Mavzu: Termik tozalash usullari.
Reja;
1 Termik usul qanday amalga oshiriladi
2 Gazlarni fizik kimyoviy tozalash usullari
3 GAZLARNI YUQORI HARORATDA
ZARARSIZIANTIRISH (TERMIK USUL)
Termik usul qanday amalga oshiriladi
Termik usulda chiqindi gaz tarkibidagi zararli, yomon va yoqimsiz
hidli moddalarni zararsizlantirish jarayoni ularni yondirish orqali
amalga oshiriladi. Jarayon maxsus pechlarda va fakel gorelkalarida amalga
oshiriladi. Jarayonning afzalligi — usulda qo‘llaniladigan
apparatlaming sodda konstruksiyaga egaligi, kamchiligi — jarayonni
amalga oshirish uchun qo'shimcha yoqilg‘ining (odatda tabiiy gaz)
sarfi va yondirish jarayonida hosil bo‘lgan gazlami absorbsion yoki
adsorbsion usullar yordamida ushlab qolish lozimligidir.
Alohida ta’kidlab o'tish lozimki, chiqindi gaz tashlamalarining
murakkab kimyoviy tarkibga ega ekanligi ulami bir xil usul yordamida
zararsizlantirish imkoni yo'qligini ko‘rsatadi. Shuning uchun chiqindi
gazlar ko‘pincha bir necha usullar (bosqichlar) yordamida to‘liq
zararsizlantiriladi.
Gazlarni fizik kimyoviy tozalash usullari
Hozirgi kunda sanoat korxonalarida changli tashlamalardan tashqari
turli kimyoviy xususiyatga ega bo'lgan zararli gazlar ham hosil bo‘ladi
va atrof-muhitga tashlanadi. Bunday gazlar turkumiga oltingugurt
angidridi, azot oksidlari, vodorod sulfid, uglerod oksidi, serovodorod
va turli organik birikmali tashlamalar kiradi. Ushbu gazlarni o‘tgan
bobda keltirilgan mexanik usullar yordamida zararsizlantirishning
imkoni yo‘q. Chunki bunday gazlar biror-bir moddaga biriktirilishi,
bog‘lanishi yoki boshqa zararsiz modda ko‘rinishiga aylantirilishi lozim.
Buning uchun fizik-kimyoviy tozalash usullari — adsorbsion,
absorbsion va katalitik hamda termik usullar ishlab chiqilgan. Albatta,
har bir usul o‘ziga xos afzallikka va kamchilikka ega. Tanlanadigan
usullar chiqindi gaz manbasiga, uning fizik-kimyoviy xususiyatlariga,
miqdoriga, korxonaning imkoniyatiga, talab etiladigan tozalash
darajasiga va shu kabi boshqa talablarga bog‘liq. Endi har usulni alohida
ko‘rib chiqamiz.
GAZLARNI YUQORI HARORATDA
ZARARSIZIANTIRISH (TERMIK USUL)
Toksik, yomon hidli oson oksidlanuvchi gazlar ko‘p hollarda
maxsus apparatlarda yoqish orqali zararsizlantiriladi. Ushbu usul
oddiyligi bilan boshqa usullardan farqlanadi. Bu usul ko‘pincha lakbuyoq
sanoatida, kimyo, elektrotexnika hamda bo‘yash sexlari bo'lgan
sanoat ishlab chiqarish korxonalarida hosil bo‘ladigan gazlarni, ya’ni
bo‘yoqlar tarkibidagi erituvchilaming bug'larini tozalashda qo‘llaniladi.
Bunda tozalanuvchi gaz havo kislorodi yordamida yoqiladi. Shunda
hosil bo‘lgan gazlar boshlang'ich gazga nisbatan zaharsiz bo‘lishi
kerak. Tozalash jarayoni maxsus yondirgichlarda, sanoat pechlarida
va ochiq mash’allarda amalga oshiriladi.
Bunda chiqindi gaz tarkibidagi uglevodorod tarkibli gazlar (bug‘lar)
yoqilg'i gaz alangasida to‘liq yonib ketadi va atmosferaga chiqarib
yuboriladi. Yongan gazlar issiqligidan ham kerakli maqsadda
foydalanish mumkin. Buning uchun ba’zan pech ichiga issiqlik
almashtirgichi ham o‘rnatiladi.
Termik neytralizatorlaming konstruksiyasi shunday tuzilgan bo‘lishi
lozimki, bunda chiqindi gaz tarkibidagi yonuvchan oiganik modda
bug‘i pech ichida yonib ketishga ulgurishi lozim. Bu esa organik
moddaning o‘z- o‘zidan alanga olish haroratini apparat ichida vujudga
keltirishga bog‘liq. Odatda bu vaqt 0,1-0,5 sekundni (ba’zan 1 sekundni)
tashkil etadi. Shuning uchun bunday apparatlami ishlatishda zararsizlantiriladigan moddaning o‘z- o‘zidan alanga olish haroratini
bilgan holda shu haroratni apparat ichida vujudga keltirishga harakat
qilish lozim. Bu esa chiqindi tashlamalaming zararsizlantirish darajasini
(to‘liq yonib ketishi) oshirishga olib keladi. Apparat ishlashining
samaradorligini oshirish uchun apparat ichida harorat moddalarning
o‘z-o‘zidan alanga olish haroratiga qaraganda 100-150°C ga ko'paytiriladi.
Xulosa
Katalitik va termik usullari еsa zaharli gazlar murakkab aralashma holida bo’lgаnda va ular tarkibiga kirgan gazlar o’ta zaharli bo’lib, xalk xo’jaligida ushbu gazlarga еxtiyoj yo’q bo’lgаn hollarda qo’llaniladi. Bu usullar gazlar strukturasini parchalash xisobiga ularning zaharlilik darajasini kamaytiradi, murakkab birikmalarni oddiy modda holigacha parchalaydi. SHuning uchun ushbu usullarni destruktiv usullar deb ataladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1 Toshkent kimyo texnologiya instituti sanoat ekologiyasi kafedrasi Ekologiya fanidan maruza matnlari TOSHKENT 2013
2 M.N. MUSAYEV Sanoat chiqindilarini tozalash asoslari . O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti Toshkent 2011
Dostları ilə paylaş: |