OLMOSH SO`Z TURKUMI
OLMOSH SO`Z TURKUMI
REJA
1.Olmosh so`z turkumi haqida umumiy ma`lumot.
2.Olmosh va uning turlari.
3.Olmosh so`z turkumining tuzilishiga ko`ra turlari.
|
Ot, sifat, son, ravish kabi so`z turkumlari o`rnida qo`llanib predmet, belgi, miqdor tushunchasining mavjudligini ko`rsatadigan, ularning vazifasini bajaradigan so`z turkumiga olmosh deyiladi. Olmoshlar predmet, belgi, miqdor ma`nosini anglatmay, faqat ularga ishora qilish ko`rsatish uchun xizmat qiladi. Masalan; Bizga qalin do`st kitob, u go`yo nurli oftob. Bu gapda biz va u olmoshlari ot o`rniga kelib, shaxs va predmetga ishora qilgan. Siz ana shu jannatni dunyoga keltirgan odamlar sog`ligining posbonisiz. Bu gapda ana shu olmoshi sifat o`rnida kelib, belgiga ishora qilgan. Men bunaqa voqealar haqida qancha-qancha kitoblar o`qiganman .Bu gapda qancha-qancha olmoshi ravish o`rniga kelib, miqdoriy belgiga ishora qilgan .
Olmosh so`z turkumi quyidagi leksik-grammatik xususiyatlarga ega:
1.Olmosh mustaqil so`z turkumlaridan farqli ravishda, predmet va uning belgisini, miqdorini ularga atama bo`lmagan holda ko`rsatilish xususiyatiga ega
2.Olmoshlar gapda bajaradigan vazifasiga ko`ra 4 guruhga ajraladi :
A)ot o`rnida qo`llanuvchi olmoshlar :Men, sen, biz, siz, ular, kim, nima, har kim, har nima, hech kim, hech nima, allakim, allanima, bir narsa, bir nima, birov, kimdir, nimadir kabilar.
Bu olmoshlar ot singari so`z o`zgartiruvchi bajargan sintaktik vazifalarni (ega, to`ldiruvchi, qaratuvchi, ba`zan kesim) bajaradi.Masalan:Kimning ishi to`g`ri bo`lsa, u doim bexavotir bo`ladi.Nimani qilsang xor, o`shanga bo`lasan zor (Maqol).
B)sifat o`rnida qo`llanuvchi olmoshlar :bu, shu, o`sha, u, ana, shu, mana, bu, qanday, qaysi, har, qanday, har qaysi, hech qaysi, hech qanday, hech bir, qandaydir, qaysidir, allaqanday, allaqaysi, biron, biror, qaysi bir, ba`zi kabilar.
Bu olmoshlar sifat singari otga bog`lanib, belgiga ishora qiladi, gapda asosan, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini (ba`zan kesim) bajaradi.
Masalan:Uning yuzida hech qanday malol alomati ko`rinmas, aksincha, har kungidan hurramroq edi.(A.Qahhor) Umidimiz-shu.
V)1) son o`rnida qo`llanuvchi olmoshlar: nechta, nechanchi, qancha, bir nechta, bir qancha nechadir kabilar.
Bu olmoshlar son singari otga bog`lanib, miqdoriy belgiga ishora qiladi, gapda asosan sifatlovchi- aniqlovchi vazifasini (ba`zan kesim) bajarib keladi.
Masalan: arava bormidi? Dedi O`rmonjon kattakon ro`moli bilan yuzini bo`ynini artib.-Nega arava bordi(A.Qahhor)
2) ravish o`rnida qo`llanuvchi olmoshlar: qayerga, qayerda, qayerdan, qachon, har qancha, hech qancha, nega, qalay, qani kabilar.
Bu olmoshlar ravish singari fe`lga bog`lanib, belgiga ishora qiladi, gapda asosan, hol (ba`zan kesim) vazifasini bajaradi.
Masalan: otabek tasdiq ishorasini bergach, negadir bir entikib qo`ydi.(Abdulla Qodiriy).Bola qalay ekan? Oyoq-qo`l chaqqonmi!?
3.Olmoshlarning morfologik va sintaktik xususiyatlari yuqorida sanab o`tilgan ma`no xususiyatlari bilan bog`langan holda turlichadir.
Ot o`rnida qo`llanuvchi olmoshlar otga xos morfologik va sintaktik xususiyatlarga sifat o`rniga qo`llanuvchi olmoshlar sifatga xos, ravish o`rnida qo`llanuvchi olmoshlar ravishga xos morfologik va sintaktik xususiyatlarga ega.
4.Olmosh mustaqil so`z turkumi sifatida so`z yasalish xususiyatiga ega emas.Lekin olmoshdan sanoqli qo`shimchalar yordamida ot, ravish yoki fe`l yasalishi mumkin: o`zlik, manmanlik kabi otlar; nsizla, sensira kabi fe`llar;
5.Olmoshlarning boshqa so`z turkumidan ajralib turadigan asosiy sintaktik xususiyatlaridan olmosh hech vaqt o`zidan oldin aniqlovchi olmaydi.
2.Olmoshlarning ma`no turlari
1)Kishilik olmoshlari nutq jarayonida ishtirok etadigan shaxslarni va nutqda tilga olingan shaxs yoki predmetni ko`rsatadi .Kishilik olmoshlariga birlik va ko`plik son shaklidagi so`zlovchi (1 shaxs) men, biz; tinglovchi (2shaxs) sen, siz; o`zga (3shaxs) u, ular kiradi.
Masalan: Bizning urishimiz ozod urushi bo`ladi ota. U ketgandan keyin Siddiqjon shu yerning o`ziga cho`kka tushdi.
Kishilik olmoshlari ot o`rnida qo`llanuvchi olmoshlardir. Shuning uchun ham kishilik olmoshlari otga xos morfologi va sintaktik xususiyatlarga ega.
Kishilik olmoshlari kelishik qo`shimchalari bilan turlanadi. Men, sen kishilik olmoshlariga -ni tushum kelishigi, -ning qaratqich kelishigi qo`shimchasi qo`shilganda, o`zakda n undoshi tushib qoladi: mening, sening tarzida yoziladi.
U kishilik olmoshiga jo`nalish, o`rin –payt, chiqish kelishigi qo`shimchalari qo`shilganda, o`zakda n undoshi orttiriladi: unga, undan tarzida bo`ladi.
Kishilik olmoshining 3shaxs ko`plik shakli u-lar qo`shimchasini qo`shish bilan hosil qilinadi.Biz, siz kishilik olmoshlariga qo`shilganda, mensimaslik ma`nosini ifoda etadi.
Kishilik olmoshlari gapda ega, kesim, to`ldiruvchi va qaratqich aniqlovchi vazifasini bajaradi.
Masalan: Sen vazifangni bajaraver, qo`rqma.Senga hech qanday shikast yetmaydi.Sening taningga o`q ham botmaydi, nayza ham.(A.Q)
Ko`rsatish olmoshlari shaxs, predmet yoki belgini vaqt va o`rniga nisbatan ko`rsatish ajratish uchun ishlatiladi. Ko`rsatish olmoshlariga: bu, shu, o`sha, ana u, mana bu, ana o`sha kabilar kiradi.Bu olmosjhlar sifat o`rniga kelib, belgiga ishora qiladi, qaysi so`rog`iga javob bo`ladi.
Masalan: ellik sentnerchilar harakatini shu brigade boshlab berdi.Men ana shu so`qmoqdan yursam ham bo`ladi.(A.Qahhor).
Ko`rsatish olmoshlari so`zlovchi bilan ko`rsatilgan predmet orasidagi masofaning uzoq-yaqinligiga, voqea sodir bo`lgan vaqtga qarab qo`llanadi.Bu, mana bu olmoshlari so`zlovchining ko`z oldida yaqin turgan predmetni ko`rsatadi. Shu, mana shu olmoshlari so`zlovchining ko`z oldida bo`lgan yoki yaqin vaqt ichida tilga olingan predmetni yana eslatish, ta`kidlash uchun ishlatiladi. U, ana u olmoshlari orqali so`zlovchining ko`z oldida bo`lmagan predmetga ishora qiladi. O`sha, ana o`sha olmoshlari ilgari so`zlab o`tilgan bir predmetni eslash orqali ko`rsatadi.
Ko`rsatish olmoshlari otga bog`lanib kelib, gapda sifatlovchi-aniqlovchi(ba`zan kesim) vazifasini bajaradi.
3)So`roq olmoshlari shaxs, predmet, belgi, miqdor haqida so`roqni bildiradi yoki noma`lum shaxsni ko`rsatadi.So`roq olmoshlariga :kim, nima, qanday, qanaqa, qaysi, nechta, qancha singari olmoshlar kiradi.
4)Belgilash olmoshlari shaxs, predmet, uning belgisi, miqdorini jamlab yoki umumlashtirib ko`rsatadi. Belgilash olmoshlariga hamma, barcha, bari, har qanday kabilar kiradi. Bu olmoshlardan hamma, barcha, bari kabi olmoshlar predmet yoki belgini jamlab ko`rsatadi.Ba`zi olmoshi to`daning, jamlikning qismini ko`rsatadi.Har, har kim, har nima, har bir, har qanday, har qaysi, har qancha kabi belgilash olmoshlari 1 shaxs predmet, belgilarni yakka ajratib ko`rsatadi.
5)Bo`lishsizlik olmoshlari mutlaqo mavjud emaslik ma`nosi orqali ifodalangan predmet, belgi yoki miqdorni umumlashtirib ko`rsatadi. Bo`lishsizlik olmoshlariga hech kim, hech narsa, hech qanday, hech qaysi kabilar kiradi.Demak, bo`lishsizlik olmoshlari hech so`zidan so`ng so`roq olmoshlarini hamda narsa bir so`zlarini keltirish orqali yasaladi.
Masalan: Boyning tashqarisida Yo`lchidan boshqa hech kim yo`q.(O).
Bo`lishsizlik olmoshlarining ham morfologik va sintaktik xususiyatlari belgilash olmoshlari kabidir.
6)O`zlik olmoshi o`z so`zidan iborat bo`lib, u aniq, konkret shaxsni ajratib, ko`rsatish yoki ot va kishilik olmoshlarining ma`nosini konkretlashtirib, ta`kidlab ko`rsatadi.
O`zlik olmoshi ot o`rnida kelib, shaxsga ishora qiladi. O`zlik olmoshi egalik, kelishik, son qo`shimchalarini oladi, ot bajargan sintaktik vazifalarni bajaradi.
7)Gumon olmoshi mavjud, ammo noaniq, noma`lum bo`lgan shaxs, predmet, belgi, miqdorni ifodalaydi.Gumon olmoshi quyidagicha yasaladi:
1.So`roq olmoshi -dir qo`shimchasini qo`shish bilan :kimdir, nimadir, qandaydir, qanchadir kabi.
2.So`roq olmoshlari narsa so`zi oldiga -alla elementi qo`shish orqali:
Allakim, allanarsa, allanima, allaqanday kabi.
3.So`roq olmoshi yoki narsa so`zidan oldin bir so`zini keltirish orqali :bir necha, bir qancha, bir nima, bir narsa kabi belgilash olmoshi qaysi so`roq olmoshidan so`ng bir so`zini keltirish bilan ham yasaladi: qaysi bir, ba`zi bir.
4.Bir so`ziga -ov, -on, -or qo`shilishi bilan yasaladi: birov, biron, biror kabi.
3.Olmoshlarning tuzilish jihatdan turlari
Olmoshlar tuzilish jihatdan,asosan, 3xil:
1)sodda olmoshlar 2)qo`shma olmoshlar 3)juft olmoshlar
Sodda olmoshlar bir o`zak morfemadan iborat bo`ladi: men, sen, kim, nima, hammma, ba`zi kabi.
Qo`shma olmoshlar ikki o`zak morfemaning qo`shilishi yoki birikuvidan hosil bo`ladi: mana shu, ana u, har qanday, hech kim kabi.
Juft olmoshlar ikki olmoshning o`zaro teng bog`lanishidan tuziladi: sen-men, u-bu, siz-biz.
4-sinf ona tili darsligi olmoshlar mavzusi
351-mashq.O`qing. Kishilik olmoshlarini o`zi bog`langan so`z bilan birga ko`chiring.
Men bo`sh vaqtimda qayiqcha yasayman. 2. Bolalar qayiqcha yasashni mendan o`rganishdi. 2. Bizda kuch- g`ayrat bor. Kuchni bilim olishga, hunar o`rganishga sarflashimiz lozim. 3.Oyi, bo`lsa nima yumush, menga ayting. 4.Sizni sog`indim, mehribon akajonim.
Men yasayman, mendan o`rganishdi, bizda bor, menga ayting, sizni sog`indim.
O`qing. Kishilik olmoshlarini o`zi bog`langan so`z bilan ko`chiring. Ularning gapdagi vazifasini aniqlang.
Mening aziz Vatanim tong kabi musaffodir. Tong mening yuragimda ajib hislar uyg`otadi.
Biz qudratli gul Vatanning baxtiyor farzandimiz.
Men ertaning ko`zgusida Vatanimni ko`raman.(,,G`uncha’’dan)
Qaysi kishilik olmoshlarida tovush o`zgarishi yuz bergan? Ularning asos va qo`shimchalarini belgilang.
Mening Vatanim (qaratqich aniqlovchi) men +ning =mening tovush tushishi.
Mening yuragim (qaratqich aniqlovchi) men+ning=mening tovush tushishi.
Biz farzandimiz (ega). Men ko`raman (ega).
Dostları ilə paylaş: |