Yelpig’ichsimon usulidagi shar uzatishda raketkaning ichki tarafini yuqoriga
yo’naltirib ushlagan qo’l yarim doira hosil qiladi. Aksariyat hollarda sharga zarba
berish raketka ko’tarilayotganida, kamdan-kam hollarda raketka harakatining yuqori
nuqtasiga beriladi. Sharni to’qnashish paytiga qarab shar yuqoriga, yon tomonga va
pastga aylantiriladi. Bunday shar uzatish osiyocha raketka ushlashni qo’llovchi
sportchilar tomonidan kamdan-kam qo’llaniladi.
Bu uzatishni o’ziga xosligi shuki zarba raketkaning ochiq tarafi bilan amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: