“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti


Partaga bag‘rimni berib yig‘ladim



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix10.11.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#68334
1   2
Usmon Azim. Sog\'inch


Partaga bag‘rimni berib yig‘ladim,
Sukunatga aytdim: “Jon berdi... Kumush...”
Muallim jilmayib meni tingladi,
Boshimni siladi ham shod, ham xomush.
Derazadan nari, yomg‘ir qo‘ynida,
Gullarga badanin ko‘mardi bahor.
Muallim temulib bahor ro‘yiga,
Dedi: “O‘zbekiston mangu barqaror!”
Yomg‘irday bir sog‘inch ko‘ksimga to‘ldi,
Yurakka tutashdi notanish g‘ulu.
Nogoh Vatanimni ko‘rganday bo‘ldim,
Qodiriyning xuddi o‘zi edi u.
Òo‘rt devordan bo‘lsa, boqardilar jim,
Sinovchan ko‘zlarin ko‘zimga qadab,
Hozircha suratda taniganlarim –
Navoiy, Nodira, Gulxaniy, Mashrab...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
20
QISHKI ERÒAK
Òog‘-dalada mast kezar chilla,
Òunlar ayoz shunaqa zo‘rki...
Izg‘irinli, sovuq tong palla
Òushib qoldi qopqonga bo‘ri.
Òumshug‘ini cho‘zib osmonga,
G‘azab bilan uvladi bir dam.
So‘ngra hamla qildi qopqonga,
Qopqon bo‘lsa bardoshli, mahkam.
Ko‘p urindi... oxir bemador
Oppoq qorga cho‘zildi, mana.
O‘lim oldi bandi jonivor,
Nimalarni o‘ylar ekan-a?
Ko‘z oldiga balki kelgandir
Dalalarda ozod kezgani.
Poyoni yo‘q tog‘lar-u adir
O‘zimniki deya sezgani.
Balki tongni kuta boshladi...
Ko‘z oldidan o‘ta boshladi...
... U qopqonga tushgan oyog‘in
G‘ajib-g‘ajib uzib tashladi!
Oppoq qorga qonlar oqizib,
Oqsoqlanib jo‘nab ketgan dam,
Bulutlardan nurlari sizib,
Quyosh chiqdi, tugadi tong ham.
Hamroh bo‘lib quyosh nuriga,
Ovchi kelib qoldi shu nafas.
Ovchi, quvon, seniki o‘lja,
Majruh bo‘ri qochib qutulmas.
Ovchi bo‘lsa (ovchimi o‘zi?!)
Hayron boqib turgan qopqonga,
Xayollarga ko‘milib o‘zi,
Qaytib ketdi qishloq tomonga...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
21
á
* * *
Chavandoz uloqdan qaydi piyoda,
– Ranglaringiz bir ol, ayting, ne bo‘ldi?
– Onasi, dardimni qilma ziyoda,
Onasi, otginam... otginam o‘ldi,
Uchib borar edim misoli shamol,
Otginam qoqildi. O‘tmasdan birpas...
Jasadi ustida turib qoldim, lol,
Onasi, otimdan ajraldim, xullas...
Chavandoz xo‘rsindi, “ux” tortdi og‘ir –
Bir chetga jimgina burdi yuzini.
Balki u – erkak-da! – istamagandir,
Xotini ko‘rishin yoshli ko‘zini.
Olamni tark etdi oftob-u kunduz,
Chavandoz xo‘rsinar, o‘ylar otini.
Eriga boqqancha mayin-u ma’yus,
Gapirmas, o‘ltirar sassiz xotini.
Chavandoz xo‘rsinar... Ot qayda endi,
Endi qaydan bo‘lsin u rohat – lazzat?
Xotini ham jim-jit o‘ltiraverdi,
Na tasalli berdi va na nasihat.
Chavandoz xo‘rsinar... Òong otar edi,
Eng so‘nggi yulduzlar borardi botib,
Xotini shivirlar: “Hech xafa bo‘lmang,
Sizga ot olamiz uy-joyni sotib...”
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
22
* * *
Moviy havo to‘lqinlarida
O‘ynab uchdim quyoshga tomon.
Ikki ko‘zim ammo zaminda,
Ochman – Yerda don bor, don bor... Don!
Qushman!
Ruhning tirik shoniman!
Ammo ochlik – la’nati qiynoq...
Yerda don bor!
Garchi yonida
Ot yolidan eshilgan tuzoq.
Men qaytaman quyosh yo‘lidan,
Qanotimni tuzoq qayirgay.
Ming yil bandi yotgum qo‘lida,
Ming yil osmonimdan ayirgay.
Ming yil umri o‘tadi tunday,
Kuy tug‘ilar bo‘g‘zimda uzoq.
Bir kun nogoh sayrayman shunday –
Qirq joyidan uzilgay tuzoq.
Osmon bordir,
Axir, dunyoda!
Osmonda erk uchadi tanho...
Quchog‘iga meni oladir,
Moviy havo,
Òo‘lqinli havo!
Qanotlarim erkni sog‘ingan,
Quyosh, sen ham emassan yetim...
Yana kim u donga sig‘ingan?..
Qornim,
Asir tushmaganmiding?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
23
á
* * *
Ohista-ohista yog‘adi yomg‘ir,
Ohista-ohista qo‘zg‘alar shamol.
Ohista-ohista to‘kar yumshoq nur
Bulutlar bag‘ridan ko‘ringan hilol.
Ohista-ohista yig‘laydi bir qiz,
Kaptar patidan ham mayin dardlari...
Òun tirik... Yaxshilab tinglab ko‘rsangiz
Eshitilar uning yurak zarblari...
Ne nafis tug‘yonlar ichida qoldik!
Sevgilim, gapirma, o‘ltirgin tinib –
Go‘yo dunyo go‘dak qalbidan nozik,
Go‘yo entiksang ham ketadi sinib...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
24
MAMATRAYIM BAXSHINING
BIR DAVRADA AYÒGANI
Ko‘pingiz yomonmas, yaxshi bolasiz,
Yashaysiz do‘konni ona deb bilib.
Birovning ko‘ziga tikka boqmaysiz,
Poyiga boqasiz zimdan tikilib.
Poyafzal – hammaga qismati azal,
Ularga taqdirlar yozilgan aniq.
Kimningdir umridan omad qochsa sal,
Etigi albatta qolar qiyshayib.
Puldorning oyog‘i mudom yarqirar,
Bulutsiz umridan beg‘am nishona.
Unga duch kelganda ayyor bolalar,
Girdida bo‘lasiz darrov parvona.
Baxshi bobongizni bilmaysiz ammo,
Bu ayyor o‘yinda sizlarni yutdim!
Menga berolmaysiz hech qanday baho –
Oyoqyalang bo‘lib dunyodan o‘tdim...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
25
á
VAÒAN HAQIDA SHE’R
Opa esingizda-ku,
(“O, hanuz og‘riydi dil”)
Ochlikdan qorni shishgan
Qirq beshinchi mash’um yil.
Yetti yoshda edingiz
Sizga emasdi pinhon:
Urush – o‘lim, shodlik – xat,
Òiriklik-ku, aniq – non.
Opa, esingizda-ku,
Kelganda javzo oyi,
Sarg‘ayib dumbul tortdi
Bolg‘alining bug‘doyi.
Yuvoshgina qush kabi
Hayotning isin sezib,
Dala kezar edingiz,
Kaftingizda don ezib.
Siz aniq bilardingiz,
Òiriklikning ismi – non,
...Bosib ketdi dalani
Ot dupuri nogahon.
Kaftingizga jonsarak
Yashirdingiz boshoqni.
E voh, yer shuncha qattiq,
Osmon shuncha uzoqmi?!
Qanotingiz bo‘lsa ham,
Qayga uchradingiz, xo‘sh?
Ot kelar, chavandozning
Bir yengi hilpirar – bo‘sh...
Òanidingiz bu – rais,
Undan titraydi qishloq.
“Rais” desa jim qotar,
“Yig‘layotgan” qo‘g‘irchoq.
...Eslaysiz, magazinda,
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
26
Bo‘lgan edi “ur-yiqit”.
“Yo‘q, yana quyasan”, deb
Hayqirdi birqo‘l yigit.
U yig‘ladi go‘dakday...
“Shahid qolgan do‘stlarning
Qasosini albatta,
Olaman”, deb bo‘zladi.
Boqilgan qo‘yday semiz,
Magazinchi Shoyimning
Yoqasiga yopishdi: “Òopdim, deya xoinni!”.
Ertasi xotin-xalaj
Yig‘ildi – umummajlis.
Yigit o‘rnidan turdi:
– Saylanglar, bo‘lay rais...
Saylashsa saylashar-da,
Odam kam-u, rais mo‘l!
Mayli, yayrab qoladi... –
Xotinlar ko‘tardi qo‘l.
Keyin rais hayqirdi:
“Agar kelguncha zafar,
Kim o‘zini ayasa,
Mana qamchi!.. Xotinlar!”
Nonning lazzatini-ku,
Òo‘lab bo‘lmas qamchisiz...
Boshingizni qo‘l bilan
Bekitib cho‘kdingiz tiz...
– Bu yurganing nimasi,
Oyoqyalang, boshyalang,
(Don to‘la kaftingizni
Siqdingiz, qo‘rqib mahkam)
– Qani, qo‘lingda nima?
(Qo‘rquv, dahshat aralash
Kaftingizni ochdingiz –
Endi mumkin savalash).
Ko‘zingiz yoshsiz edi,
Jiddiy – tayyor xo‘rlikka.
Kim ham rahm qilardi
Sag‘ir qolgan sho‘rlikka.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
27
á
Hamma butun tayoqlar
Yetim boshda sinadi...
Rais otidan tushib
Boshingizni siladi.
Ishonmasdan boqdingiz
Ko‘zlariga umidvor.
Hayrat ichra qotdingiz...
U yig‘lardi shashqator.
Yig‘lar edi... Qizimni
Ezmasin deb cho‘ng qayg‘u
Òunda sassiz ezilgan
Onangizga o‘xshab u.
Siz ham zor yig‘lab birdan
Osildingiz bo‘yniga...
Ot o‘ynatib u ketdi
Bug‘doyzorning qo‘ynidan.
Javzo. Bir erka shamol
Bug‘doyzorga urar to‘sh.
Ot yelar. Chavandozning
Bir yengi hilpirar – bo‘sh.
Opa, o‘shandan buyon
Vatan haqida suhbat
Qo‘zg‘alsa kirib kelar
Ko‘zingizga bir surat:
Javzo. Bir erka shamol
Bug‘doyzorga urar to‘sh.
Ot yelar. Chavandozning
Bir yengi hilpirar – bo‘sh...
Opa, Vatan – ulug‘ dard!
Opa, Vatan bog‘ bo‘lsin!
She’rda suratin chizsam,
Òo‘rt muchasi sog‘ bo‘lsin!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
28
BOYCHECHAK
Opam Saidaga
Ey, mening munisginam,
Mehribonim, opajon.
Baland tog‘lar bag‘rida
Bormisan sog‘-u omon?
Kecha xatingni olib,
Ko‘ksimga tushdi g‘ulu...
“Usmon, juda sog‘indim,
Sen meni unutding-ku...”
Opa, unutganim yo‘q,
Qo‘y, qilmagin imtihon.
Muhabbatim, hurmatim,
Sog‘inchim qalbda nihon.
Qanday yodimdan chiqsin
Òepaliklar, dalalar...
Bahor bilan mast bo‘lib,
Kuylardik biz bolalar:
“Boychechagim boylandi,
Boychechagim boylandi...”
...Bugun olamda yoshlik,
Zamin qancha aylandi.
Yigirma uch gul fasli
Bargday umrimdan uchdi.
Ne turfa tashvish, yumush,
Opa, bag‘rimni quchdi.
Shu she’rni bitayotib
Boqqandim derazaga,
Ko‘rib bir manzarani
Qalbim tushdi larzaga.
Quvonchimga qayerdan
O‘xshatish topayin mos!
Xullas, opa, daraxtlar
Guldan kiyibdi libos.
Yana oydin xayollar
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
29
á
Òo‘ldirdilar xonamni:
Ana, hovlimiz... sen... men...
Qish... Qor ko‘mgan olamni,
Izg‘irinda junjikib
O‘ltiribmiz ayvonda.
Oyog‘imizda etik,
Eskigina choponda.
Qachon keladi bahor...
Necha kun, necha kunduz?!
...Bir kun uzulib tushar
Òarnovga osilgan muz.
Bulut ko‘kda urar charx,
Maysalar nish otadi.
Quyosh tansiq nurini
Sochib-sochib botadi.
Opa-uka izlaymiz
Dala-dashtda boychechak:
“Qor eridi, qo‘rqmagin,
Ochil asta, oychechak”.
Oxir ko‘rsatar yuzin,
Bizni zor etgan chechak,
Baxtini topgan kabi
Òoshar, hovliqar yurak.
Oq yomg‘irda bosh yalang,
Raqs tushamiz, o‘ynaymiz.
Kamalakda ko‘milib,
Jaranglatib kuylaymiz:
“Boychechagim boylandi,
Boychechagim boylandi...”
...Bugun olisda yoshlik,
Zamin qancha aylandi.
Òortib ko‘rdim dunyoning
Lazzati-yu, alamin.
Goho o‘ksik, gohida
Shodmon yozdi qalamim.
Ba’zan jim-jit, tinch oqdim,
Ba’zan ko‘tardim isyon –
Kurashda ham, g‘amda ham,
Bayrog‘im bo‘ldi vijdon.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
30
Goh she’rda bo‘ldim mag‘lub,
Goh kuldim tantanavor!..
Qisqa qilib aytayin –
Opa, ukang baxtiyor!
Ammo sokin bu hayot,
Zeriktiradi ba’zan.
Shunda, mehribonginam,
Seni ko‘rmoq istayman.
Opa, unutganim yo‘q...
Qorlar erib bitgan choq
Uyga kirib boraman,
Òugar hijron-u firoq.
Bir kungina o‘shanda
Qo‘ygin ro‘zg‘or g‘amini,
Ikkalamiz ertasi
Òo‘ldiramiz kamini.
Dala-dashtga chiqamiz
Izlaydurmiz boychechak.
Odamlar kulsa-kulsin,
Bir kun bo‘lamiz go‘dak.
Oq yomg‘irda boshyalang,
Raqs tushamiz o‘ynaymiz,
Kamalakka ko‘milib
Kulib-yig‘lab kuylaymiz!
“Boychechagim boylandi,
Boychechagim boylandi...”
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
31
á
ONAMGA MAKÒUB
Erta-indin yelar izg‘irin,
Yiqiladi bog‘larga tuman.
Anglagani yashashning sirin
So‘zlashaman yomg‘irlar bilan.
Mast-u alast, beg‘am do‘st-u yor.
Òoliqtirar qalbimni manim.
Shunda birdan bo‘ladi oshkor
Yolg‘izlardan yolg‘iz ekanim.
Derazaga ho‘l bag‘rin bosib,
Kuzak tuni surganda xayol –
Men eng go‘zal she’rimni yozib,
Sizni eslab yig‘lashim ayon.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
32
* * *
Sen yo‘q eding. Besarhad fazo,
Olti qit’a, to‘rt bahri ulkan
O‘rtasida yashadim tanho
Mushtday mo‘’jaz yuragim bilan.
Hayajon-u zavqdan begona,
Òinch daryoday jim oqdi umrim.
U zamonlar sen bir afsona,
U payt hali yo‘q eding, qumrim.
Vahimali, cheki yo‘q olam,
Bag‘rida har sharpadan cho‘chib
Yashadim men – eng mitti odam,
Goh miltirab, gohida o‘chib.
So‘ng sen kelding sevib, o‘rtanib,
Panohimga, mehrimga mushtoq.
Yoningdaman, qo‘rqma, sevgilim,
Men naqadar qudratliman, boq!
Sehrgarman, ko‘k shevasida
Yulduzlar-la so‘ylay olaman.
Mast erurman ishq kemasida,
Òo‘fonlarda o‘ynay olaman.
Men saxiyman – kim istasa baxt
Ko‘ksin nurga to‘ldiradurman.
Oyni ko‘kdan uzib olib dast
Peshonangga qo‘ndiradurman.
...Gulim, sovuq boqma, qo‘rqaman,
Qo‘rqaman boz bo‘ladi paydo –
Olti qit’a, to‘rt bahri ulkan,
Huvullagan dahshatli fazo...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
33
á
* * *
Derazadan boqar sohibjamol oy,
Nigohlari to‘la karashma, chiroy.
Kechirgin bo‘libman oyga mahliyo.
Ishon, endi unga qilmayman parvo.
Oyning sochlarini mayli, o‘rmayman,
Men seni oylarga bermayman.
Suluv kelinchakdek bezanmish bahor.
Dalalar ham gulzor, bog‘lar ham gulzor.
Gullarga boqqandim, kulib, ochilib,
Yoshlaring ketdilar nurday sochilib.
Bahor gullarini mayli, termayman,
Men seni gullarga bermayman.
She’r chorlar, bir lahza asir bo‘laman.
Yonaman, kuyaman, toshib-to‘laman.
Sen-chi, unut bo‘lib g‘arib burchakda
Òuribsan... G‘am toshi cho‘kar yurakka...
Ilhom bilan, mayli, suhbat qurmayman,
Men seni hech kimga bermayman...
Qancha shirin damdan kechmog‘im mumkin,
Faqat sen o‘ynagin, quvongin, kulgin.
Sen mening taqdirim, oxir azalim,
Sen mening bahorim, oyim, g‘azalim.
Qalbimsan! Men qalbsiz sira yurmayman,
Qalbimni hech kimga bermayman...
Men seni hech kimga bermayman...
3 –
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
34
* * *
Rashk, g‘iybatning to‘lqinlarida
Kema misol chayqaldi xonam.
Endi bizlar hech uchrashmaymiz...
Xayr!
Òong otadi,
Sen yo‘q.
Kun botadi,
Sen yo‘q.
Stolimda sen yozgan xatlar,
Devordagi suratdan ham sen
Mehr bilan boqib turibsan.
Derazadan ko‘ringan osmon
Parchasiga shodmon boqardik,
Yulduzlari kulganida ham,
Ol shafaqqa to‘lganida ham...
Xonam, o‘zim, bu ulkan olam
Sendan qolgan g‘amgin xotira.
Òong otadi,
Sen yo‘q.
Kun botadi,
Sen yo‘q.
Uzoqlarda bepoyon yo‘lda
Yig‘lab ketib bormoqdasan sen,
Oyoqlaring tagidagi yer
Òo‘lqin otar monandi dengiz.
Oq chorlog‘im, uchib charchading –
Yiqilasan daqiqadan so‘ng,
Yiqilasan, to‘lqinlar yutar...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
35
á
Òong otadi,
Sen yo‘q.
Kun botadi,
Sen yo‘q.
Chidab bo‘lmaydi.
Endi mendan ketdi ixtiyor!
Yuragimni qo‘yib kaftimga
Shivirlayman besabr, takror:
Qiblanamom, yo‘l ko‘rsat menga!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
36
ALAMLI QO‘SHIQ
O‘zgani sevsang, sevgin,
Men ham senga zormasman!
Kel, yonimga kela qol deb
Chorlasang ham bormasman!
O‘zi seni nega sevdim?
Buncha bo‘lmasam ojiz.
Go‘zalmassan, sen shunchaki
Nayrang-makri ko‘proq qiz.
Rostin aytsam arzimaysan,
Na she’rim, na sevgimga.
Men balandman! Qo‘ling yetmas!
Ketavergin tenging-la...
Nima deding! Aslo, hech ham
Ko‘zimdagi yosh emas.
Yosh bo‘lsa ham sening uchun
Òo‘kmayapman...
Bo‘ldi... Bas...
Ketgin endi. Sevmayman-ku,
Meni qoldirgin yolg‘iz!
Òugayapti sabrim... Òag‘in –
Oyog‘ingga cho‘kmay tiz...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
37
á
YOZ
1
Daryoning qum qirg‘oqlarida
Yap-yalang‘och yotar saraton...
Men qichqirdim quloqlariga:
– Oting nima? Mudrama! Uyg‘on!
Qumli sohil ketguncha uyqu...
Qilt etmadi saraton tani.
Ko‘zni yumib yotaverdi u.
U erindi ismin aytgani.
2
Òush. Saraton chopadi ketmon.
Yuz-ko‘zidan oqib borar ter.
Saratonim, jonim saraton,
Sen ismingni menga aytib ber.
Quyosh o‘zi ming-ming asrkim,
O‘t ismini yillarga o‘ymish...
Òush. Saraton ketmon chopar jim –
U ismini unutib qo‘ymish...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
38
* * *
Qiynaladi oftobni kutib
Yomg‘irlardan ivigan shahar...
...Uxlab qolding, yig‘lab, qon yutib,
Ko‘ringanda ufqda sahar.
Òaqdirimdan hech nolimayman,
Gar almashdi shomga tongimni.
Olib keldi bu oqshom bilan
Uzoqlarda qolgan jonimni.
Mening sarson umrimga oydin
Rivoj tilab u chekdi fig‘on.
Oyog‘ini tavof qildim men –
Dunyoda eng omadsiz o‘g‘lon.
U hech narsa qilmadi talab,
Ming o‘rgildi qosh-u ko‘zimdan.
Uning qaro sochlarin silab,
Bu tun kechdim hatto o‘zimdan.
Yomg‘ir yog‘di mayda-maydalab,
Mayda-mayda bo‘ldi yuragim.
Òong otguncha qayta-qaytalab,
“Sevasanmi”, deya so‘radim.
Qiynaladi oftobni kutib
Yomg‘irlardan ivigan shahar...
...Sen ketasan qayga qon yutib,
Meni qayga boshlaydi sahar?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
39
á
HAYOÒ QO‘SHIG‘I
Bog‘ qo‘ynida ikki daraxt –
Bir-biriga intizor.
Sen – bir daraxt,
Men – bir daraxt,
Kuyib-kuyib o‘tdik, yor.
Ammo bahor kelganida
Ochilish kerak ekan.
Gul-u meva, xazon bo‘lib,
Sochilish kerak ekan.
Shamollarga dilim yordim,
Gul-yaproqlar tilida.
Yel kaftida olib kelgan
Har shiviring dilimda.
Ammo bahor kelganida
Ochilish kerak ekan.
Gul-u meva, xazon to‘kib,
Sochilish kerak ekan.
Yerga bog‘lab qo‘yilganman,
Ildizim yer ostida.
Kechalari shovullayman,
Boqib bo‘yi bastingga.
Ammo, yashash kerak ekan,
Ochilmoq kerak ekan.
Gul-u meva, xazon to‘kib,
Sochilmoq kerak ekan.
Bog‘ qo‘ynida ikki daraxt –
Bir-biriga intizor.
Sen – bir daraxt,
Men – bir daraxt,
Kuyib-kuyib o‘tdik, yor!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
40
BESEHR ERÒAK
Biz uch og‘a-ini edik,
Qo‘shchi edik mehnatkash.
Akam bir kun yer timdalab,
Zerikdimi, dedi: – Bas!..
U sehrli daryo suvin
Ichaverdi simirib...
Daryo bo‘lib ketdi akam,
Qirg‘oqlarni yemirib.
Biz uch og‘a-ini edik,
Mehnatda edik fido.
Ho‘kiz quvib charchadimi,
Ukam ham bir kun – e voh!–
Bir jodugar qush ortidan
Chopaverib adashdi...
Shamol bo‘lib ketdi ukam,
Òo‘ldirib dala-dashtni.
Daryo bolam – alqar otam,
Shamol bolam – suyunar.
Mening esa shudgor kechib,
Òovonlarim o‘yilar.
Ming yillarki, qo‘sh haydayman –
Peshonamda achchiq ter...
Meni ham bir alqang, ota!
Men yer bo‘ldim, ota, yer...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
41
á
* * *
Otim qolar demagin
Bu dunyoda, shoirim.
Nomard to‘fonlar tursa,
Otingdan gard qolmagay.
Zotim qolar demagin
Bu dunyoda, shoirim.
Qismat teskari bursa
Zotingda mard qolmagay.
Bu dunyoning dardini
Òerib ketgin shoirim.
Joningga achinmagin –
Ketmaydimi chiriblar!
Bu dunyoga bir qo‘shiq,
Berib ketgin, shoirim, –
Marhumlar uyg‘onsinlar,
Uxlolmasin tiriklar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
42
* * *
Òaxtli ko‘ngil – faqir bo‘lgin,
Baxtli ko‘ngil – haqir bo‘lgin,
Bahordan kech – taqir bo‘lgin –
O‘zing so‘ng bir chechak o‘stir.
Òosh bo‘lmagin – oqib turgin,
Goh-goh o‘zni yoqib turgin,
Ko‘kka har dam boqib turgin –
Umiddan bir pechak o‘stir.
Rasmingga boq, ko‘pdir yolg‘on,
Yarming – rahmon, yarming – shayton,
El koridan tolmaydig‘on –
Bilak o‘stir, bilak o‘stir.
Bo‘lsin desang el qarindosh,
Avval qilgin o‘zingni fosh,
Beray desang yolg‘onga dosh –
Òilak o‘stir, tilak o‘stir.
Odamgamas, haqqa ishon,
Sen kim bo‘lsang – shudir zamon.
Ko‘ksingni buz, etgin vayron –
Qaytadan bir yurak o‘stir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
43
á
* * *
Derazamda ikki qush
Suhbat qurdi o‘zicha:
– O, naqadar odobli,
Kamtar maxluq musicha!
Ana, kezar maydonda
Bir jufti – mo‘min, qobil –
Òopib olishsa bir don
Bo‘lishadi teng, odil.
Ularga yot jang-jadal,
Òumshuq bilan urush yo‘q.
Hurpaygancha qo‘rqitib,
Qanot bilan surish yo‘q.
Rosa o‘tdi jonimdan
Parrandalik kuchlari!
Musichaga tortsaydi
Bu dunyoning qushlari...
– O, malikam!
Podshohga
Bir og‘izlik so‘zingiz –
So‘ng qushlarga boqsangiz
Lol qolasiz o‘zingiz.
Bulbullar ham, quzg‘un ham
Bir qafasga joylangay,
Bir kechada burgutlar
Musichaga aylangay...
– Jim bo‘l!
Suhbatimizni
Shoh bilmasin hech qachon.
Musichaga to‘lgusi
Bir zumda yer-u osmon.
Bog‘larda turfa-turfa
Sayroqilik so‘ngusi,
Musicha sog‘ qolar-u
Boshqa qushlar o‘lgusi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
44
* * *
Zanjirlarni uzdim,
G‘ullarni buzdim,
Oxir zindonni ham ayladim vayron.
Erkin havo bilan hur bazm tuzdim –
O‘ynadim bearmon,
Kuldim bearmon.
Mendan kulma, bola!
Hey, mendan kulma...
Sezayapman, kurashli taqdirlaringni.
Buzmoq – endi sendan,
Uzmoq – endi sendan –
Mening men ko‘rmagan zanjirlarimni.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
45
á
* * *
Yuraver. Qolma yo‘ldan.
Qolgan qolar. Achinma.
Cho‘chima hech narsadan –
O‘zbekiston oldinda.
Botir bo‘l. Olg‘a yugur.
Qo‘rqma har xil qotildan.
Axir, tog‘dek suyanching –
O‘zbekiston ortingda.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
46
* * *
Goh gujum shovullar, goh shitirlar tok,
Bu – bog‘da adashgan parishon shamol.
Bormisan olamda, yuribsanmi sog‘,
Shamolday yo‘llarni yo‘qotgan ayol.
Sensiz – bahorlarim kuz bo‘ldi manim,
Men sensiz sarg‘aydim,
Men sensiz kuydim,
Bir tirik gulxanga aylandi tanim,
Shu olov ichida bir seni suydim.
Sen – bog‘lar qo‘ynida qiynalgan shamol,
Senga yo‘l bermaydi shoxlar chalkashib...
Yam-yashil bog‘larda adashgan ayol,
Men olov ichida qoldim adashib.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
47
á
* * *
Òosh-beton cho‘ng qoyalarda
Kabutarday yashagan qiz,
Qo‘llarini – yolg‘izlikdan –
Yelkamga jim tashlagan qiz,
Bu sevmaslik dunyosida
Xatarli ish boshlagan qiz –
Kelmaydimi ikkimizni
Baxtli-baxtli yashagimiz?
Ammo bizning ko‘zimizda
Òo‘kmoq uchun yoshimiz ko‘p.
Ko‘nglimizga otmoq uchun
Òilimizda toshimiz ko‘p.
Go‘yo hali o‘lmoq uchun
Boshimiz ko‘p, boshimiz ko‘p –
Bo‘lmasa... O, kelmasmidi
Baxtli-baxtli yashagimiz?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
48
* * *
Siz yoqqansiz menga hamisha,
Faqat buni etmovdim oshkor.
O‘ylovdimki, yurak topishar,
Bizdan ketgach sabr-u ixtiyor.
O, men sizni qanchalar kutdim –
Mana – oq soch, mana bu – ajin.
Kunlarimni tortqilab yutdi
Shum yolg‘izlik – farishta g‘ajir.
Ortingizdan ketishim mumkin,
Yo‘l tugasa, yo‘lsiz tentirab.
Ammo, ayting, yig‘laysiz nechun
Manglayingiz devorga tirab?
Yo‘q, hech sizga yetmasin ozor,
Òushinaman – yillar, andisha...
Faqat sizga aytmovdim oshkor –
Siz yoqqansiz menga hamisha,
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
49
á
* * *
Sevgimiz o‘ldimi? – libosingiz ko‘k,
Ko‘nglingiz – begulxan, ko‘zingiz – becho‘g‘.
Bizdan borish yo‘qdir, sizdan – kelish yo‘q –
Kelishsiz dunyoda beg‘am, azizim,
Nega ko‘zlaringiz benam, azizim.
O‘t yetdi – qaqshatdi band-bandlarimni,
Òuproqqa sochdingiz balandlarimni,
Aqlimni, dilimni – bebaxtlarimni –
Borishsiz dunyoga otgan, azizim,
Olisda oy kabi botgan, azizim –
Chunki tunga aytar rost “oh”ingiz yo‘q,
Falakda kezgani sha’n rohingiz yo‘q,
Nechun kelmaysiz, gar gunohingiz yo‘q –
Boqaman: nigohim – gumon, azizim,
Yo‘llaring tumandir, tuman, azizim.
Qarang, ming bir bargda kuzak uchadir,
Qizil-sarig‘ida – yurak uchadir,
So‘ngaklar uchadir, suyak uchadir –
Bu to‘fon – xazonlig‘ menman, azizim,
Sizsiz ming kuzakka tengman, azizim.
Ammo siz sarg‘aymang – gulli bog‘ bo‘ling,
Yam-yashil ko‘karing, mudom sog‘ bo‘ling,
Bahorning bag‘rida beadog‘ bo‘ling –
Axir, qarg‘aganim sizmas, azizim,
Ikki kuz dunyoga sig‘mas, azizim...
4 –
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
50
* * *
Endi u ko‘chaga sira bormayman.
Borsam – daraxtlari gullar telbahol,
Go‘yo sen-u mening bahorim kabi.
Endi u ko‘chaga sira bormayman.
Borsam – sim-sim yog‘ar mayin yomg‘irlar,
Ko‘ngilchan yomg‘irlar jim-jim yog‘adi –
Go‘yo sen-u mening yomg‘irim kabi.
Endi u ko‘chaga sira bormayman.
Borsam – falagida qolmas halovat –
Òurnalar alamli qichqiriqlarda
Òushunuksiz dardlarni aytib yig‘lashar,
Go‘yo sen-u mening qushlarim kabi.
Endi u ko‘chaga sira bormayman.
Borsam – g‘ussali bir derazasida
Ko‘chaga termulib, holsiz turasan –
Dunyoning eng g‘amgin darpardasiday.
Endi u ko‘chaga sira bormayman.
Unda ne qilaman shamol bo‘lmasam –
Parda etagingga shamol yuzimni
Bosib yig‘lolmasman – nima qilaman?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
51
á
* * *
Yiqildingmi?... Ko‘zlaringda
Buncha alam,
Buncha alam!
Ust-u boshi chang ko‘rmagan,
Dard ko‘rmagan
Erka bolam!
Shiddatingning shamoliga
Hushing bir zum
Shaydo bo‘ldi...
Sening ravon yo‘llaringda
Bu tosh qaydan
Paydo bo‘ldi?
Yoki aqling ketganmidi,
Endi toshlar
Qolmagan deb?
La’natlading, bolam meni
Yo‘ldan toshni
Olmagan deb...
Erka bolam, kechir meni,
Oqsuyagim,
Muruvvat qil!
Òoshli-toshli bu dunyoda
Maysaday xor
Yashadim, bil.
Òoshlar bilan kurash tushdim –
Kurash bekor
Ketmagandir,
Qolgan bo‘lsa biror zil tosh,
Bolam, kuchim
Yetmagandir...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
52
BOLALIKDAN IKKI XOÒIRA
1
QISH
U payt palto kiymas edi qish,
Qo‘lqopi yo‘q edi qo‘lida,
Qish – yamoqli, ardoqli kalish –
Oyoq qo‘ysang – qorga ko‘milar.
Yayramasdi issiq uylarda
Izg‘irinning uvvosin tinglab.
Qish – mol boqib muzlagan bola –
Darvozadan kiradi titrab.
Qish kezmasdi dil ochar mahal
Ko‘chalarda burqsitib nafas.
Qish – dahlizda jon saqlar sandal,
Qish – pechkali uylarga havas.
U payt kitob o‘qir edi qish –
Hayajondan titrab tovushi.
Qish – zindondan chiqqan Alpomish,
Qish – Barchinning siniq nolishi.
Qish – ertakning haroratida
Qalb ostida erigan toshlar.
Qish – orzuning sharor zabtidan
Kitoblarga to‘kilgan yoshlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
53
á
2
YOZ
Oftob g‘olib keldi – muqarrar –
Kiyimini yechmasin qancha,
Òermizdan to Òoshkentga qadar
Yoz yiqildi shundoq chalqancha.
Òuronning sha’n kengliklarida
Gul-u maysa lahzada – xazon.
Hayot – tog‘lar qo‘ltiqlarida,
Ariqlarning bo‘ynidadir jon.
Lohaslanib mudradi kunduz
Gujumlarning soyalarida.
Irmoqlanib o‘zin otdi muz
Boysuntog‘ning qoyalaridan.
Shahar tomon jo‘nadi bola –
Qo‘llarida eski jomadon.
Jomadonda bir parcha dala,
Uch-to‘rt kitob, ikki kulcha non.
Hovuzlarning tor o‘lkasida
Qurbaqalar kechasi hofiz.
Boshin qo‘yib yoz yelkasiga,
Kuyib-kuyib yig‘ladi bir qiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
54
* * *
Osmon uzilib tushdi...
Òaqdirimni qoralab,
Men yuribman – osmonning
Parchalarin oralab.
Osmonning siniqlari
Qonatdi oyog‘imni.
Osmon uzilib tushdi –
Sarg‘aytdi siyog‘imni.
Suyganim, yaramading
Hatto xayr-xo‘shlikka...
Na quyosh-u na yulduz –
Yuksakdagi bo‘shliqda.
Yuksakdagi hechsizlik
O‘chirmas hatto tushni...
Sen qanday yashayapsan?–
Osmon o‘yilib tushdi...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
55
á
* * *
Bir gul eding – shamol bo‘lib
Chamaningni ko‘rib ketdim.
Shamolligim darding bilan
Ado bo‘ldi – qurib ketdim.
Bir gul eding – bahoringda
Borligimni sezganing yo‘q –
Do‘zax sari o‘zim yig‘lab,
Karaxtlikda yurib ketdim.
Do‘zaxning o‘tida kuydim,
Do‘zaxning o‘tida kuldim –
Jamoling shu’lasi tushgach,
“Yo, Olloh” deb turib ketdim.
Sening hijringda gar o‘lsam –
Òiriklikda ne armondir –
Seni hayron etib, yo‘lni
Ayriliqqa burib ketdim.
G‘ururim izmida, yorim,
Bu dunyodan borodirman –
Keta-ketguncha ko‘ksimga
Urib ketdim, urib ketdim.
Visoling yo‘q erur Yerda,
Samoga yetmadim, garchi
Go‘zal tushlar quchog‘ida
Go‘zal o‘ylar surib ketdim.
Kelar avlod, qayg‘u tortsang,
Meni qarg‘a! Meni qarg‘a!–
Bu dunyoni o‘zim yoshga
Qorib, g‘amdin qurib ketdim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
56
* * *
Shamollarda ko‘zimdan
Uchgan yoshimsan, yor-a.
Ko‘ngil tubiga cho‘kkan
Otash toshimsan, yor-a.
Oshiq dilga yarashgay
Devonalig‘lar, yor-a.
Oshiqlarni o‘ldurgay
Begonalig‘lar, yor-a.
Begonalig‘ ichida
“Oh”lari ko‘pdir, yor-a.
Òashlagani hijronning
Chohlari ko‘pdir, yor-a.
Baxtni osmonga otdim
Qaytib tushmadi, yor-a.
Yurak asli qush edi–
Nega uchmadi, yor-a.
Hay, yor-a!
Voy, yor-a!
Yurak bo‘ldi ovora...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
57
á
* * *
Sevgi – xatda naqadar go‘zal!
Dili – ayon, ruxsori – tiniq.
Gar qog‘ozga tushgan besayqal,
Ishq selidan ko‘zlari tinib.
Sevgi – xatda naqadar sodda,
Unutgandir o‘tmish alamin.
Yuragini shoh bilan zotga
Òopshirmoqchi butun olamni.
Sevgi – xatda naqadar yaqin.
Qalamga sir pichirlagan lab,
Go‘yo hozir portlaydi – chaqin...
Lablarimda o‘tdan qolgan taft.
Sevgi – xatda qanday barhayot...
Òugab borar sabr-u bardoshim.
Yirtaman-u – yetmaydi sabot
Yoqaman-u – tinmaydi yoshim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
58
* * *
Ariq bo‘ldim yoz bog‘larida,
Òanda yuvdim qiyoqlarini.
Yoz o‘ltirdi qirg‘oqlarimga –
Osiltirib oyoqlarini.
Halovatlar ufurib, sipo
Oqdim – quchib gullar bo‘yini.
Vujudimni to‘lg‘otdi nogoh
Erka yozning olma o‘yini.
Barglar aro tirik tangalar
Sochdi quyosh – sochdi bejarang.
Menda oqdi qanday olmalar! –
Xuddi qizning ko‘ksiday tarang.
Òaniq sevgim! Issiq badan yoz!
Quchog‘ingda oqmoqlik orom –
Har ildizga intilib mumtoz
Òan bo‘lguncha bog‘ ichra talon.
Ariq bo‘ldim yoz bog‘larida –
Yo‘ng‘ichqalar aro taraldim.
Daraxtlarning yaproqlarida,
Mevasida qayta yaraldim.
Men seningman, seningman – tamom!
Òalon bo‘ldim – tamom yo‘q bo‘ldim.
Bir mevangda qizardim alvon,
Bir bargingda ko‘kdan ko‘k bo‘ldim.
Yoz! Sevganim! Jonim – beminnat!
Ne’matingga qotilaman men...
Bir tangaga – oxir oqibat –
Bozoringda sotilaman men.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
59
á
* * *
Og‘ir fe’lli mehnatkash bola
Horimaydi yo‘ng‘ichqa o‘rib...
Ko‘kartirar maysani yana
Òinmas Hayot – abadiy cho‘ri.
Hovuzlarning labida qator –
Qator tollar – salqin qo‘shini –
Jonbaxsh suvga soyalar otar –
Baliqlarga ketar qo‘shilib.
Olisdagi tog‘lar-u dashtlar
Karaxtlikda tosh qotgan ummon.
Chizillovuq kuylab po‘st tashlar,
Po‘st tashlar-u bo‘ladi qurbon.
Dashtda otlar kishnashar tolib,
Kishan botib oyoqlariga.
(Bola g‘amgin boqar maysaning
O‘roq tekkan qiyoqlariga).
Qushlar nogoh eshitar nola
Bargda qirg‘iy ko‘lkasin ko‘rib...
Og‘ir fe’lli, mehnatkash bola
Horimaydi yo‘ng‘ichqa o‘rib.
U anglamas borligin zavol,
Go‘yo mangu fursatlar yetgan...
Shunday yozni tashlab bemalol,
O‘sha bola qaylarga ketgan?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
60
* * *
Saraton – ochiq yuz,
Baxtiyorim ketdi.
Qolmadi men bilan
Beqarorim ketdi.
Ey, barg, sening kabi
Men ham sarg‘aydim,
Vaqtning qo‘llarida
E’tiborim ketdi.
Gul qani? Yoz bo‘yi
Meni kutgandi –
Oh, qaysi xazonda
Intizorim ketdi?
Yoz-u bahorini
Berib hijronga,
Xazonlarni bosib
Yor-u zorim ketdi.
Ruhim zard-u barg-u
Dardga qorishdi –
Mezon kabi uchib
Òanda borim ketdi.
Gul, kechir! Yor, kechir!
Kuzga asirman –
Ixtiyorim ketdi,
Ixtiyorim ketdi...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
61
á
* * *
Ana, yurak qush kabi uchdi!
Bahor chog‘i vujud – yoriltosh...
Cheksizlikka ko‘nglimdan tushdi
Men yo‘qotgan qatra sevinch yosh.
Bahorholim! – Beadoq kenglik –
Ko‘rinmaydi “oh”imning cheti...
Urinadi mitti qush – “men”lik,
Yo‘q, sevinchga bo‘lmaydi yetib.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
62
* * *
Qirq ot qo‘ydi qismat qarshimda
Egarlama, kerakmas, dedim.
Yuragimning so‘ngsiz dashtidan
Men piyoda o‘tmoqchi edim.
Qirq qush qo‘ydi qismat qarshimda,
Yo‘q, Semurg‘lar kerakmas, dedim.
Yuragimning yuksak arshiga
Men qanotsiz ketmoqchi edim.
Qarshimdagi qirq yoshim – qirq g‘am,
Senga yig‘lab nimalar dedim?
Bahorimni bir bora ko‘rsam
Kuzga o‘zim ketmoqchi edim...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
63
á
* * *
In’om etib bor ne’matini
Bog‘dan chiqdi Hotamitoy – yoz.
Xayollanib – muruvvatini
Rad etganday bir nonko‘r noxos.
Ko‘chalarning rangli bag‘riga
Otash bag‘rin tekkizmay –purg‘am,
Otash yukin tashlab sag‘riga,
U o‘ltirdi sohilda bir dam.
Suron solib sho‘ng‘imadi u
Suvning tiniq badanlariga.
O‘z holiga boqdi serqayg‘u –
O‘chayotgan gulxanlariga.
Men ham o‘sha qirg‘oqda edim,
Achinsam-da yozning holiga.
G‘amda edim, charchoqda edim,
Borolmadim uning yoniga.
Òunda suvning notinch mavjlari
Yuragimga urildi noxos...
Borsa kelmas xotima sari,
Nahot, shu tun ketib qolding yoz?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
64
* * *
Mening tosh ko‘nglimni taroshla,
Ishq, devona shaklingga solgin!
Jonni g‘amga tashla taloshga –
Dard rishtasi tortmasin salqi.
Olib ketgin – qolmasin osmon,
Yerni toshmi, yo havo ayla.
Bu dunyoda qolmasin armon –
Ko‘nglimni bir haq nido ayla.
Ishq, sendadir eng so‘nggi najot,
Uzat, toza dastingni uzat –
Sen yo‘q joyda g‘aribdir hayot,
Sen yo‘q joyda kishandir uzlat.
Kel, qirq yillik umrimni buzib,
Kel, qirq tomchi yoshimni yutay.
Va umrimni bir gulday uzib,
Bir yo‘lchining qo‘liga tutay...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
65
á
* * *
O‘lgin deding – yerga ko‘mding –
Ildiz bo‘ldim.
Ko‘kka otding – yo‘q bo‘l deding –
Yulduz bo‘ldim.
Òilim kesding – tilim aytdi
Rost kalima...
Qiyin bo‘ldi senga sho‘rlik
Dushmanim-a!
Dushmanim-a, toshlar otib
Òo‘ymaydursan.
Òuproq bo‘lay, desam, nega
Qo‘ymaydursan?..
5 –
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
66
* * *
Jonim manim,
Qalbim manim,
Ko‘zim manim,
O‘zga vujud aro tolgan o‘zim manim,
Yuzsiz qolgan bu dunyoda yuzim manim,
Ko‘zim manim,
Ko‘zimdagi so‘zim manim –
Angla,
Biz ham zamonaning zaylidirmiz,
Bir sevgidan ikkimiz ham ayridirmiz,
Kajraftorning kaj qismatga xayridirmiz,
Faqat yig‘lab –
Mayli, dermiz,
Mayli dermiz...
Òangri yo‘li isyonimiz – faqir she’rmiz,
Bizni yodlab ulgurgan yo‘q hatto Òermiz,
Hukmfarmo osmon tepsa, qaro yermiz —
Mayli, dermiz,
Mayli, dermiz,
Mayli, dermiz...
Firoq yetdi –
Jovdirama, ko‘zim manim,
Pichoq yetdi –
Yum ko‘zingni,
Qo‘zim manim...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
67
á
* * *
Yulduz uchsa qo‘rqmagin,
Mening yulduzim yo‘qdir.
Boltaga tiz cho‘kmagin,
Shox-u ildizim yo‘qdir.
Qishdan xavotir olma –
Yozim ham qish, kuzim ham.
O‘rtanib quloq solma –
Menikimas sozim ham.
Bu ko‘nglim devonadir,
Boradir meni tashlab.
Dunyo ham begonadir –
Umrimni qurdi toshdan.
Kuching yetsa kechirgin,
Majbur etma qarorga:
Senga noxos suyandim –
Suyanganday devorga...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
68
* * *
Baxt kabi gulladi bog‘imda bahor,
Janubdan quchog‘i ilib qaytdi yel.
Hamma g‘ashliklarni
Yengdim bu nahor,
Hamma eshiklarni ochib qo‘ydim –
Kel!
Òumanni ko‘tardim –
Ko‘chalar ravshan.
Hasan-u Husanga chulg‘adim ko‘kni...
Ko‘zlarim toliqdi –
Nega kelmaysan?
Xudo xohlasa ham uchrashmoq yo‘qmi?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
69
á
* * *
Ko‘kda – shamol daryolarida
Qanot qoqmay suzadi bulut.
Ishon ko‘ngil shamollariga,
Boshqa hamma dunyoni unut.
Qanotingni yozsang bo‘lgani,
Ro‘baro‘ngdan chiqadi visol.
Uchrashamiz noxos to‘lg‘onib,
Biz – ikkita beg‘ubor shamol.
Òund firoqning shotiri – sitam
Qo‘llaridan sitilar dilim...
Shamollarda ammo orom kam,
Balki toshlik yaxshi, sevgilim?
... Shamollarni ayla-yu orzu
Qanotingni kesgin-u tinchlan.
Ko‘rishmoqlik ba’zida og‘u,
Ajratadi bizni sog‘inchdan...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
70
* * *
Eng avval teraklar
Barglarin to‘kdi.
So‘ngra xazon bo‘ldi gilos-u o‘rik.
Shiddatim
Qalbdagi xazonga cho‘kdi,
Yuragim uvishdi
Dunyoni ko‘rib.
Xotira to‘ridan
“Kelgin, kel” deding –
Men seni sevganman. Zarra tonmayman.
Bahor bo‘lganda ham bir gapi edi...
Endi kuzak keldi.
Bora olayman.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
71
á
* * *
Sevgi yozi kuzga ko‘mildi –
Omon qolding yong‘inlaridan.
Sen junjikding – yelkang cho‘mildi
Qora soching yomg‘irlariga!
Begonaday turdi olisda,
Cho‘chib boqdi senga tiyramoh.
Senday g‘amgin fasl bo‘lishga
Qaydan jur’at topa olsin, oh!..
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
72
* * *
Ertaksevar jonim,
Sen meni o‘ldirmoq istaysan.
Men ming bir kecha ertak aytaman.
Ming bir kecha
Birinchi nigohning ertagini.
Ertaksevar jonim,
Meni o‘ldira qol.
Ammo takror aytaman –
Ko‘zlarning ilk uchrashuvidan boshqa
Muhabbatning
Ertagi yo‘qdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
73
á
* * *
Òazarru kerakmas:
Chin ham, Yolg‘on ham.
Òazarru – beumid,
Chin – ulkan alam.
Yolg‘on – xushomadgo‘y –
Fosh bo‘lgay og‘ir...
Ko‘zingni bir ko‘rsam
Bo‘lardi oxir...
Hasratingni haydab
Ketkazolmadim.
Angladim – hasrating
Jonimdir manim.
Begunoh – gunohni
Yaratgan shayton...
Ko‘zlarim ko‘zingga
Òushsaydi bir on.
Boshimni shamolday
O‘raydi taqdir.
Sharhla – sharhi yo‘qdir,
Chizgin – betasvir.
Hamma so‘zlar ayon
Ming yil muqaddam...
Mayli, tushlarimda
Ko‘zingni ko‘rsam...
Yurak dashti uzra
Qayg‘u to‘zoni.
Ufqni yiqitgan –
Yo‘qdir to‘g‘oni.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
74
Ko‘ksimni dunyolar
Kelmoqda bosib...
Ko‘zingga bir boqmoq
Bo‘larmi nasib?
Ko‘zingni bir ko‘rsam,
Ko‘rsam ko‘zingni –
Òermulsam yo‘qotib
Aql-u so‘zimni.
Balki bu oxirgi
Og‘riq – bahs edi...
Òaqdir qandayligin
Ko‘rsam bas edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
75
á
* * *
Viqorlisiz o‘zgalar bilan,
Mag‘rurlikning go‘zal arshida.
Ammo ma’yus tortasiz, erkam –
G‘ussalisiz mening qarshimda.
Bosh egasiz munglig‘ bir tarzda,
O‘ltirasiz unutib o‘zni.
Men bilan hech tushmaysiz bahsga –
Aytolmaysiz keskin bir so‘zni.
Umrim uzra uzun chaqinsiz,
O‘zi yonib – topgan qanoat.
Yuragimga juda yaqinsiz,
Hayotimdan olissiz faqat.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
76
* * *
Òun bo‘yi guvladi taqdir shamoli.
Òushimda,
Jonimda,
Qalbimda esdi.
Uchdi sukunatning baxtli kamoli,
Jimlik vujudini shovqinlar ezdi.
Demagil zo‘ravon shamolni haqli,
Òoshday yopishmagan yo‘llariga – men.
Hatto
Ikkimizning
Kichkina baxtni
Ushlab qololmadim qo‘llarimda men.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
77
á
* * *
Ha, dunyo ham senga oshiqdir –
Har maqomda etadi imo.
Òurishlaring ammo bosiqdir –
Sen mag‘rursan, go‘zal fuqaro.
A la Paris iqtibosida –
Nag‘malangan jami libosing.
Sen dunyoning iltimosiga –
Parvo etmay qadamlar bosding.
Òuflilarning da’f urishida –
Yurishlaring ozoda, tekis.
Bosh aylanish, lab qurishiga
Mumkin emas yurakni egish.
Sen haqingda orzu-yu reja
Hayotimga zarra inmadi.
Navoiydek yig‘ladim: “Kecha
Kelgum...debon...gulro‘ kelmadi”.
Sen o‘tasan – taqdir almashdi,
Sen o‘tasan – qismatlar qaro.
Boqay desam, ko‘zim qamashdi –
Yorug‘liksan, go‘zal fuqaro.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
78
* * *
Sening o‘jar lablaring alvon.
O, shafaqmi erka taoming!
Yo shafaqni yozgi tong misol
O‘pmoqlikni etding taomil?
Ikki qoshing – ikkita qanot.
Ikki ko‘zing – ikki umidqush.
Qay umrni aylading barbod,
Labing nega qondir, yirtqich qush?
Sendan faqat bir so‘z kutarman,
Hijrondaman – unutib o‘zni.
Qanday makr qilichi bilan
Shartta kesding labdagi so‘zni?
Dunyo kabi ko‘nglim yorishsin,
Qon ichida kulgu yarat... Kul!
Lablarimda manim ochilsin
Shafaq rangli g‘uncha – qizil gul.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
79
á
* * *
Qay baloga
Meni etding band?..
Bog‘lar aro kezaman mahzun.
Yuragimdan oqar tinmay dard –
Navoiyning satriday
Uzun.
Falak uzra
G‘amdan qorayib
Yig‘laguday turibdi bulut.
Jonga yetar dunyo torayib –
Òaqdir sori
Chiqaman kulib.
Yo‘qligingga ko‘nikaman jim –
Qorning oppoq shivirin tinglab.
Yuragimga qor yog‘ar betin,
Navoiyning satriday
Yig‘lab...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
80
* * *
Daraxtlar ortidan qorlar to‘kildi,
Òumanning ortidan yuz ochdi quyosh.
Qismatim qaytadan yana o‘qildi –
She’r yozdim
sen haqda
yig‘lab –beovoz.
Shu ko‘yi o‘ltirdim devona, giryon –
O, qani yo‘qlikning qa’riga cho‘ksam...
Muhabbatning yo‘li qalbdami hamon? –
Faqat qalbdaman-ku...
Nega sen yo‘qsan?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
81
á
* * *
Ko‘zimga tushdi quyosh.
Òong yuvilgan – ozoda.
Qo‘zg‘olma. Uxla bir oz,
Yurak – erka shahzoda.
Boqqa qo‘nmish – bir tekis –
Qor – billurtan farishta.
Òashqariga chiqay, qish,
She’rlarimni olishga...
Boshimga, tangrim, to‘kding
Nur-u qorni bu choqda.
Shunday baxtliman... Qo‘rqdim
Yurakni uyg‘otmoqqa.
6 –
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
82
QANOÒLI KECHA
Anglamadim: qorlar yog‘dimi,
Yo Yer uchdi samovot sari,
Uchqun-uchqun dunyo bag‘rini
Òirnab o‘tdi daraxt barglari.
Xiyobonlar, daraxtlar uchdi,
Imoratlar uchdi, ko‘chalar...
Òilingancha derazalari
O‘zin otdi ko‘kka kechalar.
Daryolar ham uchdi – osilib
Irmoqlari yonboshlariga...
Bir silkinib men ham qo‘zg‘oldim –
Qorlar qo‘ndi ko‘z yoshlarimga.
Va hayqirdim ortimga qarab
(Ayriliqda o‘rtandi dilim):
–Uchgin!.. Bir uch!.. Uchsang-chi yayrab,
Qanotsizsan nega, sevgilim?
Qor bo‘ralar... Sen – olis sharpa.
Atrofingda guvillar shamol.
Yer ham uchdi men bilan birga
Muzlab turma!.. Sen ham ucha qol!
Sen yolg‘izsan. Yolg‘izlik –yovuz...
Men zaminga yolvorib aytdim:
–Qolib ketdi yolg‘izim yolg‘iz–
Meni tashla! Yoniga qaytgil!..
...Derazadan tongda boqasan,
Quvonchingdan ko‘zing yaraqlar:
Yer – joyida. Bog‘larda purg‘am
Qor kechinib turar daraxtlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
83
á
Sen qiynalma!
Yashagin erkin,
Chorbog‘larda qorlar ot beg‘am.
Senga qishni, zaminni berdim–
Gard tegmagan qorlari bilan.
Mangu vido!
Sevganim manim,
Sog‘inganman... Yurak to‘ymaydi...
Yerga tush deb qiynaydi jonim,
Qanotlari ammo qo‘ymaydi.
Falagimda men ham baxtiyor –
Yulduz-u qor aylandi boshda...
Bu yuksakda hamma tole bor,
Sendan boshqa... Bir sendan boshqa.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
84
* * *
Qorday yog‘ib keldi ishq,
Izg‘irinday so‘zladim.
Qorday yog‘ib keldi ishq,
Ayozida muzladim.
Qorday yog‘ib keldi ishq,
Ko‘chalarda qoldim men.
Qorday yog‘ib keldi ishq,
Muzlab-muzlab yondim men.
Qochma mendan, taqdirim,
Òa’nam yo‘q – alamim bor;
Ayt, qorni eritdi kim,
Nega erib ketdi qor?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
85
á
* * *
Qor uchqunin kaftida
Òutadi daraxt.
Men kechikdim, aftidan...–
Kuz ham yo‘q, yorab!
Qor – to‘zonli. Ko‘rinar
Ruhing tumandan.
Yuksagingda men ham bor –
Kechdim tubandan.
Sen kutgansan... biroq qor
Yutdi izingni.
Ayt, yurakka berasan
Qachon izmingni?
Qayerdasan? Chorlagin.
Mag‘rurlik – bekor.
Faqat sening yelkangga
Yog‘ar og‘ir qor.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
86
* * *
Quyosh charaqlaydi – yaratqu tarzli –
Keng zangor afsunni tutgancha kiftga,
G‘ayrati beqiyos – kurrai arzni
Bog‘lab ko‘targusi bir zarrin ipga.
Yomg‘irso‘ng o‘tlarning badani toza.
Shamolga – taranib – o‘randi daraxt.
– Men seni sevaman! – soldim ovoza,
O‘tloqqa yiqildim – shashtimdan karaxt.
Men bu uchta so‘zni kim uchun aytdim?
O‘zim ham bilmadim – hayqirdim toshqin.
Har jonli giyohdan jarangim qaytdi –
Yiroq xayollarda bir balqdi aksim.
Cheksizlik burilib menga qaradi,
Olisga surildi yo‘qlik sarhadi.
Mening iqrorimdan borliq yayradi –
Cho‘zilib ketganday yashash muddati...
– Men seni sevaman! – soldim ovoza,
Òebrandi falakda taqdir beshigi,
Bu holim dunyoga buyuk darvoza –
Ezgulik kirguchi najot eshigi.
O‘tloqda yotibman bahorlarga teng.
Sening sog‘inchingga bor dunyom to‘ldi.
“Men seni sevaman” – shivirlading sen –
Menga o‘z tovushim qaytganday bo‘ldi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
87
á
* * *
Mening yuragimdan boshlandi bahor,
Qor ketdi – jonimni yomg‘irlar quchdi.
Bahor xabarini etgani oshkor
Qalbimdan qalblarga turnalar uchdi.
Bugun ko‘kka boqib qoldim sarosar,
Xazonda g‘amim ko‘p – aytgim kelmadi.
Mening yuragimdan uchgan turnalar –
Mening yuragimga qaytib kelmadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
88
* * *
Ezilib-ezilib yomg‘irlar yog‘di,
Ezilib-ezilib ado bo‘ldi jon.
Kechani gohida chaqmoqlar yoqdi,
Gohida “oh” urding – o‘rtandi jahon.
Umrning qorong‘u ko‘chalarida
Muhabbat-u nafrat horg‘in kezindi.
Bahorning yomg‘irli kechalarida
Ezildi... ezildi... yurak ezildi.
Òaqdirning beomon shiddat yomg‘iri
Aytar vidomizni aytdi tonggacha.
Endi bu yomg‘irning yo‘qdir oxiri –
Ezilib yig‘laydi so‘nggi ongacha.
So‘z kimga kerakdir? Lab ochmagin. Jim.
Òaqdir so‘zga loyiq qoldirmadi sir –
Men ham yomg‘ir kabi bir yog‘ib o‘tdim,
Sen ham yomg‘ir kabi yig‘lab o‘tding bir...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
89
á
* * *
O, bog‘lar gulladi,
Ilidi shamol.
Yomg‘irga yelka tut – o‘sasan, yurak...
Sen qanday yaxshisan –
Mana, bemalol
Aylanib-aylanib
Òuribsan, falak.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
90
* * *
Yorug‘lik tunga teng keldi –
Yetishdi navbahor fasli.
Ja’mi jim-jitlarim unli,
Ja’mi og‘riqlarim sasli.
Gar xazon ko‘nglig‘a yetdim –
Meni xazondin o‘ylama,
Kurtaklar bag‘rida dardim,
Ruhim chaqmoqdadir asli.
Boshimdan yog‘sa oq yomg‘ir,
Quyosh sochsa ziyolarkim –
Daraxtdek novda oturman –
Samovotga cho‘zib dastni.
Qandog‘kim chappor gulladim –
Gullashdan armon qolmadi! –
Gulim bori umidlig‘dir,
Navdamning barchasi – shashtli.
Òiriklik! Xurram o‘sginkim,
Bul hayot ildizim o‘ldi,
Bahorning avjida bul kun
O‘limning borligi bahsli.
Ruhimday o‘ssam, termulsam,
Òurmush ro‘yig‘a yuksakdin,
Fig‘on etsam: – Nechun, tangrim,
Vujudning qismati pastli...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
91
á
* * *
O‘tib borar jonga – ko‘zimdan –
Sovuqqina yomg‘ir nayzasi.
Òushunmaydi “Vido” so‘ziga
Bu bahorning yashil maysasi.
Ko‘ylagingday ho‘l bo‘ldi yurak,
Shamollarday muzladi dardlar.
Mening maysam! Olov muborak! –
Ko‘kda chaqmoq xanjarin charxlar.
O, bu falak! O‘tlarmi otar –
Qilichlaydi jonni dog‘ingda...
Hamma daraxt lovullab yonar
Ko‘nglimdagi yashil bog‘imda.
Men – bog‘imdan mosivo odam,
Kezinarkan olam aro jim,
Bu hayotga behush talpingan
Seni – beg‘am maysani sevdim...
Sevdim! Bilmam, holim ne kechar? –
Gar angladim g‘amning zaylini...
Boshlaringdan – men ham – bir kecha
Yomg‘ir bo‘lib o‘tsam, maylimi?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
92
* * *
Bolari tentirar – gullarga cho‘ri,
Kapalak jonsarak – boqqa xizmatkor.
Quyoshning tillarang jismini so‘rib,
Namxush havolarda ko‘karar bahor.
Yurgin, yurib o‘tgin ko‘ksimdan, shamol!
Òiriklik ne ersa, xoki poyiman.
Bugun toshlarda ham ko‘rguvchi kamol,
Dunyoning toshqinsel telba soyiman.
Menga begonaday turmagin hargiz,
Yam-yashil jahonim, ne yumushing bor?
Qara, hatto ari gullarga kaniz,
Hatto kapalak ham boqqa xizmatkor...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
93
á
* * *
Zaminda salqin oz,
Ko‘kda bulut oz.
Daraxt ko‘lkasida
Uxlab yotar yoz.
Bir parcha yerga men
Suvni taradim –
Bog‘dan qarzga olib
Shamol tarog‘in
Mevasi bir tomchi
Arg‘uvoni may –
Bargin suvga yozdi
Erka qulupnay.
Yo‘ng‘ichqa o‘ynaydi
Muzday suv kechib.
O‘ltirdim –
Bog‘langan
Ko‘nglimni yechib.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
94
* * *
Bog‘da nur-u soya uxlar ayqashib,
Qushlar qo‘shiq aytar dilgir maqomda.
Òoza havolarga yuzin chayqashib,
Rang-u bo‘y baxsh etar gullar jahonga.
Yo‘ng‘ichqaning sapsar gullari – shoda,
Mevalari o‘tli – pamildorining.
Ariqda tug‘ilgan go‘dak shaboda
Noxos chertib o‘tar ko‘ngil torini.
Daraxtday yam-yashil ko‘nglim bu lahza,
Dilimga qo‘ngan so‘z qushday uchar shahd.
Xuddi baxtday qalbga soladi larza
Yo‘ng‘ichqa oralab o‘tayotgan Vaqt.
Ko‘nglimga nur to‘la kengishlik tushdi,
Yuragim his qildi mangu bayotni.
Nozik bellaridan ohista quchdim,
Lablaridan o‘pdim go‘zal Hayotni.
Ikkimiz jo‘nadik – bog‘ arodir yo‘l,
Bog‘dan o‘tsak hamki, hayot qaytmadi...
Unga talvasada uzatmadim qo‘l,
Mensiz ketajagin u ham aytmadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
95
á
* * *
Ariqlarda oqib borar oy –
Ariq borar ko‘tarib fonus.
Oydin tunda – kechganicha loy,
Pishqirmasdan suv ichar poliz.
O, qanaqa ertakdan tushdi –
Yonarqurt-ku bu tirik olov!
Uning mitti shafag‘in quchdi,
Yulduz kabi to‘kildi qirov.
O, naqadar farog‘atda dil! –
Dil oy kabi sochadi ziyo.
Meni nega qiynading qirq yil,
Baxtli bo‘lish oson-ku, dunyo...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
96
* * *
Kun bo‘yi daraxtlar quyoshda turdi,
Yashil yelkasini tobladi chorbog‘.
Kiftimda soyalar titranib yurdi,
Bog‘da seni eslab yig‘laganim chog‘.
Moviy may – osmonni ichdi saraton,
Yuztuban yiqildi yo‘ng‘ichqazorda.
Mening yuragimni o‘rtadi gumon –
Qolib ketmadingmi, erkam, bahorda.
Shamollar keldilar boshimga yurib,
Bargday hilpiradi yurakdagi dog‘.
Xudoga ming shukur... Òirikman... Òirik...
O‘limdan yomondir bu sog‘inch biroq.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
97
á
* * *
Chinorlarni tizdim ko‘cha chetida,
Ariqlarda suvlar oqizdim – zilol.
Osmonga qaroqchi qo‘ydim... Yettita! –
Hamma tasodifni yengar. Bemalol.
Falakka qarasam – ko‘rindi ro‘ying,
Daryolarga boqsam – yuzing qalqidi.
Bog‘larning qo‘ynida sollandi bo‘ying,
Sog‘inchning ichida oyday balqiding.
Kelgin, qismat g‘avg‘o solmasdan avval,
Umidni tasodif yutmasidan kel.
Chinorlar tik turib tolmasdan avval,
Chinorlarning umri o‘tmasidan kel...
7 –
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
98
* * *
Shamol
Ayvonimga
Yaproqlar sochdi.
Shamol
Eshigimni
Ohista ochdi.
Derazamga urdi
Barglar galasi.
Cheksiz
Huvilladi
Ko‘nglim dalasi.
Nedandir umidvor,
Nedandir g‘amnok –
Òashqari chiqolmay
O‘ltirdim uzoq...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
99
á
* * *
Yomg‘irdan so‘ng ko‘chalar nafis,
Nur chayqalar fonuslarida.
Yuragimga qaytadi aziz
G‘ussa – unut olislarimdan.
Shamol kuzni oralar bog‘da,
Ho‘l barglarni boshimga otar.
Yurak og‘riy boshlagan chog‘da
Ruhga yetmay tumanlar botar.
Bu kuz tuni yo‘ldan adashdi –
Naq yurakdan otin soldi Vaqt.
Òaqdirimga jim aralashdi,
Xazon kechib yig‘lab yurgan baxt.
Men ko‘chada shamolday kezdim,
Har daraxtga sochdim tanimni.
Bu bog‘larda baxt bordir – sezdim,
Va unutmoq bo‘ldim g‘amimni.
Men seni hech ko‘rmaganman, baxt...
Dilga kirdi shubhali g‘uluv.
Ko‘klamimdan yiroq qochgan shahd,
Kuzakda ham yo‘qmi uchrashuv?
Butoqlarga jonimni tildim,
Intiqligim tolega – chindir.
Bu kechada baxt bordir – bildim,
Baxt bo‘lmasa... Yig‘lagan kimdir?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
100
* * *
Havoda uchdilar
chinor barglari,
ko‘chaga tushdilar to‘zg‘ib sarosar.
Kengaydi dardimning
og‘riq hadlari –
endi men qayg‘uman
kuzga barobar.
Chinor barglarini terib o‘ynading,
Xazonlig‘ dastiga
bekitding yuzni.
Ammo biror bargni menga qiymading –
g‘amgin pichirlading:
“sevaman...
kuzni...”
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
101
á
* * *
Osmon ko‘m-ko‘k.
Quyosh yaraqlar.
Kuz g‘amini ochdi yoruqqa.
Xazon tushlar aro alahlab,
Sariq barglar oqdi ariqda.
Bog‘ning bebarg kiftida hazin
Òitranadi quyosh qo‘llari.
Qalb o‘zgartar yashamoq tarzin –
Buriladi she’rga yo‘llari.
Aralashar ruhimga hayot –
Zilligi yo‘q, sumbati – harir...
Men hammadan bo‘laman ozod,
Faqat vaqtga tushaman asir.
Uning botin harakatini
Vaznlarga solarkan yurak,
Òutolmayman ruh shiddatini –
Yuksaklarga boraman qulab.
Òalvasada o‘sar qanotim,
Faqat rostni pichirlaydi lab.
Shiddatimda to‘xtar hayotim,
Bir lahzada bo‘lajakman sarf.
Osmon ko‘m-ko‘k.
Yaraqlar olam.
Kuz g‘amini sochdi yoruqqa.
Umrim bilan ja’mlanay desam,
O‘tolmayman mitti ariqdan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
102
* * *
Ko‘kdagi tirik bulut
Ajdarhoning haykali.
Òerak osmonni artar
Kuz yelida chayqalib.
Chayqalib borar ko‘nglim.
Chayqalib borar bardosh.
Chayqalar tushim, o‘ngim.
Chayqalar ko‘zimda yosh.
Chayqalar yorug‘ olam.
Chayqalar qora kecha.
Chayqalar dilda nolam –
Òilimga yetmay o‘char.
Derazamda sollanma,
Mehribon ukam terak!
Ko‘nglimni supirmoqqa
Bo‘ying yetmasa kerak...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
103
á
* * *
Bo‘ronda adashgan tog‘
O‘ltirar qorga botib.
Bo‘rilar hurkitgan chog‘
Yiqitganmikan oti?
Qisib kelar qorong‘u,
Yaqin kelar vahima.
Izg‘irin chalar cholg‘u –
Daralarning chohida.
– Yur otimning izidan –
Bizni qo‘llasin nabi.
Òog‘ qaltirab ortimdan,
Ergashadi it kabi.
– Hozir gulxan yoqaman...
Xudo qo‘llasa magar –
Senday tog‘lar o‘lmasdan,
Bahordan kelar xabar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
104
DASHÒ VA ÒOG‘ HAQIDA QISSA
Qalbimga to‘kildi sog‘inch – xazonrez,
Jonimga yetishdi qaro sovuqlar.
– Òog‘im, umr ketmay uchrashaylik tez –
Boshimda aylandi qo‘rqinch chovutlar.
Òog‘im qolgan yoqqa ayladim nolish,
Vohkim, dardim – baland, nolishlarim – past...
Ufqdan mung‘ayib keldi bir tovush:
– Men ketsam bir o‘zi qoladi-ku dasht..
Òaqdirdan nariga gullar to‘kildi,
Òaqdirning ichida yondi saraton.
– Umrning kitobi qariyb o‘qildi –
Dashtim, ko‘rishaylik, tezroq kel, bu yon!
Dashtim qolgan yoqqa ayladim nolish:
Vohkim, umrim – qisqa, nolishim – uzun...
Ufqdan aylanib keldi bir tovush:
– Mensiz bu tog‘laring qanday ko‘rar kun?..
Kuzak o‘tib ketdi ko‘chamdan horib,
Hayot-u mamotning qolmadi farqi...
– Ikkingiz ham keling ufqni yorib,
Ketarning yo‘llari bir tortsin salqi!
Òog‘im-u dashtimning o‘ylari necha,
Ammo qismat oni aytdilar chin bayt:
– Biz ketsak, Boysunning holi ne kechar? –
O‘zing kel, og‘ajon! Og‘a, o‘zing qayt!
Sizning chorlovingiz so‘ngimga yetdi,
Siz dunyo ko‘rgansiz, so‘ylangiz bu dam:
Boysundan kelishga bir umrim ketdi,
Qaytish ayirgaydir necha umrimdan?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
105
á
Yuksak og‘am o‘zin bulutga soldi,
Vujudini tildi sonsiz daralar.
Kengish og‘am kengish xayolga toldi,
Cho‘kdi tumanlarga cheksiz dalalar.
Kamtar bu sukutda ko‘pdir haqiqat –
Unda zil hayotning surati zohir:
Boysunda tog‘ bo‘lmoq qanday mashaqqat,
Boysunda dasht bo‘lmoq naqadar og‘ir!
Lahzalik mavjida hamma javob hal,
Yuzimga urildi tog‘-u dasht yeli:
– Bir bor yashamoqqa garchi qodirsan,
Qo‘rqmagin, ovozing keldi-ku yetib...
Ovunmay yig‘ladim Navro‘z kelgan tun,
Òun-u kun teng boqdi garchi royimga...
Bir tog‘ bo‘lolmadim boshingda, Boysun,
Bir dasht bo‘lolmadim, Boysun, poyingda.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
106
* * *
Gulxan yonar tun o‘rtasida,
Ko‘ylaklari kukun – yalang‘och –
Qorong‘uning qoq o‘rtasida –
Zulumotni yamlab yutar – och.
Shiddat ko‘pdir archa o‘tinda –
Yuzni o‘tdi uchquni tirnab.
O‘ltiraman suyanib tunga –
O‘mganimni yoruqqa tirab.
O, dahshatli dunyoman hozir!
Asir tushgan zulmatga yelkam,
Yorug‘ esa – aziz xavotir –
Issiq bag‘rin ko‘ksimga bergan.
Qo‘yib yubor, qo‘y kaftimni, tun! –
Noxos qaror qo‘zg‘oldi tanda...
Òundan ozod bo‘lmoqlik uchun
Bir maskan bor... faqat... gulxanda.
Ammo cho‘kdi yuragim mungga –
Sen nimasan jonda uringan?
Orqa miyam suyangan tunga,
Yorug‘likka ruhim urilgan...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
107
á
* * *
Kuz zabt etgan qishloqda oqshom.
Xazon urdi
Shamol betiga.
Yolg‘izgina uylar –
Beorom –
Òiqilishdi ko‘cha chetiga.
Suvoriylar qaytdi uloqdan,
O‘choqlarda
Olov to‘ladir.
Oh, do‘mbira! – bo‘zlab –
Uzoqdan –
Alpomishni izlab jo‘nadi.
Qozon qaynar –
Xudoga shukur...
Bu yurakmi
Dunyo talashgan?
Hamma uylar –
Beso‘z,
Beuzr –
Falaklarga qarmoq tashlashgan.
Ekranlarda to‘lg‘onar olam.
Alpomish yo‘q...
Chalmagin,
Yetar...
Qozon qaynab turibdi,
Bolam,
Do‘mbirangni sindirsak, netar?
Bolam,
Fe’ling juda ham o‘jar –
Òakrorlaysan qanday tushlarni?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
108
Do‘mbirangda
Bir azob o‘sar,
Sinamoqqa Alpomishlarni.
Umr bergan otangman.
Botir,
So‘z aytaman men ham beg‘araz:
Bolam, sening qo‘shig‘ing chohdir,
Alpomish ham unga kirolmas.
Dunyo bilan bahslashmagin,
Qayt!
Armoningni shamolga yedir...
Kuching bo‘lsa,
“Oh” urmasdan ayt –
Qaynayotgan qozonda nedir?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
109
á
* * *
Yam-yashil tanini shamol supurdi:
Ming rang gullar ichra to‘lg‘anarkan mast,
Bahorni simirdi, mayday simirdi –
Maysa-yu yomg‘irda chulg‘angan keng dasht.
Boshida o‘t sochib yorildi bulut,
Sel hidi ufurdi soylar betida.
Kimningdir bag‘ridan dog‘ini yulib,
Qizg‘aldoq qizardi dashtning chetida.
Ko‘lmakda “yarq” etgan yong‘in – chaqindir,
Bag‘riga to‘shalgan – kamtarin osmon.
Shunday kun yashamoq baxtga yaqindir,
Shunday kun eriydi tog‘larday armon.
Yohuy!.. Òiriklikning yo‘qdir poyoni...
Mangu Hayot, ko‘kar! Gullagin! Yaral!
Mening yuragimdan o‘tayotgan oni –
Bahor shiddatidan bitmoqda yaram.
Bahorgi baxtda ham chegara rasm –
Yondirmay qo‘ymaydi dashtning og‘ushi.
Qirlarning ortidan taralar hazin
Ko‘ganli qo‘zining nochor tovushi...
Ko‘zimdan yo‘qolgin g‘amning siyog‘i!
Dashtga yarashiqman – bermagin ozor.
O, men ham bahorning unut qiyog‘i –
Shu lahza dasht uzra ko‘karmog‘im bor.
Garchi yuragimda xazonlarim mo‘l,
Garchi uzoq ketdi umrning fasli,
Dashtda sanqigan Vaqt, bir uzatgin qo‘l,
Qayta ko‘karmoqlik mumkin emasmi?..
Bahorning yam-yashil saltanatida
Òurnalar xayolday ko‘kda tizildi.
Mening dardlarimning qat-qatlaridan
Kamalak uzildi – yurak uzildi...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
110
HAKIM AÒ-ÒERMIZIY MAQBARASIDA
...Najot so‘rab yo‘qladilar, anda qabrlaridan “tirikmiz”
degan sado keldi. Aytadurlarkim, Òermiz atog‘liq shahar shu
sadoga bog‘liqdir...
Sim to‘rlar chekindi. Agar Amuga
Qo‘lni cho‘zar bo‘lsam, yiqitmasmi o‘q?
Bobo, butun umrim mastlik tongida,
Mana, jonim ochiq – qo‘rg‘onlari yo‘q.
O‘psam tuprog‘ingni – makruh bo‘lmagay,
Òiz cho‘ksam, tizimdan qochmagaydir yer.
Mening tinchligimga ammo ko‘nmagay,
Zimillab yopishdi qalb bo‘g‘ziga she’r.
Podshohligim yo‘qdir shahar qurdirsam,
Yohud tosh qo‘ydirsam oyatlar o‘yib.
Ming yillik dardlaring jonim kuydirsa –
Qurbonlig‘ etaymi o‘zimni so‘yib?
U yon – Chag‘niyon, bu taraf –Òermiz –
Beshikday tebratar tuproqqa yotsak.
Òarix qavat-qavat to‘shalgan yermiz,
Qay asr ko‘madi oy kabi botsak?
Qalbimda qurilar har dam ming shahar,
(Qog‘ozga yetadi arang shovqini),
Qo‘rqoqlar imonin yutib yuborar,
Aytsam, Vaqtga yo‘ldosh yurmoq zavqini.
Uchib borayotir – qalbim – Samandar –
Goh kulman, goh olov – yig‘layman iz-iz.
Asrlar qa’ridan tasalli kelar:
“Yig‘lama, tirikmiz. bolam, tirikmiz”...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
111
á
* * *
Seni ko‘tarib toldi –
Horg‘inlikda bu olam.
“Yo, Olloh” de, g‘ayrat qil –
Dunyoni ko‘tar, bolam.
Seni ko‘tarib toldi –
Horg‘inlikda bu olam.
Hech bo‘lmasa, o‘zingni
Ko‘tarib yur, jon bolam.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
112
MASHRAB
Zamon barvaqt bo‘lmay deb taslim –
Yolg‘on so‘zga pinhon suyangan...
Men zamonning eng asil rasmin
Pinhon o‘rab qo‘ydim miyamga.
Menga ayon harom-u halol –
Chigallik yo‘q, yechilgan tugun.
U suratni olib, bemalol –
Hatto o‘lib ketishim mumkin.
Odamzodni agar xudovand
Yaratgani rost ersa xokdan,
Bu dunyoning surati – bir vaqt! –
O‘sib chiqar she’r degan chohdan.
Ammo shubha kezar olamda,
Miyam og‘ir ranglarga to‘liq...
Zil boshimni qonli yelkamga
Qo‘yolmaydi titragan qo‘lim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
113
á
* * *
Hali cho‘kmadi yelkam,
Yenggani yo‘q bu hayot –
Men hamon tushlarimda
Uchayapman – beqanot.
Yo‘q, hanuz qo‘rqqanim yo‘q –
Na kunduz-u na tundan.
Men hatto hushlarimda
Yerga qo‘nganim qo‘ngan...
8 –
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
114
* * *
Hech narsa yo‘q qo‘limda,
Kaftim uxlar beto‘fon.
O, dengizmi? Ko‘nglimda! –
Òo‘lg‘onadi beomon.
Moviy kenglik qoshida
O‘ltiraman so‘rab jon.
Òo‘sh urib g‘am toshiga
Cho‘kkan kemaman – ayon.
Òo‘lqinlarning zarbidan
Òan og‘riqqa to‘lgandir...
Men bir ulkan darddirman –
Ko‘nglim mendan ulkandir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
115
á
* * *
Necha kun yashaysan,
Aytgil, necha kun?..
Ko‘p go‘zal ochilding,
Jonim atirgul...
G‘amimni – tushuntir! –
Aytayin desam,
Besh kunlik umringda
O‘ynaysan – sho‘xsan.
Kelgin, bir hidlayin
Lablarim qo‘yib...
Sen gullab o‘tasan,
Men esa kuyib...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
116
* * *
Ko‘zlaridan uyqusi arib,
O, chaqaloq tamshandi xiyol...
Yoqasidan oyni chiqarib,
Jim egildi beshikka ayol.
Qanday go‘zal dunyo engashdi,
Chaqaloqqa to‘linoy tutib.
Dunyolarga go‘dak tenglashdi,
Oydan yorug‘ yog‘dular yutib.
– Uxla, bolam, uxla, tayanchim,
Seni kimki sezmas – ayanchli.
Menday falak yiqilsa, yorab,
Beshiklaring mudom suyanchdir.
Zulumot tinch o‘chdi tubanda,
Dunyo og‘ir kechani otdi.
Oq ko‘ylakka – harir tumanga –
Òong ko‘ksiga to‘lin oy botdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
117
á
* * *
Meni tashlab ketmang,
Do‘stlarim – qushlar!
Mensiz samovotda
Ko‘rmaysiz tushlar.
Sukutga boqasiz
Yurakni o‘rtab,
Mensiz sizga hech kim
Aytmaydi ertak.
Vodiyma-vodiy, ey,
Sargardon gala,
Mensiz – uchmoqlik ham –
Chaladir, chala.
Aylanib manzilga
Yetganingiz on –
Òaqdir ulashmagay
Ilohiy unvon.
Yigirma to‘qqiz qush... –
Jaranglar hazin...
Semurg‘ bo‘lolmaysiz
Mensiz, do‘stlarim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
118
* * *
Yulduzlar o‘tida boshim mash’aldir,
Erning zax qa’rida oyoqlarim – muz.
Yuragim – navro‘z-u ruhim hamaldir,
Jonimda – saraton, qismatimda – kuz.
Òurfa faslim aro men seni suydim,
Òurfa makonimda – aylading taslim.
Xudovand, nuringni qalbimga quyding,
Ming jilva azobda jon qildi taslim.
Dunyo o‘tib borar jonim oralab,
Quyoshim oqshomga tutmoqdadir yuz.
Qish o‘tdi, bahor-u yoz o‘tdi, yorab!..
Yorab! Mening bilan ketmaysanmi, kuz?..
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
119
á
* * *
O‘rgimchakday dayri dun
O‘rab oldi ro‘zimni.
Qilich tutib – tun-u kun –
Ozod etdim o‘zimni.
Yuragimda – aylanib –
Har kun qurildi devor,
Ruh ichinda shaylanib,
Devorni etdim bekor.
Zanjirlarimni kesdim,
Kishanlarimni ezdim –
Bir eldan bir odamni
Ozod etganim sezdim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
120
* * *
Neki zalvoridan ayrildi – o‘tdi.
Ruhim sokinlikka bandlig‘ kezlari –
Òungi derazasi nur sochib – o‘tlig‘,
Uchar bolalikning cho‘ng poyezdlari.
Uchar mendan ayri yam-yashil bog‘lar
(Daraxtlar bir-birin yig‘lab quchadi),
O‘zini bir mitti qush kabi chog‘lab,
Boshida qor to‘zg‘ib tog‘lar uchadi.
Cho‘zilib-bukilib uchar yo‘llar ham:
Ko‘ksimga toshlari tushadi bexos –
Beovozlik ichra – ohista, mubham –
Òushadi beog‘riq, tushar beovoz.
Go‘dakligim tushi – otam kezadi,
Bog‘ni kezgan kabi ko‘kni oralab.
Uning qo‘llarini kiftim sezadi,
Faqat zalvorini sezmayman, yorab...
Olis do‘stlar uchar – bulutday yengil,
Yovlar tuman ichra ketmish benishon.
Do‘st-u dushmanimni, demak, kechirdim –
Demak, do‘stlig‘-yovlig‘ o‘tdi beomon?
O, sen ham o‘tdingmi, mening bechoram? –
Òillarim o‘rtanib “tangrim” degan payt,
Vujudim, men seni sezmadim hech ham,
Ruhim zalvorini his qildim faqat.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
121
á
O‘ÒAR DUNYO BALLADASI
– Olib keting meni ham... Axir,
Bu tor dunyo ko‘nglimga botar...
– Bolam, buncha bo‘lma besabr... –
Kun botarga ot soldi ota.
Nasib emas mag‘ribdan qaytmoq –
Ketgan kelmas yana dunyoga.
– Ota, sening izingdan biroq
Men boraman po-yu piyoda.
Piyodaga toqati yo‘qdir,
Vaqt egarga o‘tqazdi mahkam:
– Ko‘zim ham to‘q, ko‘nglim ham to‘qdir –
Otingni sur, yigit, xotirjam.
O‘zim senga bo‘lay jilovdor,
Ko‘rsatayin eng qisqa yo‘lni.
Òezlikka ber, jonim, e’tibor,
Òurg‘unlikka uzatma qo‘lni...
Vaqt shunaqa kuyladi yalla,
Vaqt shunaqa tutqazdi sharob.
Vaqt do‘stingday ko‘ringan palla,
Yovliklari tuyuldi sarob.
Suvoriyning chaqnadi ko‘zi,
Suvoriyning g‘ayrati toshdi –
Vaqt irg‘ishlar bo‘ynini cho‘zib,
Vaqt yillarning ustidan oshdi.
Ko‘kda arvoh yig‘ladi giryon,
Fig‘onidan titrandi olam.
– Bolam, menday bo‘lmagin nodon –
Qamchi bosma otingga bolam!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
122
Ot boradi bahordan o‘tib,
Ot boradi yozda yaltirab,
Ot boradi kuzakni tutib,
Ot boradi qishda qaltirab.
Ko‘kda arvoh charx urar giryon,
Zirillaydi ruhida olam:
– Bolam!.. Bolam, bo‘lmagin nodon!..
Mahkam tortgin jilovni, bolam!..
Otlig‘ vayron boqar falakka:
– Yuragimni, ota, ezma, bas!..
Hol qolmadi, axir, yurakda –
Bu tulporni to‘xtatib bo‘lmas.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
123
á
* * *
– Ertak tugadi. Hamma
Murodiga yetishdi...
– Yetishgan so‘ng murodga
Yana qayga ketishdi?
Muroddan keyin nima,
Baxtdan keyin nima bor?
– So‘rab nima qilasan,
Uxla. Savol na darkor...
– Bilmoq istayman, ayting –
Go‘dak aqlim besabr.
Murodiga yetgan so‘ng
Qayga ketadi taqdir?
Nechun, ona, yashirib
Yoshingni jim to‘kasan?
– Aytolmayman, bolajon,
Aytaversam, qo‘rqasan...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
124
* * *
Men seni har kuni ko‘rgim keladi,
Ko‘rmagan kunlarim o‘lgim keladi.
Hasratning beeshik dunyosi aro,
Sensiz bu ro‘zg‘orim bo‘larkan qaro –
Abad qarolig‘da so‘ngim keladi.
Men seni har kuni ko‘rgim keladi:
Kutaman – tushimmas, o‘ngim keladi.
Manim jim nidomga etmasdan karam,
Hatto so‘z aytmasdan o‘tib ketsang ham –
Shu so‘zsiz nidoga ko‘ngim keladi.
Men seni har kuni ko‘rgim keladi,
Sen kelsang, vujudga ko‘ngil keladi.
Òosh taqdir yumshaydi – eriydi qorday,
Go‘yo hayot borday, tiriklik borday –
Ruhga avval yog‘du, so‘ng gul keladi.
Men seni har kuni ko‘rgim keladi.
Ko‘zingga tikilib turgim keladi...
Sendan so‘ramayman mangu hamrohlik,
Yoningda – o, mudom qalbingga bog‘liq! –
Bor-yo‘g‘i bir umr yurgim keladi...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
125
á
* * *
Bu ayol chiroyli,
Dono, mehribon –
Sog‘-u omonligim
So‘raydi har on.
Òun-u kun xat yo‘llar,
Mehri – sahovat.
She’rlar tinglashga ham
Òopadi toqat.
Ishni bitirar-u
Yugurar ishga.
Bu ayol hayotda,
Ko‘ngilda, tushda...
Mayli, “sevaman” der,
Mayli, yig‘laydi...
Meni unitishin
Hali bilmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
126
NAVOIY
Bir qarasam,
tashqarida kuz,
bir qarasam bahor;
goh yozda nozlanib yotar tashqari,
goh qorda qaltirab...
Har lahzada – shu.
Xullas, cheksiz Astrobod.
Bosh olib ketgim kelar!
Qayoqqa?
Boray desam,
Hirot yo‘q.
– Hirot!..
Chinqiraman betinim.
Dunyo sadosizdir!
Vohkim,
Astrobod bilan tugar,
Faqat Astrobod bilan tugar –
bu dunyoning
barcha yo‘llari.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
127
á
* * *
Seni sog‘inganda
Ozod bo‘ldim men,
G‘amingda naqadar
Barbod bo‘ldim men!
Seni sog‘inganda
Yuksakka chiqdim.
G‘aflat pastda qoldi –
Yurakka chiqdim;
Seni sog‘inganda
Baxtiyor bo‘ldim,
Baxtli o‘limlarga
Haqli yor bo‘ldim.
Kezaman dunyoda:
Azobing – tiniq,
Go‘yo xo‘rsiniqman,
So‘nggi xo‘rsiniq...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
128
* * *
So‘zlarni samoviy ranglar o‘radi.
Har bir jilosida ruh – qavat-qavat.
Qay bir yuksaklikdan kelib so‘rading:
– Meni sevasanmi?
– Sevaman abad.
So‘zlar chin shiddatda hapriqib oqdi,
Òaqdir-u umrga otib ildizlar...
Negadir bizlarga achinib boqdi,
Derazada turgan qari yulduzlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
129
á
ÒUSH HAQIDA ERÒAK
Òongda uyg‘ondim-u yo‘lga tez chiqdim,
Ufqqa betoqat ko‘zimni tikdim.
Shaharlardan o‘tdim, qishloqdan o‘tdim,
Òoshloqlardan o‘tdim,
O‘tloqdan o‘tdim –
Hatto uyimdan ham nariga ketdim,
Mantiqning beshafqat qa’riga ketdim.
Dedilar: – Qayoqqa shoshasan, bu dam?
– Òushimning ortidan,
tushim ortidan!
Bu yo‘lda garchi g‘am yutmoq istamayman,
Òushimni qo‘limga tutmoq istayman...
Dalalardan o‘tdim, bog‘lardan o‘tdim,
Nodonlardan o‘tdim, sog‘lardan o‘tdim,
Kunlarimdan o‘tdim, yillardan o‘tdim,
Meni mo‘ljal olgan millardan o‘tdim –
Yo‘llar tezligimga yelday eshildi,
Chorig‘im titildi, tovon teshildi...
Dedilar: – Bo‘ldi, bas!
Qayt! Ortingga Qayt!
Òushingni suvga ayt,
Faqat suvga ayt!
Anglagin, bunda yo‘q tushqo‘nar makon,
Òushingni suvga ayt faqat, og‘ajon!
Lablarim gezarib, yo‘llardan qaytdim,
Òushlarimni yig‘lab suvlarga aytdim,
Suvlar olib ketdi – daryoga yetdi,
O‘zimday tinimsiz dunyoga yetdi,
Daralardan o‘tdi, tog‘lardan o‘tdi,
Necha to‘g‘on qadar chog‘lardan o‘tdi.
9 –
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
130
Kechalardan o‘tdi, kunlardan o‘tdi,
Ham Qora, ham Qizil qumlardan o‘tdi.
Dengizlarga yetdi! Dengizga yetdi!
Òushlarim mavjlarda o‘ynadi – ketdi!
Suzish ham esidan chiqib, boyaqush
Baliq hayron qotdi:
– Qanday go‘zal tush!
Kemalar yetdilar to‘lqinlar osha,
Etgani bu go‘zal tushni tomosha.
Odamlar kemadan ko‘rsatdi-da bo‘y,
Og‘zini yumolmay so‘z qotdi:
– Voy-bo‘y!
Naqadar mo‘’jiza! Olam bilmaydi!
Ming uxla! Bunday tush bizga kirmaydi!..
O‘zlarin tilida so‘zlab bir balo,
Bebahs-u bejanjal – yo‘qmi muammo? –
Biri tushlarimni rasmga oldi;
Biri o‘lchab ko‘rib, hisobga soldi...
Bu asr axborot yetkizmoqqa tez.
Menga ham xabarlar yetib kelgan kez,
Desalar:
– Bir armon alhol ushaldi,
Òaqdirning dastidan birov bo‘shaldi,
Birov o‘zin sotmay, topdi saodat,
Òurmushdan topildi oxir zarra baxt...
Òinglab, ko‘zlarimdan yosh oqar...
– Yohu!
Bu mening tushim-ku! Mening tushim-ku!
Bu o‘sha – dilimdan to‘kilgan bayot,
Qurmoqqa quvvatim yetmagan hayot.
Òangrim! Suvga aytar tushlarim mo‘ldir!
Bir qatra suv bersin! Dunyongni ko‘ndir...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
131
á
DEDAL VA IKAR
–Yuragim qo‘ymadi, uch deb qo‘ymadi,
Falakka intildim, ammo bu hayot
Yerga ko‘maverib tanni, to‘ymadi...
Baribir men qanot yasadim, qanot!..
Bolam! Sen ne uchun meni qiynaysan,
Sening ham joningdan o‘tdimi turmush?
Uchish ham azobdir, axir... Bilmaysan!
Uchish – qismat osha – betin zo‘riqish.
Qara! Menga qara! Ahvolimga boq!
Ammo sen so‘zlaysan qandaydir tushdan!
Uchganning hamisha qismati chatoq,
Yerni-ku gapirma, falak ham dushman.
Garchi padaringman! Qilmagin taqlid,
Senga quriganmi jaydari taqdir –
Masalan, ermakka urishtirgin it,
Yoxud mayxonada uyushtir tadbir.
Yo‘lingdan qaytmaysan! Òuribman sezib!
Mana, bir juft qanot! Senga ham! Olgin!
Ikar!
Bolaginam!
Uchganing kezi
O‘zni quyoshgamas – shamolga solgin!
Behuda yuksaklik esa toldirar!
Past uch! Dengiz uzra parvoz ham ko‘rkam...
Òo‘xta! Quyosh sori borma! Yondirar!
Òo‘xta! Qanotlaring kuyadi, bolam!..
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
132
– Ota! Olov o‘tdi suyag-u etdan,
Azobdir jismimni quyosh yutishi...
Faqat qanday go‘zal – falakka yetgan
Parvozning kul bo‘lib, yerga tushishi.
– Hech kimni ayamas rivoj hududi!
Bizni yamladimi? Yo‘qdir e’tiroz:
Kuyib tushayotgan, bolam, vujuding,
Ko‘kda qolgan esa la’nati parvoz!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
133
á
* * *
Qorong‘ulik bo‘lmaganda,
Sizga xat yozarmidim.
Yurakdosh izlamaganimda,
Sizga xat yozarmidim.
Adashib ketmaganimda,
Sizga xat yozarmidim.
Xat yozarmidim,
Manzilingizni bilganimda?..
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
134
* * *
Ayoz. Kecha – qatqaloq.
Havo tirnar yurakni.
Yulduzlar yonar porloq
Shu’lalari ipakli.
Falak besarhad qo‘shiq
Òangrim aytgan dostonda...
Ketgim keldi bu kecha
Òunagani osmonga.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
135
á
* * *
Shaboda!
Shoh boda!
Yaproqlar tebranar,
Soyalar tebranar –
Mast ayladingmu?
Shaboda!
Ozoda
Bahorni ko‘ngilga,
Bir nafis,
Bir hadis –
Sas ayladingmu?
Shaboda,
Sha’n boda,
Ko‘rinmas kapalak –
Mavjlangan nursan.
Shaboda,
Nurzoda,
Ko‘nglim behisht o‘ldi –
Sen esa hursan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
136
* * *
Bilaman, hayot – kurash bilan tirik.
Ammo men muvozanat talabidaman.
Masalan: qirg‘iy zo‘r bo‘lmasin qanchalik,
Chirqillagan chumchuq tarafidaman.
Men kuchning har ishidan izlayman mantiq –
Chidolmayman haqning ezilishiga.
Qo‘lni ko‘tarmayman hech qachon – aniq –
Gullagan daraxtning kesilishiga.
Olamga zo‘rovonlik beshafqat boqadi.
U xush ko‘rar tiz cho‘kkan dunyoni...
Bu payt menga negadir yoqadi –
qullarning isyoni.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
137
á
* * *
Ikki jo‘yak tok, olmazor
O‘rtamizda. Bog‘ – eski.
Bu yo‘lakdan ketsam – sen bor.
Sen bor. Aldamas sezgi.
Ariqlarni o‘tlar ko‘mgan –
Suvlar sim-sim – faqirfe’l.
Òollar soya otgan yo‘lda
Senday titrab borar yel.
Ko‘tarolmas o‘mganini
Òoklar. Bu bog‘ – qarovsiz.
Bilmas nima bo‘lganini –
Sevgi yashar – yalovsiz.
Garchi jonda – ming qiynoqda –
Buralar besas faryod:
O‘lim – yaqin. Bu chorboqda
Ko‘ch-ko‘ron ortar hayot.
Chol daraxtlar shabodada
Shovullamaydi keskin...
Men sen haqda so‘zlab bersam –
Òinglar. Bog‘ – juda esli.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
138
* * *
Gulchehraning qo‘li gul.
Shippak tikdi o‘ziga.
Rangli kartondan.
Biram bejirim. Gullari ham bor.
Onasi negadir yig‘ladi.
Gulchehraning baribir quvonchi olam:
endi opasining maktabdan kelishini
kutib o‘tirmaydi –
o‘zi ketaveradi maktabga Gulchehra.
Opasini o‘zi keyaversin o‘sha eski kalishni.
Bir o‘zi kiysin.
Gulchehraning shipagi bor.
Chopib ketdi Gulchehra yo‘llardan.
Gulchehraning shippagi bor!
Biram bejirim.
Biram yarashiq.
Gullari ham antiqa!
Atrofda esa bahor!
Bulutlar yugurib kelar tog‘lardan.
Chaqmoqlar chaqadi.
Yomg‘ir shovullar.
Gulchehra yuray desa,
quruq joy yo‘q olamda.
Yo‘llar xalqob...
Gulchehraning bejirim shipagi ivib qoldi.
Gulchehraning chiroyli shipagi yirtilib qoldi.
Gulchehraning rangli shipagi uzilib qoldi.
Yo‘l chetida qunishib to‘xtadi
Gulchehra:
maktabga boray desa,
bolalar kuladi “yalangoyoq” deb,
uyga qaytay desa, yig‘laydi onasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
139
á
ERÒAKGA IQÒIBOS
– Odam, buyur! Bajo etgum
Ne istasang dunyoda!..
Men baliqni ozod qildim
Va tashladim daryoga.
– Buyur!..
Yana jilpangladi
Qarmoq uchida baliq.
Yana uni suvga otdim –
Mangu hurlik ber, xoliq!
– Buyur!..
Oltin bo‘lmay o‘lgur,
Yana qarmoqqa bandi...
Jonvorga boz hurlik berdim –
Ertak hamisha tanti.
Ammo baliq faryod urdi,
G‘ami sig‘may dunyoga:
– Qarmog‘iga ilinmanglar,
Yana tashlar daryoga!..
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
140
* * *
Men azobdaman,
senga aytsam...
Qo‘limdan hech narsa kelmaydi.
Qo‘lim – kalta.
Shu qadar kaltaki,
ko‘rganlarimni yozay desam,
qog‘ozga yetmaydi.
Qog‘oz bilan
ko‘ngil orasida esa,
beorlar yaratgan zo‘ravonlik
va men – joni shirinning
qo‘rquvi bordir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
141
á
* * *
Kunlarda – yo‘q ozor.
Hol – muvozanat:
Na-da malomat bor,
Na-da adovat.
Òanda – tiniq orom –
Zilol ruh fasli.
Vaqt, endi yo‘q armon,
Òaslimman, taslim.
Insonlik bahrida
Òugadi ro‘zim.
Qoldi so‘z – tangriga
Aytguvchi so‘zim.
Chaqmoqlarga uchrab
Yonmagandayman;
Hozir
dunyo ichra
Qolmagandayman.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
142
UNDOV SO‘ZLARGA BOG‘DA YOZILGAN
SHARHLAR
O!.. – daraxt barg ochibdi.
Vuy!.. – bog‘ gulga ko‘milgan.
Uh!.. – nimalar qilayapti bu Ayamajuz?
Voy-buy!.. – hosilning ko‘pligini!
Bay-bay!.. – bog‘ to‘la meva. Òo‘kilib yotibdi.
Iye!.. – bir barg sarg‘aydi.
Oh!.. – xazonrez.
Uf!.. – buncha g‘amgin bu imillagan yomg‘ir?
Uh!.. – yaydoq shoxlarni oralab, bir zarra qor
uchib o‘tdi...
Demak,
tugadi undov so‘zlar.
Endi bahorgacha
bosiq suhbatdir...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
143
á
BAXSHIYONA
* * *
Elbek baxshi shogirdi Elomonga: “Dunyoga aytadiga-
ningni aytgin, dimog‘ingni chog‘ qilib, ko‘ksingni tog‘ qilib,
eson-omon qaytgin”, deb do‘mbirasini qo‘liga tutqazib,
safarga jo‘natgan edi.
Ana endi Elomon qaytdi. Elbek baxshi shogirdining
qo‘lidan ushlab, ko‘nglini xushlab: “Dunyoga nimalarni
aytding, o‘, bolam”, deb so‘rab, Elomon javob berib tur-
gan joyi ekan:
Maysaga ezmayman, deb aytdim,
Daraxtga kesmayman, deb aytdim.
Òuprog‘imga, sen deb o‘lsam,
Og‘riqni sezmayman, deb aytdim.
Ayolga suyaman, deb aytdim,
Ishqingda kuyaman, deb aytdim.
Sening bosgan izlaringga
Boshimni qo‘yaman, deb aytdim.
Sahroga tog‘ bo‘lasan, deb aytdim.
Kechaga oq bo‘lasan, deb aytdim.
Shaytonga, ayolni sevsang
Imonday pok bo‘lasan, deb aytdim.
Qushlarga otmayman, deb aytdim,
Yorimga sotmayman, deb aytdim.
Haq aytsam – o‘tda kuymayman,
Suvlarga botmayman, deb aytdim.
Chinorlarga xassan, dedim,
Osmonlarga pastsan, dedim,
Yulduzlarni qo‘lda tutib,
Òutganim yo‘q – mastsan, dedim.
Òog‘ ustiga chiqdim maston,
Ko‘z oldimda O‘zbekiston.
Yig‘layverdim, yig‘layverdim,
Dedim: iloyo, bo‘l omon.
Ko‘z yoshga arzir – sen, dedim
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
144
Quvonchga arzir – sen, dedim,
Bu boshim dunyoga arzir,
Shu boshga arzir – sen, dedim,
Qo‘shig‘im tarzi – sen, dedim,
Yuragim mag‘zi – sen, dedim,
Otamdan meros qolgansan,
Bolamdan qarzim – sen, dedim.
Elomon yana ko‘p aytdi, emranib turib xo‘b aytdi,
jo‘shib aytdi, shoir-da, ba’zan qo‘shib aytdi. Shunda Elbek
baxshi: “O‘, bolam! O‘, shoirlikda men yetmagan nolam,
baxshi bo‘lib to‘liqib qolibsan, ilhom deganiga yo‘liqib
qolibsan, endi senga oxirgi nasihatim shudir”, deb ko‘ksida
qo‘zg‘algan yelga soqoli pirillab, ovozi chaqmoqday gurillab,
bir so‘z deb turgan ekan:
Ustozim deganing she’rfurush chiqsa,
Suyganim deganing erfurush chiqsa,
Podshohim deganing elfurush chiqsa, –
Chidagin, bolam-a, chidagin,
Dardlaring taningga joylansin.
Chidagin, bolam-a, chidagin,
Ohlaring qo‘shiqqa aylansin!
Chin qolib, yolg‘onlar topsa marhamat,
Yaxshimas, yomonlar topsa marhamat,
Aldamchi zamonlar topsa marhamat –
Chidagin, bolam-a, chidagin,
Dardlaring taningga joylansin.
Chidagin, bolam-a, chidagin,
Ohlaring qo‘shiqqa aylansin!
Amir o‘g‘ri bo‘lsa, qozi – riyokor,
Vazir – shuhratparast, o‘g‘ri – ziyokor
Va ular xalqingdan kulsalar beor –
Chidagin, bolam-a, chidagin,
Dardlaring taningga joylansin.
Chidagin, bolam-a, chidagin,
Ohlaring qo‘shiqqa aylansin!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
145
á
Donolar qorani oppoq desalar,
Shoirlar haromni shu pok desalar,
Qo‘rqsalar, dushmanni o‘rtoq desalar –
Chidagin, bolam-a, chidagin,
Dardlaring taningga joylansin.
Chidagin, bolam-a, chidagin,
Ohlaring qo‘shiqqa aylansin!
Odamman deb tursa temirlar, toshlar,
Desalar: dunyodan bitdi ko‘z yoshlar.
Òug‘larning ustidan yursa molboshlar, –
Sen chida, bolam-ey, sen chida.
Kuylagin – to‘xtama bir nafas!
Sen kuyla qilichning tig‘ida –
O‘shanda el-yurting chidamas!
Bu qo‘shiqni aytib, Elbek baxshi quyoshga tik qaragan
ekan, ko‘zi yoshlanmabdi.
10 –
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
146
* * *
Elbek baxshi bir kambag‘alning to‘yini gurullatib, necha
kampir-qizlarning yuragini dirillatib – ovuliga qaytib kela-
yotgan edi, bir karvonga duch keldi. Karvonning atrofida
necha otliqlar chopishib kelishyapti, tuyalarni yetaklagan
shotirlar qoqilib kelishyapti. Osmonga mushaklar otilgan,
tuyalarga atlas kimxoblar yopilgan, yosh-yalanglar bo‘za ichib
bo‘kirishgan, bir-biriga do‘q urushgan, tuya ustidagi qizlar
ularga lab burishgan, karvonboshining peshonasi tirishgan –
oldinda kelyapti.
Elbek baxshi: “Ho‘v, karvonboshi, yo‘l bo‘lsin?” – deb
so‘radi, karvonboshining oldini o‘radi.
“Yo‘ldan qoch, bachchag‘ar, kelin olib ketayapmiz”,
– dedi karvonboshi.
Elbek baxshining qulog‘iga yig‘i tovushi urildi. Sezdi –
uyi kuygan. Bu – Oytumanning tovushi. Shunda: “Ey,
kambag‘allik qursin! Orzum ochilmay so‘ladigan bo‘ldi,
o‘zim hasratda o‘ladigan bo‘ldim”, deb bir so‘z aytib turgan
ekan:
Karvon ko‘rdim tuyalari bo‘zlab borar,
Nortuyada mening yorim muzlab borar.
Menga bergan va’dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni izlab borar.
Peshonangning yozdig‘idan ayrilma, yor,
Jonim chiqar – qo‘shiq aytsam qayrilma, yor!
Oytuman yor ketib borar karvon bilan,
Og‘rinma dil, mard qoladi armon bilan.
Mol-dunyoning izmin tutib ketaversin,
Men qolayin yurak degan sarbon bilan.
Peshonangning yozdig‘idan ayrilma, yor,
Jonim chiqar – qo‘shiq aytsam qayrilma, yor!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
147
á
Oytuman yor, tumandayin suzib ketding,
Yuragimning qal’asini buzib ketding.
Parchalansam – meni qo‘shiq yig‘ishtirar,
Sen qo‘shiqsiz qolding, gulim – to‘zib ketding.
Peshonangning yozdig‘idan ayrilma, yor,
Jonim chiqar – qo‘shiq aytsam qayrilma, yor!
Karvon yo‘li ketgunicha qizg‘aldoqzor,
Yig‘lamagin, yig‘lagandan dunyo bezor.
Kulib-kulib, quvnab-quvnab ketavergin,
G‘amga o‘zim xaridorman, o‘zim bozor.
Peshonangning yozdig‘idan ayrilma, yor,
Jonim chiqar – qo‘shiq aytsam qayrilma, yor!
Qorli tog‘dan naridadir o‘zga diyor,
O‘zga yurtda kelin bo‘lib qolishing bor.
O‘zga yurtda o‘z yurtingni eslab turgin,
Menga emas, tuprog‘ingga bo‘l intizor.
Peshonangning yozdig‘idan ayrilma, yor,
Jonim chiqar – qo‘shiq aytsam qayrilma, yor!
Men-chi? Menga goh shodlik, goh alam to‘lar,
Har satrimga kulgum to‘lar, nolam to‘lar.
Bu olam-ku, manim dilim yarim etdi,
Yarmi bilan kuylasam ham olam to‘lar.
Peshonangning yozdig‘idan ayrilma, yor,
Jonim chiqar – qo‘shiq aytsam qayrilma, yor!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
148
* * *
U payt shoir elma-el, yurtma-yurt yurib goh dili
suyganni, goh dili kuyganni tinglar ekan. Shoir “oh”
tortsa, el “oh” tortib, shoir kulsa, el kular ekan.
Elbek baxshi ham el kezib yurib, odamlarning dardini
sezib yurib, bir ovul ustidan chiqdi. Qaradi, bir ayol qim-
tinib, xayol surib, toshlarga turtinib soyga, suvga enayapti.
Òanidi – Oytuman. Oytumanning ko‘zi ham unga tushdi. Ga-
pirmoqqa til qayda? – ikkovi ikki joyda serrayib turibdi.
Shunda ularning sel-selbor yig‘layotgan ko‘zlari shunday
gaplashishgan ekan:
OYÒUMAN:
– Yaproqlar so‘ladi – baxtsizman,
Olovlar so‘nadi – baxtsizman.
Yo‘lingga intizor ko‘zimni
Òuproqlar ko‘mmadi – baxtsizman –
Ammo sen baxtiyor bo‘lgin, hamisha!
ELBEK BAXSHI:
– Axir, bir ochilish baxti bor,
Boshoqday yanchilish baxti bor,
Sog‘inchdan xazonday to‘kilib,
Ko‘z yoshday sochilish baxti bor –
Men shunday baxtiyor bo‘lay, hamisha!
OYÒUMAN:
– Kun o‘tmay, shom keldi – baxtsizman,
Ufqdan qon keldi – baxtsizman,
Nechun bu yuragim qiynalar,
Ot minib, jon keldi – baxtsizman –
Ammo sen baxtiyor bo‘lgin, hamisha!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
149
á
ELBEK BAXSHI:
– Shom chog‘i yulduzlik baxti bor,
Sog‘inchda yolg‘izlik baxti bor,
Hasratda qo‘shig‘im gulladi,
Shu gulga ildizlik baxti bor –
Men shunday baxtiyor bo‘lay, hamisha!
OYÒUMAN:
– Dilimda nolam bor – baxtsizman!
Jig‘amda lolam bor – baxtsizman!
Qo‘sh beshik tebranar yonimda,
Egizak bolam bor – baxtsizman –
Ammo sen baxtiyor bo‘lgin, hamisha!
ELBEK BAXSHI:
– Yurakni tinglamoq baxti bor,
Qayg‘uni ilg‘amoq baxti bor,
Kechani sho‘r boshga yopinib,
Ko‘rinmay yig‘lamoq baxti bor –
Men shunday baxtiyor bo‘lay, hamisha!
OYÒUMAN:
– Yo‘limdan tayrindim – baxtsizman,
Qanotim qayrildi – baxtsizman.
Kechalar boshimga yog‘ilsin,
Men sendan ayrildim – baxtsizman –
Ammo sen baxtiyor bo‘lgin, hamisha!
ELBEK BAXSHI:
– Yig‘lama, armonning baxti bor,
Oytuman, hijronning baxti bor.
Ishqsizga omonlik baxt bo‘lsa,
Ishq ichra qurbonning baxti bor –
Men shunday baxtiyor bo‘lay, hamisha!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
150
OYÒUMAN:
– Armonning gullari sap-sariq,
Sariqqa to‘ldi-ya, bu borliq,
Men qancha baxtqaro bo‘lsam, ayt,
G‘ussadan bo‘lasan sen forig‘.
Men qancha baxtqaro bo‘lay, ayt!
ELBEK BAXSHI:
– Boshingga shol ro‘mol tashlaysan,
Bekorga ko‘zingni yoshlaysan.
Men qancha baxtiyor bo‘lsam, ayt,
Sen meni unutib yashaysan,
Men qancha baxtiyor bo‘lay, ayt!
Ular shu alfozda qancha turishganini bilishmadi. Avval
Elbek baxshi o‘ziga keldi. Qarasa, ko‘zlari dardlashib
to‘ymaydiganday. Shunda o‘zini tutib olib, ko‘z yoshini yutib
olib, Oytumanga gap qotdi: “E, egachim, bunday qarasam,
kelbating ovulimizdagi Davlatbiyning qiziga mengzaydi. Shu
yerlarga bir qizi kelin bo‘lib tushgan deb eshitaman. Shu sen
emasmisan?”, – dedi. Oytuman bir yutinib, ming bir
tutilib: “Davlatbiyning shu qizi men bo‘laman”, dedi.
“Borsam, el-u yurtingga nima deyin?” – dedi Elbek baxshi.
“Salom deng”, dedi Oytuman. “Yana nima deyin”, deb
so‘radi Elbek baxshi. “Salom deng”, dedi Oytuman. “Xush
qol bo‘lmasa, egachim”, deb Elbek baxshi otiga qamchi
tortdi. “Yaxshi boring, og‘am”, deb Oytuman soy bo‘yida
toshday qotdi...
Birodarlar, Elbekning ketishini-yu Oytumanning qoli-
shini aytishga kuchim yetmaydi. Mening ham bitta jonim bor-
da...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
151
á
* * *
Qorabotir yurtning erkasi, jo‘ralarning serkasi edi. Boy
edi, yegani go‘sht-u moy edi. Alp edi, lekin nozik qalb edi.
Erta-yu kech jo‘ralariga bazm berar, ammo buni hech
kimning yuziga solmas: “Do‘stlarimdan nonim tugul, jonimni
ham ayamayman”, der edi.
Oqbotir uning jo‘rasi edi. Jo‘ralari ichida eng g‘o‘rasi
edi. Uni yaxshi kunda eslashmasa ham, yomon kunda
yo‘qlashardi. Yo‘qlashmasa ham bo‘lardi, chunki birovning
boshiga g‘am tushsa, u bir zumda yetib kelardi.
Kunlardan bir kuni yurtni yov bosdi. Ne-ne yigitlar
ayovsiz urushda jon berdilar. Qorabotir bilan Oqbotir otisha-
otisha, chopisha-chopisha bir cho‘qqiga chiqdilar. Dushman
chor atrofni o‘rab oldi. Ana endi ikkovlari bir katta tosh
orqasida, g‘animlarni poylab yotib, shunday suhbat qurdilar:
OQBOÒIR:
Chopa-chopa otlar quladi,
Jang-jadalda sindi qilichlar.
Do‘st, sen omon qolasan hali,
Meni yovga topshirsang agar!
QORABOÒIR:
Ko‘zlarimga quyosh ko‘rinmas.
Raqibimiz zo‘r ekan – ayon.
Do‘stim, senga fido bo‘lay, bas,
Sen uchun men topshirayin jon.
OQBOÒIR:
Òo‘rt tarafda g‘anim lashkari,
Ming yaradan qon oqur tanda.
Do‘st, sen eding ko‘nglim rahbari,
Meni bog‘la, topshir dushmanga.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
152
QORABOÒIR:
Òepamizda tanho samovat,
Poyimizda shu bir parcha yer.
Do‘st, iloyo, bo‘lgin salomat,
Bog‘la meni, yov qo‘liga ber.
OQBOÒIR:
Agar o‘lsam, mendan ne qolur?
Bulutday oq, chiroyli tulpor.
Uni minsin bir yigit – yovqur...
Qo‘lim bog‘la, do‘sti vafodor.
QORABOÒIR:
Suruv-suruv qo‘ylar qoladi,
Uyur-uyur otlar yaylovda...
Do‘st, notanti sanama meni,
Qo‘lim bog‘la, topshirgin yovga.
OQBOÒIR:
O‘lsam kuyar faqat volidam –
Qarilikda yolg‘izlik yomon...
Do‘st, qo‘limni bog‘lagin mahkam,
Men o‘layin, sen qolgin omon.
QORABOÒIR:
Aza ochar men o‘lsam bir xalq,
Ko‘k kiyadi ne-ne boyonlar.
Yo‘q, sen hayot quchog‘ida balq,
Mayli, meni chaqsin chayonlar.
OQBOÒIR:
Sening qo‘sh-qo‘sh xotinlaring bor,
O‘lsang, botar qayg‘uga olam.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
153
á
Menga nasib qilmadi ishq, yor...
Do‘st, qo‘limni bog‘lagin mahkam...
QORABOÒIR:
Ulug‘ elning men ko‘rar ko‘zi,
Ham farzandman, ham unga ota...
Mayli, o‘lay, senga chin so‘zim,
Dushman solsin bo‘ynimga bolta.
Oqbotir Qorabotirga yalindi, oyoqlariga yiqildi. Ikkovlari
uzoq tortishdilar.
Oxiri Qorabotir ko‘ndi. Oqbotirning qo‘lini bog‘lab,
yov qoshiga haydab keldi. Yov saxiy ekan – Qorabotirga
in’omlar berdi, yov tanti ekan – Oqbotirni ham ozod
qildi.
Shunda Oqbotir bir so‘z dedi:
Ozod qilding do‘stimni, g‘anim,
Ammo, menga kerakmas e’zoz.
Jonsiz qoldi baribir tanim,
Meni o‘ldiringlar, iltimos!
Bu dunyoda boshim ko‘tarib,
Òirik yurmoqligim qolmadi.
Do‘st jonini qoldi qutqarib,
Mening bilan o‘la olmadi.
Do‘st do‘st uchun jondan kechmasa,
Do‘st do‘st bilan bormasa dorga.
Do‘st do‘st uchun og‘u ichmasa,
Quyosh qaro tortmasmu ordan.
Umr ko‘rsin do‘stim ming yillar! –
Hayot nedir menday faqirga?
Yellar, bering yurtimga xabar:
Suyanmasin Qorabotirga.
Oqbotir murodiga yetolmadi. Yov Qorabotirni o‘ldirdi.
U zamonlarda yov ham mard bo‘lgan ekan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
154
* * *
Shunday qilib, birodarlar, Alpomish Qalmoqdan qayt-
madi.
Qaldirg‘ochoyim tuya boqib turib, ko‘zidan yoshi oqib
yurib, bir so‘z deb turgan ekan:
Sahar chog‘i mizg‘igandim, bir tush ko‘rdim,
Bir choh ko‘rdim, choh tubinda bir qush ko‘rdim,
Qanotlari singan qushning suratinda,
Og‘a, sizni noxush ko‘rdim, noxush ko‘rdim.
Yorni izlab Qalmoq sari uchgan, og‘am,
Nodon og‘am, zindonlarga tushgan, og‘am,
O‘n ming uyli eling madad bera olmas,
Sog‘ bormisan, zax tuproqni quchgan og‘am.
Qorajoning qora kunlar boshidadir,
Mushfiq singling Boysun tog‘-u toshidadir.
Sho‘rlik Barchin Yodgoringni quchib yig‘lar,
Sarqamishning cho‘li qonli yoshidadir.
Og‘a, endi Qo‘ng‘irotga dunyo torma,
G‘anim uchun to‘y-tomosha, bizga dorma?
Hech bir el-yurt erlaridan ayrilmasin,
Sabr bitdi, Boychiborni, og‘a, chorla –
Òuya boqdim, tovonlarim g‘ijja tikan,
Sen kelmasang Asqar tog‘ ham cho‘kadigan.
Sabr bitdi, Boychiborni, og‘a, chorla!
Har bir elga bir er yigit kerak ekan!
Ana endi, Qaldirg‘ochoyim bu so‘zni aytdi. Alpomish
choh tubida yotib, singlisining nolasini eshitdi, yovni yengib
Boysun-Qo‘ng‘irotga qaytdi.
O‘, birodarlarim-a, Fozil shoirga yetish ko‘p qiyin,
hamma bilganini aytadi-da...
Men ham bilganimni aytdim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
155
á
* * *
Elbek baxshidan “Chiroyli nima?”, deb so‘raganlarida,
shunday debdi:
Osmonda yulduzlar chiroyli,
Dunyoda kunduzlar chiroyli,
Òo‘ylarda kulganlar chiroyli,
Vaqtida o‘lganlar chiroyli,
Bahor seli bilan chiroyli.
Yigit eli bilan chiroyli,
Dehqon dala bilan chiroyli,
Ayol bola bilan chiroyli.
Elbek baxshidan “Yomon nima?”, deb so‘raganlarida,
shunday debdi:
Yulduzi yo‘q osmon yomon,
Kunduzi yo‘q jahon yomon.
Òo‘ylarda yig‘lagan yomon,
Vaqtida o‘lmagan yomon.
Bahorsiz kelgan sel yomon,
Botirsiz qolgan el yomon.
Dalasiz dehqonlar yomon,
Bolasiz armonlar yomon.
Elbek baxshidan “Nima yig‘latadi?”, deb so‘raganlarida,
shunday debdi:
Osmonsiz yulduz yig‘latar,
Jahonsiz kunduz yig‘latar,
Bo‘lmagan to‘ylar yig‘latar,
Bemahal o‘lgan yig‘latar.
Òiramohda mard yig‘latar,
Elsiz qolgan mard yig‘latar.
Dehqonsiz dala yig‘latar,
Enasiz bola yig‘latar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
156
Elbek baxshidan “Nima eng chiroyli?”, “Nima eng
yomon?”, “Nima eng ko‘p yig‘latar?”, deb so‘raganlarida
shunday debdi:
Eng chiroyli jasoratdir,
Eng yomoni xiyonatdir.
Jon chiqquncha yig‘layvering,
O‘ldirsalar diyonati.
Elbek baxshiga yana ko‘p savollar berdilar, u davrada-
gi yigitlarga qarab: “Hamma savolga javob – o‘zlaring”, dedi-
da, etagini qoqib, o‘tovdan chiqib ketdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
157
á
* * *
Hech kim yovga bosh egmadi.
“Bu elning shoirini topinglar”, dedi shunda o‘ng qo‘l
vazir. Ot choptirib, bir jang maydonida yarador yotgan
Elbek baxshini topib keldilar.
“Bizni maqta!”, dedi chap qo‘l vazir.
Baxshi eshitmaganga oldi.
“Bizni maqta!”, dedi o‘ng qo‘l vazir.
Baxshi gum-gurs turaverdi.
“Bizni maqta!” dedi podshoi azim.
“Podshoh bo‘lsang, o‘zingga, – dedi shunda baxshi bir
to‘lg‘onib,– shoiring bo‘lsa olib kel, gaplashsam shoiring
bilan gaplashaman”.
Bir shoirni olib keldilar.
Elbek baxshi javob berishga hozirlanib, haligi shoir
“bizni maqta!” deb turgan joyi:
– Elbek baxshi, bu dunyoning o‘tarin ayt,
Bu dunyoga umr kelib-ketarin ayt,
Manov bizning pahlavonlar ko‘krak kerib –
Maydon kirsa, falakni ham yiqarin ayt.
– Men ko‘rganman osmonlarning tinig‘ini,
Òoshlar tegdi, terib oldim sinig‘ini.
Beshikdagi go‘daklarga tig‘ sanchdilar,
Shunda bildim mardlaringning qilig‘ini.
– Òog‘day bo‘lib turgan odam – navkarboshi,
O‘lchab ko‘rgin – Yer-osmonni bosar toshi.
Elbek baxshi, maqtayvergin, kam bo‘lmaysan,
Mardning shunday bo‘ladimi ko‘z-u qoshi?
– Nodon shoir, bug‘doy deysan tariqniyam,
Ko‘rgim axir, bu saroydan nariniyam.
Navkarboshing ortdan kelib pichoq sanchar,
Òo‘g‘ri kelsa yengolmaydi ariniyam.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
158
– Elbek baxshi, tilginangni tiyib so‘yla,
Yetti emas, yuz o‘lchab, bir qiyib so‘yla.
Manov turgan xazinachi – nomdor odam,
Mol-dunyoning qulfi shunda – suyib so‘yla.
– Baxshi deding – baxshi ruhi osmondadir,
Ko‘lmakka jo bo‘lganim shu zamondadir.
Nomdor odam ko‘zlarini olib qochdi,
Uning asli hovli-joyi zindondadir.
– Elbek baxshi, unga emas, menga gapir,
Sabil bo‘lib qolmagandir joning, axir.
Maqtovini keltiraver, ahmoq bo‘lma,
Chap qo‘l vazir yomon emas – bola faqir.
Sen nimani bilasan ham gapdan boshqa,
Chap qo‘l vazir yo‘lni bilmas chapdan boshqa.
Saroydagi ayollarning bari bir-bir –
Sel bo‘lishib suykalishar shul qum-toshga.
– Elbek baxshi, boshing ketar bilmaysan-a,
Bu dunyoni nazaringga ilmaysan-a,
Ana turgan o‘ng qo‘l vazir – dono odam,
Xizmatlarin suyib emas, jo‘shib sana.
– Bir cho‘g‘ edim, yov qoshida ketdim yonib,
O‘ch olarim bor ekan-ku, qonib-qonib.
Bu donishmand podshohingning tegrasida
Aylanadi, yeng ichiga pichoq solib.
– Elbek baxshi, bo‘lma buncha “shirinzabon”,
Òillaringdan aylanayin, holing yomon.
Òo‘rda turgan podshohimiz – hech bo‘lmasa,
Shuni maqta, qolarsan-ku, eson-omon.
– Meni qo‘ygin, menga taqdir toshdir azal,
Ammo dunyo to‘g‘ri so‘zga ochdir azal.
Shohing kimdir? Qo‘rqoq, xoin, xiyonatkor,
Buzuqlarning davrasiga boshdir azal.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
159
á
– Mard ekansan, ammo fe’ling azob tug‘ar,
Podshohimiz har bir so‘zni dilga tugar.
G‘azablanib lashkariga “kesgin” desa,
Elbek baxshi, eling tugar, yurting tugar.
– Haq gap uchun har bir ishga ko‘nadi el,
Òo‘g‘ri so‘zdan ko‘payadi, to‘ladi el.
Dordan qo‘rqib, yolg‘on aytib turganim yo‘q,
Shoirlari yolg‘on aytsa, o‘ladi el.
Ana endi, yovning shoiri oh urib, peshonasiga mushtladi.
Men ham shunday aytishuvlarning oshig‘iman-da, mana
necha yildirki, surishtiraman, bu aytishuv nima bilan tugadi?
Elbek baxshining holi ne kechdi?
Anig‘ini bilay deb, g‘anim shoir elatining daragini
so‘rab, surishtirdim, tarixni kavlashtirdim, ammo hech natija
chiqmadi. Aytishuvdan yigirma, o‘ttiz yil o‘tgach, bu xalq
osmonga chiqqanmi, yerga kirganmi, ishqilib izsiz g‘oyib
bo‘lgan. Shunda sho‘rlik shoirning oh urgani ma’nisiga
yetganday bo‘ldim...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
160
* * *
Alpomish Qalmoqqa ketadigan bo‘ldi.
Barchinning bo‘yida uch oylik gumonasi bor edi.
Barchin Alpomishning ketarini bilib, qimtinib, uyalib,
keragiga suyanib, bir so‘z deb turgan ekan:
Yo‘llarda ko‘p mening gumonim,
Ketarsan – ichimda fig‘onim,
Olti oy o‘tgan so‘ng kelmasang,
Bolangga ne deyin, sultonim?
Seni zor kutarman dilpora,
Hijronda oshiqlar bechora,
Aytib ket, sultonim, farzanding –
Qay so‘zni eshitsin ilk bora?
Ostingda o‘ynaydi Boychibor,
Ko‘zimda yoshlarim shashqator.
Otalik gapingni aytib ket,
Bolangni nima deb suyay, yor?
Bolangni ko‘ksimga tutganda,
Go‘dagim oq sutni yutganda,
Nelarni shivirlay bolangga,
Jonimni oromlar titganda.
Og‘irdir, yor, sensiz pallalar,
Mudrasa kechasi dalalar.
Beshikda tamshangan bolangga,
Aytayin qanaqa allalar?
Alpomish Barchinning sochini silab, eson-omonlik
tilab, tasalli berib, so‘zlarni avaylab terib turgan joyi:
Qo‘lingga tutganda bolamni,
Barchinim o‘ylagin olamni.
Ajdodlar ruhini tavob qil,
Yashirma quvonch-u nolangni.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
161
á
Olamda ko‘p erur ibora,
Bir so‘z bor – og‘riqdan iborat.
U – Vatan! Barchinim, u – Vatan!
Bolamga, “Vatan” de ilk bora.
So‘zlagin eng yuksak tilakdan,
Bo‘taday bo‘zlagin yurakdan.
“Vatan” de... Bolamning qoniga
Oqiblar kirsin u yurakdan.
Aqling hech bo‘lmasin faromush,
Bolamni qil yaxshi parvarish.
Barchinim, bolamga yana ayt,
Otasi – Alpomish!... Alpomish!
Yeldayin, seldayin bul hayot,
Safardan qaytmasam umrbod,
Barchinim, allaga qo‘shib ayt,
Elining otidir Qo‘ng‘irot.
Oy chiqsa bo‘ladi oydin de,
Lochinday qanoting yoygin, de.
Barchinim, suyganda suyib ayt,
Òug‘ilgan tuprog‘ing Boysun, de.
Xasdayin cho‘llarda uchib ayt,
Zamondan zamonga ko‘chib ayt.
Bolamning taniga joylansin,
Quchib ayt, quchib ayt, quchib ayt!
Boylikka bo‘lma de xaridor,
Boylikdan balandda el-yurt bor.
Ayt, yovni qaqshatgan alp bo‘lsin,
Ayt, bo‘lsin yurtiga xizmatkor.
Barchinim, farzandim sher bo‘lsin,
Yurtiga suyanchiq er bo‘lsin.
Vatanni diliga jo aylab,
Baxshilar tilida she’r bo‘lsin.
O‘ birodarlar, Barchin esli xotin edi! Farzand ko‘r-
ganida bolasiga nimalar degan, bilmayman, ammo biz
tomonlarda baxshilar Alpomishning o‘g‘li Yodgor haqida
ham doston aytishadi...
11 –
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
162
* * *
Birodarlar, ana endi Elbek baxshi Asqar tog‘ining boshida
o‘tiribdi. Atrofga qarayapti: bir tomon Sayxun, bir tomon
Jayxun, bir taraf ko‘l, bir taraf cho‘l. Ana Samarqand-u Bu-
xoro, undan nari Xorazm, shundoq to‘g‘rida Surxoni azim...
Baxshining dili to‘liqib, ichida doston to‘kilib kelayapti.
Òilida qo‘shiqlar tuzilyapti, qo‘li do‘mbiraga cho‘zilyapti...
Shu alfozda ko‘zlari suzilib, ko‘ngli buzilib turgan edi. “Hor-
mang, baxshi bobo”, degan tovush qulog‘iga urildi. Baxshi
burilib qarasa, Oqbotir bilan Qorabotir otlarini yetaklab,
daradan chiqib kelishyapti. “Endi bir qo‘shiq aytib berasiz”,
deb kulib kelishyapti.
“Nimadan aytayin?”, – deb so‘radi Elbek baxshi ovozi
titranib.
“Bo‘lar elning farzandi qanday bo‘ladi-yu, sho‘rlik
elning farzandi qanday bo‘ladi – shundan ayting”, –
deyishdi botirlar.
O‘zi qo‘shiq ham baxshining yuragidan o‘rlab, bo‘g‘ziga
yetgan edi – do‘mbirasini oldi-da, aytib yubordi:
Har kim o‘z elida bekdir, to‘radir,
O‘z elida bek bo‘lmagan o‘ladir.
Bo‘lar elning farzandlari, botirlar,
Ko‘zin o‘yib olishsa ham ko‘radir.
Mard dunyoga kelgan tuproq zo‘r bo‘lar,
Nomard oyoq bosgan zamin sho‘r bo‘lar.
Sho‘rlik elning farzandlari, botirlar,
Ikki ko‘zi ochiq turib ko‘r bo‘lar.
Har kim o‘z elida davron suradir,
Mardlar elin to‘g‘ri yo‘lga buradir.
Bo‘lar elning farzandlari, botirlar,
Oyoqlarin kesishsa ham yuradir.
Yomon to‘g‘ri so‘zda mudom xun ko‘rar,
Òushlarida el og‘zida mum ko‘rar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
163
á
Sho‘rlik elning farzandlari, botirlar,
Yurtin eshakdayin minib kun ko‘rar.
Shoirlar she’rlarin yuksak taxt deydi,
Lof urmagin, aytgin mudom naqd deydi.
Bo‘lar elning farzandlari, botirlar,
Òilin kesib tashlashsa ham “haq” deydi.
Yurak kerak doim haqni demoqqa,
Dilim yondi – isi tegdi dimoqqa.
Sho‘rlik elning farzandlari, botirlar,
Og‘iz ochar faqat ovqat yemoqqa.
Kuysin dunyo! – mudom o‘tga tashlaydi,
Asl erlar o‘tda cho‘g‘day yashaydi.
Bo‘lar elning farzandlari, botirlar,
Dushman ming bor o‘ldirsa ham yashaydi.
G‘arib dunyo tasodifga to‘ladir,
Òasodifga g‘arib boshlar ko‘nadir.
Sho‘rlik elning farzandlari, botirlar,
O‘zi bilmay tiriklikda o‘ladir.
Kuysin dunyo – g‘amin haddan oshirar,
G‘amni sochib, shodligini yashirar.
Bo‘lar elning farzandlari, botirlar,
“Yo, xalqim...”, deb jallodga jon topshirar.
G‘arib dunyo g‘ariblikda ko‘p xordir,
O‘zi boqib – bovligani ag‘yordir.
Sho‘rlik elning farzandlari, botirlar,
Elin so‘yib yemoqqa ham tayyordir.
Gap kelganda gap qilichday jaranglar,
O‘tkir so‘zdan achishdimi yaranglar?
Ena elim farzandlari – botirlar,
Òog‘dan turib endi yurtga qaranglar...
Elbek baxshi bu so‘zlarni aytyapti, botirlar tog‘dan
turib pastga qarayapti... Kim bilsin – nimani ko‘rishyapti? Bu
dunyodan hamma istaganini ko‘rib o‘tadi, degan ekan
yaxshilar!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
164
* * *
Elbek baxshi farzandlarini tegrasiga o‘tqazib, “hech
qachon eslaringdan chiqarmanglar”, deb tayinlab, har
zamon-har zamonda shunday qo‘shiq aytar ekan:
Daryoday ozod oqqin,
Oydayin erkin boqqin,
Shamollarday ozod kez –
Qoyalarga suyanma.
Yelkangdan bosib olam
Òor kelsa yorug‘ olam.
Qoyalarga suyanma,
Elingga suyan, bolam!
Xas kabi qaltirama,
O‘tgan yelning qoshida.
Daraxt bo‘l, saratonda
Qolganlarning boshida.
Òiriklarga odil bo‘l,
Marhumlarni unutma.
Bu yurt seniki, bolam,
Òalatma har xil itga.
Ko‘r bo‘lma, dunyoga boq,
Boshdan adog‘igacha.
Odamlarni qo‘shiq qil,
Qo‘lin qadog‘icha.
Qarg‘a qoshida qarg‘a
Bo‘lib sayrama, bolam.
Bulbulsan, bulbullarday
Jon o‘rtar, bo‘lsin nolang.
Kulging kelmasa kulma,
Uyalma ko‘z yoshidan.
Peshonang qattiq bo‘lsin
Asqar tog‘ning toshidan.
G‘amni o‘zingga qoldir,
Elingga bergin shonni.
Elingni hech qiynama,
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
165
á
Qiynagin shirin jonni.
Òoshdaymas, tog‘day bo‘lgin,
Qoyangda qush uyg‘onsin.
Eling senga qoqilmasin,
Eling senga suyansin.
O‘lar bo‘lsang, pul deb o‘lma –
Nomard bo‘lib ketarsan.
O‘lar bo‘lsang, ishq deb o‘lgin –
Jo‘mard bo‘lib ketarsan,
O‘lar bo‘lsang, mansab dema –
Òuban tushib o‘larsan,
O‘lar bo‘lsang, dil deb o‘lgin,
Baland uchib o‘larsan,
O‘lar bo‘lsang, qochib o‘lma,
Jangda qurbon bo‘l, bolam!
Yov poyida jon bermagin,
Mudom osmon bo‘l, bolam!
Yashashga ham, o‘limga ham,
Yigit uchun sabab ko‘p –
Bir yashash bor, bir o‘lim bor
Barchasidan, bolam, xo‘p:
Umring uzun bo‘lsin, ammo
Rost gap chog‘idir bu dam –
Eling uchun, bolam, yasha,
Eling uchun o‘l, bolam.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
166
* * *
Shoir nima qiladi? Botirga madad, hurkakka dalda beradi.
Qadim zamonlarda Elbek baxshi ham jur’atsiz yigitlarga mana
shunday dalda berar ekan:
Rangi bo‘zday,
Òitrab turgan er yigit,
Bir qadam qo‘y,
Botir bo‘lib ketarsan.
Qochmay turib,
Avval yonga boqqin tik,
Bir qadam qo‘y,
G‘olib kulib ketarsan,
Alp bo‘lmadim
Deb hech chekmagin alam,
Intilganga
Olgin deydi bu olam.
Bir qadam qo‘y,
Botir bo‘lib ketarsan –
Qo‘rqoqlikdan
Mardlikkacha bir qadam.
Yonayotgan
Bolam, ko‘zingga cho‘g‘dir,
Jur’atsizlik,
Yigit qatliga o‘qdir.
Qo‘rqoqlikdan
Jasurlikka bir qadam,
Jasurlikka
Sotqinlikdan yo‘l yo‘qdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
167
á
* * *
Otamning enasi – Guldona momoning allasi deb Elbek
baxshi biz shogirdlariga shunday alla aytib bergich edi:
Bu beshikning ichiga
Yulduz qo‘nganday bo‘ldi,
El-yurtining ko‘ngliga
Kunduz qo‘ngayday bo‘ldi –
Alla.
Beshigining boshiga
Falak kelib egildi,
Enasining tiliga
Yurak kelib egildi –
Alla.
Qirq farishta sog‘inib,
Xumordayin egildi,
Davomchim – deb bobosi
Chinordayin egildi –
Alla.
Otasi: gung dunyoda
Rubobim, deb egildi.
Barcha mushkul savolga
Javobim, deb egildi –
Alla.
Momosi: “Atir bo‘yli
Ma’danim”, deb egildi,
Vatan ichida go‘zal
Vatanim deb egildi –
Alla.
Vatan ham suyib-suyib,
“Polvonim”, deb egildi,
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
168
Menga tushar toshlarga
Qalqonim, deb egildi –
Alla.
Enamning enasi Hayitgul momomning allasi deb Elbek
baxshi mana bunday qo‘shiq aytgich edi:
Bola yo‘rgaklash savob,
“Òangrim”, deb qildim tavob –
Allayo, alla.
Oy mo‘ralar eshikda,
Òangrim uxlar beshikda –
Allayo, alla.
Yulduzday so‘nmas bo‘lgin,
Eldayin o‘lmas bo‘lgin –
Allayo, alla.
Yig‘lasam yoshimda tur,
Vatanday boshimda tur –
Allayo, alla.
Olloh – yolg‘iz, yurt – yolg‘iz,
Ona bergan sut yolg‘iz –
Allayo, alla.
Òurfa-turfadir olam,
Sen ham yolg‘izsan: bolam –
Allayo, alla.
Bu qo‘shiqlardan hammaning ko‘ngli to‘liqib turganda,
bir kuni narigi o‘tovdan Elbek baxshining kelini Gulsum-
ning allasi eshitilib qoldi:
Do‘mbiraning tori bo‘l,
Naqshi bo‘lmagin, bolam,
Do‘mbirani yerga qo‘y –
Baxshi bo‘magin, bolam,
Alla-yo.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
169
á
Baxshi bo‘lsang – el ichra
Zoring bo‘ladi, bolam.
Elning yaxshi-yomoni
Oring bo‘ladi, bolam –
Alla-yo.
Baxshi bo‘lsang – el ichra
Noming bo‘ladi, bolam.
Noming zaqqumga to‘la
Joming bo‘ladi, bolam –
Alla-yo.
Baxshi bo‘lsang – so‘z ichra
Koring bo‘ladi, bolam,
Aytganing har yolg‘on so‘z
Doring bo‘ladi, bolam,
Alla-yo.
Bir butun-u, ming-u bir
Kaming bo‘ladi, bolam,
Òangrim yaratgan dunyo
G‘aming bo‘ladi, bolam –
Alla-yo.
“Gulsum yosh-da, – dedi kelinining allasini eshitib
Elbek baxshi, – bu dunyoni bitta deb o‘ylaydi... Har kim-
ning o‘z dunyosi borligini qayerdan bilsin?”...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
170
* * *
“Boysun ja’mi to‘qson olti urug‘ elning bozori bo‘lgan
payti, – deb naql aytardi Elbek baxshi, – Doniyor shoir
Gazaning belida bozor qilib qaytayotgan bir otliq xalqqa
duch kelibdi. Salom berib o‘tayotganda, bir qiz unga
kulibgina nazar tashlaganini sezib qolibdi. Shoir ham unga
ko‘zi tushibdi. Òushibdi-yu jon-u jahoni yonib, ketayotgan
yo‘lidan tonib, taqdirning oldida engashib, haligi otliqlarga
ergashib ketaveribdi. Òo‘xtasa, haligi qiz yana bir qarar
ekan, Doniyor ashula aytib, izillab yana ergashishga tushar
ekan. O‘sha ashulasi mana bu turur...”
Elbek dumbrani “Yurak yig‘ladi”da chertib, mana bu
qo‘shiqni aytib berar edi:
Yuraklarimni toldirding,
Do‘mbiramni chaldirding.
Boqma deyman-a, singiljon,
Jonni azobga qoldirding.
Oysiz-a tunlar qarodir,
Kun kelsa, tunlar poradir,
Boqma deyman-a, singiljon,
Boshim-a aylanib boradir.
Saroton kelganga o‘xshadi,
Òomoqlarim-a qo‘rqshadi,
Qarama deyman, singiljon-a,
Bo‘g‘inlarim-a bo‘shadi.
Ko‘ksimni tovshim yoradi,
Oshiqqa faryod choradir.
Qarama deyman-a, juvonmarg-a,
Jonim-a chiqib boradi.
Ko‘zlaring kulib qiyolar,
Uyqashadi-ya ziyolar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
171
á
Qarama deyman-a, juvonmarg,
Jo‘g‘olib bormoqda dunyolar.
O‘rtanib gapni uladim,
So‘zni-ya yurakka beladim,
Qarama deyman, juvonmarg-a,
Behishtlarga-ya quladim.
Bog‘larimni-ya cho‘l qilding,
Qo‘shig‘imni mo‘l qilding,
Qarama deyman-a, juvonmarg,
Dunyoni yoshga-ya ko‘l qilding.
Yolg‘onmas, chinlab boraman,
Yurakni tinglab boraman.
Qarama deyman, juvonmarg-a,
Ortingdan yig‘lab-a boraman.
– Keyin nima bo‘ldi? – deyman men.
– Doniyor shu ketganicha ketdi, – deydi Elbek baxshi.
— Qaytmadi.
– Bechora... – deyman men xo‘rsinib.
– Unday dema, – deydi Elbek baxshi. – Eliga bir
qo‘shiq qoldirgan odam bechora bo‘lmaydi. Hammaga
qaytmaydigan sevgi-yu qoladigan qo‘shiq nasib qilsin!..
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
172
* * *
– Qutbo‘ldi baxshi nor yurakli yigit bo‘lgan ekan, –
der edi bizga Elbek baxshi o‘tgan-ketgan shoirlardan gapirib,
– Odam quriganday Jondorbiyning qizini yaxshi ko‘rib, qiz
bilan til biriktirib, olib qochishga jazm qilgan ekan. Bundan
xabar topgan Jondorbiy yigitlari bilan Qoradarada shoirni
ushlab, necha ming mushtlab, ko‘zini o‘ydirgan ekan, azob
berib so‘ydirgan ekan. Qutbo‘ldi o‘larida Jondorbiyning qizi
Gulhusnini olisdan eslab, bunday qo‘shiq aytgan deyishadi:
Oqar daryo, bilmaysan,
Bo‘lmas ado, bilmaysan!
Òomchi yoshingni to‘kkin,
Yondi dunyo, bilmaysan.
Qara, shafaq qirmizi –
Kuygan jonimning izi.
O‘sma siqsang, qon oqar:
Men suyildim, boy qizi.
Kiyganing – atlas, kimxob,
Kimxob ichida sarob.
“Nimaga”, deb yig‘lama,
Hech kim bermaydi javob.
Oqar daryo, bilmaysan,
Bo‘lmas ado, bilmaysan!
Òomchi yoshingni to‘kkin,
Qoldi dunyo, bilmaysan.
Qizarib oylar boqdi,
Bo‘g‘zimga pichoq botdi.
Meni so‘ydi boy otang,
Òanimni jarga otdi.
Chida taqdir o‘yniga,
Aybin qo‘yma bo‘yniga.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
173
á
Dunyo ming so‘ygan edi,
Otang ham bir so‘ydi-da.
Oqar daryo, bilmaysan,
Bo‘lmas ado, bilmaysan!
Òomchi yoshingni to‘kma –
Ketdi dunyo, bilmaysan.
Biz, Elbek baxshining shogirdlari, “so‘yilgan odam ham
qo‘shiq aytadimi?”, deganday hayron qoldik.
– Aytadi, – dedi Elbek baxshi. – Aytadi. Eng yaxshi
qo‘shiqni so‘yilgan odam aytadi.
Shu sabab, keyinchalik, yurakni o‘rtab aytadigan
shoirni uchratsak, “ha, bu ham bir so‘yilgan ekan”, deb
qo‘yadigan bo‘ldik.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
174
* * *
Elbek baxshi otini yeldirib, qo‘shiq aytib ketaverar edi.
Yerga tushganini qaytarib olmas edi. O‘zbekning yeri she’rga
tuysin, degan bo‘lsa kerak-da...
Bundan besh yuz ellik bir yil avval yilboshida –
”xalqning hayiti haq gap” bo‘lsin deb, bir qo‘shiqni
g‘ayg‘aylab aytgan edi. Shu qo‘shiqni “she’r qadrlar dunyo
qaytganda, aytib yurarsizlar”, deb sizlarga aytib turganim:
Shamoli sochim taragan,
Òog‘larga bulut qalagan;
Uzun kunlarni sog‘inib,
Dilda bulbulday sayragan –
Bu dunyoning-a qurdoshi –
Qutli-ya bo‘lsin Yilboshi!
El-yurtning ko‘nglin xushlagan,
Boychiborlari kishnagan,
Necha Barchin suluvlar-a
Jilovlarini ushlagan,
Sog‘inganlarning dildoshi,
Qutli bo‘lsin Yilboshi!
Bobojonimdan yodgorim,
Momojonimday g‘amkorim,
Hayitida-ya o‘ynasam,
Do‘mbiralari hamkorim,
O‘tgan-ketganning yo‘ldoshi,
Qutli-ya bo‘lsin Yilboshi!
Qanoti yo‘qdir uchmagan,
Yerda dimiqib qishlagan –
O‘t-o‘lanlarning qulog‘in
Shamollar endi tishlagan...
Òiriklikning jondoshi,
Qutli-ya bo‘lsin Yilboshi!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
175
á
Dala-dashtlarning ko‘klami,
Keldi hayitning ko‘rkami –
Qirlarda ko‘ngim chopadi,
Yomg‘ir to‘shiga burkanib.
Òog‘-u tosh hutga to‘ldi-ku,
Qozonlar sutga to‘ldi-ku!
Arpa-bug‘doylar ko‘kardi,
El-u yurt qutga to‘ldi-ku!
Dehqon otamning-a sirdoshi –
Keldimi dehqon Yilboshi!
Hut oyi qizib o‘tdima,
Bahorni tuzib o‘tdima?
Yorimning isin anqitib,
Ko‘nglimni buzib o‘tdima?
Shamollar izib keldima,
Sog‘inchning isi keldima?
Yo‘qotganimni ko‘ray deb,
Sevgini o‘zi keldima?
Yo‘qotganlarning mungdoshi –
Keldingmi, singlim Yilboshi!
Aylanadi charx davroni,
Dunyoda yo‘qdir armonim!
O‘ynab-kulinglar hayitda,
Òo‘xtasin, umr karvoni!
Do‘mbra chalay “uf”latib,
Ketar yo‘llarni qulflatib.
Jilovin uzdi kajraftor –
Bo‘lmayapti-ya to‘xtatib...
Kajraftor charx-a, sirdoshim,
Qutli-ya bo‘lsin Yilboshing!
Otajonim yotgan qaro yer,
Enajonim botgan qaro yer,
Qanchalar lak-lak odamni
Komiga tortgan qaro yer.
Yor yuzida meng ham – yer,
Osmonlarga teng ham – yer,
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
176
Òor ham yerdir, keng ham – yer,
Men – yer, U – yer, sen ham – yer,
Bori odam yerdir, yer...
Zolim vaqt, yelkangni ber:
Yig‘lashaylik-a, g‘amdoshim-a,
Qutlug‘ bo‘lsin, Yilboshing!
Ko‘ngil, dardni aytib qol,
Yoshlaringni artib qol,
Uch yuz oltmish to‘rt kun – g‘am,
Bir kun g‘amdan ortib qol.
Kam dunyo – kamni unut,
Quvnagin – g‘amni unut.
Bir kuningni baxtga ber,
Ko‘zdagi namni unut...
Oqmay ko‘zimdan yoshim-a,
Òo‘yni boshla-ya, Yilboshi!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
177
á
* * *
Bu qo‘shiqni Òurmamat baxshi Jonmurod jebachining
qizi Hulkarni Quvvatboyvachcha bilan tanishib yurganda –
bir o‘tirishda boyvachchaning ko‘ziga qarab, aytgan ekan:
Qurgan uying cho‘pkori-ya, boy bola,
Òurqing hutning ho‘lqori-ya, boy bola,
Isliq ko‘zingni olgan-a, boy bola,
Yulduzlarning Hulkari-ya, boy bola.
Ovqat ye, ana, qoshiq-a, boy bola,
Senga yarashmas yoshlik-a, boy bola.
Osmonga qarab yurma-ya, boy bola,
O‘zim Hulkarga oshiq-a, boy bola.
Òumog‘imning jig‘asi-ya, boy bola,
Falaklarga tegasi-ya, boy bola.
Hulkarga yetolmaysan-a, boy bola,
Hulkarning bor egasi-ya, boy bola.
Ovqat yeysan, tinmaysan, boy bola,
Nima bo‘ldi bilmaysan-a, boy bola.
Pulni sanab yuraver-a, boy bola,
Sen ko‘ngilda unmaysan-a, boy bola.
So‘zlar so‘zga qalashar-a, boy bola,
Dunyo bilan talashar-a, boy bola.
Menday osmon yigitga-ya, boy bola,
Hulkar asli yarashar-a, boy bola.
Qo‘shiqni cho‘zib oldim-a, boy bola,
Ming dardda to‘zib qoldim-a, boy bola.
Hulkarga yetolmaysan-a, boy bola,
Uni men uzib oldim-a, boy bola.
Bundan, adashmasam, o‘n uch asrcha avval, Òurma-
mat baxshidan, guringlashib Asqartog‘ning belida o‘tirgani-
mizda, “Shunday gap bo‘lganmi?” deb so‘radim.
12 –
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
178
“Bilmadim, – dedi Òurmamat baxshi kulimsirab. So‘ng
qo‘tonda kuymalanib yurgan Hulkarboybichaga ishora qildi. –
Ana, momongdan so‘ra”. “Qarib, esimda es qolmagan, –
dedi Hulkarboybicha savolimdan qiz boladay uyalib, – Bo‘l-
sa, bo‘lgandir...” “Baxshibobo boyvachchadan qo‘rqma-
ganmi?”, dedim gapni chuvalatib.
“Nodon gaplarni gapirma, bolam! – dedi boybicha
ko‘zimga tik qarab. – Shoir faqat Xudodan qo‘rqadi”.
Ahvollar yaxshimi, o‘zbekning shoirlari? Bular endi
eski gaplar. O‘qimasangiz ham, mayli. Òag‘in bir kori hol
bo‘lmasin, deyman-da!.. Bandasidan ham qo‘rqadigan zamon
kelsa, kelgandir...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
179
á
* * *
Elbek baxshi Shomurod baxshidan ko‘p gapirar edi. Bu
undan qolgan meros deb, bizga aytgani-aytgan edi:
Sochlaring sozima tormidi,
Qomating qatlima dormidi;
Bir ham qayrilib boqmaysan,
Menga bu azob ham bormidi?
So‘zim-a keladi cho‘zilib,
Ko‘z yoshday yurakdan tizilib.
Ko‘ngling bilan, yor, ushlab qol,
Dunyodan tushmayin uzilib.
Kechasi uxlashga bormagan,
Osmonda oymidi – porlagan.
Ko‘nglingning yo‘lidan qolmagin –
O‘zimman ko‘nglingni chorlagan.
Boshimdan davroning yeladi,
“Yor” desam – shamoling keladi.
Òog‘lardan balandroq boshimni,
Sog‘inching qorlarga beladi.
Bu dunyo o‘tari, o‘tari,
Yuragim chopadi ko‘pkari.
Dunyoning ichida yiqildim –
Dardingni bo‘lmadi ko‘tarib.
Bu dunyo turguncha “yor”, desam,
“Sen bilan bu dunyo bor”, desam.
“Bir boqsang – bir umr behishtdir,
Boqmasang – boshimda dor”, desam.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
180
Suhbatlar qurdim-u sog‘indim,
Olisda yurdim-u sog‘indim.
Mingsuluv, bu qanday sog‘inchdir,
Yoningda turdim-u – sog‘indim.
“Rahmatlik Shomurod! – der edi qo‘shiqni tugatib,
Elbek baxshi allaqanday g‘urur bilan, – umrini xotini
Mingsuluvga qo‘shiq bag‘ishlab o‘tkazdi”. “Boshqa ishi yo‘q
edimi?” – der edim men kulib. “Yaxshi ko‘rar edi! – der
edi Elbek baxshi. – Hammaga shunday yaxshi ko‘rish nasib
etsin!”. “Mingsuluv ham yaxshi ko‘rar edimi?”, deb so‘rar
edim. Elbek bu savolni eshitmaganga olib, Shomurodni
yo‘qlashga tushib ketardi: – Ha, bechora Shomurod! Ha,
shoirlarning sultoni!.. Ha, kuygan qul! Yongan qul!..”
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
181
á
* * *
Xolmamat yasovul do‘mbirani qo‘liga ushlamagan,
“baxshiman”, deb birovning boshiga mushtlamagan odam.
Ammo Xudoning shu to‘nka bandasi ham, Xonimgul che-
chani yaxshi ko‘rib qolganida, qo‘shiq aytib yuborgan ekan.
U qo‘shiq mana bu turur:
“Yor-yor” desam, yor ketdi,
Ko‘nglimdan bahor ketdi.
Yorimning suygani bor,
Kuyganim bekor ketdi.
Senga “oh”im yetmasmi,
Sensiz kunim o‘tmasmi?
Ko‘zingga bir tikilsam,
Jonim chiqib ketmasmi?
Sen ertakdan ziyoda,
Yetay qanday piyoda?
Agar seni ko‘rmasam,
Sig‘magayman dunyoga.
Xonimgul “shu bechora ham dunyoga sig‘sin”, deb,
Xolmamatga erga tegib qo‘ya qolgan ekan...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
182
* * *
Qo‘ng‘irotda hamma shoir bo‘lgan. Yuragi dardga to‘lgan
odam sharillatib, she’r aytib ketavergan...
Usta Jonqobil Boymurodbiyga sakkiz keragali uy –
o‘tov yasab berib yurganda, biyning Gulkelar degan qiziga
ko‘zi tushib, oshig‘i beqaror bo‘lgan ekan. O‘tovni qizning
ishqida mast bo‘lib yasagan ekan.
O‘tovni bitkazib qishloviga qaytgan keyin ham,
Gulkelarni sog‘inaveribdi. Dardga to‘lib, bir necha bor o‘lib
ko‘rgandan so‘ng, bir kun mana bu qo‘shiqni birdan aytib
yuboribdi:
Ishqing balodir, Gulkelar,
Jonim olodir, Gulkelar.
Esima tushsang, bu ko‘ngil
Yig‘lab qalodir, Gulkelar.
Gulkelar, gulgun kelar,
Gul bilan to‘lgim kelar.
Bu sog‘inchning kechasida
Kelmasa, o‘lgum kelar.
Anov tog‘dir ko‘kni tutgan,
Gul kelar deb hutni kutgan.
Boyqiz, sensiz yasholmayman,
Meni ishqing yutgan, yutgan...
Oy nur sochdi-yo, Gulkelar,
Aqlim toshdi-yo, Gulkelar.
Yodimga tushsang, tog‘ oshib,
Umrim qochdi-yo, Gulkelar.
Kechasi tog‘lar zim-ziyo,
Boshimda aylanar dunyo.
Yig‘laganim tosh ham bildi,
Òoshlar sendan yaxshimi yo?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
183
á
Òoshlar kul bo‘ldi, Gulkelar,
Ko‘nglim gul bo‘ldi, Gulkelar,
Bu holimdan xabaring yo‘q –
Qanday kun bo‘ldi, Gulkelar!
Òog‘ boshida yolg‘iz kiyik,
Bo‘ri yo‘lin o‘tar qiyib.
Òosh bo‘lsang ham xabar olgin,
Ado bo‘ldim kuyib-kuyib.
“Oh”im tutundir, Gulkelar,
Jonim kukundir, Gulkelar.
Sen kelmasang – bu dunyo yo‘q,
Kelsang butundir, Gulkelar.
Boymurodbiy bu qo‘shiqni eshitganda, safarda edi.
Kelib, usta Jonqobil qurgan o‘tovni ko‘rdi: sakkiz keragali
uy dunyoni ichiga joylab turibdi. “Qo‘shiqday uy bo‘libdi”,
dedi biy. “Qizingni ko‘ngli bo‘lsa, ayt, Jonqobil sovchilarini
yuboraversin”, dedi so‘ng xotiniga.
Ko‘p o‘tmay to‘y bo‘ldi.
Birodarlar, u zamonlarning biylari odamni ko‘ngli-yu
ishiga qarab, qadrlar ekanlar...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
184
* * *
“Bundan yetti yuz o‘n sakkiz yil avval, Farg‘onaga
kelganimizda, – deb eslaydi Elbek baxshi. – Mingqarchig‘ay
shoir bir farg‘onachi qizni yaxshi ko‘rib qoldi. Qaytishda,
Boysun-Qo‘ng‘irotga yetguncha, o‘n uch-kecha-yu kunduz
shu qizning ishqida dunyoni yig‘latib, tinmay qo‘shiq aytib
bordi. Mana bu – qo‘shiqdan esimda qolganlari...”.
Qorong‘u kechalarda
Òopgan kunduzim, yor-a.
Sog‘inganda ko‘zimdan
Uchgan yulduzim, yor-a.
Qismatning ko‘chasidan
Seni izladim, yor-a,
Qachon ko‘ngildan kechdi
Atir izlaring, yor-a?
Bog‘dan shamolday o‘tding,
Òo‘lg‘onib qoldim, yor-a.
Sening nurli dardingga
Cho‘lg‘onib qoldim, yor-a.
Oting aytsam, falakdan
Sado qaytadi, yor-a.
Sen kelsang, bu olamga
Xudo qaytadi, yor-a!
O‘n sakkiz ming olamdan
Kechgan bandaman, yor-a,
Kelsang, hamma g‘amingni
Yig‘lab aytaman, yor-a.
Seni qo‘shiqqa solsam,
So‘zlar tizildi, yor-a,
Yuragim tomchi yoshday
Mendan uzildi, yor-a!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
185
á
Bog‘larga kuz keldimi,
Falakda turna, yor-a?
Meni kuzakka tashlab,
Bahorda yurma, yor-a!
Nasib bo‘lsa, chorbog‘lar
Ko‘rkam bo‘ladi, yor-a.
Sen kelgan kun bu dunyo
Ko‘klam bo‘ladi, yor-a.
Hay, yor-a,
Voy, yor-a,
Bu jonim pora-pora!
Hay, yor-a,
Voy, yor-a,
Yurak bo‘ldi ovora.
“Farg‘onachi qizga nima bo‘ldi? – deb so‘rayman. –
Mingqarchig‘ay qo‘shiq aytib yuraverdimi?”. “Mingqarchig‘ay
eldan ruxsat olib, Farg‘onaga qaytdi, – deydi Elbek. –
Farg‘onaning dardi ichiga sig‘magan shoirlarining hammasi
shu Qarchig‘ayning avlodi turur”.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
186
QO‘NG‘IROÒ AYOLLARINING
QO‘SHIQLARIDAN
1
Oyyorug‘ – eshigidan sovchilarni kirg‘izmagan, uyining
oldidan yigitlarni yurg‘izmagan qiz – birov bilan ishi yo‘q,
faqat “oh” urar ekan. Umr bo‘yi erga tegmay o‘tib, yigirma
beshida omonatini Allohga topshirgan ekan. Elbek baxshi
“Oyyorug‘dan qolgan” deb mana bu qo‘shiqni ba’zan aytib
berar edi.
Shamollar oqib yotar, alam yor.
Eshikni qoqib yotar, alam yor,
Hijron degan bir ilon, alam yor,
Yurakni chaqib yotar, alam yor.
Ilon zahrida so‘lsam, alam yor,
Sening ishqingda o‘lsam, alam yor.
Ko‘zni yumar paytimda, alam yor,
Diydoringni bir ko‘rsam, alam yor.
Òerak uchida osmon, alam yor,
Yulduzlar aytar doston, alam yor.
Seni o‘ylab yig‘lasam, alam yor,
Bosh egib tinglar jahon, alam yor,
Yuragimning yonishi, alam yor,
Ayriliqdan tonishi, alam yor,
Òunlar seni o‘ylasam, alam yor,
Olam ketar yorishib, alam yor.
Xudoning ne korisan, alam yor,
Bor jonimning borisan, alam yor
Nomingni tutolmayman, alam yor,
Sen birovning yorisan, alam yor.
Bu qo‘shiqni eshitgach, biz uzoq jim o‘tirar edik.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
187
á
2
– Ayollarning biz eshitmagan qo‘shiqlari ko‘p, – der
edi Elbek baxshi. – Erkaklarning tiliga tushsa, qo‘pol tortadi,
deb bizga eshittirishmaydi.
Biz hammamiz bobo shoirning gapiga qo‘shilar edik.
Bir kun bir daryo bo‘yida, tolning tagida soyalab
yotganimda, bir qizgina ko‘zi yoshlanib, dunyoni ko‘rmay,
narigi qirg‘oqqa tumandagi oyday chiqib keldi. Qarasam,
Olloyor yasovulning qizi Qarosoch. U daryoga qarabmi,
dunyoga qarabmi, bir qo‘shiq aytdi...
Ketmonchopti kemtigi,
Yorim kelar entikib.
Kulib chiqay yo‘liga,
Olachadan to‘n tikib.
Òog‘dan nari Sarqamish,
Qamishning ishi – yonish.
Yorim seni ko‘rmasam,
Aytgan so‘zlarim – nolish.
O‘tasan xumor etib,
Ishqingda bedor etib.
Duo bo‘lib yozilay,
Òaq meni tumor etib.
Òerakzorning teragi,
Og‘a, yo‘qmi keragim?
Kelmasang, jonim olgin,
Òolib bo‘ldi yuragim.
Saratonning soyiman,
Ming yulduzning oyiman.
Siz uchun o‘lib ketsam,
Yor ketdi deb koyimang.
Dunyo turar ovushib,
Changga botdi kovushim,
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
188
“Kelmang”, deb aytay desam,
Òitrab borar tovushim.
Ko‘zlaringga sur meni,
Uying bo‘lay – qur meni.
Suyganimni tashlasam,
Parvardigor, ur meni.
Bulut osmonda sanqir,
Ko‘chada yog‘di yomg‘ir.
Yor shu yerda turibdi,
Òoshlardan ham gul anqir.
Sevsang, dunyo bir jom may,
O‘tib bo‘lmaydi ichmay.
Og‘a, sening uyingga,
Kelin bo‘lsam yarashgay.
O‘choq boshida keli,
Yetdi Yetimak yeli.
O‘lim olib qochmasin,
Og‘a, olib qol meni.
Òomog‘imga yig‘i tiqilib, jimgina eshitib yotdim. Qo‘shiq
miyamdan zimillab kirib, yuragimda to‘xtadi. O‘mganimni
ko‘tarolmayman deng...
Ertasi nima bo‘lsa, bo‘lsin deb, Qorasochga sovchi
yubordim. Qorasoch rozi bo‘ldi. Òo‘y qildik.
Qorasoch keyin ko‘p yillar, menga kulibgina qarab,
“tilakni ro‘yobga chiqsin desangiz, suvga ayting”, deb yurdi...
Men indamadim.
Ayollarning siri bo‘lgani yaxshi, birodarlar...
3
Aytishlaricha, bu qo‘shiqni Norbibi bundan ikki yuz yil
ellik yil avval Mengliyoz chobag‘onga atab to‘qigan ekan,
ammo birovga emas, faqat ko‘ngliga o‘qigan ekan. Mengliyoz
ham qo‘shiq bo‘lganini bilmay, dunyodan o‘tgan ekan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
189
á
Bog‘ ichinda gul-u barg ochdi daraxt,
Gullariga to‘ymagay ko‘zim qarab.
Bog‘ aro, men ham nechun gul bo‘lmayin,
Kelasan bahor kabi – ko‘ngil talab.
Jon dedim, jonim dedim, jondan ziyodimsan o‘zing,
Meni g‘amga qoldirib, g‘amdan ozodimsan o‘zing.
Bog‘ ichinda turishim nozik nihol,
Seni o‘ylab gulladim misli xayol.
Boqqa kirma – izimni topolmaysan,
Meni otga o‘ngarib ketdi shamol.
Kel dedim, kelgin dedim, kelmoqdan qaytgonim
o‘zing,
Bandasiga so‘z berib, Ollohga aytgonim o‘zing.
Bog‘ ichinda gul-u barg ochdi daraxt,
Gullariga to‘ymagay ko‘zim qarab.
Bog‘ aro, men ham nechun gul bo‘lmayin,
Kelasan bahor kabi – ko‘ngil talab.
Bir ajib tushlar ko‘rib yo‘lingga boqdim intizor,
Ikki dilda ikki gulmiz, bir bog‘da bo‘lsak bir bahor...
4
Bu qo‘shiqni Ko‘nglioy momo “birovning qo‘shig‘i,
bilmayman, qaysi go‘rdan esimda qolgan”, deb aytib bergan.
Bek yigitning egnida ola chopon,
Qarasam olasiga rangim somon.
Bek yigit, otingni to‘xtat bir nafas,
Berayin mol bo‘lsa mol, jon bo‘lsa jon.
Chakmoningni yoqasi qunduz movut,
Boshimni movutga qo‘ygin-da, ovut.
Og‘ajon, ko‘rganda yonib boraman,
Og‘ajon, ko‘nglimga kirgin-da sovit.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
190
Sarqamishning ko‘lida o‘sdi qamish,
Qamishning barglari o‘n bir qarich.
Bek aka, menga qaramay o‘tdingiz,
Òillarimning uchida qoldi nolish.
Katmonchopti ustiga qo‘ndi bulut,
Qo‘shiq aytib o‘tasiz har dam kulib.
Qo‘shig‘ingiz damlari seldan ziyod,
Biz kabi toshlarni ham ketgay yulib.
Saratoning kechasi – sog‘inch payti,
Bobotog‘dan o‘tasan qo‘shiq aytib.
Yo‘qolgan qo‘shig‘ingning bir baytiman,
Qo‘shig‘ingga avj bo‘lay, kelgin qaytib.
Bek yigitning mingani qora tulpor,
Òurishiga boqadi ko‘kdan Hulkar.
Bek yigit, boshingni ko‘tar-da qara,
Ko‘kdagi Hulkardan ham yoring – dilbar.
Bu qo‘shiqni eshitib, yo‘lda kelarimizda Òurmamat shoir
kuldi:
– O‘zi to‘qigan bu qo‘shiqni, – dedi. – Qo‘shiq to‘qiy
berib, Bekto‘qson boboni elitib olgan ukag‘arning qizi!..
– Ko‘nglioy chechan kampir, – dedi Elbek baxshi. –
Xudoning o‘zi biladi ichida qancha qo‘shiq uchib yurgani-
ni!
So‘ng bizga bir qur qarab, suhbatga “omin” deganday
qo‘shib qo‘ydi:
– Ko‘nglingga siqqan qo‘shiq, dunyoga sig‘masligini shu
momo biladi...
Bu gapdan negadir et-u suyagim zirqirab ketdi.
5
Mingsuluvning so‘zi bir suluv, o‘zi bir suluv qiz bo‘l-
gan ekan. Bir to‘yda “aytishsam, Kunto‘ra bilan aytisha-
man”, deb qolibdi. Do‘mbirani sozlab, yuragi og‘rigan
so‘naday bo‘zlab, aytishuvni boshlabdi. Ko‘nto‘ra esa qizga
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
191
á
qarab, husniga lol bo‘lib, o‘zi ming hol bo‘lib – bir so‘z
deyalmay turabergan ekan.
Mingsuluvning noiloj o‘zi aytib, o‘zi qaytgan qo‘shig‘i
mana bu turur:
Osmonlarga boqdim turna tizildi,
Òurnalarga qarab ko‘nglim buzildi.
Òurnalarga qarab sizni eslasam,
Avaylab bog‘lagan umrim uzildi.
Ishq degani xudo bergan falakdir,
Falakka yetmayin umrim halakdir.
Bir egiling, xudo bergan osmonim,
Qaro yerda yotgan bu tosh – yurakdir.
Og‘a, kiygan choponingiz banotdir,
So‘zlaringiz tilga olsam – novotdir.
Xatingizni harflab-harflab o‘qisam,
Xudo bergan besh kun umrim oboddir.
Qumqo‘rg‘ondan o‘tib Surxon oqadir,
Yo‘llariga Jayxundaryo boqadir.
Yolg‘iz-yolg‘iz daryolar ham bir bo‘ldi,
Biz bir bo‘lsak – xudoga ham yoqadir.
Boysun yoqdan kelar yelning haydari,
Men boraman yor yonidan haydalib.
Men haydalib ketsam agar dunyodan,
Siz bir so‘rang, olloh berar qaytarib.
Shamol tursa, shitirlaydi qamishlar,
Sizni so‘ray desam – kelmas tanishlar.
Olislardan kelib arzimni tinglang,
Yuragimga sig‘mayapti nolishlar.
Qo‘shiq aytar dashtda cho‘pon cho‘lig‘i,
Changaroqdan oy boqadi to‘liqib.
Osmonlarga bosh ko‘tarib bir qarang,
Oylardan yorug‘man sizga yo‘liqib.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
192
Qiz bolaga o‘ynab kulmoq yarashar,
Devordan mo‘ralab tog‘lar qarashar.
Oyday yuzim oyday balqsa dunyoda,
Chap ko‘zingiz o‘ngi bilan talashar.
Oq o‘tovda olov yoqib qishlaysiz,
Meni ko‘rib mo‘ylovingiz tishlaysiz.
Qor oralab o‘tib ketsam buloqqa,
Gunohi yo‘q boshingizga mushtlaysiz.
Shamolimga qorib ketaman sizni,
Izlarimdan olib ketaman sizni.
Bir sevgimni ko‘tarolmay turibsiz,
Cho‘ntagimga solib ketaman sizni.
“Keyin nima bo‘ldi?”, deb so‘rayapsizmi, Mingsuluv-
ni ko‘rmagan Qo‘ng‘irotning jigitlari! Nima bo‘lar edi? “Sen
Kunto‘rasan”, deb o‘tirarmidi Mingsuluv, cho‘ntagiga solgan
ketgan-da!..
6
Bu qo‘shiqni Oyyorug‘ degan sag‘ir qiz qo‘zi-uloqni
boqib yurib, aytgan deyishadi. O‘ziyam Oyyorug‘ osmondan
tushganday qiz ekan – na quvishgani bor ekan, na
tug‘ishgani! Faqat ko‘ngli bor ekan, bechora qizni, ko‘ngli!
Bo‘lmasa, Oyyorug‘ o‘tganidan keyin, bir yuz sakson yetti
yil o‘tib, uning qo‘shig‘ini eslab o‘tiramanmi?
Keldi shamol, keldi shamol, keldi – netay,
Yor isiga yer-u osmon to‘ldi – netay!
Yor isiga yer-u osmon to‘lib ketdi,
Bu dunyoning ismi sog‘inch bo‘ldi – netay.
Sog‘inchimning osmonida yulduz yondi.
Bir yulduzdan kechalarim olov oldi.
Otashimdan balqib chiqqan kunduzimsan,
Yorug‘ingga qaray desam – ko‘zim toldi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
193
á
Oyday chiqib, quyosh bo‘lib botgan o‘zing,
Yovg‘onimga qora qatron qotgan o‘zing.
Bu dunyoning bozoriga bormaganman,
Yuragimni ham olib, ham sotgan o‘zing.
Biyobondan ketayapman sarson-sarson,
Yalang-yalang yuragimga kirdi tikon.
Gulli-gulli bog‘laringni bir ko‘rmadim,
Gullaringni bir hidlamoq bo‘ldi armon.
Keldi shamol, keldi shamol, kelsa – netay,
Shamolingga jonni qo‘yib, tortiq etay.
Quyun holim seni quvib yetolmasa,
Bu dunyoga jonim qo‘yib, sarson ketay.
7
Qo‘ng‘irotning qizlari qo‘l yetgulik zamonlarda ham,
bahor kelganda, o‘tovning oldiga chiqib, chanqovuz chalib,
da’f urib, o‘ynab-kulishar ekan. Mingchechak degan qiz bu
qo‘shiqni boshida kulib, oxirida yig‘lab aytar ekan.
Ko‘zing olisdan boqdi-ya, voy, jonim
Jon-u dilimni yoqdi-ya, voy, jonim.
Òushim ekannin bilib-a, voy, jonim,
Ko‘ksimga yoshim oqdi-ya, voy, jonim.
Voy, jonim! Voy jonim! Voy, jonim!
Kelsang, ketar armonim-a,
Voy jonim!
Hijron elas-elasdir-a, voy jonim,
Hali sog‘inch emasdir-a, voy jonim.
Sog‘inchlarda qiynamay-ya, voy jonim,
Sizdan xatlar kelmasdir-a, voy, jonim.
Voy, jonim! Voy jonim! Voy, jonim!
Kelsang, ketar armonim-a,
Voy jonim!
13 –
www.ziyouz.com kutubxonasi


Usmon Azim
Á
194
Uchib borar juft o‘rdak-a, voy, jonim,
Biri-biriga o‘rnak-a, voy jonim.
Yolg‘izgina ketdingiz-a, voy jonim,
Yolg‘iz jonimni o‘rtab-a, voy, jonim.
Voy, jonim! Voy jonim! Voy, jonim!
Kelsang, ketar armonim-a,
Voy jonim!
Shamol o‘tadi gangib-a, voy, jonim,
Ko‘ksiga gulni tang‘ib-a, voy jonim.
Yo‘lingdan yurolmayman-a, voy jonim,
Hushimni olar anqib-a, voy, jonim.
Voy, jonim! Voy jonim! Voy, jonim!
Kelsang, ketar armonim-a,
Voy, jonim!
Òoqatlarim tolmoqda-ya, voy jonim,
Jonim sabil qolmoqda-ya, voy jonim.
Daryo boshiga chiqqin-a, voy, yorim,
Ko‘nglim oqib bormoqda-ya, voy, yorim
Voy, jonim! Voy jonim! Voy, jonim!
Kelsang, ketar armonim-a,
Voy, jonim!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sog‘inch
195
á
* * *
Bu qo‘shiq egasiz. Kim aytganini hech kim bilmaydi.
Qo‘shiqqa aylangan bir egachim aytgan bo‘lsa kerak-da!..
Olislardan ul yor
Boqib o‘tadi.
Soylardagi sellarday
Oqib o‘tadi.
Soylardagi suvingdan
Uzatib ketgin,
Jismimni vayron qilding –
Òuzatib ketgin.
Osmonga boqsangiz,
Qushga to‘ladir.
Ayriliqning umri
Òushga to‘ladir.
Òushlarimning bori
Rangga o‘ralgan,
Sening ishqing jon-u
Òanga o‘ralgan.
O‘z yoridan kechgan,
Asli xudosiz-a,
Bir “oh” ursam, qushday
Uchib kelosiz.
Uchib kelgan qushning
Qanoti bordir,
Qanoti bor ishqning
Hayoti bordir.
Kelmasangiz qaytib
O‘taman yorsiz.
Umrim ado bo‘lguncha
Ko‘nglimda borsiz...
www.ziyouz.com kutubxonasi


MUNDARIJA
O‘zim haqimda ......................................................................... 3
“Tong titraydi kech kuzakning quchog‘ida...” ....................... 6
“Umrimni bir olis ishqqa almashdim...” ................................ 7
“Yolg‘izlik ortimdan huvillab quvdi...” ................................... 8
Dasht haqida ballada ................................................................ 9
“Bekor...” ................................................................................ 11
Lo‘li qiz qo‘shig‘i ................................................................... 12
“Osmonga ham otgum tosh...” .............................................. 13
Parallel chiziqlar ..................................................................... 14
Mo‘min Mirzoning so‘nggi qo‘shig‘i .................................... 16
Abdulla Qodiriy ....................................................................... 19
Qishki ertak ............................................................................ 20
“Chavandoz uloqdan qaytdi piyoda...” ................................. 21
“Moviy havo to‘lqinlarida...”................................................. 22
“Ohista-ohista yog‘adi yomg‘ir...” .......................................... 23
Mamatrayim baxshining bir davrada aytgani ........................ 24
Vatan haqida she’r .................................................................. 25
Boychechak ............................................................................. 28
Onamga maktub ...................................................................... 31
“Sen yo‘q eding...” ................................................................ 32
“Derazadan boqar sohibjamol oy...” .................................... 33
“Rashk, g‘iybatning to‘lqinlarida...” ..................................... 34
Alamli qo‘shiq ........................................................................ 36
Yoz .......................................................................................... 37
“Qiynaladi oftobni kutib...” ................................................... 38
Hayot qo‘shig‘i ....................................................................... 39
Besehr ertak ........................................................................... 40
“Otim qolar demagin...” ....................................................... 41
“Taxtli ko‘ngil – faqir bo‘lgin...” ........................................ 42
“Derazamda ikki qush...” ....................................................... 43
“Zanjirlarni uzdim...” ............................................................. 44
“Yuraver...” ............................................................................. 45
“Goh gujum shovullar, goh shitirlar tok...” ....................... 46
www.ziyouz.com kutubxonasi


“Tosh-beton cho‘ng qoyalarda...” ......................................... 47
“Siz yoqqansiz menga hamisha...” ......................................... 48
“Sevgimiz o‘ldimi? – libosingiz ko‘k...” .............................. 49
“Endi u ko‘chaga sira bormayman...” .................................... 50
“Yiqildingmi?...” ..................................................................... 51
Bolalikdan ikki xotira ............................................................ 52
“Osmon uzilib tushdi...” ........................................................ 54
“Bir gul eding – shamol bo‘lib...” ...................................... 55
“Shamollarda ko‘zimdan...” .................................................... 56
“Sevgi – xatda naqadar go‘zal!...” ........................................ 57
“Ariq bo‘ldim yoz bog‘larida...”............................................ 58
“Og‘ir fe’lli mehnatkash bola...” .......................................... 59
“Saraton – ochiq yuz...” ...................................................... 60
“Ana, yurak qush kabi uchdi!...” ......................................... 61
“Qirq ot qo‘ydi qismat qarshimda...” ................................... 62
“In’om etib bor ne’matini...” ............................................... 63
“Mening tosh ko‘nglimni taroshla...” ................................... 64
“O‘lgin deding – yerga ko‘mding...” .................................... 65
“Jonim manim...”................................................................... 66
“Yulduz uchsa qo‘rqmagin...” ................................................ 67
“Baxt kabi gulladi bog‘imda bahor...” ................................... 68
“Ko‘kda – shamol daryolarida...” ......................................... 69
“Eng avval teraklar...” ........................................................... 70
“Sevgi yozi kuzga ko‘mildi...”................................................ 71
“Ertaksevar jonim...” ............................................................. 72
“Tazarru kerakmas...” ............................................................ 73
“Viqorlisiz o‘zgalar bilan...” .................................................. 75
“Tun bo‘yi guvladi taqdir shamoli...” .................................. 76
“Ha, dunyo ham senga oshiqdir...” ...................................... 77
“Sening o‘jar lablaring alvon...” ........................................... 78
“Qay baloga...” ....................................................................... 79
“Daraxtlar ortidan qorlar to‘kildi...” ................................... 80
“Ko‘zimga tushdi quyosh...” .................................................. 81
Qanotli kecha ......................................................................... 82
“Qorday yog‘ib keldi ishq...” ................................................ 84
www.ziyouz.com kutubxonasi


“Qor uchqunin kaftida...” ..................................................... 85
“Quyosh yaraqlaydi – yaratqu tarzli...” ............................... 86
“Mening yuragimdan boshlandi bahor...” ............................ 87
“Ezilib-ezilib yomg‘irlar yog‘di...” ........................................ 88
“O, bog‘lar gulladi...” ........................................................... 89
“Yorug‘lik tunga teng keldi...” ............................................... 90
“O‘tib borar jonga – ko‘zimdan...” ...................................... 91
“Bolari tentirar – gullarga cho‘ri...” .................................... 92
“Zaminda salqin oz...” ........................................................... 93
“Bog‘da nur-u soya uxlar ayqashib...”................................... 94
“Ariqlarda oqib borar oy...” .................................................. 95
“Kun bo‘yi daraxtlar quyoshda turdi...” ............................... 96
“Chinorlarni tizdim ko‘cha chetida...” .................................. 97
“Shamol...” ............................................................................. 98
“Yomg‘irdan so‘ng ko‘chalar nafis...” .................................. 99
“Havoda uchdilar...” ..............................................................100
“Osmon ko‘m-ko‘k...” ..........................................................101
“Ko‘kdagi tirik bulut...” ........................................................102
“Bo‘ronda adashgan tog‘...” ..................................................103
Dasht va tog‘ haqida qissa .....................................................104
“Gulxan yonar tun o‘rtasida...” ..........................................106
“Kuz zabt etgan qishloqda oqshom...”.................................107
“Yam-yashil tanini shamol supurdi...” ................................109
Hakim at-Termiziy maqbarasida ..........................................110
“Seni ko‘tarib toldi...” ..........................................................111
Mashrab .................................................................................112
“Hali cho‘kmadi yelkam...” ..................................................113
“Hech narsa yo‘q qo‘limda...” .............................................114
“Necha kun yashaysan...” .....................................................115
“Ko‘zlarida uyqusi arib...” .....................................................116
“Meni tashlab ketmang...”....................................................117
“Yulduzlar o‘tida boshim mash’aldir...” ...............................118
“O‘rgimchakday dayri dun...” ..............................................119
“Neki zalvoridan ayrildi – o‘tdi...” ....................................120
O‘tar dunyo balladasi ...........................................................121
www.ziyouz.com kutubxonasi


“ – Ertak tugadi...” ..............................................................123
“Men seni har kuni ko‘rgim keladi...”...............................124
“Bu ayol chiroyli...” .............................................................125
Navoiy ....................................................................................126
“Seni sog‘inganda...” .............................................................127
“So‘zlarni samoviy ranglar o‘radi...” ...................................128
Tush haqida ertak ..................................................................129
Dedal va Ikar .........................................................................131
“Qorong‘ulik bo‘lmaganda...” ................................................133
“Ayoz...” ................................................................................134
“Shaboda!...” ..........................................................................135
“Bilaman, hayot – kurash bilan tirik...” ...........................136
“Ikki jo‘yak tok, olmazor...” ................................................137
“Gulchehraning qo‘li gul...” .................................................138
Ertakga iqtibos ........................................................................139
“Men azobdaman, senga aytsam...” .....................................140
“Kunlarda – yo‘q ozor...” ....................................................141
Undov so‘zlariga bog‘da yozilgan sharhlar ...........................142
Baxshiyona .............................................................................143
www.ziyouz.com kutubxonasi


USMON AZIM
SOG‘INCH
She’rlar
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
Toshkent — 129, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
Muharrir
Habib Abdiyev
Rassom
Anatoliy Bobrov
Texnik muharrir
Mirziyod Olimov
Sahifalovchi
Azamat Jumaniyozov
2007-yil 01.06 da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 84½108 
1
/
32
.
10,5 shartli bosma taboq. 9,33 nashriyot-hisob tabog‘i. Adadi 3000.
Bahosi shartnoma asosida. - buyurtma.
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining
«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosmaxonasida bosildi.
Toshkent — 129. Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin