Mavzu: umumiy sport patologiyasi asoslari reja. Patologik (kasallik) holat haqida tushuncha


Patologik holatni oldini olishda takroriy nazorat qilish va sportchilar jismoniy ish qobiliyatini murakkab sinamalar orqali nazorat qilishning ahamiyati



Yüklə 27,19 Kb.
səhifə4/5
tarix14.12.2022
ölçüsü27,19 Kb.
#74853
1   2   3   4   5
UMUMIY SPORT PATOLOGIYASI ASOSLARI

Patologik holatni oldini olishda takroriy nazorat qilish va sportchilar jismoniy ish qobiliyatini murakkab sinamalar orqali nazorat qilishning ahamiyati.

Sport tibbiyoti fanining vazifalari ko`p qirrali bo`lib, ularga quyidagilar kiradi:
1. Tibbiy nazorat o`tkazish yo`li bilan jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarning sog`lig`i, jismoniy rivojlanishi, funksional imkoniyatlarini aniqlaydi. Olingan natija asosida jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trener bilan birgalikda bo`lg`usi sportchilarni tanlash masalasini hal etadi;
2. Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini to`g`ri tashkil etilmasligi tufayli vujudga keladigan kasalliklar va shikastlanish sabablarini o`rganadi, ularga tashxis qo`yadi, davolaydi, oldini olish bo`yicha trenerga maslahat beradi, sportchining kuch-quvvatini tiklash uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotga tadbiq etadi.
3. Ushbu fan bo`lg`usi jismoniy tarbiya o`qituvchilari va trenerlarni, ya`ni hozirgi talabalarni, jismoniy mashq bilan shug`ullanuvchilarda zo`riqish, kasallanish, shikastlanish holatlarining oldini olish bo`yicha zarur bilimlar bilan qurorlantiradi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganining dastlabki yillaridan boshlaboq xalq sog`lig`i, ayniqsa, yoshlar sog`lig`ini muhofaza qilish, mustahkamlash, umrni uzaytirish bilan bog`liq jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalari davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3-dekabrdagi 588-sonli Qarori bilan “Yosh avlodni sog`lomlashtirish muammolarini majmuali hal etish” ning kengaytirilgan dasturi tasdiqlandi. Mazkur dasturda odam sog`lig`ini mustahkamlash va umrini uzaytirishda har bir fuqaro sog`lom turmush tarziga rioya qilishi muhim ahamiyatga ega ekani, qayd etilgan.
Jismoniy tarbiya va sport yoshlarning o`sishi, rivojlanishi, sog`lig`ining mustahkamlanishi, ish qobiliyatining oshishi, umri uzayishining muhim omilidir. Jismoniy tarbiya va sport trenerovkasi mashqlari – bu ijtimoiy-pedagogik jarayon bo`lib, unda asosiy vazifani pedagog, ya`ni jismoniy tarbiya o`qituvchi va trener bajaradi. Shuning bilan birga, bu jarayonlarning asosiy ob`yekti, jismoniy tarbiya va sport mashqlari bilan shug`ullanuvchi yoshlar hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va trenerovka mashg`ulotlarining unumdorligi, ularni bajarish uslublari, vositalari har bir shug`ullanuvchi organizmining sog`lig`i, chiniqqanligi, funksional imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos bo`lishi bilan bog`liq. Jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trenerga jismoniy mashqlar bilan shug`ullanuvchilarning sog`lig`i va kelajak taqdiri ishonib topshiriladi. Shu bois, ular unutmasliklari lozimki, mashg`ulotlarni tashkil etish va o`tkazish uslublarida, mashg`ulot hajmi va tezligini belgilashda yo`l qo`yilgan har bir xato, mashg`ulot natijasining pasayishiga olib kelishi bilan birga, shug`ullanuvchilarning sog`lig`iga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. Jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trener – bu keng qamrovli, nihoyatda muhim va murakkab vazifani bajaruvchi pedagog hisoblanadi. Uning faoliyatida ma`naviy - axloqiy, sport – pedagogik, psixologik va sport tibbiyoti mutaxassisliklari bir - biri bilan uzviy bog`langan holda namoyon bo`ladi. Jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trenerni mutaxassis sifatida tayyorlashda tibbiy-biologik (odam anatomiyasi, odam fiziologiyasi, yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi, jismoniy tarbiya gigiyenasi) fanlar orasida, Sport tibbiyoti fani, asosiy o`rinni egallaydi. Bu fanni mukammal egallay olmagan jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trener jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarini ilmiy asosda tashkil eta olmaydi. Eng muhimi shug`ullanuvchilarni ilmiy asosda chiniqtirish, ularda zo`riqish va shikastlanish holatlarining oldini olish uchun zarur bo`lgan bilimlarga ega bo`la olmaydi. Yuqorida bayon etilganlardan ko`rinib turibdiki, malakali jismoniy tarbiya o`qituvchilari va sport trenerlarini tayyorlashda Sport tibbiyoti fanining ahamiyati beqiyosdir.

Yüklə 27,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin