Mavzu: Sharq mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid qarashlari Reja



Yüklə 23,37 Kb.
tarix27.09.2023
ölçüsü23,37 Kb.
#149313
nutq3


Mavzu: Sharq mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid qarashlari
Reja:
1. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy til va nutqqa oid qarashlari.
2. Abdulla Avloniyniung yosh avlodga tarbiya berish haqidagi qarashlari.

1. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy til va nutqqa oid qarashlari. Ta’lim va tarbiya muammosi juda qadimdan mavjud. U o‘rta asrlardagi g‘arb va sharq mutafakkirlarining asarlarida ko‘rib chiqilgan. O‘sha davrlaming buyuk mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Jaloliddin Dovoniy, Alisher Navoiy va boshqalar feodal zulm va mutaasib ruhor-iylaming qattiq qarshiligiga qaramasdan jahon fani, madaniyati, maorifiga beqiyos hissa qo'shdilar. 0 ‘tgan davrlarda mehnatkashlaring o‘z munosabatlarini uning yoshlarga tarbiyaviy ta’sirini yanada kuchaytirish maqsadida yo‘lga qo‘yish borasidagi tajribalarini nafaqat xalq pedagogikasining qator shakllari, usullarini qayta tiklash uchun, balki shaxsni shakllantirishni boshqaruvchi obyektiv umumiy ijtimoiy qonunlar, xalq turmush tarzini tushunish uchun ham o'rganish lozim. Sharqning qomusiy mutafakkiri Abu Nasr Forobiy (873-950) insonni har tomonlama takomillashtirish, ularni umumiy baxtsaodatga yetaklash yo‘llari va usullarini o‘zining ijtimoiy-siyosiy ta’limoti markaziga qo‘yadi, bu esa uning dunyoqarashlarning umuminsoniy asosga egaligidan dalolat beradi. Aynan shunday maqsadlar Forobiyning shaxsni tarbiyalash va ta’lim berish, uni takomillashtirish hamda uning ijtimoiy muammolami hal etishdagi faol roliga nisbatan dunyoqarashlarining bosh mazmunini tashkil etadi. Uning fikriga ko‘ra, ta’lim va tarbiya oilada, o‘qituvchi yordamida maktabda va yaxshilikka asoslangan jamiyatda uning rahbari yordamida amalga oshirilishi mumkin.


Forobiy fikriga ko‘ra ta‘lim - bu nafaqat aqliy rivojlanish, balki amuman ma’naviy rivojlanish, shu jumladan axloqan rivojlanish poydevoridir. Ta’lim va tarbiya o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lib ular shaxsni ma’nan kamolotga yetkazuvchi turli yo‘llar hisoblanadi. Forobiy ijtimoiy tarbiyani tartibga solish, uni boshqarish masalalarig^ alohida e’tibor bergan. U mehnat faoliyati tarbiyaning muhim vosita; ri hisoblanadi, degan xulosaga keladi. Forobiy inson baxt - saodatga erishuvi uchun ulami baxtli - saodatli q la oladigan jamoa rahbari bo‘lishi kerak deydi.
U fozil shaharni bosvqaradigan hokim tabiatdan:
1 - sog‘-salomat bo‘lib, o‘z vazifasini bajarishda hech qanday qiyinchi ik sezmasligi;
2 - tabiati nozik, farosatli;
3 - xotirasi mustahkam,
4 - zehni o‘tkir,
5 - o‘z fikrini tushuntira oladigan notiq,
6 - bilim-ma’rifatga havasli,
7 - taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o‘zini tiya oladiga bo‘lishi (qimor yoki boshqa o‘yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo‘lishi,
8 - haq va haqiqatni, odil va haqgo‘y odamlami sevadigan, yolg‘onni va yolg‘onchilami yomon ko‘radigan,
9 - o‘z qadrini biluvchi va oriyatli bo‘lishi,
10 - mol dunyo ketidan quvmaydigan,
11 - adolatparvar,
12 - qatiyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo‘lishi muhimligini qayd etadi. Forobiy bu fazilatlami har bir yetuk insonda ko‘rishni istaydi. Ibn Sino (980-1037) pedagogika masalalariga ijodiy yondashgan. U bola tabiatini nafaqat tabib, balki yetuk pedagog sifatida ham chuqur bilishini namoyon qilgan. Olimning bolalarga ta’lim va tarbiya berish haqidagi ko‘plab fikrlari o‘zining chuqurligi, insonparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilganligi va tarbiyadek murakkab muammoni to‘g‘ri talqin qilishi bilan kishini lol qoldiradi. Ibn Sino taklif qilgan tarbiya va ta’lim mazmuni aqliy tarbiya, jismoniy sog‘lomlashtirish, estetik tarbiya, axloqiy tarbiya va hunar o‘rgatishni o‘z ichiga oladi.
Ibn Sino bola tarbiyasining butun mashaqqati va murakkabliklarini juda chuqur tushungan. «Tib qonunlari»ning «Tarbiya haqida» nomli bo‘limida qo‘yilgan masalalar aniq hal etiladi, bola xarakterini tarbiyalash haqida qimmatli fikrlar bildiriladi. Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik ijodida oilaviy tarbiyaga alohida e’tibor qaratiladi va bunda bosh rol oila boshlig‘i - ya’ni otaga beriladi. Ibn Sino nima uchun bolani onasi emas, balki tarbiyachi tari biyalashi lozimligini tushuntirib beradi. Uning fikrlariga qaraganda, i bolaning onasi o‘z farzandi tarbiyasida ko‘proq hissiyotlarga ber ladi , va bola tarbiyasida to‘g‘ri yo‘lni tanlay olmaydi. Ibn Sino tarbiyachi oldiga aniq vazifalami qo‘yadi: u o‘z shogirdini qachon jazolashi yoki rag‘batlantirishi mumkinligini yaxshi bilmog‘i lozim. ' Ibn Sino bola shaxsini hurmat qilish, bolaning tabiiy yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda uning qiziqishlarini o‘rganishga chaqiradi. U yoshga qarab davrlarga bo‘lib chiqishga harakat qilgan. 0 ‘smirlikkacha bo‘lgan davmi u beshta davrga bo‘lgan: chaqaloqlik (bola tug‘ilganidan boshlab yo‘lga yurib ketgunicha bo‘lgan davr); bolalik davri (yo‘lga yurgandan so‘ng); organizm chiniqqani va qoziq tishlari chiqqanidan keyingi davr; o‘smirlik va jinsiy yetilish davri; o‘smirlik davri (o‘sish to‘xtatugimcha bo‘lgan davr).
Ibn Sino bola tarbiyasining barcha murakkabliklari va qiyinchiliklarini tushungan. U jismoniy jazoning me’yoridan ortib ketishiga qarshi chiqqan. Uning fikriga ko‘ra, risoladagidek tarbiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bolalarga insoniy munosabatda bo‘lish darkor. Tarbiyachining o‘zi bola shaxsini hurmat qilishi, uni sevishi va bola bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi lozim. Ibn Sino tarbiya omilining ahamiyatini ehuqur anglagan va ijobiy omil ahamiyatini juda qadrlagan, uni tarbiyaning asosiy vositalaridan biri deb bilgan. Ayniqsa, Alisher Navoiy asarlari besh yuz yildan buyon ko‘plab avlodlami hayajonga solib keladi. Insonparvarlik, muhabbat g‘oyalari, insonning oliy maqsadlarini kuylash Navoiy merosida asosiy o‘rin tutadi. Navoiyning pedagogik qarashlari o‘ta insoniyligi bilan ajralib turadi. U bola shaxsini shakllantirish va tarbiyalash masalalariga juda katta ahamiyat bergan, Navoiy farzandni oilaga quvonch va baxt keltiruvchi shamchiroq, deb bilgan. Navoiy bolaga uning yoshiga qarab eng kichik yoshdan to‘g‘ri tarbiya berish zarur, fanlami o‘rganishni iloji boricha barvaqt boshlash lozim, deya ta’kidlagan.
2. Abdulla Avloniy (1878-1934) -jam oat va siyosat arbobi, shoirhamda pedagog bo‘lib, Abdulla Avloniyning yosh avlodga tarbiya berish haqidagi qarashlari. Abdulla 1908-yilda kambag‘allammg ifarzandlari uchun maktab ochadi. Uning o‘zi shu maktabda yangi ta’lim usullarini qo‘llagar. holda ona tilidan dars beradi. Avloniyning xalq ta’liaii sohasidagi faoliyati uning yozuvchi va shoir, iqtidorli yoshlar tef .trining tarbiyachisi hamda sahnalashtiruvchi rejissyori sifatidagi faoliyati bilan uzviy bog‘liqdir. 1916-yilda Rossiyada va Turkistonda milliy ozodlik harakatlari avj ola boshlaydi. A. Avloniy bunda harakat rahbarlaridan biri sifatida faol ishtirok etadi. 1917-yilning yozidan boshlab Avloniy «Turon» gazetasini chiqara boshlaydi. Ushbu gazeta sahifalarida Avloniyning xalq maktabini tashkil etish, o‘qituvchi kadrlami tayyorlash va darsliklar chop etish masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalari bosiladi. Ayniqsa, u o‘zbek qizlariga ta’lim-tarbiya berish va ular uchun maxsus maktablar tashkil etish muammosiga alohida e’tibor beradi. Ushbu yillarda Avloniy «Adabiyot» (I-IV kitoblar), «Turkiy guliston», «Maktab gulistoni» kabi kitoblarini yozadi va chop etadi. A.Avloniy dunyoqarashining shakllanishida ilg‘or rus adabiyoti va madaniyati muhim rol o‘ynaydi. U A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, M.Gorkiyning ijodiy meroslariga katta hurmat bilan munosabatda bo‘lgan va K.D.Ushinskiyning pedagogik merosini yuqori baholagan. U muayyan muddat mobaynida Turkiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining matbuot bo‘limini boshqargan, so‘ngra xalq ta’limi bo‘limlari ishini boshqarishga o‘tib, ko‘plab yangi maktablar qurilishiga rahbarlik qiladi, o‘qituvchilami savodsizlikni bartaraf etish ishlariga jalb qiladi. Avloniy pedagogika bilim yurti, 0 ‘zbekiston 0 ‘lka ma’rifat instituti, Toshkent harbiy bilim yurti, 0 ‘rta Osiyo davlat universitetida ishlagan kezlari ham ma’rifat tarqatish ishiga butun kuchg‘ayratini sarfladi. Tarbiya qiluvchi muallimlaming o‘zlari ilmlariga olim bo‘lib, shogirdlariga ham bergan darslarini amal ila chaqishtirib o‘rgatmoqlari lozim. Bu ta’lim ila berilgan dars va ma’lumot shogirdlaming diliga tez ta’sir qilib, ular ilmli, odobli bo‘ladilar. Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo‘lib, amalsiz bo‘Isa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. 0 ‘zbek olimi, shoiri, professor, jamoat arbobi Abdulla Avloniy - o‘gitlaridan namunalar: «Hayo, nomus omonat dalildur, Hayosiz doimo xoru zalildir». «Ко ‘paygan so ‘zni bo ‘lg ‘ay to ‘g ‘risi oz, Shakaming ко 'pidan ozi bo ‘lur soz». «Aql egalari, vijdon sohiblari har vaqt ко ‘rgan, qilgan va bilganlarining haqiqatini va to ‘g ‘risini so 'zlaydilar»... «G'azabning awali jinnilik, oxiri nadomatdir». «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat -y o falokat masalasidir». «Dars ila tarbiya faslida bir oz farq bo ‘Isa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur». «Turkiy guliston yoki axloq», «Maktab guliston» va boshqa asarlar muallifi.
3. Yan Amos Komenskiyning maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga oid qarashlari. Buyuk slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) G‘arbning buyuk olimlaridan biri hisobla- nadi. Uning pedagogik tizimi o‘sib kelayotgan avlodni insoniylik, tinchliksevarlik, tenglik va birodarlik ruhida tarbiyalash g'oyalari bilan yo‘g‘rilgan. Yan Komenskiyning pedagogik merosi ulkan va ko‘p qirralidir. Olimning chop etilgan falsafiy va pedagogik asarlari uning tarixiy ahamiyatini belgilab berdi. «Onalar maktabi»da qayd etilgan bolani dastlab oilada tarbiyalash va rivojlantirish g‘oyalari bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Hajmi kichik, biroq mazmuni juda ehuqur bo‘lgan mazkur asarni unda qo‘yilgan muammolaming dolzarbligi va ahamiyatliligi, ulami amalga oshirish uchun taklif qilinayotgan yo‘llar va vositalaming soddaligi hamda ishonchliligi, nihoyat oila, ayollar, bolalar va ulami tarbiyalashga bo‘lgan munosabatning insoniy yo‘nalishga egaligi bo‘yicha uni mumtoz asarlar sirasiga kiritish mumkin. «Inson zotini himoyalash eng aw alo beshikdan boshlanishi lozim». Bundan ortiq sodda va dono fikr bo‘lmaydi. Uddaburon olimlar qaysi bir ijtimoiy tarbiya tizimini kashf qilmasinlar, baribir bolalar hayot kechiradigan, ular jismonan va m a’nan rivojlanadigan muhit sifatida oila eng samarali tarbiya tizimi hisoblanadi.
Qatorlashgan g‘oyalar tizimiga ega bo‘lgan «Onalar maktabi»ni birlamchi oilaviy tarbiya bo‘yicha birinchi asar deb hisoblash mumkin. «Onalar maktabi»ning bosh g‘oyasi - oiladagi birlamchi tarbiyaning bola uchun quvonchli bo‘lishi, uning kelajagini baxtli, ota-onalar uchun yoqimli va umidbaxsh, jamiyat uchun foydali qilishdan iboratdir. Komenskiy tabiiy iqtidomi ilk yoshdan boshlab har tomonlama rivojlantirish g ‘oyasidan kelib chiqqan holda onalar maktabi oldiga qiyin vazifalarni, ya’ni:. bolalarga bilish (bilimga ehtiyojmandlikni tarbiyalash, bilimga chanqoqlik)ni, harakat qilish (mehnatkash bo‘lish, o‘zini boshqara olish va yaxshi amallar qilish)ni va gapirish (nutq va fikrlashni rivojlantirish)ni o‘rgatish vazifalarini qo‘yadi. Shu munosabat bilan u aqliy, jismoniy va m a’naviy tarbiyalash, nutq va fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha aniq maslahatlar beradi. 42 «Onalar maktabi»dagi alohida bir bob qanday qilib bolalarga nutqni mashq qildirish lozimligiga bag‘ishlangan. Komenskiy aql va nutqni rivojlantirish uchun bir xil harakat qilish zarur deb hisoblagan. U aql va nutqqa organik birikma sifatida qaragan. Bu tasodifiy emas, zero, bola nutq tufayli o‘z fikrlarini ifodalaydi va atrofdagi odamlar bilan muloqotga kirishadi, nutqni egallash orqali u atrofni o‘rab turgan olamni anglaydi.
Bolada nutq va fikrlash rivojlanadi. U sensor rivojlantirish va tarbiyalashga alohida e’tibor bergan, chunki usiz aql va nutqni muvaffaqiyatli rivojlantirib bo‘lmaydi. Buyuk pedagogning mazkur qoidaga rioya qilishni «didaktikaning oltin qoidasi» deb atagani ham bejiz emas. Nutqqa taalluqli bo‘lgan boshqa bir g ‘oyani Komenskiy ona tilini o‘qitish, ona tilida o‘rgatishni talab qilish shaklida ifodalagan. Maktabgacha yoshda ona tilini o‘rgatish, Komenskiy xulosasiga ko‘ra, - bu eng aw alo bola hayotinin» birinchi yilidan boshlab nutqni rivojlantirish, bo‘g ‘inlar va so'zlarni aniq talaffuz qilish, gaplami sintaktik jihatdan to‘g‘ri tuzish, narsalarning nomini to‘g‘ri aytish va mos fikr bildirishc an iborat. Ushbu maqsadda Komenskiy ota-onalarga bolalar b lan muloqot qilishda narsalar nomlarini va so‘zlami buzmasdan, to‘g‘ri aytish, bolalarga talaffuzi qiyin bo‘lgan va nisbatan uzun so‘zlami aytishni mashq qildirish va buning uchun о‘yin uslubidan foydalanishni maslahat beradi. Komenskiyning xizmati shundan iboratki, u pedagoglar ichidan birinchilardan bo‘lib bola nutqini rivojlantirishda, uning ona tilini butun go‘zalligi va milliy xususiyatlari bilan birgalikda o ‘zlashtirib olishida she’riyat, ertaklar, maqollar va matallar, tez aytishlaming tutgan o‘miga birinchi bo‘lib e’tibomi qaratdi. Gapirishni boshlayotgan bolalar kattalar nutqini tushunishlari uchun ular so‘zlovchining yuzini va uning qo‘l harakatlarini ko‘rishlari, uning savollarini tushunishlari va to‘g‘ri javob berishlari darkor, deb yozgan edi Komenskiy. Ona tabassumi va bola tomonga cho‘zilgan qo‘llar, imlash, hoshni qimirlatib qo‘yish, qayg‘uli yuz va barmoq bilan do‘q urish - bularning barchasi so‘zlovchining kayfiyatini ifo43 dalaydi, buni bola qabul qilib oladi va u aytilgan fikmi tushunishga yordam beradi. Bu ritorik harakatlar muloqotda juda asqotadi, nutqni va fikrlashni rivojlantiradi.
Ya.A.Komenskiyning «Onalar maktabi» asari G‘arbda va Rossiyada oilaviy tarbiyaning keyingi rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Pestalotssi va Frebel, K.D.Ushinskiy va Ye.N. Vodovozova birlamchi oilaviy tarbiyaga shaxsni shakllantirish tizimidagi o‘ta zarur bosqich sifatida qaraganlar. Bularsiz o‘sib kelayotgan avlodni muvaffaqiyatli tarbiyalash borasidagi barcha harakatlarimiz zoye ketadi. Ulaming barcha asarlarida o‘sib kelayotgan avlodni ma’naviy kamol toptirish, ideal jamiyat talablari va vazifalariga javob bera oladigan, yuqori afzalliklarga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish masalasi asosiy o‘rin tutadi. Keng qamrovli shaxsni shakllantirish faqat ta’lim va tarbiya orqaliigina amalga oshirilishi mumkin.
Tarbiyaning barcha murakkabligi va qiyinchiliklarini tushungan; holda Sharq olimlari tarbiya va ta’lim mazmunini belgilab berishga intilganlar (Ibn Sino). Tarbiya - ota-onalaming qanday mavqeyiga egaligidan qat’i nazar, ulaming asosiy vazifasidir. Olimlaming bola shaxsini hurmat qilish, uning qiziqishlarini c rganish, tabiiy qobiliyatini hisobga olish haqidagi fikrlari (Ibn Sino, D.Dovoni, Alisher Navoiy) juda qimmatlidir. Yan Komenskiyning «Onalar maktabi» asari birlamchi oilaviy tarbiyaga oid yaxlit tizimli birinchi asar hisoblanadi. «Onalar maktabi»ning bosh g‘oyasi - oiladagi birlamchi tarbiyaning bola uchun quvonchli bo‘lishi, uning kelajagini baxtli, ota-onalar uchun yoqimli va umidbaxsh, jamiyat uchun foydali qilishdan iboratdir. Komenskiy fikriga ko‘ra, shaxsni shakllantirishni «haqiqiy tarbiyaning poydevori bo‘lgan ilk yoshdan boshlash oson. Tabiiy iqtidorni (miya, yurak, qo‘l, til) rivojlantirish onalar maktabi tomonidan bolaning ilk yoshlaridan boshlab o‘tkazilishi lozim.
Sensor va aqliy tarbiya masalasini birinchi bo‘lib Yan Komenskiy o‘rtaga tashladi. Komenskiy o‘tmishdagi pedagoglar ichida birinchilardan bo‘lib nutqni rivojlantirish, ona tilining butun go‘zalligini va uning milliy xususiyatlarini o‘zlashtirib olishda xalq og‘zaki ijodiyotining tutgan o‘miga e’tibor qaratdi. Yan Komenskiyning «Onalar maktabi» asari G‘arbda va Rossiyada oilaviy tarbiyaning keyingi rivojiga ta’sir ko‘rsatdi. 4. K.D.Ushinskiy bolalarga ona tilini birlamchi o‘rgatish asoschisi. Rus pedagogi K.D.Ushinskiy (1824-1870) rus burjuademokratik pedagogikasi, xususan, maktabgacha pedagogikaning asoschisi hisoblanadi. U bolalami maktabgacha tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti masalalarini boshlang‘ich ta’lim muammosi bilan bog‘lagan. Ushinskiy pedagogika tizimining asosiy yetakchi g ‘oyasi xalqona tarbiya g‘oyasi hisoblanadi, bunda u har bir xalqning u yashaydigan va mehnat qiladigan tarixiy, tabiiy shartsharoitlari bilan bog‘liq bo-lgan o‘ziga xosligini tushunadi. Ushinskiy ona tili - xalqona!ikning eng yaxshi ifodasi deb tan olgan hamda ta’lim va tarbiya ishida ona tili asosiy o ‘rinni egallashi lozim, deb hisoblagan.
Ona tilining bola ruhiy kuchlarini har tomonlama rivojlantirish, til mohiyati va uning vujudga kelishining bosh manbai ekanligi haqidagi ta’limot K..D. Ushinskiy pedagogik ta’limotida markaziy o ‘rinlardan birini egallaydi hamda uning metodik tizimini tushunish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. K.D.Ushinskiy ona tilini birlamchi o‘qitishning uchta asosiy maqsadlarini shakllantirgan:

  1. So‘z imkoniyatlarini rivojlantirish;

  2. Bolaga fikmi ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllaridan foydalanishni o‘rgatish, bolalami ona tilining boyliklarini egallashga jalb qilish. III. Til qonunlarini, uning grammatikasini o‘rganish. Ona tilini birlamchi o‘qitishning barcha uch maqsadiga ketma-ket emas, balki bir vaqtning o‘zida erishiladi.

1861-yilda Ushinskiyning «Ona tili» nomli asari chop etildi. Mazkur asar Konstantin Dmitriyevichning bolalarga birlamchi savod o‘rgatish va ularni tarbiyalash bilan bog‘liq pedagogik g‘oyalar hamda estetik tamoyillarining o‘ziga xos yakunlari va amaliy ifodasi bo‘ldi. 0 ‘qish kitobining butun mazmuni muayyan tizim bo‘yicha berilgan. «Ona tili» kitobi nafaqat bilimlar qomusi, balki badiiy ensiklopediya ham hisoblanadi. Uning 1-qismidan 19 ta ertak, 30 ta topishmoq, 123 ta maqol va matal, 13 ta tez aytish, 14 ta qo‘shiq, 14 ta turli shoirlar she’rlari hamda Ushinskiyning o‘zi yozgan 43 ta hikoya joy olgan. Ushinskiy birinchi bor kitoblarida bolalarni o‘z zamondoshlari - Tyutchev, Nekrasov, Ogarev, Turgenev asarlari, shuningdek, Karamzin, Lermontov, Krilov asarlari bilan tanisktirdi. Kitobni tuzish tartibi quyidagicha: u bolaning tabiat, kishilar va jamiyat haqidagi bilimlarini kengaytirgani va chuqurlashtirgani holda uni tanish narsadan notanish narsalar tomon boshlab boradi. Ushinskiy 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar nuteini tavsiflar ekan, uning ayrim xususiyatlarini, masalan: tovushni.ig tushunarsizligi, lug‘at boyligining yetarli emasligi, o‘zaro bog‘ltqlikning yo‘qligini alohida ta’kidlagan. U bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazishning turli shakllarini taklif qilgan: • bolalar hayotidan hikoyalar; • bolaga narsalaming xususiyatlarini ko‘rishda, 6 yoshga kelib esa narsalar juftligini bir-biriga taqqoslash, ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlami topishda yordam beruvchi mashqlar; • suratlar asosida hikoya qilish, bu bolalarga savollarga javob berish, so‘ngra esa ravon, tushunarli va erkin hikoya qilib berishni o‘rgatadi; • bolalarni o‘qish va yozishga tayyorlovchi amaliy mashqlar. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fani bola shaxsini rivojlantirishning ikki muhim jihati - uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tibomi qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos - «o‘rgatuvchi», didasko - «o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi muammolami tadqiq etadi. Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.
K.D. Ushmskiyning til va uning bolaning ruhan shakllanishida tutgan o‘mi haqidagi ta’limoti nutqni rivojlantirish metodikasini mustaqil fan sifatida ajratish uchun muhim ahamiyatga egadir.
1. Til haqida, uning vujudga kelishi haqidagi ta’limot - metodikaning nazariy asoslari ishlab chiqildi; uning har bir odamning rivojlanishida tutgan o‘mi ko‘rsatib berildi, bu esa bolalami rivojlantirish va tarbiyalashda ona tilining yetakchi o‘rin tutishini asostash imkonini berdi.
2. Bolalar nutqini rivojlantirish ishi maktab ta’limiga qadar boshlanadigan ish sifatida alohida bo‘limga ajratilgan.
3. Bolalar nutqini rivojlantirishga bolaning uzoq davom etadigan ona tili, uning mazmuni va shakllarini o‘zlashtirish jarayoni sifatida qaralgan. Ushbu murakkab jarayon ustoz tomonidan to‘g‘ri va faol rahbarlik qilishni talab qiladi.
4. Ona tilini o‘qitish jarayoniga rahbarlik qilishning asosiy qoidalari: ona tilini birlamchi o‘qitishning maqsadlari; ulami amalga oshirish mazmuni va shakli; nutqni rivojlantirishda ko‘rgazmaviylikning ahamiyati ishlab chiqilgan va asoslab berilgan.
5. Bola nutqini uning fikrlashi, ma’naviy va estetik his-tuyg‘ulari bilan birgalikda rivojlantirishni ta’minlovchi ish usullari ko‘rsatib berilgan.

Xulosa:
- Maktabgacha yoshda ona tilini o‘rgatish bu - eng awalo bola hayotining birinchi yilidan boshlab nutqni rivojlantirish, bo‘g‘inlar va so‘zlami aniq talaffuz qilish, gaplami sintaktik jihatdan to‘g‘ri tuzish, narsalaming nomini to‘g‘ri aytish va mos fikr bildirishdan iborat.
- Ota-oaalar bolalar bilan muloqot qilishda narsalar nomlarini va So‘zlami buzmasdan, to‘g‘ri aytish, bolalarga talaffuzi qiyin bo‘lgan va nisbatan uzun so‘zlami aytishni mashq qildirish va buning uchun o‘yin uslubidan foydalanishlari zarur.
- Bolalar kattalar nutqini tushunishlari uchun ular so‘zlovchining yuzini va uning qo‘l harakatlarini ko‘rishlari, uning savollarini tushunishlari va to‘g‘ri javob berishlari darkor.
- Bolaga fikmi ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllaridan foydalanishni о‘rgatish, bolalami ona tilining boyliklarini egallashga jalb qilish kerak.
- Ona tilini birlamchi o‘qitishning barcha uch maqsadiga ketmaket emas, balki bir vaqtning o‘zida erishiladi.
Yüklə 23,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin