2. Dinamik dasturlash masalalarini yechish sxemasi.
4. Masalalar
1. Dinamik dasturlashning tamoyili Maqsad funktsiyasining koʼrinishi va oʼzgaruvchilarga qoʼyiladigan cheklanish shartlari sistemasiga koʼra matematik dasturlash asosan olti turga ajratiladi:
1. Chiziqli dasturlash. Аgar maqsad funktsiyasi va oʼzgaruvchilarga qoʼyilgan shartlar chiziqli (masalan koʼrinishda boʼlsa, u holda dasturlash chiziqli dasturlash deyiladi. Dasturlashning bu turi eng sodda va eng koʼp oʼrganilgan boʼlib, u amalda eng koʼp qoʼllaniladi.
2. Chiziqli boʼlmagan dasturlash. Аgar maqsad funktsiyasi va oʼzgaruvchilarga qoʼyilgan shartlar chiziqli boʼlmagan (masalan ) koʼrinishda boʼlsa, u holda dasturlash chiziqli boʼlmagan dasturlash deyiladi.
3. Dinamik dasturlash. Аgar oʼzgaruvchilar vaqt oʼzgarishi bilan oʼzgarsa va oldingi bosqichdagi natija undan keyingi bosqich natijasiga taʼsir koʼrsatsa, bu holda matematik dasturlash dinamik dasturlash deyiladi.
Bu turdagi dasturlar iqtisodiy masalalarda koʼp uchraydi.
Bundan tashqari yuqoridagi uch turdagi dasturlashdagi oʼzgaruvchilarning qabul qilish qiymatlariga koʼra:
1. Diskret dasturlashtirish. Bunda oʼzgaruvchilar, baʼzi diskret (uzlukli) qiymatlarini qabul qiladi.
2. Butun sonli dasturlashtirish. Bunda oʼzgaruvchilar faqat butun son qiymatlarini qabul qilib, diskret dasturlashning xususiy holidir. (masalan avtomobillar, binolar, pasajirlar).
3. Stoxastik dasturlashtirish. Аgar oʼzgaruvchilar va ularga quyilgan shartlar ehtimoli miqdorlar boʼlsa, stoxastik dasturlash deyiladi.