Respublika ilmiy-amaliy konferensiya 244 A. Oripovning “sohibqiron” dramasida temur obrazi andaqulova Kimyoxon Rashid qizi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix18.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#132127
  1   2   3   4


Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
 
244 
A.ORIPOVNING “SOHIBQIRON” DRAMASIDA TEMUR OBRAZI 
 
Andaqulova Kimyoxon Rashid qizi – Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika 
instituti o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi 
Ilmiy rahbar: K.Tashanov Nukus DPI O‘zbek adabiyoti 
kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi 
 
Annotatsiya: Maqolada Amir Temur timsolining badiiy adabiyotda yaratilish 
tarixiga nazar solinib, A.Oripov “Sohibqiron” she’riy dramasida buyuk hukmdor 
siymosining yoritilishi, uning ma’naviy-insoniy qiyofasining tasviri, oddiy 
insonlarga, farzand va nabiralariga mehri va g‘amxo‘rligi bilan birga qattiqqo‘lligi, 
adolatparvarligi aks etgan sahnalar misolida shoir mahorati tahlil etiladi.
Kalit so‘zlar: shaxs, obraz, tarixiy, adabiy, insoniy, diniy, voqea, tashbeh. 
G‘arb tadqiqotchisi L.Keren Sohibqironning davlat siyosati haqida yozar ekan: 
“Amir Temur adolatni nihoyatda yaxshi ko‘rardi, shu sababli ham uning saltanatida 
birorta inson behuda ranjitilmagan, zulm ko‘rmagan. U ilm-fanni ham, ilm ahlini ham 
hurmat qilar, eng ezgu maqsadi esa butun saltanatida madaniyat va san’atning gullab-
yashnashiga erishish edi. Uning oliyjanobligi bisyor va bisyor hollarda namoyon 
bo‘lmishkim, alar haqinda so‘ylab o‘tirishning o‘rni emasdir”,- deb ta’kidlagan edi [2.5.].
Sharq mamlakatlari hayotida katta iz qoldirgan Amir Temur shaxsi oradan necha 
asr o‘tgan bo‘lsa-da, beto‘xtov bahslarga sabab bo‘lgan. Shu boisdan bo‘lsa kerak, 
Temur shaxsi va obrazi to‘g‘risida turli tarixiy va adabiy asarlar yaratilgan. L.Keren 
“Amir Temur saltanati” asarida: “Bizga ma’lum bo‘lgan Sharafiddin Ali Yazdiy va Ibn 
Arabshohning asarlari, Volterning “Tarix haqida esselar”idan biri Amir Temurga 
bag‘ishlangan. Volterdan o‘rnak olgan italyan, ispan va ingliz dramaturglari pesalar 
yaratganlar. Tabiiyki, ularning sifati ancha past edi. Vivaldi esa bugunga kelib butunlay 
unut bo‘lib ketgan opera yaratgan. Gyote o‘zining “G‘arb-u Sharq devoni”ga kirgan 
poemalarida Amir Temurni ko‘p tilga oladi, qiziqarli izohlarda hatto o‘zining 
Sohibqiron haqida alohida asar yozish niyati borligini ham ma’lum qiladi. O‘zidan 
oldingi tadqiqotchilarning aldamchi tahlillaridan ko‘ra qator ilk manbalardan 
foydalangan Jan Oben aniq dalillarga asoslanib yozilgan ikki maqolasida 
Sohibqironning kuchli va murakkab obrazini yaratdi, lekin Temur shaxsi va 
faoliyatining sir-u asrorini ochib berilmaganiga amin bo‘lamiz”,- deb yozgan edi [2.13.]. 
Abdulla Oripovning “Sohibqiron” she’riy dramasida shavkatli Temur obrazi 
katta iftixor bilan qalamga olingan. Dramada asosiy e’tibor jang-u jadallar, 
qirg‘inbarot urushlar tasviriga emas, balki bosh qahramonning hayot va inson 
haqidagi o‘y-xayollari, fikrlari, mushohadalari, sa’y-harakatlari, g‘azab-u mehriga 
qaratilgan. To‘g‘ri, Amir Temur haqida juda ko‘plab badiiy asarlar yaratilgan. Ammo 
Abdulla Oripov ana shu asarlarda ifodalangan mazmun, obraz va tashbihlarni 
takrorlamagan. Amir Temurning dramada mehnat ahliga, askarlariga, san’at ahli, 
farzand va nabiralariga mehri va g‘amxo‘rligi bilan birga qattiqqo‘lligi, 
adolatparvarligi aks ettirilgan. Buning yorqin dalili drama boshlanishidagi Temur va 
sartarosh suhbati. Abdulla Oripov bu sahnani shunchalar mohirlik bilan chizganki
goho mehribon, goho qahri qattiq Amir Temur o‘z saltanatidagi oddiy lavozim 



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin