O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIMI Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 3-bosqich 20-22-guruh talabasi Rasulova Dilnozaning Zoologiya fanidan Mustaqil ishi Mavzu :Sut emizuvchilarning morfologiyasi bo’yicha taxlil qilish va qo’l ijodi maxsulotaridan foydalanish.
Bajardi Rasulova Dilnozaxon Qabul qildi ________________
Reja
1. SUT EMIZUVCHILAR SINFIGA UMUMIY TAVSIF 2.SUT EMIZUVCHILARNING MORFOLOGIYASI VA ANATOMIYASI
3. SUT EMIZUVCHILARNING SISTEMATIKASI
4. SUT EMIZUVCHILAR EVOLYUTSIYASI VA AHAMIYATI
5. SUT EMIZUVCHILAR EKOLOGIYASI
6. O’ZR VA XALQARO QIZIL KITOBGA KIRITILGAN SUT EMIZUVCHILAR XULOSALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Sut emizuvchilar sinfiga umumiy tavsif Sut emizuvchilar umurtqalilar orasida eng yuksak rivojlangan hayvonlar hisoblanadi. Sut emizuvchilarning terisi jun bilan qoplangan, teri bezlari rivojlangan, bolasini sut bilan boqadi.
Sut emizuvchilarning markaziy nerv sistemasi, ayniqsa bosh miyasi va sezgi organlaridan hid bilish, k rish hamda eshitish organlari yaxshi rivojiangan. Tashqi quloq va quloq suprasi bor. O’rta quloq bo’shlig'ida uchta uzangi, sandon va bolg'acha kabi eshituv suyakchalar joylashgan. Ko’pchilik sut emizuvchilarning tishlari ixtisoslashgan, bosh miya yarimsharlari po’stlog'ida juda ko’p burmalar bo’ladi. Sut emizuvchilar ham qushlar kabi yuragi to’rt kamerali hayvonlar, eng tuban tuzilgan sut emizuvchilardan boshqa barcha sutemizuvchilar tirik bola tug'adi. Embrioni ona qornida rivojlanadi. Terisi hamma umurtqalilardagi singari tashqi epidermis va ichki chin teridan iborat. Jun shakli va vazifasiga ko’ra tivit, qil va vibrissalarga bo’linadi, Ko’pchilik sut emizuvchilarning jun qoplag'ichlarining asosini kalta, mayin tivit tashkil qiladi. Tivitlar orasida uzun va yo’g'on hamda qattiq qillar joylashadi. Tuproq ichida yashovchi krotlarda faqat tivit bo’ladi. Bug'u, t ng'iz va tyulenlarda aksincha, jun qoplami asosan qillardan iborat. Tipratikon va jayralarning qillari o’zgarib, tikonga aylangan. Vibrissalar qo’shimcha tuyg'u vazifasini bajaradi va ko’pincha hayvonlarning bosh qisrnida joylashadi. Tangachalar ham epidermisining shox hosilalari hisoblanadi. Tangachalar tuzilishi va kelib chiqishiga ko’ra sudralib yuruvchilarning shox tangachalariga o’xshash. Tangachalar ayniqsa yasherlarda kuchli rivojlangan. Kemiruvchilarning barmoqlari va dumlari ham tangacha bilan qoplangan. Muguz hosilalariga qoramol, qo’y va echkilarning shoxi kiradi. Shox epidermisdan kelib chiqqan.