Ovqat mahsulotlarini yog`larning tasiri va ahamiyati



Yüklə 30,32 Kb.
səhifə1/2
tarix29.04.2022
ölçüsü30,32 Kb.
#56618
  1   2
Ovqat mahsulotlarini yog


Ovqat mahsulotlarini yog`larning tasiri va ahamiyati

Yog’lar va lipidlar so’rilganidan keyin, barcha organlar va to’qimalargacha o!ib boriladi.Turli hayvonlarning yog’lari hamda bitta hayvonning turli organ-laridagi yog’lar tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladi.Yog’larning tarkibi oziqlanishga bog’liq. Uzoq muddat bir turdagi yog’ bilan oziqlanilgandan keyin odam tanasida yig’ilgan yog’ ham tarkibi va xususiyatlari jihatidan aynan o’sha yog’ga ancha yaqin bo’ladi. Plastik material shaklida foydalanilgan yog’lar va lipidlar juda chidamli bo’ladi. Hayvonlarni yog’li va uglevodli oziqalar bilan oziqlantirilganida yog’lar va lipidlar zahira yog’lar sifatida teriosti kletchatkasida, yog’ saqlovchi va ichki organlarni o’rab turuvchi bo’sh biriktiruvchi to’qimalarda jamlanadi. Bu yog’lar yog’ depolarida saqlanayotgan zahira, oziqlanish materiali bo’lib hisoblanadi va ular hayvon sovuqda qolganida va ochlik paytida organizm tomonidan energiya manbai shaklidagi bioquvvat materiali sifatida foydalaniladi.Uzoq miiddatli jismoniy mehnat qilinganida sarflanadigan energiyaning 80 %i yog’larning yoki ularning parchalanish mahsulotlarining oksidlanishi natijasida ajralib chiqadi.Yog’ depolaridagi zahira yog’lar to’qimalarda lipaza ishtirokida glitserin va yog’ kislotalarigacha parchalanadi va keyinchalik karbonat angidrid va suvgacha oksidlanadi, bu paytda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Nihoyat, yog’ depolaridagi yog’larning bir qismi qonga tushadi, fermentlar ta’sirida gliserin va yog’ kislotalarigacha parchalanib qon bilan jigarga yetkaziladi va u yerda ghkogenga aylanadi.Demak, yog’lar bilan uglevodlar almashinuvi orasida uzviy bog’liqlik mavjud.O’simlik va sigir moylari, baliq yog’i organizm tomonidan 97-98 % ga o’zlasntiriladi, mol va qo’y yog’lari 90 % ga o’zlaslitiriladi. O’simlik dunyosi yog’larida to’yinmagan yog’ kislotalari saqlanganligi sababli, ulardan jigarda lipidlar hosil bo’ladi. Jismoniy ish bajarganda kunlik ratsion tarkibidagi yog’lardan 70-75 % hayvonlar yog’i va 25-30 % o’simlik yog’lari bo’lishi zarur.Bir kecha-kunduzlik ratsion tarkibidagi yog’lar umumiy ovqatning 17 % ni, energiya bo’yicha 30 % ni tashkil qilishi kerak, ya’ni voyaga yetgan odamlar uchun yog’ o’rtacha 100 gni, jismoniy ish bajarganda esa 115-165 gni tashkil qilishi kerak. Me’yordan ortiq yog’ iste’mol qilish ovqat hazmi jarayonlarini tormozlaydi hamda ish qobiliyatini 2-3 martagacha pasaytiradi. Iste’mol qilinayotgan ovqatlar tarkibida yog’ning miqdori katta bo’lganida, qon tarkibidagi yog’ning miqdori 1 % gacha ko’tariladi va undan ham yuqori ko’tarilishi mumkin(lipemiya) ovqatlar tarkibida yog’ning me’yordan ortiq bo’lishi zararli, ayniqsa yoshi o’tgan paytda juda xavfli chunki u hayotni qisqartiradi.Organizmga ovqatlar tarkibida ikki xildagi lipidlar, fosfatidlar va sterinlartushadi.Fosfatidlar - yuqori molekulali spirtlar va yog’ kislotalari bo’lib tarkibida fosfor kislotasini va azotli birikmalarni saqlaydi. Bularga neyronlarda saqlanuvchi va ulardan oqsillar jamlanishini ta’minlovchi xolin hosil bo’ladigan-xolin-fosfatid yoki litsetin kiradi.Xolin sirka kislotasi bilan birikib asetilxolinni, ya’ni asab tizimidagi qo’zg’alishlarni o’tkazuvchi asosiy mediatorni hosil qiladi.Fosfatidlar, neytral yog’lar, xolesterin va boshqa lipidlar hujayralarning membranalari va organoidlarida mavjud bo’lib ularning tanlab o’tkazuvchanlik xususiyatini ta’minlaydi. Organizmda ayniqsa, yog’larning so’rilishi va sintezida ishtirok etuvchi gliserofosfatidlar ko’p bo’ladi. Fosfotidlar odatda jigarda va ichaklar devorlarida sintezlanadi, ularning yetishmasligi esa jigarni yog’ bosishini va aterosklerozni keltirib chiqaradi. Fosfatidlar o’simlik moylarida (kungaboqar) sariq yog’, tuxumlarda ko’p bo’ladi. Fosfatidlarning bir kecha-kunduzlik normasi 10 gni tashkil etadi.Sterinlar - spirtlardir, ular yog’ kislotalari bilan birikib murakkab efirlarni hosil qiladi. Ularga bosh miyada va buyrak usti bezlarida juda katta miqdorda saqlanuvchi xolesterin kiradi. Odamda uning vazniga nisbatan 0,2 % ga yaqin xolesterin bo’ladi. Xolesterin organizmda yog’lar va uglevodlarnioksidlanishidan hosil bo’ladi va uning asosiysintezlanuvchi joyi jigardir (80 % gacha). U asosan hayvonot dunyosi oziqalarida ko’p bo’lsa, o’simlik dunyosi oziqalarida bo’lmaydi. Xolesterindan organizmda o’t kislotalari, jinsiy gormonlar va buyrak usti bezining po’stloq qismining gormonlari hosil bo’ladi. Aralash ovqat iste’mol qilinganda bir kecha-kunduzlik xolesterinning normasi 1,5 ggacha bo’ladi. Vitamin Dham sterinlar qatoriga kiradi.Yog’larda stearin, palmitin va moy kislotalari kabi to’yingan-almashtiriladigan yog’ kislotataridan tashqari, oliyen, linolat, linolen, araxidin kabi to’yinmagan almashtirib bo’lmaydigan yog’ kislotalari ham saqlanadi. O’simliklar moyida (kungaboqar va konopilyada) linolat va linolen yetarlicha saqlansa, araxidin juda kam; tovuq va g’oz yog’ida esa yetarlicha bo’ladi. To’yinmagan yog’ kislotalari jigarda lipidlarga aylanadi. Bular orasidagi fiziologik qimmatli araxidin kislota organizmda linolat va linolen kislotalardan hosil bo’ladi. To’yinmagan yog’ kislotalari karotinlar ta’sirini, vitamin A va B hamda C ni faollashtiradi. Ovqatlar tarkibidagi to’yinmagan yog’ kislotalarining bir kecha-kunduzlik kaloriyaligi 1% dan tushib ketsa, qon tomirlarining tonusi pasayadi, ularning o’tkazuvchanligi ortadi, qonda xolesterin miqdori ko’payadi, ateroskleroz rivojlanadi, yurakda tromblar ko’zga tashlanadi vamiokard infarkti yuz beradi, teri jarohatlanadi, jinsiy funksiyalar buziladi vaurg’ochi hayvonlarda bo’g’oz bo’lishi yo’qoladi.Oziqalar linolat va linolen kislotalari vitamin B6 bilan organizmga tushganida, unda to’yinmagan yog’ kislotalarining hosil bo’lishi ortadi.Jigarning yog’ bosishi ovqatlar tarkibidagi yog’ miqdori ko’p bo’lganida va jigarda uning sintezlanishi ortganda, yog’ning oksidlanishi kamayganda va jigardan yog’ni evakuasiyasi buzilganida ro’y beradi. Oziq-ovqatlar tarkibida uglevodlar va vitamin B ning miqdori ko’payganida, oqsillar kamayganida ayniqsa, tireonin aminokislotasi kamayganida, ichki sekrestya bezlari faoliyati buzilganida, ayrim zaharlanishlarda va organizmning to’lig’icha kasalliklari va ayniqsa jigarda kuzatilganida jigarni yog’ bosadi.Jigarni yog’ bosishini ogohlantiruvchi moddalar lipotron moddalar deb ataladi va ularga vitaminlar va lipionin kiradi. Juda faol linotrop xususityaga xolin ega, chunki uning ishtirokida jigardan yog’ depolariga yog’ kislotalarining harakatlanishini ta’min etuvchi fosfatidlarning sintezlanishi yuz beradi.


Yüklə 30,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin