103-tajriba. Ishqor ta’sirida oqsilning parchalanishi.
Reaktiv va materiallar: tuxum oqsilining suyultirilmagan eritmasi, o’yuvchi natriyning 30% li eritmasi, qo’rg’oshin atsetatning 10% li eritmasi, natriy nitroprussid eritmasi; probirkalar, qaynatar.
Probirkaga suyultirilmagan oqsildan 1 ml solib, unga ishqorning konts. eritmasidan 2 ml qo’shing. So’ngra 2-3 dona qaynatar tushirib, aralashmani extiyotlik bilan qaynating. Bunda ammiak ajralib chiqadi, uni hididan va probirka og’ziga tutilgan nam indikator qog’ozning (qog’oz probirkaga tegmasligi kerak) ko’karishidan bilish mumkin. Xosil bo’lgan juda oz miqdor cho’kma qaynatilganda eriydi. Ishqorli qaynoq suyuqlikni 2 qismga bo’ling; birinchi qismga natriy plyumbit eritmasi (1 ml qo’rg’oshin atsetatga daslab xosil bo’lgan qo’rg’oshin gidroksid cho’kmasi erib ketgunicha o’yuvchi natriy qo’shilgan eritma) qo’shing- sarg’ish-qo’ng’ir yoki qora rang paydo bo’ladi.
Ikkinchi qismiga yangi tayyorlangan suyultirilgan natriy nitroprussid Na2[Fe(CN)6NO] eritmasidan 2-3 tomchi qo’shing. Natijada qizil-binafsha rang xosil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |