Reja: Tamaki chekishning zarari. Nos otishning zarari. Spirtli ichimliklar – salomatlik kushandasi


OIV, OIV infeksiyasi va OITS haqida umumiy tushuncha



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#169243
1   2   3   4   5   6
Sirtqi 2-Ma\'ruza

OIV, OIV infeksiyasi va OITS haqida umumiy tushuncha.
OIV - оdam immuntanqislik virusi;
OIV yuqtirganlar – odam immuntanqislik virusi bilan zararlanganlar;
OIV infeksiyasi - odamga OIV yuqishi natijasida vujudga keladigan o`ta xavfli yuqumli kasallik;
OITS – orttirilgan immun tanqislik sindromi - OIV infeksiyasining terminal davri
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PK-1023-sonli Qarori qabul qilingan;
OIV/OITS ga qarshi kurash bo‘yicha dunyo mamlakatlarining hukumatlari hamda barcha Xalqaro tashkilotlarning ma’naviy-ijtimoiy imkoniyatlarini birlashtirish maqsadida 1996 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tarkibiga kiruvchi oltita xalqaro tashkilotlar, jumladan:
Bolalar fondi (YUNISEF), Rivojlanish Dasturi (PROON), Aholini joylashtirish fondi (YNFPA), Ta’lim, fan va madaniyat Tashkiloti (YUNESKO), Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) va Jahon Banki hamkorlikdagi YUNEYDS deb nomlangan Dastur qabul qilingan.
YUNEYDS Dasturi dunyoning barcha mamlakatlari hukumatlarining OIV/OITS ga qarshi kurashga qaratilgan Milliy dasturlarining bajarilishiga ko‘maklashadi
OIV – odam immuntanqislik virusiga qarshi dunyoning hech qaysi mamlakatida vaksina ishlab chiqarish usuli bugungi kungacha topilgan emas.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) tomonidan 1988 yilda “1-dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurash”kuni deb belgilangan.
OIV ning sog‘ odamga yuqishi tufayli, OIV infeksiyasi va OITS – orttirilgan immunitet tanqislik sindromi, deb nomlangan og‘ir kasallik vujudga keladi.
Mazkur virusni dunyoda birinchi bo‘lib, ikki guruh olimlar, bir-birilari bilan bog‘lanmagan holda 1983 yilda aniqlaganlar. Fransiyada Paster nomidagi Parij ilmiy tadqiqot instituti professori Lyuka Montan’e boshchiligidagi olimlar guruhi va AQSh da professor Robert Galo rahbarligidagi olimlar guruhi (1983 yilda).
Fransiya olimlari virusni OITS bilan kasallangan bemorning limfa tugunlarida,
AQSh olimlari esa virusni OITS bilan kasallangan bemorning qonidagi limfotsitlarda (oq qon tanachalarida) aniqlaganlar.
Ma’lumotlarga ko‘ra bu virus ko‘p asrlar davomida maymun tanasida yashab, unda kasallik qo‘zg‘atgan. Lekin odamda kasallik qo‘zg‘atish xususiyatiga ega bo‘lmagan. Ko`p yillar davomida tashqi muhitning ekologik o‘zgarishlari ta’sirida virus mutatsiyaga uchrab, u odamda kasallik qo‘zg‘atish xususiyatiga ega bo‘lgan.
Bu virus boshqa viruslar singari hujayraviy tuzilishiga ega emas. U nuklein kislota (DNK yoki RNK) va oqsil moddadan tashkil topgan.
Virus yashashi, rivojlanishi, ko‘payishi uchun zarur bo‘lgan ashyoni tekinxo‘rlik bilan odam organizmidan, aniqrog‘i limfa tugunlari, T-Limfotsitlar va Monotsitlardan (oq qon tanachalaridan) oladi.
Virusning hajmi juda kichik: 100-120 nm. Bir tiyinlik tanga maydoniga–bir necha million virus joylashishi mumkin.
Virus juda tez ko‘payib, bir kunda taxminan bir milliardgacha ko‘payishi mumkinligi tahmin qilinadi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin