Darsda oʻquvchilar faoliyatini tashkil qilish usullari deganda oʻqituvchi
rejasiga muvofiq oʻquvchi mashqlarni bajarish uchun uyushtirish usullari
tushuniladi.
Frontal (yoppasiga) shugʻullanish usuli - mashqlarni barcha oʻquvchilar
bir vaqtda bajaradilar. Uning ustunligi koʻproq oʻquvchi
qamrab olishda, darsda
yuqori zichlikka va katta jismoniy ogʻirlikka erishilishidadir, oʻquvchilar
oʻqituvchi farmoyishi yoki jamosini baravariga bajarsalar, yoppasiga shugʻullanish
usuli mashqlarni jamoa xolda bajarishning yaxshi namunasi boʻla oladi.
Mazkur usul oʻquv muassasalarining barcha bosqich oʻquvchilari bilan olib
boriladigan ishlarda, ayniqsa, oʻquv materiali bilan tanishtirishda keng qoʻllaniladi.
Guruhli usul shundan iboratki, unda oʻquvchilar guruhlarga boʻlinadilar,
har bir guruh oʻqituvchi topshirigiga binoan mustaqil shugʻullanadi. Mashq uchun
jixoz va inventar etishmaganda shu usulga murojaat qilinadi. Vaqtdan oqilona
foydalanish maqsadida bir vaqtda ikkita-uchta mashq turi oʻrganiladi.
Guruhlar
ma’lum bir vaqtdan soʻng joy almashadilar. Har bir guruhga oʻquvching
mashgʻulot paytidagi harakatini kuzatib turish uchun boshliq tayinlanadi.
Guruhlarga boʻlinish ikkitagacha, uchtagacha
sanash yoki bir qator
kolonnadan ikki, uch kator kolonnaga qayta saflanish va har bir qatorni tegishli
joyga burib olib borish orqali amalga oshiriladi.
Darsda guruhlar bir-biriga xalakit bermaydigan tarzda joylashadi.
Guruhli usul barcha oʻquvchilar mustakil mashgʻulotlarga
yetarli darajada
tayyor boʻlganlaridan soʻng qoʻllanilishi mumkin.
Individual usul shundan iboratki, bunda har bir oʻquvchi
mashq bajaradi,
qolganlar esa uni kuzatib turishadi. Bunday usul yakunlovchi darslarda
qoʻllaniladi. Bu oʻqituvchiga har bir mashq bajarilgandan soʻng yakun chikarishga,
bolalar e’tiborini mashqni yaxshiroq bajarishga, kamchilik va xatolarga qaratishga
imkon beradiki, bu ta’lim va tarbiya jixatdan juda muxim.
Dostları ilə paylaş: