O ‘ZBEK ISTO N RESPU BLIK ASI O LIY VA O ‘RTA MAXSUS
T A ’LIM V A ZIR LIG I
ABU RAYHON BERUNIY N OM IDAGI
TO SHKENT DAVLAT TEXNIKA U N IV ERSITETI
MIKROBIOLOGIYA
fanidan laborotoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy qo ‘llanma
Toshkent 2015
“Mikrobiologiya” fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun
uslubiy qo‘llanma / Safarov J.E., Sattarov M.E., Sultanova Sh.A. -
Toshkent.: ToshDTU, 2015. -3 0 b.
“Mikrobiologiya” fanidan laboratoriya
mashg‘ulotlarni bajarish
uchun tayyorlangan ushbu uslubiy qo‘llanma 532500 -biotexnologiya
(biofaol moddalar biotexnologiyasi) yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan
talabalar hamda turdosh yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar uchun
m o‘ljallangan.
T aqrizchilar:
A.Mengliyev - ToshDTU ilmiy tadqiqotlar marketingi bo‘limi
boshlig‘i, kimyo fanlari nomzodi.
Z.R.
Axmedova
-
O ‘zR
FA
Mikribiologiya
instituti
“Mikroorganizmlar fermentlari” laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari
doktori.
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2015
2
1-LABORATORIYA ISH I
B IO L O G IK M IK RO SK O PN IN G TU ZILISH I
Mikroorganizmlarni o ‘rganish uchun har xil tuzilgan mikroskoplar
ishlatiladi. Hozir oddiy biologik mikroskopdan tashqari, elektron
mikroskop ham ko‘p ishlatiladi. U bakteriyalar hujayrasini 100-200 ming
marta kattalashtirib ko‘rsatadi.
Deyarli hamma o ‘rta maktablar laboratoriyasida biologik mikroskop
ishlatilishi sababli uning tuzilishi ustida qisqacha to ‘xtalib o ‘tamiz (1-
rasm). SHtativ (1) mikroskopning ayrim qismlarini o ‘rnatish uchun
ishlatiladi. Tubus (2) ga tekshiriladigan obyektini turli kattalikda
ko‘rsatadigan okulyar (3) o ‘rnatilgan. Okulyarning ko‘rsatish darajasi
uning halqasidagi 7x, 10x va 15x belgilar bilan ifodalanadi. Tubusning
pastki uchiga revolver (4) vositasida obyektiiv (5) o ‘rnatilgan.
Obyektiivlar ustiga 8x, 40x, 90x va 120x ishoralar yozilgan bo‘lib, ular
obyektiivlarning kuchini, ya’ni tekshirilayotgan obyektini necha marta
katta qilib ko‘rsatayotganligini ifodalaydi. Mikroskopning necha marta
katta qilib ko‘rsatayotganligini aniqlash uchun, obyektiivdagi raqam
okulyardagi raqamga ko‘paytiriladi.
1 - rasm. Biologik mikroskop (MBI - 1).
3
Masalan, obyektiiv 8x, okulyar 15x ga teng bo‘lsa, obyektiivning
kattaligi shu sonlarni bir-biriga ko‘paytirish natijasi (8 x 15=120) ga teng
keladi. Demak, kuzatilayotgan obyekti 120 marta katta bo‘lib ko‘rinadi.
Kuzatilayotgan obyekti mikroskopdagi makrovint (6) yordamida topiladi.
Tekshirilayotgan obyektini aniqroq ko‘rish uchun mikrovint (7)
ishlatiladi. U juda nozik ishlangan mexanizm bilan bog‘liq bo‘lganidan
uni ortiqcha burash yaramaydi. Ikki qavatli stolcha (8) ning ostki qavati
shtativga mahkam birikitrilgan bo‘lib, u stolchaning
ustki
qavati
(9) ni tutib turadi. Stolchaning ustki qavati harakatchan bo‘lib,
uni
o ‘ngga, chapga,
orqaga va
oldinga surish mumkin. Buning uchun
stolchaning ikki tomonidagi vintlar (10) dan foydalaniladi.
Buyum
oynasi qo‘l bilan oldinga yoki bir chekkaga surilganida tekshirilayotgan
obyekti ko‘zga chalinmay qolishi
mumkin. Shu sababli uni qo‘l bilan
emas, balki stolchani harakatga keltiradigan vintlar bilan surib,
mikroskop doirasining markaziga keltirish kerak. Abbe kondensori (11)
maxsus oynalardan tuzilgan bo‘lib, mikroskopga yorug‘lik to ‘plash
maqsadida ishlatiladi. Kondensor yuqoriga ko‘tarilsa, tubusga tushadigan
yorug‘lik nurining kuchi ortadi. Kondensorni harakatga keltirish uchun
mikroskop stolchasi ostiga o ‘rnatilgan vint (12) buraladi. Mikroskopdagi
oyna (13) yorug‘likni o ‘lchash maqsadida qo‘llaniladi. Yorug‘lik
kuchayib ketsa, u holda kondensor ostidagi halqacha (14) ga oq yoki havo
rang va boshqa tusdagi shisha filtrlar o ‘rnatiladi. Buyum oynasini
siljitmay bir o ‘rinda saqlash maqsadida oynani mahkamlovchi qisqich
(15) lar ishlatiladi.
Mikroorganizmlarni tekshirganda,
asosan,
90x yoki
120x li
obyektiivlar qo‘llaniladi. Bu obyektiivlar im m ersion yoki moyli
obyektiiv deyiladi. 90x va 120x li obyektiivlarni ishlatish vaqtida
tayyorlangan va kuzatilayotgan obyektiga kedr yoki kastorka moyi
tomiziladi. So‘ngra moy tomchisiga immersion obyektiivning uchi
botiriladi. Kondensor yuqoriga surilib oxirigacha ko‘tariladi. Bu paytda
kondensorda to ‘plangan yorug‘likning hammasi moy tomchisi orqali
o ‘tib,
muhitda
tarqalmasdan
immersion
obyektiivga
boradi.
Tekshirilayotgan obyekti esa juda aniq va ravshan ko‘rinadi. Q uruq
sistem ada, ya’ni 8x yoki 40x obyektiivlarda qaralganda moy
4
ishlatilmaydi. Obyektiiv bilan obyekti o ‘rtasida havo bo‘shlig‘i bo‘ladi.
Havo bo‘shlig‘i orqali o ‘tgan yorug‘likning bir qismi obyektiivga
bormasdan yo‘qoladi. Chunki havoning yorug‘lik sindirish koeffisienti
(n=1,0), buyum oynasining yorug‘lik sindirish koeffisienti (n=1,52) dan
pastroq bo‘ladi. Bunda yorug‘likning bir qismi yo ‘qolishi natijasida
obyekti ham yaxshi ko‘rinmaydi. Shu sababli immersion sistema
qo‘llaniladi. Bunda moyning yorug‘lik sindirish koeffisienti (n=1,515)
bilan buyum oynasining yorug‘lik sindirish koeffisienti (n=1,52) bir-
biriga yaqin bo‘lishi yorug‘likning chetga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Yorug‘likning hammasi obyektiiv ichiga o ‘tib ketadi. 8x li obyektiiv
ishlatilganda kondensor oxirigacha pastga tushirilgan holda bo‘ladi, 40x
li obyektiiv ishlatilganda bir oz yuqoriga ko‘tariladi.
Tekshirish tugallangandan so‘ng 90x yoki 120x li obyektiiv ustidagi
kedr moyini avval filtr qog‘oz, so‘ngra benzin shimdirilgan mayin latta
bilan artib olish zarur. Immersion obyektiivlarni ehtiyotlik bilan ishlatish
kerak.
Sinov savollari:
1. Mikroskopning qanday xillarini bilasiz?
2. Mikrpskopning umumiy tuzilishi?
3. Mikroskopning qancha marta kattalashtirilishi qanday aniqlanadi?
2-LABORATORIYA ISH I
M IK RO O RG A N IZM LA R N I FIKSATSIYALANGAN VA
B O ‘YALGAN HOLDA TEK SH IR ISH
K erakli jihozlar: mikroskop, buyum oynasi, bakterial ilmoq, spirt
lampa, to ‘xtab qolgan suv yoki tish kiri, filtr qog‘oz, lyoffler sinkasi yoki
fuksin bo‘yog‘i.
N azariy tushuncha: B akteriyalarning shakli va o‘lchami xilma-xil
bo‘ladi. Sharsimon bakteriyalarning diametri 1-2 mkm dan katta
bo‘lmaydi, biroq
Tiofisa
valutansning diametri 18
mkm ga etadi.
Sharsimon bakteriyalar eng oddiy tuzilgan mikroorganizmlardir.
Yakka-yakka joylashgan bakteriyalar kokk, ikkitadan joylashganlari
5
diplokokk
to ‘rttadan
joylashganlari
tetrakokk,
sakkiztadan
joylashganlari sarsina va bo‘linish natijasida zanjir hosil qilganlari
streptokokk, uzum shingili shaklidagilari stafilokokk deb ataladi.
Tayoqchasimon bakteriyalarning uzunligi 1-4 mkm, ko‘ndalang
kesimi 0,5-1 mkm dan oshmaydi. Lekin oltin gugurt bakteriyasi Beggiato
mirabilisning ko‘ndalang kesimi 50 mkm ga etadi. Yirik bakteriyalar
unchalik ko‘p uchramaydi. Tayoqchasimon bakteriyalar asosan spora
hosil qiladigan hamda spora hosil qilmaydigan ikki katta gruruhga
bo‘linadi. Spora hosil qiluvchi bakteriyalar basillalar deyiladi. Hujayrasi
bir oz bukilib turgan bakteriyalar vibrion, bir necha marta oddiy bukilib
spiral shaklida bo‘lganlari spirilla va oddiy spiral shaklidagilari
spiroxeta deyiladi (2-rasm).
2 - rasm. Mikroorganizmlarning shakllari:
a - kokklar; b - diplokokklar; v - stafilokokklar; g - sarsinalar; d -
streptokokklar; e - tetrakokklar; j - tayoqchasimon bakteriyalar va basillalar; z -
vibrionlar; i - spirillalar; k - spiroxetalar.
Bulardan tashqari, oddiy mikroskopda ko‘rinmaydigan 0,02-0,03
mkm yoki 20-30 nm kattalikdagi tirik organizmlar ham bor. Ular maxsus
6
filtr orqali o ‘tib ketganligi sababli filtrlanuvchi v iru slar deb ataladi.
Filtrlanuvchi viruslar yoki ultramikroblar qatoriga bakteriofaglar ham
kiradi. Bakteriofaglar lizin moddasi ajratadi. Lizin ta’sirida zararli
mikroblar nobud bo‘ladi, ya’ni erib ketadi.
Mikrobiologiyaga oid mashg‘ulotlar vaqtida yuqumli kasalliklar bilan
zararlanmaslik uchun, ehtiyotlik bilan ishlash, jumladan, mashg‘ulot
boshlashdan oldin va uni tugatgandan so‘ng qo‘lni sovunlab yuvish
hamda boshqa sanitariya-gigiena qoidalarini bajarish zarur, aks holda
ko‘ngilsiz oqibatlar yuz berishi mumkin.
Mikroorganizmlarning
shakli
quyidagi
mashg‘ulotlar
vaqtida
o ‘rganiladi.
Ishning borishi: Bu mashg‘ulotda to ‘xtab qolgan iflos suvdan yoki
tish kiridan bakteriyali preparat tayyorlash uchun oddiy buyum oynasi
ishlatiladi. U yaxshilab artilib sterillanadi. Buning uchun oyna spirt lampa
alangasi ustidan 2-3
marta o ‘tkaziladi.
So‘ngra tekshiriladigan
suyuqlikdan sterillangan bakterial ilmoq yordamida bir tomchi olib,
buyum oynasiga surkaladi, ya’ni mazok tayyorlanadi. Mazok quritiladi.
So‘ngra bakteriyalarni oyna ustida fiksasiyalash maqsadida, oyna spirt
lampa alangasi ustidan 2-3 marta o ‘tkaziladi. Tayyorlangan preparat
ustiga 2-3 tomchi lyoffler sinkasi yoki fuksin bo‘yog‘i tomiziladi. Oradan
1-2 minut o ‘tgach, bo‘yoq yuviladi. Preparat ustidagi suv tomchilari filtr
qog‘ozga shimdirib quritiladi. So‘ngra mazok ustiga bir tomchi kedr yoki
kastorka moyidan tomizib, u avval quruq (moyga botirilmagan, 8x li) va
keyin immersion obyektiiv orqali tekshiriladi. Preparatda sharsimon,
tayoqchasimon, spiralsimon va boshqa shakldagi mikroblar borligi
aniqlanadi.
Sinov savollari:
1. Stafilokokklar qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
2. Bakteriofaglar nima?
3.Filtrlovchi viruslar nima?
4.Mikroorganizmlarni aniqlashni qanday usullarini bilasiz?
7
3-LA BO RA TO RIY A ISH I
M IK RO O RG A N IZM LA RN IN G O ‘LCH A M IN I NIQLASH
K erakli jihozlar:
mikroskop,
obyektiiv
mikrometr,
okulyar
mikrometr.
Ishning borishi: Bu mashg‘ulotda okulyar va obyektiiv mikrometrlar
(3-rasm) qo‘llaniladi. Okulyar mikrometr shishadan tayyorlangan
doiradan iborat. Doiraning diametri mikroskop okulyarining diametridan
bir oz kichikroq bo‘ladi. Okulyar mikrometr doirasining markazida 5 mm
uzunlikdagi 50 ta chiziq bor. Chiziqlarning orasi 0,1mm ga teng keladi
(3-rasm, a).
b
a
3 - rasm. a - obyektiiv; b - okulyar mikrometrlar.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin okulyar mikrometr mikroskop
okulyarining ichiga joylanadi. Mikroskopda qaragan vaqtda okulyar
mikrometrning chiziqlari aniq ko‘rinadi, lekin chiziqlar o‘rtasidagi
oraliqlar yuqorida ko‘rsatilgan darajaga teng bo‘lmaydi. Mikroskopning
okulyar mikrometr chiziqlari o‘rtasidagi oraliqni aniq belgilash
maqsadida obyektiiv mikrometrdan foydalanishga to ‘g‘ri keladi.
Obyektiiv mikrometr buyum oynasiga ishlangan, ya’ni oynaning
markaziga uzunligi 1 mm keladigan masofada 100 ta chiziq chizilgan. Bu
chiziqlar orasi 0,01 mm, ya’ni 10 mkm, ga teng keladi.
8
Okulyar mikrometr
10 mk
Ob’yektiv mikrometr
4 - rasm. Okulyar mikrometr chiziqlari o‘rtasidagi oraliqlarni belgilash.
Obyektiiv mikrometr yordamida okulyar mikrometr chiziqlari
o ‘rtasidagi oraliqlar necha mikrometrga tengligi aniqlanadi. Buning
uchun obyektiiv mikrometr mikroskop stolchasiga joylanib, so‘ngra
okulyar mikrometr chiziqlari obyektiiv mikrometr chiziqlari bilan
taqqoslab ko‘riladi. Agar obyektiiv va okulyar mikrometr chiziqlari bir -
biriga to ‘g ‘ri kelsa, okulyar mikrometr chiziqlari o‘rtasidagi oraliqlar 10
mkm ga tengligini ko‘rsatadi. Bordi-yu, okulyar chiziq oralig‘ining
beshtasi obyektiivdagi 2 ta chiziq oralig‘iga to ‘g ‘ri kelsa, u holda
okulyardagi chiziq oralig‘i 4 mkm ga teng bo‘lib qoladi. Okulyar
mikrometrdagi 5 ta chiziq orasi obyektiiv mikrometrdagi chiziqlarning 10
bo‘lagiga to ‘g ‘ri kelsa, u holda okulyar mikrometr chiziqlarining
oraliqlari 2 mkm ga teng bo‘ladi.
Obyekti yoki buyumni tekshirish vaqtida ishlatilayotgan okulyar yoki
obyektiiv
o ‘zgartirilsa,
okulyar
mikrometrda
ko‘ringan
chiziq
oraliqlarining qiymati ham o ‘zgarishini hisobga olish lozim. Masalan, 8x
li obyektiivda ko‘ringan chiziq oraliqlari 40x li obyektiiv ishlatilganda
boshqa songa tenglashib qoladi. Demak, bu sonni aniqlash uchun
mikroskop
stolchasiga obyektiiv
mikrometrni
qo‘yib,
okulyarda
ko‘ringan chiziq oraliqlarining qiymatini qaytadan aniqlab olish lozim.
Okulyar mikrometr chiziqlari oraliqlarining qiymati aniqlangandan
so‘ng mikroskopda ko‘ringan har qanday obyektining o ‘lchamini bemalol
aniqlab olish mumkin.
9
Sinov savollari:
1.Mikroorganizmlarning o ‘lchamlari qanday aniqlanadi?
2. Okulyar mikrometr nima?
3. Obyektiiv mikrometr nima?
4-LABORATORIYA ISH I
M IK RO O RG A N IZM LA R N I TEKSH IRISH D A
ISHLATILADIGAN O ZIQ M U H ITLA RIN I TAYYORLASH VA
STERILLA SH USULLARI
K erakli jihozlar: go‘sht, pepton, maxsus tunuka voronka, shisha
voronka, filtr qog‘oz, qizil lakmus qoroz, kristalik soda, avtoklav,
probirka va kolbalar, jelatina va agar-agar, Kox qaynatgichi, tuxum.
Ishning borishi: Mikrobiologiya amalyotida mikroogranizmlarning
morfologiyasini va fiziologik jarayonlarini o ‘rganish hamda ularni bir-
biridan ajratib olish uchun quyidagi oziq muhitlari ishlatiladi:
1.
Peptonli go‘sht sho‘rvasi (PGSh). Bu sho‘rvani tayyorlash uchun
avval 500 g go‘sht suyak, chandir va yog‘idan tozalanib maydalanadi.
Maydalangan go‘shtga 1 l suv qo‘shib 15° haroratda 24 soat tinch
qoldiriladi. Shundan so‘ng go‘sht aralashtirilgan suv doka orqali kolbaga
filtrlanadi. Bu filtrat 30 minut qaynatiladi, so‘ngra issiqligida burmali
filtrdan qayta o ‘tkaziladi. Sho‘rvani qaynatish vaqtida kamaygan suv
miqdori tiklanadi, ya’ni kolbadagi suvni 1
l
etkazish uchun sho‘rvaga
toza suv qo‘shiladi. Shu tartibda tayyorlangan eritma go‘sht sho‘rvasi
(bulon) deb ataladi.
Bir litr go‘sht sho‘rvasiga 10 g pepton va 5 g osh tuzi qo‘shiladi.
Qo‘shilgan pepton eriguncha sho‘rva isitiladi. Peptonli sho‘rvani neytral
holga keltirish maqsadida unga kristalik soda qo‘shiladi. Sho‘rva neytral
holga kelganligini aniqlash uchun undan bir necha tomchi olib, lakmus
qog‘ozga tomiziladi, qizil lakmus qog‘oz endi ko‘kara boshlagan bo‘lsa,
bu hodisa sho‘rvaning kuchsiz ishqoriy yoki neytralga yaqinligini
ko‘rsatadi. Neytrallangan vaqtda eritma loyqalanadi, uni tindirish uchun
avtoklavga qo‘yib 120°C haroratda 30 minut qizdiriladi. Keyin
avtoklavdan olinib filtrlanadi va toza probirkalarga yoki kolbalarga
10
taqsimlanadi. Probirka va kolbalarning og‘zi paxtadan yasalgan tiqin
bilan bekitiladi. Filtrat quyilgan va og‘zi bekitilgan kolba yoki probirkalar
qaytadan avtoklavga joylanib, 120°C issiqlikda 15 yoki 30 minut
qizdiriladi. Sovigandan so‘ng u oziq muhiti sifatida ishlatiladi.
Bakteriyalarning turini aniqlashda va ularni bir-biridai ajratishda
suyuq
oziq
muhiti
(go‘sht-peptonli
sho‘rva)
unchalik
qulay
bo‘lmaganligidan, odatda, kam ishlatiladi. Buning o‘rniga jelatina yoki
agar-agar qo‘shilgan qattiq oziq muhitidan foydalaniladi. Qattiq oziq
muhiti sathida har qaysi bakteriya o‘ziga xos koloniya hosil qiladi. Bu
koloniyalar rangi va shakliga qarab bir-biridan farq qiladi.
Qattiq oziq muhiti tayyorlash uchun jelatina yoki agar-agar ishlatiladi.
Bulardan tashqari, kremniy (suyuq oyna) dan tayyorlangan gel va boshqa
moddalar qo‘shish ham mumkin.
2.
G o‘sht-pepton-jelatina (G PJ). Bu oziq muhitini tayyorlash uchun
1 l peptonli go‘sht sho‘rvasiga 100-120 g maydalangan jelatina
qo‘shiladi. Sho‘rvaga qo‘shilgan jelatinani eritish uchun kolba Kox
qaynatgichida yoki avtoklavda qizdiriladi. Avtoklavning harorati 100°C
dan ortib ketmasligi uchun uning jo ‘mragi ochiq bo‘lishi kerak, chunki
jelatina yuqori haroratda o ‘z xususiyatini yo‘qotadi. Go‘sht-pepton-
jelatina aralashmasi Kox qaynatgichidan yoki avtoklavdan olinib
filtrlanadi. Buning uchun burmali filtr qo‘yilgan shisha voronka,
tunukadan
yasalgan
ikki
qavatli
maxsus
voronkaga
(8-rasm)
joylashtiriladi va shu voronka ichiga quyilgan suv isitib turiladi. Bu
filtrdan o ‘tadigan go‘sht-pepton-jelatinaning qotib qolishiga yo‘l
qo‘ymaydi. Filtrat probirka yoki kolbalarga taqsimlanadi.
Probirka va kolbalarning og‘zi paxtadan yasalgan tiqin bilan
bekitilib,
ular
Kox
qaynatgichiga joylanadi.
GPJ
eritmasidagi
mikroorganizmlarni nobud qilish uchun u Kox qaynatgichida 100°C
haroratda
15-30
minut
sterillanadi.
Oradan
24
soat
o ‘tgach,
qaynatgichdagi GPJ qaytadan qizdiriladi. Yana 24 soat vaqt o ‘tgach,
100°C haroratda 15 minut saqlanib qaytadan sterillanadi. SHunday qilib,
bu oziq muhiti Kox qaynatgichida 3 sutka davomida 3 marta sterillanadi.
GPJ asosan sovuq sharoitda ishlatiladi, chunki harorat 24° gacha isishi
bilan jelatina suyulib qoladi. Shuning uchun mikrobiologiya amaliyotida
11
ko‘pincha agar-agardan tayyorlangan oziq muhitidan foydalaniladi.
3.
G o‘sht-pepton agar-agarli oziq m uhiti (GPA). Bu oziq muhitini
tayyorlash uchun kolbadagi 1 l peptonli go‘sht sho‘rvasiga 15-20 g
maydalangan agar-agar aralashtiriladi. Aralashmadagi agar-agarni eritish
uchun kolba avtoklavga joylanib, 120°C haroratda 20 minut qizdiriladi.
Agar-agar erigandan so‘ng bir dona tuxum oqi suvda suyultirilib,
avtoklav ichidagi eritmaga qo‘shiladi. Avtoklavning qopqog‘ini mahkam
bekitib, kolba ichidagi eritma 120°C haroratda yana 15-20 minut
qizdiriladi. Eritma ichidagi oqsil va boshqa moddalar tuxum oqi
ta’sirida cho‘kadi, tiniq eritma esa cho‘kma ustiga yig‘iladi.
8 - rasm. Filtrlash uchun maxsus tunuka voronka.
Shu tarzda tindirilgan GPA avtoklavdan olinib, issiq voronka orqali
filtrlanadi va probirka yoki kolbalarga taqsimlanadi. GPA quyilgan
idishlarning og‘zi paxtadan yasalgan tiqin bilan bekitilib yana avtoklavga
joylanadi va 120°C haroratda 20-30 minut sterillanadi.
Yuqorida aytib o ‘tilgan oziq muhitlaridan tashkari, sut, kartoshka,
tuproq va boshqalardan ham fondalaniladi.
Sinov savollari:
1. Peptonli go‘sht sho‘rvasi qanday tayyorlanadi?
2.G o‘sht-pepton-jelatina qanday tayyorlanadi?
3.Go‘sht-pepton agar-agarli oziq muhiti qanday tayyorlanadi?
4.Ozuqa muhitlari nima maqsadda ishlatiladi?
5-LABORATORIYA ISH I
12
O ZIQ M U H ITI VA ID ISH LA RN I STERILLA SH HAMDA
M IK R O O RG A N IZM LA RN I PARVARISH Q ILISH VA SHU
MAQSAD UCHUN ISHLATILADIGAN ASBOBLAR
Kox qaynatgichida sterillash. Buning uchun qaynatgichga 5 sm
qalinlikda suv quyiladi. So‘ngra sterillanadigan probirka va kolbalar sim
savatga yoki tunuka chelakka joylanib, qaynatgich ichidagi tirgak ustiga
qo‘yiladida, qaynatgichning qopqog‘i yopiladi (9-rasm). Bular 3 kun
davomida 3 marta sterillanadi.
Birinchi kuni qaynatgich ichidagi probirka yoki kolbalar 100°C
haroratda 30 minut qizdirilganda, spora hosil qilmaydigan hamda
sporalari issiqqa chidamsiz bakteriyalar nobud bo‘ladi. Sterillanayotgan
idishlar Kox qaynatgichida kelgusi kungacha qoldiriladi. Ikkinchi kuni
qaynatgich qaytadan 100°C gacha qizdirilganda sporalari issiqqa
chidamli bakteriyalar ham nobud bo‘ladi. Oziq muhitini butunlay
sterillash maqsadida uchinchi kuni yana 30 minut qizdiriladi. Shunda
oziq muhiti mikroorganizmlardan butunlay tozalanadi.
9 - rasm. Kox qaynatgichi.
A vtoklavda sterillash. Avtoklavga avval 5-10 sm qalinlikda suv
quyiladi. So‘ngra sterillanadigan buyumlar unga joylanib, qopqog‘i
mahkam bekitiladi. Ichidagi havo chiqib ketguncha uning jo ‘mragi ochiq
holda qoldiriladi. Suv bug‘i bir tekis chiqa boshlagandan keyin jo ‘mragi
13
bekitiladi (10-rasm). Avtoklavga o ‘rnatilgan manometr bir atmosferaga
ko‘tarilganligi kuzatiladi. Manometr bosim bir atmosfera ko‘tarilganini
ko‘rsatgan vaqtda avtoklavning ichidagi va probirka ichidagi oziq
muhitining harorati 120° ga yetadi. Bunday haroratda oziq muhitidagi
mikroorganizmlarning hammasi nobud bo‘ladi.
10 - rasm. Avtoklav turlari: a - vertikal; b - gorizontal shakldagi avtoklavlar; v
- strillash uchun qo‘yilgan buyumlarning o‘rnatilishi.
Sterillash 20 minut davom etadi. Shundan so‘ng manometr strelkasi
nol darajaga kelguncha avtoklav sovitiladi, so‘ngra bug‘ chiqib
bo‘lguncha jo ‘mragi ochiq qoldiriladi. Bug‘ chiqishi to ‘xtagandan keyin
qopqog‘i ochilib, undan sterillangan oziq muhiti olinadi.
Sut va issiqlik ta’sirida buziladigan boshqa suyuqliklar ichidagi
sporasiz bakteriyalarni nobud qilish maqsadida pasterlash usuli
qo‘llaniladi. Bu usulda suyuqliklar 60-70° issiqda 15-30 minut yoki 70-
80°C issiqda 5-10 minut qizdiriladi.
Yuqoridagi usullardan tashqari,
sovuq sterillash usuli ham
qo‘llaniladi. Bu holda Paster-Shamberlen ishlab chiqargan sopol
idishlardan foydalaniladi. Buning uchun sterillanadigan eritma mayda
teshikchalari bo‘lgan sopol filtrdan o ‘tkaziladi. Biroq bakteriofaglar va
ultramikroblar sopol filtr orqali o ‘tib keta oladi. Shuning uchun bunday
14
filtratda mikroblar bo‘lmaydi deyish noto‘g ‘ri. Keyingi yillarda asbestdan
yasalgan Zeyts filtri ham qo‘llannlmokda (11-rasm).
Sterillangan oziq muhitlarini sterillangan idishlarga solish kerak. SHu
sababli idishlar ham quruq issiqda barvaqt sterillab qo‘yilishi kerak.
Buning uchun Paster pechkasi yoki quritgich shkaflar ishlatiladi (12-
rasm). Petri va Kox idishlari, probirkalar va ishlatiladigan boshqa
buyumlar qog‘ozga o ‘ralib, quritish shkafiga joylanadi va harorat 150-
160°C
ga
etguncha
2
soat
davomida
qizdiriladi.
Tajribada
foydalaniladigan mikroorganizmlarni parvarish qilish uchun turli
sxemada ishlangan termostatlar qo‘llaniladi. Termostatda mikroorganizm
uchun zarur bo‘lgan harorat muayyan nuqtada saqlab turiladi.
11 - rasm. Zeys filtri: a - filtrlanuvchi suyuqlikni quyish uchun voronka;
b - filtr; v - havoni tortib turish uchun Komovskiy nasosi.
15
а
12 - rasm. Quritgich shkaflar: a - zamonaviy shkaf; b - Paster pechkasi.
Sinov savollari:
1. Kox qaynatgichida sterillash usuli qanday amalga oshiriladi?
2. Avtoklavda sterillash vaqtida avtoklav ichidagi haroratni qanday
aniqlaymiz?
3. Sovuq sterillash usulida nimalardan foydalaniladi?
4. Sterillash usullari afzalliklari va kamchiliklari bormi?
6-LABORATORIYA ISH I
M IK RO O RG A N IZM LA RN IN G KISLORO D GA
M UNOSABATINI ANIQLASH
K erakli jihozlar: Yarmigacha qattiq oziq muhiti quyilgan probirkalar
yoki silindr.
Ishning borishi: Mikroorganizmlarning turini aniqlashda ularning
kislorodga bo‘lgan munosabatiga ham e ’tibor berish zarur. Kislorodga
bo‘lgan munosabatiga qarab ular quyidagi uch gruppaga bo‘linadi:
a) aerob m ikroorganizm lar-havo o ‘tib turadigan sharoitda normal
rivojlana oladi, havosiz sharoitda rivojlanmaydi;
b) anaerob bakteriyalar-havosiz sharoitda normal o ‘sadi va
rivojlanadi;
v) fakultativ anaerob bakteriyalar-kislorodli va kislorodsiz
16
sharoitda ham bemalol o‘sadi va rivojlanaveradi. Agar qattiq oziq muhitli
silindr yoki probirkaga mikroorganizmlar, ukol vositasida yuqtirilsa,
ularning kislorodga bo‘lgan munosabati yaqqol ko‘rinadi. Jumladan,
aerob bakteriyalar oziq muhitining ustki tomonida, anaerob bakteriyalar
pastki tomonida, fakultativ anaerob bakteriyalar esa har ikkala tomonida
rivojlanganligi aniqlanadi (21-rasm).
21 - rasm. Mikroorganizmlarning kislorodga bo‘lgan munosabatlari: a - aerob;
b - fakultativ anaerob; v - haqiqiy anaerob sharoitda o‘suvchi formalari.
Sinov savollari:
1. Mikroorganizmlarning kislorodga bo‘lgan munosabatlarini qanday
aniqlanadi?
2. Qaysi mikroorganizmlarga aerob mikroorganizmlar deyiladi?
3. Anaerob mikroorganizmlar deb qaysi mikroorganizmlarga aytiladi?
4. Fakultativ mikroorganizmlar qanday aniqlanadi?
7-LA BO RA TO RIY A ISH I
HAVO TA RK IBIDA G I M IK R O O RG A N IZM LA RN I
ANIQLASH VA ULARNI BIR-BIRIDAN A JRA TIB O LISH
K erakli jihozlar: Petri idishlari, probirkada sterillangan GPA yoki
GPJ oziq muhitlari, termostat, Volfgyugel kamerasi.
N azariy tushuncha: Havo m ikroflorasi. Tuproqdan ko‘tariladigan
chang o ‘zi bilan birga mikroorganizmlarni ham havoga tarqatib, havoni
17
ifloslaydi. Havoning quruq bo‘lishi va ultrabinafsha nurlarning ta ’siri
havodagi mikroorganizmlarning hayoti uchun xavflidir.
Havodagi mikroorganizmlar soni yil fasllariga qarab o‘zgarib turadi.
Bu mikroorganizmlar qish faslida oz, yozda ko‘p, kuzda va bahorda
o ‘rtacha bo‘ladi.
Havoning yuqori qatlamlariga ko‘tarilgan sari
mikroorganizmlar soni kamaya boradi.
Ishning borishi: Bu mashg‘ulotni o ‘tkazishda Kox usulidan
foydalanish mumkin. Bunda go‘sht-pepton-agarli (GPA) yoki go‘sht-
pepton-jelatinli (GPJ) qattiq oziq muhiti ishlatiladi.
Mashg‘ulot uchun kerakli oziq muhiti Petri idishiga solinib, plastinka
shaklida qotiriladi, so‘ngra idishning qopqog‘i olinib, bir necha (5-10)
minut ochiq qoldiriladi. Keyin qopqog‘ini bekitib, 25-30°C li termostatga
qo‘yiladi.
Qattiq oziq muhitidagi har bir mikroorganizm hujayrasi ko‘payib
o ‘ziga xos
koloniyalar hosil
qiladi.
Bu koloniyalar
(to‘dalar)
mikroorganizmning turiga qarab har xil shaklda bo‘ladi va turli rangda
tovlanib turadi. Bir necha kun o ‘tgandan so‘ng Petri idishidagi qattiq oziq
muhitida paydo bo‘lgan koloniyalarning soni havo tarkibida qancha
mikroorganizm borligini aniqlashga imkon beradi.
22 - rasm. Volfyugel kamerasi. a - kataklarga bo‘lingan plastinka;
b - plastinka tagiga joylangan buyumli Petri chashkasi.
Petri idishidagi oziq muhitida bakteriyalar sonini Volfgyugel kamerasi
yordamida aniqlash juda oson. Buning uchun kamera ichiga Petri idishi
18
л
to ‘ntarib qo‘yiladi. Kameraning yuqori tomonidagi oyna 1 sm ga teng
bo‘lgan kataklarga bo‘lingan. Petri idishining sathiga ro‘parama-ro‘para
kelgan 10-20 katakchadagi koloniyalarning sonini sanab, 1 sm sathga
teng kelgan bakteriyalarning o ‘rtacha soni topiladi, so‘ngra bu son
idishdagi oziq muhitining umumiy sathiga ko‘paytiriladi. Natija havoning
mikroorganizm bilan ifloslanganlik darajasini ko‘rsatadi (22-rasm).
о
1 m havo tarkibidagi mikroorganizmlar sonini topish uchun avval
л
100 sm oziq muhitidagi mikroorganizmlar koloniyasini aniqlash kerak.
Chunki V.S. Omelyanskiy m a’lumotiga ko‘ra, 10 l havo tarkibida bo‘lgan
mikroorganizmlar 5 minut ichida 100 sm yuzaga o ‘tirar ekan. Bu
ko‘rsatkich aniqlangandan so‘ng 1 m , ya’ni 1 000 litr havo tarkibidagi
mikroorganizmlar sonini aniqlash juda oson bo‘ladi. Masalan, Petri
л
idishining umumiy sathini 70,84 sm ga teng deb olib, tajriba natijasiga
ko‘ra, undagi oziq muhitida 25 dona bakteriya koloniyasi bor deb faraz
qilaylik, u vaqtda 100 sm yuzaga to ‘g ‘ri keladigan mikroorganizmlar
koloniyasini aniqlash uchun quyidagicha proporsiya tuziladi:
70,84 sm2 — 25 dona
100sm2 — X dona
л=100x25 =
—
=35
dona
70,84
70,84
Demak, V. S. Omelyanskiy m a’lumotlariga asoslanib, 10 litr havo
о
tarkibida 35 dona bakteriya koloniyasi borligi aniqlandi. Endi 1 m , ya’ni
1000 l havo tarkibidagi bakteriyalar koloniyasini aniqlash uchun
tubandagicha proporsiya tuziladi:
10 l — 35 dona
1000х35
3500
100 l — X dona
х = — —— = —j— = 3500 dona
Sinov savollari:
1. Havo tarkibidagi mikroorganizmlarni qanday aniqlanadi?
2. Havo tarkibidagi mikroorganizmlarni bir-biridan qanday ajratib
olinadi?
3. Havo tarkibidagi mikroorganizmlarni aniqlashda qaysi oziqa
muhitidan foydalaniladi?
19
8 - LABORATORIYA ISH I
O QSIL C H IR ISH I JARAYONIDA ISH T IR O K ETADIGAN
BAKTERIYALARNI ANIQLASH
K erakli jihozlar: kolba, pepton (eruvchan oqsil), tuproq, qizil lakmus
qog‘oz, qo‘rg‘oshin atsetat [Pb(CH3COO)2] tuzi eritmasi va oksalat
kislota (H2C2O4), shimdirilgan qog‘ozlar, tiqin tayyorlash uchun paxta,
buyum oynalari, fuksin, mikroskop, bakterial ilmoq, immersion moy
(kedr moyi).
N azariy tushuncha: A m m onifikatsiya jarayoni.
Oqsil
va
tarkibida
azot bo‘lgan boshqa organik birikmalar parchalanib, o ‘zida
ammiak hosil qilishi am m onifikatsiya deyiladi. Odatda, bu jarayon
oqsilning
chirishi deb aytiladi. Oqsil chirishi jarayonida ammiakdan
tashqari,
H2S, indol (C8H7N),
metil-merkaptan
(CH3CH), fosfat
kislota (H3PO4) va boshqa birikmalar hosil bo‘ladi. O ‘zidan tashqi
muhitga proteolitik fermentlar ishlab chiqaradigan tirik organizmlargina
bevosita oqsilga ta’sir qila oladi va
uni
parchalaydi.
Boshqa
organizmlar pepton va aminokislotalarni ammiakkacha parchalashi
mumkin. Ammonifikatsiya
jarayonida
bakteriyalardan tashqari,
aktinomisetlar
va
mog‘or
zamburug‘lari
ham
qatnashadi.
Ammonifikatsiya jarayoni tabiatda keng tarqalgan bo‘lib,
qishloq
xo‘jaligida juda muhim rol o ‘ynaydi. Bu jarayonda hayvon va o ‘simliklar
qoldig‘i tarkibidagi azotli organik moddalar parchalanib, o ‘simliklarning
oziqlanishi uchun zarur bo‘lgan mineral moddalar hosil bo‘ladi. SHuni
ham aytib o ‘tish kerakki, agar tabiatda ammonifikatsiya jarayoni yuz
berib turmasa, er shari o‘simlik va hayvonlar
qoldig‘i
bilan to ‘lib
ketgan bo‘lar edi.
Demak, ammonifikatsiya jarayoni tabiatda azotning aylanishida
birinchi tartibli jarayon bo‘lib hisoblanadi. Bu jarayonda qatnashuvchi
bakteriyalar juda xilma-xil bo‘lib, ularning ba’zi turlari anaerob, ikkinchi
xil turlari aerob sharoitda hayot kechiradi. Bu jarayonda fakultativ
anaerob bakteriyalar ham ishtirok etadi.
Ishning borishi: Bu ishni bajarish uchun 200 ml hajmli kolbaga
uning 3/4 qismigacha 3% li pepton eritmasi to ‘ldirilib, eritma ichiga 0,5 g
20
chamasida tuproq aralashtiriladi. Tuproq tarkibidagi aerob va anaerob
bakteriyalar
ta’sirida
bu
aralashmada
ammonifikatsiya jarayoni
boshlanadi.
Kolba og‘ziga qo‘yilgan paxta tiqinning bir joyiga qizil lakmus
qog‘oz, ikkinchi joyiga konsentrlangan oksalat kislota (N2S2O4) va
uchinchi joyiga qo‘rg‘oshin atsetat [Rb(SN3SOO)2] tuzi eritmasi
shimdirilgan qog‘oz parchalari osib qo‘yiladi. Bakteriyalarga qulay
sharoit yaratish uchun kolba 30° li issiq termostatga qo‘yiladi (23-rasm).
23 - rasm. Ammonifikatsiya jarayonini tekshirish uchun tajribaning qo‘yilishi:
a - qizil lakmus qog‘oz; b - oksalat kislota (H2C2O4) tuzi eritmasi shimdirilgan
filtr qog‘oz; v - qo‘rg‘oshin atsetat (Pb(CH3COO)2) tuzi eritmasi shimdirilgan filtr
qog‘oz.
Oradan bir necha kun o ‘tgach, kolba tiqiniga osib qo‘yilgan
qog‘ozlarning rangi o‘zgargan-o‘zgarmaganligi tekshiriladi. Jumladan,
kizil lakmus qog‘oz jarayon vaqtida ajralib chiqqan ammiak ta’sirida
ko‘k rangga kiradi. Qo‘rg‘oshin atsetat tuzining eritmasi shimdirilgan
qog‘oz N 2S ishtirokida qora rangga, oksalat kislota shimdirilgan qog‘oz
indol ta’sirida pushti rangga bo‘yaladi.
Bu reaksiyalarning hammasi ammonifikatorlar ta’sirida peptonning
parchalanishi natijasida vujudga kelgan mahsulot borligini isbotlaydi.
Aerob sharoitda yashab, oqsilning chirishida ishtirok etadigan
bakteriyalarni ko‘rish uchun kolbadagi suyuqlikning yuza qavatidan
sterillangan ilmoq yordamida bir tomchi olib mazok (surtma)
21
tayyorlanadi. Mazok (surtma) quritilib, fiksasiyalangandan va fuksin
bilan bo‘yalgandan so‘ng unga bir tomchi kedr moyi tomizilib,
mikroskopning immersion sistemasi orqali tekshiriladi.
Mikroskopda oval shaklli spora hosil qiladigan kichik tayoqcha-
basillus mikoides (Bacillus mycoides) borligi ko‘rinadi. Bu basilla
peritrix tipda joylashgan xivchinli bo‘lib, oqsilni ammiakkacha
parchalaydi. Qattiq oziq muhiti betida zamburug‘ misellalari (iplari) ga
o‘xshash koloniyalar hosil kiladi (24-rasm, a). Oqsilning chirishida
pichan basillasi
Dostları ilə paylaş: |