisobgaolish shart emas.Ko'plab platformalarda hech qanday o'zgartirishlarsiz ishlay oladi.
Interpretatsiya(Интерпретируемый) qilinadigan til.
Kengayishga (Расширяемый) moyil til. Agar dasturni biror joyini tezroq 
ishlashini xoxlasak shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyinshu qismni python kodi orqali ishga tushirsa(chaqirsa) bo'ladi.
Juda ham ko'p xilma-xil kutubxonalarga ega.
 xml/html fayllar bilan ishlash
http so`rovlari bilan ishlash 
GUI(grafik interfeys)
Web ssenariy tuzish
FTP bilan ishlash
Rasmli audio video fayllar bilan ishlash
Robot texnikada
Matematik va ilmiy hisoblashlarni programmalash
Pythonni katta proyektlarda ishlatish mumkin. Chunki, uni chegarasi yo`q,
imkoniyati yuqori. Shuningdek, u sodda va universalligi bilan programmalash
tillari orasida eng yaxshisidir.

1.3 Python dasturlash tilini o`rnatish.


Agar siz biror GNU/Linux distributivini ishlatayotgan bo'lsangiz ko'p xollarda
sizning tizimingizda python o'rnatilgan bo'ladi. Buni tekshirib ko'rish uchun
terminalingizdan quyidagi buyruqni ishga tushirib ko'ring. python -V
Agar sizda Python 3.4.3 yozuvi yoki shunga o'xshash yozuv hosil bo'lsa unda
hammasi joyida.
Windows operatsion tizimiga o'rnatish uchun www.python.org/downloads
web sahifasiga o'tamiz va u yerdan oxirgi python versiyasini yuklab olamiz.
Pythonni o'rnatish odatiy dasturlarni o'rnatish kabi kechadi. Hech qanday qiyin joyi yo'q.
2.BOB. Pythonda fayllar bilan ishlash.
Binar faylar.

1.1.Fayllar bilan ishlash
Pythonda turli xil fayl turlari bilan ishlash imkoniyati mavjud bo’lib, shartli ravishda ularni ikki turga bo'lish mumkin: matn va binar fayllar. Matn fayllari, masalan, kengaytmasi cvs, txt, html, umuman, matn shaklida ma'lumot saqlaydigan barcha fayllarlarni o’z ichiga oladi. Binar fayllar tasvirlar, audio va video fayllar va boshqalardan iborat. Fayl turiga qarab u bilan ishlash biroz farq qilishi mumkin. Fayllar bilan ishlaganda, quyidagi tartibdagi operatsiyalar ketma-ketligini amalga oshirish talab etiladi: 1. open() metodi yordamida faylni ochiladi; 2. read() metodi yordamida faylni o'qish yoki write() metodi yordamida faylga yozish amalga oshiriladi; 3. close() metodi faylni yopadi.




1

Open(file,mode)

Fayllarni ochish va yopish Fayllar bilan ishlash uchun avval faylni open() metodi yordamida ochish zarur. open() metodidan quyidagi ko’rinishda foydalaniladi:

Funksiyaning birinchi parametri faylning yo'lini ifodalaydi. Fayl yo'li absolyut bo'lishi mumkin, ya'ni disk harfidan boshlanadi, masalan, C: //qandaydirpapka/somefile.txt. Yoki nisbiy bo'lishi mumkin, masalan, qandaydirpapka/ somefile.txt - bu holda, fayl Python ishlaydigan skript joylashgan katologda hosil qilinadi. Ikkinchi argument mode - bu faylni ochish rejimi bo`lib, fayl bilan qanday ish bajarilishiga qarab, 4 turdagi fayllar bilan ishlash rejimidan birini qo’llash mumkin:


r (Read) - Fayl o'qish uchun ochadi. Fayl topilmasa, FileNotFoundError xatolik qaytaradi;
w (Write). Fayl yozish uchun ochadi. Agar fayl yo'q bo'lsa, u hosil bo'ladi. Bunday fayl allaqachon mavjud bo'lsa, u yangidan yaratiladi va shunga mos ravishda eski ma'lumotlar o'chiriladi.
a (Append). Faylni qayta yozish uchun fayl ochiladi. Agar fayl yo'q bo'lsa, u hosil bo'ladi. Bunday fayl allaqachon mavjud bo'lsa, ma'lumotlar oxiridan yozish davom ettiriladi.
b (Binary). Binar fayllar bilan ishlash uchun foydalaniladi. w va r kabi rejimlar kombinatsiyasi bilan birgalikda ishlatiladi. Fayl bilan ishlashni tugatgandan so'ng uni close() metodi bilan yopish kerak bo’ladi. Ushbu metod fayl bilan bog'liq barcha resurslarni bo`shatadi. Misol uchun, "salom.txt" matnli faylini yozish uchun ochamiz:

1

Mening faylm=open(“salom.txt”.”w”)

2

Mening faylim.close()

Faylni ochishda yoki u bilan ishlashda turli xil istisno holatlarga duch kelish mumkin, masalan, unga ruxsat yo'q bo’lishi mumkin. Bunday holatlarda, dastur ishlash jarayonida xatolik yuz beradi va dastur bajarilishi close() metodi chaqirilishiga yetib bormaydi va shunga muvofiq fayl yopilmaydi. Bu kabi holatlarni oldini olish uchun istisnolardan foydalaniladi:



1

try:

2

somefile = open("salom.txt", "w")

3

try:

4

somefile.write("Salom olam")

5


Yüklə 51,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin