Rasmiy (ish yuritish) uslubga hisob-statik organlar, sud, adliya, fuqarolik holatlarini qayd etuvchi va notarial idoralar, prokuratura, ichki ishlar va boshqa vazirliklarning, idora, muassasa, tashkilotlarning, ayrim shaxslarning rasmiy hujjatlari nota, qaror, farmon, ko`rsatma, qo`llanma, konstitutsiya, hukm, ajrim, shartnoma, tavsiya, izohnomalar va ariza, shikoyat, axborot, majlis bayoni, tilxat, tarjimai hol, ishonchnoma, guvohnoma, e’lon, dalolatnoma, ma’lumotnoma, hisobot kabilarning til xususiyatlari kiradi. Rasmiy ish yuritish uslubining asosiy xususiyatlari quyidagilardir: Rasmiy ish yuritish uslubining asosiy xususiyatlari quyidagilardir: - badiiy tasvir vositalar bo`lmaydi;
- uslub leksikasi kitobiy va xolis so`zlardan iborat bo`ladi: uslubda professional terminologiya mavjud bo`ladi;
- eskirgan so`z va iboralar o`rni bilan ishlatiladi;
- Grammatik xususiyatlar mavjud bo`ladi;
- Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari birinchi shaxs tilidan bo`ladi. Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati) ham birinchi shaxs, birlik sonida shakllantiriladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs ko`plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda rasmiylashtiriladi.
- Hujjatlar matnida turg`unlashgan, qoliplashgan so`z birikmalaridan ko`proq foydalaniladi.
- Hujjatning axborot tizimi aniq, mukammal, fikr mantiqan teran bo`lishi shart.
- Hujjat matnida abzatslar tizimiga qat’iy rioya etiladi.
- Hujjatda imlo, ishoraviy xatoga yo`l qo`yilmaydi.
Grammatik xususiyatlari: - tilga olinayotgan kishilar o`z nomi bilan atalmasdan, buning o`rniga ularning belgisi yoki biror harakati, bir narsaga munosabatini ifodalovchi otlar ishlatiladi; ijrochi, guvoh, da’vogar, jabrlanuvchi, ijaraga oluvchi va h.
- noaniqlikka yo`l qo`ymaslik maqsadida, odatda, otlar olmosh bilan almashtirilmaydi;
- fe’lning ishlatilishi boshqa stillardagiga qaraganda, ayniqsa, farqlanib turadi; oldini olish, chora ko`rish, aybni ochish, ko`riladi, beriladi, bo`shatilsin;
- bu uslubda uyushiq bo`lakli gaplar keng qo`llanilib, ayrim o`rinlarda bo`laklar soni 8-10 taga yetishi mumkin;
- qo`shma gaplardan, xususan, shart ergash gapli qo`shma gaplardan keng foydalaniladi;
- so`roq va undov gaplar deyarli qo`llanilmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi.
Rasmiy ish yuritish uslublari Ilmiy uslub Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog`liq vazifaviy uslubdir. U o`z ichida yana ilmiy texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o`quv-ilmiy kabi bir necha sof ilmiy turlarga bo`linadi.
Dostları ilə paylaş: |