Mavzu: Barabanli jihozlar hisobi



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#166691
1   2   3   4   5
barabanli jihozlar

Ular murakkab tarkibli aralash o ‘g‘itlar va superfosfatni donalashda ishlatiladi. Bu rusumdagi qurilmalarning kamchiligiga ularning beso‘naqayligi, materialning qurilma devoriga yopishib qolishi hamda donalashning ketishini ko‘z bilan kuzatib nazorat qilishning murakkabligi kiradi.

Ular murakkab tarkibli aralash o ‘g‘itlar va superfosfatni donalashda ishlatiladi. Bu rusumdagi qurilmalarning kamchiligiga ularning beso‘naqayligi, materialning qurilma devoriga yopishib qolishi hamda donalashning ketishini ko‘z bilan kuzatib nazorat qilishning murakkabligi kiradi.


Zoldirli baraban tegirmon
Materiallarni tuyib maydalaydigan mashinalarning eng ko‘p
tarqalgan turi zoldirli va quvurli tegirmonlardir. Tegirmonlar yotiq
holatda joylashtirilgan va aylanadigan barabandan iborat bo‘lib, ichiga
materialni ezadigan, yanchadigan jismlar, ya’ni zoldirlar zarur miqdorda
solib to‘ldiriladi. Tegirmonlar barabanning uzunligi (bo‘yi) bilan diametri
o‘rtasidagi nisbatga qarab quvurli va zoldirli tegirmonlarga ajratiladi.
Quvurli tegirmon barabanning uzunligi bilan diametri o‘rtasidagi nisbat
2—6 ni, zoldirli tegirmonda esa 1,5—2 ni tashkil etadi. Baraban ichidagi
tegirmonga tushgan materiallami zarb kuchi bilan yanchadi va ishqalab
ezadi. Baraban korpusi aylanayotgan vaqtda zoldirlar ishqalanish kuchi
va baraban devorchalari hosil qilgan markazdan qochiruvchi kuch
ta’sirida tepaga chiqadi va muayyan balandlikdan material ustiga zarb
bilan tushib, uni yanchadi, ezadi. Material tegirmonga uzluksiz ravishda
tushib turganligidan tabiiy ravishda siqilib, baraban devorchasi bo‘ylab
suriladi. Material ho‘l usulda tuyilganida uni suyuqlik ergashtirib olib
ketadi.
.

Quruq usul qo‘llanilganda baraban ichidagi tuyilgan materialni havo, materialni tuyish va quritish jarayonlari birlashtirilgan hollarda esa hosil bo‘lgan gazlar surib chiqaradi. Zoldirli tegirmonlar yoqilg‘i (ko‘mir, slanes)ni tuyish uchun, shuningdek, xomashyoni quruq usulda tuyish hamda quritish uchun moljallangan;.


Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin