Дамодам жаврлардур чекдигим бераҳм бутлардан,
Бу кофирлар асири мусулмон ўлмасин, Ё Рабб! Чихормоқ этсалар тандан чекиб пайконин ул сарвинг
Чихон ўлсун дили мажруҳ, пайкон ўлмасун, Ё Рабб! Жафою жавр ила мўътодам, онларсиз н-ўлур ҳолим?
Жафосина ҳаду жаврина поён ўлмасин, Ё Рабб! Деманким, адли йўқ ё зулмичўх ҳар хол ила ўлса,
Кўнгил тахтина андан ғайри султон ўлмасин, Ё Рабб! Фузулий бўлди ганжи офият майхона кунжида,
Муборак мулкдур ул мулк, вайрон ўлмасин, Ё Рабб! Fuzuliy g’azallaridagi hayotiylik, yashovchanlikniig yana bir siri — shoirning hamma misralari bir tekisda qalb harorati bilan isita biliishda. Agar mana shu xislat, mana shu fazilat bo’lmasa, ilm va aql kuchi bilan yaxshi she’r yaratib bo’lmaydi. Fuzuliyda shoirlik qobiliyati, olim va faylasufning mushohada kuchi muvozi ravishda takomil topgan Buning ustiga shoir butun hayoti davomida oliy bir go’zallik maftunidir, mana shu go’zallikni qalb ko’zi bilan ko’rib, uni so’z bilan suratga tushirmoq istagi shoirning badiiy kamol topishiga sabab bo’lgan asosiy omildir Fuzuliy g’azallari — qalbning sadosidir. Chin go’zallik shoirning ko’z o’ngida sohibjamol qiz siymosida namoyon bo’ladn. Yana ul moh manim oldi qarorim bu kecha,
Chiqajakdur falaka nolai zorim bu kecha. Sham’vash mahrami bazm ayladi ul moh mani,
Yonajakdur yana ishq o’dina vorim bu kecha. Ham visoli urur o’d jonima, ham hijroni,
Bir ajab sham’i-la dushdi sari korim bu kecha. Na tutundurki, chiqar charxa, dili zora, magar,
Hajr dog’ini urur lolauzorim bu kecha. Subha soldi bu kecha sham’ kibi qatlima hajr,
O’lakim, subh galincha kela yorim bu kecha. Pora-pora jigarim itlarina nazr o’lsun,
Ul sari ko’ya agar dushsa guzorim bu kecha. Vor edi subh visolina, Fuzuliy, ummid,
Chiqmasa hasrati-la joni figorim bu kecha.
Alisher Navoiy «Mahbubul-qulub»da ishqni ikkiga — majoziy (insoniy) va ilohiyga ajratganligi adabiyot muhiblariga ma’lum. Buyuk shoir bu ikki ishqni o’zida birdek jo eta olgan bir toifaga diqqatni qaratadi va bunga misol sifatida Hofiz SHeroziy bilan Abdurahmon Jomiyni tilga oladi. Fuzuliy ham mana shu siraga mansubdir.
Mumtoz she’riyat poetikasi vazn va qofiya bilan bir qatorda, badiiy tasvir vositalari uyg’unligida shakllanadi. Fuzuliy hayoti va ijodiga bag’ishlangan ishlarda uning shoirlik salohiyati, she’rlarining o’ziga xos xususiyatlari haqida ham u yoki bu darajada fikr yuritilgan bo’lsa-da, badiiy mahorati maxsus tadqiq etilmagan.