O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti (sirtqi)



Yüklə 224,75 Kb.
səhifə1/6
tarix20.06.2023
ölçüsü224,75 Kb.
#133284
  1   2   3   4   5   6
loy va plastilindan o’yinchoqlar MAHLIYO 62 MTT



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI (SIRTQI)
9-8 MTS GURUH TALABASI
RAJABOVA MAHLIYONING
BOLALARNI SAHNALASHTIRISH VA IJODIY FAOLIYATGA O`RGATISH”
FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Loy va plastilin yordamida ko`rgazmalar tayyorlash

Buxoro -2021


Mavzu: Loy va plastilin yordamida ko`rgazmalar tayyorlash


REJA :


KIRISH

  1. Maktabgacha ta’lim muassasasida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning xususiyatlar.

  2. Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashning sensor asoslari.

XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlat.

KIRISH.
O'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol o'sishi, uning jismoniy, axloqiy va ma'naviy tarbiyasi to'g'risida g'amxo'rlik qilib voyaga yetkazish masalasi davlatimiz siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri etib belgilangan, shu maqsadda ishlab chiqilgan O'zbekiston Respublikasining

“Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hayotga izchil tatbiq etilmoqda.


Bugungi kunda yurtimizda faoliyat yuritayotgan 6200 dan ziyod maktabgacha ta'lim muassasasida 577000 nafardan ortiq bola, shu jumladan, 60 dan ziyod nodavlat maktabgacha ta'lim maskanlarida 5000 nafarga yaqin o'g'ilqiz tarbiyalanyapti. Mazkur ta'lim muassasalarida yosh avlodga puxta bilim berish, ularda zarur ko'nikmalarni shakllantirish bilan birga, kelajagimiz vorislarini boy tariximiz, qadriyat va an'analarimizga hurmat, milliy g'oyalarga sadoqat, ona-Vatanga muhabbat kabi ezgu g'oyalar asosida tarbiyalashga alohida
e'tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizning kelajagi va ertangi kuni bugun farzandlarimizning qanday tarbiya olayotganligiga bog’liq. Shu bois ham O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan xalq ta’limi sohasiga juda katta e’tibor berilmoqda.
“Bizning asosiy vazifamiz o’quv-tarbiya jarayoni sifatini jahon standartlari darajasiga ko’tarish, ta’lim, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarning butunlay yangi usullarni joriy etishdan iborat bo’lmog’i lozim”, - degan edi. muhtaram yurtboshimiz.
Shuningdek Prezidentimizning “Yuksak ma’naviat-yengilmas kuch” asarida “Har qaysi ota-ona, tarbiyachi va ustoz har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil
insonlar yetib voyaga yetkazish - ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak” - deya ta’kidlagan.
O'z shaxsi va jamiyat bilan uyg'un yashaydigan, ma'nan yetuk, ya'ni keng bilimlarga, erkin tafakkurga, nozik didga va yuksak axloqiy fazilatlarga ega, o'zo'ziga ham, jamiyatdagi kamchilik va yutuqlarga ham tanqidiy qaraydigan, ijodkor, izlanuvchan, jismonan va ruhiy sog'lom avlodni tarbiyalashni avvalo oiladan va maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlash kerak. “Yoshlarning ma’naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu g’oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap bor ekan, yana bir muhim masala
xususida to’xtatilib o’tish o’rinli, deb o’ylayman. U ham bo’lsa, dunyoga hayrat ko’zi bilan boqib, undan o’zicha ma’no topishga intiladigan murg’ak farzandlarimizning qiziqishi va hissiyotlariga mos qo’g’irchoq va o’yinchoq ishlab chiqish masalasidir.
Bir qaraganda, bu muammo arzimas narsa bo’lib tuyulishi mumkin. Lekin, har qaysi go’dak ilk bor olamni o’z atrofidagi ashyo va buyumlar, jumladan o’yinchoqlar orqali aniqlashini inobatga oladigan bo’lsak, ularning inson tarbiyasidagi o’rni beqiyos ekani ayon bo’ladi. O’yinchoqlar obrazi bolaning murg’ak tasavvuriga bamisoli toshga o’yilgan naqshdek muhrlanib, uning ongida bir umr saqlanib qoladi. Go’dakning ulg’ayib, kasb tanlashi, kelajakda qanday yo’ldan borishi, o’zining hayot tarzini qanday axloqiy-ma’naviy asoslarga qurishi ham, hech shubhasiz, uning bolalikda qanday o’yinchoqlar
bilan oshno bo’lib o’sgani bilan belgilanadi. Afsuski, hozirgi vaqtda farzandlarimiz ko’pincha xorijda ishlab chiqilgan, bizning milliy tabiatimizdan uzoq bo’lgan o’yinchoq va qo’g’irchoqlarni o’ynab ulg’aymoqda” degan fikrlar I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch” asarida o’z aksini topgan.
Demak, yosh avlodni qanday insonlar bo’lib voyaga yetishini, kasb tanlashi, kelajakda qanday yo’ldan borishi uning bolalikda sevib o’ynaydigan o’yinchoqlariga ham bog’liq ekan.


Yüklə 224,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin