O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi


Dasturchi uchun kompyuterning qaysi qismi muhim?



Yüklə 40,77 Kb.
səhifə2/3
tarix02.12.2023
ölçüsü40,77 Kb.
#171587
1   2   3
Abbasov

Dasturchi uchun kompyuterning qaysi qismi muhim?


Protsessor
Kompyuter miyasi bu protsessor. Eng muhim qism. Birinchi navbatta e’tibor berishingiz kerak bo’lgan narsa bu kompyuterning ushbu qismidir.
Protsessorlar juda ko’p. Pulingiz yetganini olasiz. Yaxshi kompyuter uchun kamida i5 protsessorini tavsiya etaman. Agar pulingiz i7 protsessoriga yetsa – undan ham yaxshi. Lekin i7 protsessori juda qimmat turadi.


Operativ xotira
Ishlab turgan dasturlarimiz operativ hotriada turadi. Yuqorida aytib o’tilganidek brauzer va muharrirlar juda ko’p xotira talab qiladi. Shuning uchun ham operativ xotira qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi. Agar pulingiz yetmasa 4 gigabaytlik oling. Undan kamini olish noto’g’ri bo’ladi. Pulingiz yetsa esa kamida 8 gigabayt operativ xotira sotib oling. Operativ xotira boshqa qismlarga nisbatan uncha qimmat emas.
HDD va SSD disklar
Kompyuterda ma’lumot saqlaymiz. Kino filmlar, musiqalar, dokumentlar, o’rnatilgan dasturlar, operatsion tizim (misol uchun Windows), umuman barcha kompyuterdagi ma’lumotlar aynan diskda joylashadi. Buning uchun yillar davomida HDD disklardan foydalanilgan. Hozirgi kunda SSD formatdagi disklar paydo bo’lgan. Ushbu disklar HDD disklarga nisbatan bir necha barobar tezroq ishlaydi. Lekin ular bir necha barobar qimmatroq ham.
Shuning uchun pulingiz yetmasa HDD disklardan foydalaning, leking mablag’ingiz yetarli bo’lsa ikkovini oling. Misol uchun 128 gigabayt SSD disk olasiz, va ushbu diskda faqat operatsion tizim hamda o’rnatilgan dasturlar turadi. Shunda kompyuter juda katta tezlikda ishlaydi. Undan tashqari 1000 gigabayt HDD disk olasiz, bu yerda sizning shaxsiy fayllaringiz joylashadi: dokumentlar, videolar, musiqa va hokazo.
Yuqorida ko’rsatilga ma’lumotlar kompyuter sotib olayotganda nimaga e’tibor berish kerak ekanligi haqida edi. Kompyuterning boshqa qismlari dasturlash uchun muhim emas va ularni o’z didingiz va cho’ntagingizga qarab tanlang. Misol uchun noutbuk ishlatish qulayroq, leking kompyuterdan 2 barobar qimmatroq. Noutbukning materialidagi sifati, uning firmasi, ekranning kattaligini – bular ikkilamchi narsalar.

Yüklə 40,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin