“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-25, Issue-1, January - 2023 107 ilmning maqsadi boshqa bo‘lgani sababli ularning so‘zi nishonga yetmadi va odamlar
orasidagi shak-shubhalarni bartaraf qilolmadilar» [1, 243].
«Ikki yil ichida faylasuflar ilmini egalladim. Yana bir yil tafakkurga berildim.
Ularning kitoblarini takroran o‘qir edim. Ularning xato va adashishlarini angladim,
raddiga yo‘l topdim va bildimki (falsafa) ipson kamoli uchun yetarli emas» [2, 51].
«Ta’limiylardan (ismoiliya ahli) bir kishini uchratdim. . . ularning kitoblarini topib
o‘qidim, so‘zlarini ko‘rdim. Ularning fasohatolarini dalillar bilan isbotladim. Xulosa
shuki, ularda ham ishga yaraydigan va foyda beradigan so‘z topolmadim» [2].
Shundan keyin G‘azzoliy tasavvuf va tariqatga yuzlanadi. U yozadi: «Haqiqat
yuzasidap angladimki, bu jamoat, (ya’ni so‘fiylar) ahvol egalaridirlar, so‘z ahli
emaslar. Bu ilmni tahsil bilan imkon qadar o‘rgandim, ammo qolgan kimsalarni dars
tahsili va suhbat bilan egallab bo‘lmasdi, balki bu zavq va sulukni talab qilardi. Menga
shu narsa ayon bo‘ldiki, tariqatning asosi tarki nafs, tarki aloiq ekan, uqboga ko‘ngil
bog‘lash. butun himmat bilan Xudo sari yuzlanish ekan. O‘z holimga qaradim va
ko‘rdimki, taalluqlarga g‘arq, dunyo tashvishiga ko‘milgan ekanman» [2, 51].
Shundan keyin G‘azzoliy qalbida o‘tli g‘alayonlar boshlangani, shariat ilmi va
falsafadan, darsu ta’limlardan soviganligini yozadi. «Xudo og‘zimga qulf urdi va dars
aytolmadim, deydi u, ovqat tomog‘imdan o‘tmadi, quvvatim susayib borardi».
Tabiblar uni ko‘rib, ruhiy muolajaga muhtoj ekanini aytadilar. G‘azzoliy safarga
chiqib o‘n yil shaharma-shahar yuradi. «Va bu xil vaqtlarda menga shunday narsalar
namoyey bo‘ldiki, deb ta’kidlaydi ulug‘ olim, aytib ado qilolmayman. Aniq bildimki,
so‘fiylar Xudoy taolo yo‘lining oshiqu soliklari ekan va ularning siyratlari
siyratlarning eng yaxshisi va ularning yo‘li eng to‘g‘ri yo‘l va axloqlari eng pokiza
axloqdir. Shu darajadaki, agar din asrorining barcha oqilu donishmandlarini bir
birlariga qo‘shsalar va xulqu atvorlari, siyratlarini o‘zgartirsalar va yaxshilansalar ham
bu dargohga yo‘l topmaslar. Chunki so‘fiylarning jamiki harakat va so‘zlari zohiru
botinda Payg‘ambarning charog‘donidan nur olgandir. Barcha mukoshifa va
mushohada Payg‘ambar nuridan boshlanadi» [2, 51].
Shunday qilib, respublikamizda mustaqillik sharofati bilan mumtoz merosimiz,
jumladan, diniy Sharq falsafasi va madaniyatini o‘rganishda katta ishlar amalga
oshirildi. Eng avvalo buyuk zotlar, ular yashab, ijod qilgan tarixiy shaharlar Buxoro,
Xiva, Shahrisabz, Qarshi, Samarqand, buyuk avliyolar, olimu-fuzalolariing yotgan
joylari obod qilindi. Buyuk faylasuflar bo‘lgan Beruniy, Ibn Sino, ibn Rushd, Farobiy,
Imom G‘azzoliy, Al – Xorazmiy va ko‘plab olim – u fuzalolarimizning ilmiy asarlari
tarjima qilinib o‘rganildi. Sharq qo‘lyozmalari va ularning tarjimasi, falsafiy tahliliga
alohida e’tibor qaratilib, Yurtboshimiz tomonidan Sharq falsafiy qo‘lyozmalarini
o‘rganishning huquqiy asoslari ham yaratildi.
Butun ma’naviyat tarixi shuni ko‘rsatadiki, sivilizatsiya degani - bu insoining o‘z-
o‘zini anglashi, o‘zini kamol toptirish uchun olib borgan kurashining hosilasidir.