Miya ham nerv xujayralaridan iborat. Ular o’zaro bir-birlari bilan shoxchalari orqali bog’langan. Miya bir necha qismlardan tuzilgan. Bosh miyaning katta yarim sharlari, bosh miyaning po’stloq osti tugunlari va po’stlog’idan iborat bo’lib odamning barcha psixikasini boshqaradi.
Odam miyasining og’irligi o’rtacha 1400 gr. Miya gavda og’irligining 2%ini tashkil etadi, organizm qabul qiluvchi kislorodning 18%i miyaning oziqlanishiga sarf qilinadi. Bu organizmning hayot faoliyatida miya ishi faoliyati qanchalik murakkab ekanligini ko’rsatadi. Bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’i organizm hayotida muhim rol egallaydi. Odamda u o’rtacha 14-15 mlrd neyronlardan tashkil topgan. Individning psixik hayotida miya og’irligi va tuzilishi alohida ahamiyatga ega. Kishining aqli haqida miya og’irligiga qarab hukm chiqarish noto’g’ridir.