Mavzu: mashg'ulotda tarbiyachining yetakchi roli


Bolalarni mashg'ulotlarda o'qitish



Yüklə 159,5 Kb.
səhifə6/10
tarix13.04.2023
ölçüsü159,5 Kb.
#97132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ABDURAHMONOVA RAHBAROY 101-GURUH KURS ISHI

1.2. Bolalarni mashg'ulotlarda o'qitish


Bolalarni mashg'ulotlarda o'qitish
O'qitish - maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni elementar bilimlar sistemasi bilan tanishtirishda, «Uch ming yillikning bolasi dasturi»da nazarda tutilgan ko'nikma va malakalarni shakllantirishda yetakchi rolni o'ynaydi. O'qitish jarayonida bolalarga yangi bilimlarni muntazam berib borish, ular jamg'argan tasavvurlarni aniqlash va sistemalashtirish, bolalaming bilish jarayonlari hamda tafakkur faolliklarini rivojlantirish amalga oshiriladi.
O'qitish - ikki tomonlama jarayon: mashg'ulotlar kuzatilar ekan, tarbiyachining ta'lim berish faoliyatini, uning bolalarga ta'sir etish imkoniyatlarini hamda bolalaming javob berish reaksiyalarini, o'quv harakatlari sifatini ham baholash muhimdir.
Ta'lim jarayoni bolalaming jismoniy, ma'naviy, mehnat va estetik rivojlanishlariga har tomonlama ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ta'lim jarayonini kuzatishning muhim vazifasi uning bolalarga tarbiyaviy, umumta'lim ta'sirini (kuzatuvchanlik, zehnlilik, aqliy, nutqiy va harakat faolligi, mustaqillik, ijodiy tashabbusning rivojlanishini) aniqlashdir.
Pedagog har bir mashg'ulotda ta'lim va tarbiyaning o'zaro bog'liq vazifalarini amalga oshirishni esda saqlashi muhimdir. Masalan, bolalarga rasm solish usullarini tushuntirar ekan, u bolalarga predmetni izchil tahlil qilishni, ko'rganlarini tasvirlashni, harakat usullari haqida gapirishni, bo'yoqdan tartibli foydalanishni, o'rtog'iga xalaqit bermaslikni oxirida hamma narsani o'z joy-joyiga olib qo'yishni o'rgatadi. Shuning uchun tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bolalaming tashqi dunyo haqidagi tasavvurlari qandayligini, ular o'z fikrlarini erkin bayon qila olishlarini, ularning lug'at boyliklari qandayligini aniqlash mumkin. Bolalardagi ma'naviy tasavvur darajasini bajarilgan ishlarni baholashi va shu kabilardagi fikrlari hamda luqmalaridan bilib olish mumkin. Demak, ko'rilgan har bir mashg'ulotlarda dasturning barcha bo'limlari bo'yicha bolalar bilan olib borilgan ishning darajasi xuddi ko'zgudagidek aks etadi. Tarbiyachi o'tkazadigan mashg'ulotlarning muvaffaqiyati uch shartga: dasturni yaxshi bilishga, ta'lim metodikasini egallaganlikka, o'z guruhidagi bolalarning yosh va individual xususiyatlari hamda imkoniyatlarini bilishga bog'liq bo'ladi.
Tarbiyachini nazorat qilish va unga yordam ko'rsatish uchun maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi barcha yosh guruhlarining dasturini hamda ta'lim metodikasini bilishi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning psixo-fiziologik xususiyatlarini tushunishi, yangi ilmiy tadqiqotlar va ilg'or pedagogik tajribadan xabardor bo'lishi kerak.
Tarbiyachi mashg'ulot jarayonida qo'yilgan vazifalarning bajarilishiga erishdimi, individual yondashuvdan foydalandimi. Tarbiyachi ayrim bolalarga qanday ko'rsatma va maslahatlar berdi. Topshiriqning eng qiyin elementlari haqida o'z vaqtida eslatma berish yo'li bilan xatolarning oldi olindimi? Tarbiyachi qanday usullar vositasida shug'ullanuvchilarning o'zini-o'zi baholash va o'zini-o'zi nazorat qilishga undadi. Berilayotgan ko'rsatmalarning maqsadga muvofiqligi va ularni bajarishning sifatini tekshirish. Tarbiyachining e'tiboridan chetda qolgan bolalar bo'ldimi? Tarbiyachi bolalarni egallangan bilim, ko'nikma va malakalardan mustaqil foydalanishga, ijodiy ishlashga undadimi? Tarbiyachi bolalarning noto'g'ri o'tirishi, noto'g'ri holat (poza)larini sezdimi va ularni to'g'riladimi?
Bolalar qalam (mo'yqalam, qaychi va shu kabilar) ni qanday ushlayapti va ulardan to'g'ri foydalanayaptimi? Ular qanday texnik malaka va ko'nikmalarga ega bo'lganlar (dasturning tegishli talablariga qarang). Ayrim bolalarning ko'nikma va malakalarini oshirish uchun tarbiyachi nimalar qildi?
Shug'ullanayotganlarning qanchasi ishni o'z vaqtida, qanchasi erta tugatdi va qanchasi tugata olmay qoldi? Bolalar ishni bajarishga qancha vaqt sarflashdi? Tarbiyachi mashg'ulot oxirida bolalar ishlarining ko'ruvini nazarda tutdimi va u qanday tashkil etilgan edi (jamoa tahlil, o'zaro tahlil, o'zini-o'zi baholash)? Bajarilgan ishlarning tahliliga bolalar jalb qilinganmidi, naturadan, namunadan, tasavvur bo'yicha
bajarilgan ishlarni baholashda ular qanday mezondan foydalanishardi? Bu baho dastur talablarini va mazkur mashg'ulotning vazifalarini umuman aks ettiradimi? Bolalar predmetlarning xususiyatlari, rang-tuslari, tasviriy va texnik usullarni belgilovchi so'zlardan to'g'ri foydalanishadimi? Bolalar ishlarini ko'rish qancha vaqtni oladi?
Mashg'ulot tahlili.
Mashg'ulot mazmuni mazkur yosh guruhi dasturiga, yil fasliga, bolalarning tasviriy imkoniyatlariga muvofiq keladimi?
Yangi narsalar va bolalarga tanish narsalar o'rtasidagi muvofiqlikning oldingi o'tgan mashg'ulotlar bilan aloqasi. Emotsional-ijodiy o'quv yuklamasi, mashg'ulot mazmunining tarbiyaviy va bilish ahamiyati.
Mashg'ulotning tashkil etilishini, materiallar va ko'rgazmali qurollarning sifatini, bolalar hamda tarbiyachilarning tayyorgarliklari (ish usullarini ko'rsata bilish)ni baholash. Navbatchilarning mashg'ulotga tayyorlanishdagi roli, navbatchilar ishining o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish bilan biriktirilishi.
Taibiyachi tushuntirishlarining to'g'riligi va tushunarliligi. O'qitishning mashg'ulot turlarida foydalanilgan usullarining muvofiqligi (masalan, dekorativ rasm solishda, grafik tasvir ko'rinishidagi namunadan, predmet-naturani tahlil qilish, uning tasviriy usullarini ko'rsatish va boshqalardan foydalaniladi) dastur vazifalarining xarakteriga (yangi yoki takrorlanayotgan mazmun), bolalarning yoshiga (masalan, kichik guruh bolalarini o'qitishda yetakchi usul bu ko'rsatish, katta guruhlarda esa o'qitishning ko'rgazmali usullari bilan birga, aniq og'zaki yo'llanmalar, ishni qaysi usulda va qanday izchillikda bajarish lozimligini mustaqil aniqlash topshiriqlari katta ahamiyat kasb etadi) bog'liq.
Mashg'ulotning bosqichlar bo'yicha umumiy davomiyligi, agar shunday bo'lgan bo'lsa, kechikishning sabablari.
Bolalarning mashg'ulotda o'zini tutishi: uyushganlik, intizomiylik, qiziqish, ularda vaqt, ish tempi hissiyotining mavjudligi.



Yüklə 159,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin