Ms access dasturi va dastur bilan ishlash texnologiyasi ms access ning ish oynasi haqida ma’lumot



Yüklə 27,13 Kb.
səhifə4/6
tarix13.09.2023
ölçüsü27,13 Kb.
#143073
1   2   3   4   5   6
Ms access dasturi va dastur bilan ishlash texnologiyasi ms acces

. Jadvallar yaratish

Bo’sh jadval yaratish.

Microsoft Access dasturi yordamida bo’sh jadvalni yaratishning quyidagi usullari mavjud:

-MB ni to’laligicha yaratadagan MB ning ustasini kullash. Bunday usta yangi bazani yaratadi, xolos. Uning yordamida MB ga yangi jadval, shakl­ yoki hisobotlarni qo’shib bo’lmaydi;

-Jadvallar ustasi oldindan aniqlangan jadvallardan yaratilayotgan jadval uchun maydonni tanlash imkonini beradi;

-Jadval holatida ma’lumotlarni bevosita bo’sh jadvalga kiritish;

-Konstruktor holatida jadval maketining barcha parametrlarini aniqlash.

Jadval yaratishda ishlatilgan usulning turidan kat’i nazar, xar doim jadval maketini o’zgartirish, masalan, yangi maydonlar kushish, qiymatlarini urnatish va boshka­larni bajarish uchun «Конструктор» holatini qo’ullash imkoniyati mavjud.

Jadvallar ustasi yordamida jadval yaratish

Buning uchun quyidagi algoritmdan foydalaniladi:

1. MB oynasiga o’tish. Bir oynadan ikkinchi oynaga o’tish uchun F11 tugmachasi bosiladi;

2.«Таблица» (Jadval) ilovasida «Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi;

3.«Мастер таблиц» (Jadvallar ustasi) elementida sichqoncha tugmachasi ikki marta bosiladi, natijada ekranda muloqot oynasi hosil bo’ladi;

4.Jadvallar ustasining muloqot oynasidagi ko’rsatmalarga rioya qilish.



Jadvalga ma’lumotlarni kiritish yo’li bilan jadvalnihxosil qilish.

Buning uchun quyidagi algoritm bajariladi:

1.MB oynasiga o’tiladi;

2.«Таблица» (Jadval) ilovasida «Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi;

3.«Режим таблиц» (Jadval holati) elementida sichqoncha tugmachasi ikki marta bosiladi. Natijada ekranda 20 ta ustun va 30 ta satrdan iborat bo’sh jadval hosil bo’ladi. Alohida ko’rsatma berilmasa, ustunlar «Поле1», «Поле2» va hokazo nomlarini oladi;

4. Har bir ustun nomini o’zgartirish uchun uning oldingi nomi ustida sichqoncha tugmachasi ikki marta bosiladi, yangi nom ularga qo’yiladigan barcha talablarga rioya qilgan holda kiritiladi va «Enter» tugmachasi bosiladi;

5. Agar jadval 20 tadan ortiq ustunga ega bo’lsa, yangi ustunlarni qo’shish mumkin. Buning uchun yangi ustun qo’yilishi kerak bo’lgan joyning chap tomonidagi ustunning o’ng tomonida sichqoncha tugmachasi bosiladi va «Вставка» (Qo’yish) menyusida «Столбец» (Ustun) buyrug’i tanlanadi;

6. Ma’lumotlarni jadvalga kiritish. Bunda har bir ustunga ma’lum turdagi ma’lumotlarni kiritiladi;

7. Barcha ustunlarga ma’lumotlarni kiritib bo’lgandan so’ng, «Сохранить» (Saqlash) tugmachasi bosiladi.

Konstruktor holatida jadvalni tez yaratish.


Ushbu usulda jadvalni yaratish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:

1. MB oynasiga o’tiladi;

2. «Таблица» (Jadval) ilovasida «Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi;

3. Konstruktor elementida sichqoncha tugmachasi ikki marta bosiladi;

4. Jadvalda har bir maydon aniqlanadi;

5. Kalit maydonlar aniqlanadi;

6. Uskunalar panelidagi «Сохранить» (Saqlash) tugmachasi bosilib, so’ngra jadval nomi kiritiladi.

So’rovlar yaratish.

Amaliyotda dastlabki yaratilgan jadvaldan yozuvlarning bir kismini (ma’lum mezonlar buyicha) tanlab olish va tartiblash zarurati paydo bo’ladi. Tanlash mezonlari bir kator shartlar majmuasi bilan aniklanadi.



Tanlab olish so’rovlari.

Uning maksadi MB ning ma’lumotlari orasidan berilgan shartlarga buysunadigan ma’lumotlarni tanlab, natijaviy jadvalni chop etishdir. So’rovlarni yaratish uchun MB da maxsus so’rovlar tili mavjud bo’lib, u SQL deb ataladi.

Ushbu so’rovlarni yaratish jarayoni quyidagi algoritm asosida olib boriladi:

1. So’rov yaratishda MB ning muloqot oynasidan «Запрос» (So’rovlar) ilovasi tanlanadi, so’ngra «Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi. Natijada ekranda muloqot oynasi ochiladi;

2. Ochilgan «Новая запрос» (Yangi so’rov) muloqot oynasida «Конструктор» bo’limini tanlash bilan so’rovni qo’lda ishlash holatida yaratish usuli belgilanadi;

3. «Конструктор» holatida so’rovni yaratish, MB dan mana shu so’rov asosini tashkil etadigan jadvallarni tanlashdan boshlanadi;

4. Jadvalni tanlash «Добавление таблиц» (Jadvalni kushish) muloqot oynasida bajariladi. Unda MB dagi barcha jadvallar ruyxati aks ettirilgan bo’ladi;

5. Tanlangan jadvallar so’rov blankasining yuqori qismiga yozib quyiladi. Buning uchun jadvallar tanlab olingandan so’ng, «Добавить» (Qo’shish) tugmachasi bosiladi.

6. «Добавление таблиц» (Jadvalni qo’shish) oynasida uchta ilova «Таблиц» (jadvallar), «Запрос» (so’rovlar) va «Таблицы и запросы» (jadvallar va so’rovlar) borligiga e’tibor berish kerak.

Namuna buyicha so’rov blankasi ikkita panelga ega. Yuqori panelda so’rovga asos bo’ladigan jadvallar maydonlarining ruyxati joylashadi;

8. Quyi panel satrlari so’rov strukturasini, ya’ni so’rov natijasida olingan ma’lumotlar joylashadigan natijaviy jadval strukturasini aniqlaydi;

9. Quyi paneldagi «Поле» (Maydon) satri blankaning yuqori qismidagi maydonlar nomini olib o’tish bilan to’ldiriladi. Yaratiladigan natijaviy jadvalning har bir maydoniga namuna bo’yicha so’rov blankining bitta ustuni mos keladi;

10. «Имя» (Nomi) satri maydonlar olib o’tilayotganda avtomatik ravishda to’ldiriladi;

11. Agar «Сортировка» (Saralash) satrida sichqoncha tugmachasi bosilsa, saralash turlarini ko’rsatuvchi ruyxatni ochadigan tugmacha paydo bo’ladi;

12. «Условие отбора» (Tanlash sharti) satrida natijaviy jadvalga kiritish uchun yozuvlarga qo’yiladigan mezon (shart) yoziladi. U har bir maydon uchun o’zining tanlash sharti bo’lishi mumkin.

13. So’rovni ishga tushirish «Вид» (Ko’rinish) tugmachasini bosish orqali bajariladi. Unda natijaviy jadval hosil bo’ladi;

14. Natijaviy jadvaldan chiqish va namuna bo’yicha so’rov blankasida yangi so’rovni yaratishga qaytish uchun «Вид» (Ko’rinish) tugmachasi takroran bosiladi;

O’zgartirish so’rovlari.

Tanlab olish so’rovlarining barcha turlari vaqtinchalik natijaviy jadvallarni hosil qiladi. Bunda bazadagi jadvallar o’zgarishsiz qoladi. Shunga qaramasdan MB ni yaratuvchilari uchun so’rovlarning maxsus guruhi mavjudki, ular o’zgartirish so’rovlari deyiladi.

Uzgartirish so’rovlari-bu bir amalni bajarish bilan bir nechta so’rovlarga uzgartirish kiritadigan so’rovdir. Bu so’rovning quyidagi turlari mavjud: yuqotish, yangilash, yozuvlar qo’shish va jadval yaratish so’rovlari.




Yüklə 27,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin