O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASHVA ULARNING
MALAKASINI OSHIRISH XUDUDIY MARKAZI
MAKTABGACHA, BOSHLANG’ICH VA MAXSUS TA’LIM METODIKALARIKAFEDRASI
MALAKA ISHI
MAVZU: BOSHLANG'ICH SINFLARDA INTEGRATSIYALASHUV DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
Tinglovchi: Xushbaqova Zubayda Orziqulovna
Guruh: BTU-7
Ish joyi: Quyi Chirchiq tumani 18-maktab o’qituvchisi
Telefoni: (99) 529-96-50
Taqrizchi: Sh.Nurmatova
Kafedra mudiri: M. Musayeva
Guruh rahbari: A.Sanaqulova
TOSHKENT 2020
1
MUNDARIJA:
Kirish……………………………………………………………………….……..5
Asosiy qism……………………………………………………………………….6
1.Boshlang’ich sinflarda integratsiya kursi asoslari.
2.Boshlang’ich maktablarda o’qitish va tarbiyalash integratsiyasi
muammolari.
3.Integratsiya jarayonini o'rganishda buyuk pedagoglarning fikrlari.
4.Boshlang’ich maktabda integrative ta`lim jarayonining uslubiy jihozlanishi.
Xulosa…………………………………………………………………….…..…24
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………………………………25
2
Xushbaqova Z.____________
ANNOTATSIYA
“Boshlang’ich sinflarda integratsiyalashuv darslarini tashkil etish metodikasi” mavzusida yozilgan malaka ishi 25 betdan iborat bo’lib, u kirish, asosiy qismni yoritib beruvchi mavzular:
1.Boshlang’ich sinflarda integratsiya kursi asoslari.
2.Boshlang’ich maktablarda o’qitish va tarbiyalash integratsiyasi muammolari.
3.Integratsiya jarayonini o'rganishda buyuk pedagoglarning fikrlari.
4.Boshlang’ich maktabda integrative ta`lim jarayonining uslubiy jihozlanishi,
Xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Malaka ishini yoritishda boshlang’ich sinfda har xil fanlar qo’llanmasidan foydalanilgan. Mazkur malaka ishi boshlang’ich sinf o’qituvchilari hamda bolalarning bilim olishiga, asosiy qismdagi mavzular yo’nalishni puxta o’rganishga xizmat qiladi. Keyingi mavzular o’qish darsining maqsadi va vazifalari, darslarni tashkil etish, mustaqil ta’lim olish hamda o’quvchilarning tezlik ijodkorligini, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish to’g’risida yoritilgan.
3
Xushbaqova Z.____________
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo’lidagi bosh g’oyasi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot borpo etishdir. O’zbekiston mustaqilligi tufayli Vatanga e‘tiqod, milliy munosabat madaniyati xalqimizning barcha orzu intilishlarida, amaliy faoliyatida va yorug’ kelajagida yetakchi o’rinni egallab kelmoqda. Yoshlarni zamonaviy fan-texnikaning, umuman, ilm-fanning yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bo’lib yetishishga sharoit tug’dirmay turib, biz respublikamiz xalq xo’jaligini, sanoat ishlab chiqarish sohalarni tubdan o’zgartira olmaymiz.Yana bir narsani biz hech qachon esimizdan chiqarmasligmiz lozim: iste‘dodli yoshlarga sharoit yaratishdir. O’tgan yillarimizga, o’tgan yo’llarimizga nazar tashlab, ularni sarhisob qilsak, mustaqilligimiz sharofatini yanada chuqurroq anglaymiz. Biz ta‘limda butunlay yangilanish, yangi jarayonga tom ma‘noda o’tish va unga moslashish davrini boshimizdan kechirmoqdamiz. ―Ta‘lim to’g’risidagi Qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bizga eski usullardan voz kechib ta‘limning xar bir qirrasigacha qayta qurish imkonini bergan bo’lsa 2004-2009 yillarda Maktab ta‘limni rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi esa qo’lga kiritilgan imkoniyatlarni: takomillashgan Davlat ta‘lim standartlari, o’quv dasturlari, davlat talablari yangi o’quv darsliklarini har tomonlama zamon talablariga mos jixozlangan maktablarda, zamonaviy o’quv xonalarida amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini keng ochib berdi. Davlatimiz istiqboli bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan jamiyat qurish sohasidagi ishlarining samaradorligini yuqori malakali, yuksak ma‘naviyatli rivojlangan mamlakatlar darajasida raqobatbardosh mutaxassis tayyorlash, yosh avlodni shakllantirish muammosi bilan ishlab chiqildi.
Bu xujjatlarda kadrlar tayyorlash va uzluksiz ta‘lim tizimiga erishilgan yutuqlar bilan bir qator mavjud kamchilik va muammolar ham ko’rsatilgan jumladan maktablar o’quv yurtlaridan ta‘lim jarayonining o’zidagi va o’qitish uslubiyotidagi kamchiliklar oqibatida o’quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyati rivojlanmay
4
Xushbaqova Z.____________
qolayotganligi, umumiy o’rta ta‘limning amaliy yo’nalmaganligi, kasbga
yo’nalganlik darajasini baxolash tizimida ob‘ektivlik va tezkorlikni ta‘minlanmayotganligi, pedagoglarning katta qismi yaxshi tayyorgarlik ko’rmaganligi, bilim va kasb saviyasi pastligi shular jumlasidandir. Kadrlar tayyorlash va ta‘lim tizimidagi o’quv tarbiya ishlari
sohasidagi muammolarni izchillik bilan bosqichma-bosqich hal etish yo’llari va vositalari yuqorida tilga olingan davlat xujjatlarida belgilab berilgan. Hozirgi kunda umum ta‘lim maktablarida mamlakatimiz xalq xo’jaligi uchun malakali ishchi kadrlar tayyorlashda dunyo mamlakatlari ta‘limitajribalaridan foydalanish muhim ahamiyatiga ega. Interfaol ta‘lim yutuqlarni amaliyotga tadbiq etishning ilmiy-
uslubiy asoslarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri sanaladi. O’quv-uslubiy adabiyotlar majmualarni, yangi interfaol metodlarini texnologiyalarni
yaratish va amaliyotga joriy etish, bir tomondan davlat va jamoat muassasalari, ta‘lim va fan o’qituvchilar, tadqiqotchilar tomonidan katta ishlarni bajarishni ta‘lim-tarbiya, interfaol ta‘lim sohasidagi ta‘lim jarayonini ishlab chiqish va ilmiy tajriba sinovlardan o’tkazish ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishni taqazo etadi. Uzluksiz ta‘lim tizimi xodimlari, pedagog o’qituvchilarning zamonaviy ta‘lim texnologiyalari mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta‘lim jarayonida samarali qo’llay olishlari, shuningdek, ta‘lim jarayonida tashkil etishda nisbatan ijodiy yondoshuvning qaror topishi xar tomonlama rivojlangan ma‘naviybarkamol yoshlarni tarbiyalab ularni raqobatbardosh, yetuk mutaxasislar bo’lib yetishishiga zamin yaratdi.
ASOSIY QISM
1.Boshlang’ich sinflarda integratsiya kursi asoslari.
Ona tili, o’qish, tabiat, o’qish, tasviriy san`at, musiqa, matematika, mehnat, jismoniy tarbiya darslari integratsiyasi.Boshlang’ich sinflarda fanlarni integratsiyalash dars smaradorligini oshiradi, vaqtdan unumli foydalanishga olib keladi, darsni chuqur o’zlashtirishga yordam beradi, bo’sh vaqt orttiriladi va to’garaklarga jalb etiladi.Boshlang’ich ta`limda ona tili, o’qish, tabiat, tasviriy
5
Xushbaqova Z.____________
san`at darslarini integratsiyalash mumkin. Masalan, O’zbekiston mening Vatanim mavzusini o’tishi uchun mavzu tushuntiriladi, tabiiy boyliklari va ularni qadriga etish ko’rib chiqiladi va mavzu asosida rasm ham chiziladi.
Bu esa bolani mavzuni yaxshi tushunib olishiga yordam beradi, kengroq va chuqurroq tushunishiga imkon ortadi, uzoq vaqt yodda saqlab qolishiga yordam beradi. Bu esa dars samaradorligini oshiradi.Ona tili, o’qish, matematika, mehnat darslari integratsiya qilinsa ham yaxshi natijaga erishiladi. Bunda ham o’quvchi darsni yaxshi tushunadi. Masalan, “Kuz” mavzusi o’tilsa, mavzu o’qiladi, tushuntiriladi, hosil yig’ib olishga doir masalalar echiladi, mehnat darslarida mevalarni yasash mumkin. Shunda esa darsni mukammal o’zlashtirib olishlariga imkon yaratadi.Masalan;Bog’da o’quvchilar birinchi kuni 35 kg, ikkkinchi kuni 45 kg olma terishdi. Hammasi bo’lib necha kg olma terishdi?35+45қ80 javob: 80 kg.Bu masala asosida mevalar rasmini chizishlari mumkin. Bola bir darsning o’zida kuz haqida o’rgandi, mevalar haqida bildi va rasm chizdilar, kuz mevalari haqida masala echdilar. Shunday qilib o’quvchi birgina integratsiya darsida juda ko’p ma`lumotlarga ega bo’ldi va uzoq vaqt esda saqlab qoladilar deb o’ylayman. Matematika, jismoniy tarbiya, tabiat, musiqa darslari mujassamlashtirilsa foydadan holi bo’lmaydi. Musiqa eshitish, mavzu yuzasidan misol echish, narsalar yasash bular hammasi darsni yaxshi chiqishiga olib keladi deb o’ylayman. Fanlarni integratsiya qilib dars o’tilganda quyidagilarga e`tibor berish kerak. har bir dars muayyan maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. fanlararo aloqalarga oid tanlangan qo’shimcha material o’tiladigan mavzu bilan bog’lanishi shart. sinf o’quvchilari faolligini oshirish maqsadida ular bilan ishlash yo’llarini aniqlash mumkin.
Dars faqat ta`limiy bo’lib qolmasdan, o’quvchilarni insonparvarlik jihatlarini
tarbiyalashga qaratilgan bo’lishi kerak.Mavzuni mazmunidan kelib chiqqan holda, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, taraqiyoti haqidagi ilmiy bilimlar, o’quv respublikamiz kelajagiga ishonch va e`tiqodni shakillantirishga qaratilgan bo’lishi kerak.Umuman olganda integratsiya darsi bir- biriga mos
6
Xushbaqova Z.__________
kelishi ( mavzu jihatdan ) va puxta reja asosida tuzilgan bo’lishi kerak.
Boshlang'ich maktablarda o'qitish va tarbiyalash integrasiyasi muammolari nazariy va amaliy jihatdan hozirgi zamon nuqtai nazardan juda muhim bo'lib, yangi ijtimoiy talablar asosida yanada dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda fan rivoji va
ishlab chiqarishdagi ulkan o'zgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar maktab ta'limi oldiga yangi vazifalarni qo'ymoqda.Hozirgi zamon ilm berish sistemasi yuqori darajada fan asoslarini o'rnatishga, tafakkurni rivojlangan, olamni bir butunlikda anglashga va tasavvur etishga, tevarak atrofda bo'layotgan
voqealarni to'g'ri anglashga, ularni mohiyatini anglab oladigan yoshlarni tarbiyalashga yo'naltirilgan.Maktablarda o'rgatiladigan fanlarning tarqoqligi maktab bitiruvchisida bir ko'rinishli (fragmentar) dunyoqarashni keltirib chiqaradi. Hozirgi zamon ilm-fanida esa iqtisodiy, siyosiy va madaniy fanlari integrasiyasiga moyillik yuqori turadi. Maktab umumta'lim fanlarining tarqoq holda o'rgatilishi, ularni bir-biriga uzviy bog'liqlikda o'rgatilmasligi o'quvchilar bilimini to'la bo'lishi va butun borliqni bir butun holda anglashlariga to'sqinlik qilib, o'quvchilarda qiyinlik uyg'otadi.Olimlarimizning fikricha, integrasiya didaktik prinsiplar qatoriga kiradi va ular orasida yetakchi o'rin egallaydi.
Bunday tushuncha ta'lim tizimida integrasiya masalasini, fanlararo uzviylik va bog'liqlik masalasini yana bir bor ko'rib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi.
Ta'lim sistemasiga integrasiyani kiritish maktab va jamoatchilik o'rtasida turgan
ta'lim va tarbiyaga oid vazifalarni hal etishda asosiy vosita bo'lishi mumkin.
Integrasiyalashtirilgan darslar bolalar dunyoqarashida bir butunlikni, voqealar uzviyligini tushunishini tabiatan anglab yetishga o'rgatadi. Shuni alohida hisobga olish kerakki, maktablardagi boshlang'ich sinflarda darslarning integrasion bog'lanishlari ilmiy jihatdan kam ishlab chiqilgan. Mavjud turli fiklar va qarashlar esa bir-biriga zid va uzviy bo'lmaganligi sababli integrasiya muammosi hamon olishlarimiz o'rtasida bahsli masalalardan biri bo'lib qolmoqda.O'qitish jarayonida integrasiyani qo'llash nazariyasi taraqqiyoti ilmiy pedagogik tushunchalar rivoji, asosiy va muhim ahamiyatga ega. Integrasiya differensiya
7
Xushbaqova Z.__________
bilan uzviy bog'liqdir. Bu uzviylik o'quvchilarda olayotgan bilimlarini anglashga bo'lgan intilishlari sistemasini barpo qilishlarida yaqqol namoyon
bo'ladi.Integratsiya- bu fanlarning differensial jarayon davomida yaqinlashuvi
va bog'liqligidir. Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir-biriga bog'lash bosqichi bo'lib, o'zini yuqori ko'rinishda namoyon etadi. Shuni alohida qayt etish kerakki, integrasiya jarayoni asoslari uzoq o'tmishdagi xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan. Integratsiya fanlararo bog'liqlikdir. Fanlararo bog'liqlik asoslari tabiatni to'la holda o'quv darsliklarda ko'rsatish va tushuntirish zaruratidan paydo bo'lgan.Integratsiya jarayonini o'rganishda buyuk pedagoglarning fikrlari.Fanlararo bog'liqlik g'oyasiga keyinchalik juda ko'p pedagoglar yondoshib, uni rivojlanishi va umumlashtirilishiga hissa qo'shdilar. D.Lokk g'oyasiga ko'ra: “Ta'lim mazmuning aniqlanishida bir fan boshqa fanlar elementlari va faktlari bilan to'ldirilishi kerak”.
V.Pestalossi o'zining didaktik maqolasida o'quv darsliklaridagi bog'liqlik masalasiga keng to'xtalib o'tar ekan: “Bir-biri bilan bog'liq fanlari ongiga keltir, ularni tabiatdagi uzviy bog'liqlik holatida ekanini angla” -deydi. Pestalossi bir fanning boshqa bir fandan uzoqlashuvi hatto havfliligini ta'kidlaydi.O'tmish pedagogikasida didaktik ta'sirining ruhiy-pedagogik xususiyati hamda psixologikpedagogik bog'liqlik to'g'risida K.D.Ushenskiy shunday deydi: “Har qanday fan tomonidan habar qilinayotgan bilim va g'oya dunyo va xayotga keng nigoh va yorituvchan holatda berilishi lozim”.Fanlararo bog'liqlik nazariyasining ishlab chiqishda K.D.Ushenskiy juda katta ta'sir ko'rsatdi.
Fanlararo aloqa va integrasiyaning maktablarda o'qitish va tarbiyalashdagi ahamiyati juda ko'p pedagog olimlar tomonidan ko'rib chiqiladi.Integratsiya jarayoni o'rganishda I.Boguslovskiyning “Go'dakdan -olamga,
olamdan-go'dakka” maqolasining ahamiyati katta. Unda aytilishicha: Bolalarning atrof-muhitni his qilish, unga o'rganish va maktab ta'limida bu muhitni turli fanlarga sun'iy ravishda bo'linishi turli hil qarama qarshiliklarga sabab
8
Xushbaqova Z.__________
bo'ladi.Bunga “Go'dakdan-olamga, olamdan-go'dakka”, tezisi misol bo'la oladi.Keyinchalik markazlashtirilgan fanlar o'ziga
bolaning ongini kengaytiruvchi mavzular paydo bo'ldi. Bola ulg'aygan sari uning dunyoqarashi kengayib, ongida oila maktab tuman shahar mamlakat insoniyat koinot kabi tushunchalar paydo bo'la boshlaydi va ilm darajasi ham o'sib boradi.Bu holatda boshlang'ich maktablarda asosiy o'rinda ikki fan yo'nalishi turishi ko'zda tutilgan.1. Tabiatshunoslik.2. Jamiyatshunoslik
Bu fanlar bolalarda atrof-muhit bilan tanishish, odamlar, jamiyat, tashkilotlar hamdao'zining vazifalari bilan tanishishga yo'l ochib beradi.
Gumanitar va tabiiy fanlar bo'lmish tarix, geografiya, tabiatshunoslikni bir-biri bilan chuqur va keng bog'liqliklari qayt etib o'tiladi.
Bu bilan boshlang'ich ta'lim maktablarida o'z ichiga ko'p fanlarni mujassamlashtirgan bita fan –olamshunoslik (dunyoshunoslik) fanini o'qitish g'oyasi o'rtaga tashlanadi. Bu fan ta'limtarbiya yo'nalishida integrasiya yo'lini tugan asosiy fan hisoblanadi.Bunday holatda o'quv darslari integrasiyaga kirishib, o'zlarining xususiyatlarini yo'qotishadi yoki o'rta zvenoda qolib ketardi. Lekin o'zining mazmuni va jihatlari bilan umumlashgan.Integrativ manbada hamma fanlar rivojlanayotgan ijod mahsuli sifatida hal qilinishi, texnologik integrasiya asosga umumta'lim jarayoni kompyuterlashtirish yo'nalishiga o'tish, darsjarayonida hamma o'qituvchilar uchun aktiv bo'lgan usulda o'qitish usullarini va sintetikharakterga ega bo'lgan darslarhamda sun'iy ravishda barpo etilganmetopredmetlar (belgi, son, simvol) bo'lishi nazarda tutilgan.Shunday qili o'quv materiallarini integrasiyalashga bo'lgan intilish butun dunyo va bizningmaorif tizimimizda asosiy e'tiborda turgan muammolardan biridir.Hozirgi vaqtda ham integrasiya muammosiga alohida e'tibor qaratilmoqda.Hozirgi vaqtda maktablarda integrasiya deganda biz yangi aktiv pedagogik izlanishlarni, pedagogik jamoada ijodiy o'sishni, o'quvchilarga
9
Xushbaqova Z.__________
foydali, o'quvchilar ongiga singdirishningqulay usullarini qo'llash mahoratini tushunamiz.2. Boshlang’ich maktablarda o’qitish va tarbiyalash integratsiyasi muammolari. Hozirgi kunda lug’atlarda integratsiya so`zining uslubiy ma`nosi ko`rsatilmagan. Lekin hammaga ma`lum lotincha so`z “Integratio” tiklanish, to`ldirish , “integrir” - bir butunikki ma`noda foydalanishga qabul qilingan.
1) Qandaydir qismlar elementlarni bir qilib birlash tirish.
2) Ikki yoki undan ko`p davlatlar bir turdagi ijtimoiy tuzimga ega bo`lgan bo`lsa,
iqtisodiy yoxud madaniy jihatdan uyg’unlashtirish jarayoni.
Bir turdagi qism yoki elementlar mavjudligi va ularning bir maqsadga tabiiy
bo`ysundirish imkoni va bir qator o`quv fanlari uslubidagi yaqinlik integratsiya atamasini aniqlashga asos beradi, ya`ni o`qitish, tarbiya qilish va o`quvchilarni ma`lum o`quv fanlarini o`zlashtirishni uyg’unlashtirish usullari haqidagi fan. Maktabda mavjud hamma fanlar o`ziga xos integratsion imkonga e ga. Lekin ularning bir - biriga mos bo`lishi integrirlangan kurslarning samaradorligi ko`p sharoitlarga bog’liq. SHuning uchun yangi dastur yar ati shdan oldin pedagoglar va uslubchilar ga integr atsiyaning imkoniyati va zaruriyati xulosa ishiga yor dam beradigan vaziyatlarni hisobga olish kerak.
Buning uchun o`qituvchi sinf o`quvchilarining tayyorgarlik darajasini o ldin tahlil qilishi, ularning ma`naviy xususiyatlar ini, o`rganishga qiziqishlarini nazarda tutgan holda o`rganadi. O`quv faoliyatida mavjud bo`lgan qiyinchiliklar integratsiya usulidan foydalanish sabablaridan biri bo`lishi mumkin . Ba `z i o`quvchilarning bir fandagi muvaffaqiyati ikkinchi fandan olgan bilim va ko`nikmalariga bog’liq bo`lishi mumkin.Masalan: o`quvchi savodli va tez matn ko`chirishga tez va to`g’ri o`qishi bog’liq. Lekin agar aniq bo`nday hamkorlik ko`rsatilmasa ham yoki umumiylik bo`lmasa bir fan rejasidagi mazmunga to`g’ri baho bersa o`qituvchi alo hida dars berishini etarli emasligini ko`rish mumkin. Biz bilamizki, dunyo bir, u sanoqsiz ichki aloqalar bilan bog’langan, shuning uchun bitta muhim masalani, boshqa ko`pgina masalalarga tegmasdan
10
Xushbaqova Z.__________
echish qiyin. Shunga o`xshash solishtirishlar integratsiya ga asos bo`la oladi. Bir qator fanlarning dasturlarida «chorrahalar» bor, ya`ni umumiy muomala va masallar bilan bir bo`lgan, tez – tez bir hodisa, ya`ni boshqa - boshqa nuqtalardan bir ob`ektni o`rganiladi. Bularning barchasi integratsiyaga talabnoma.
Lekin birlashtirish asosi juda chuqur. Agar o`qituvchi o`zi dars berayotgan
fandan shunday o`zaro muloqotga oid joylarini aniqlasa ular o`z navbatida o`qitish samaradorligini oshirishga yordam berish mumkinligini aniqlasa qo`yilgan maqsadga erishish uchun uning texnologiyasini ishlab chiqish kerak. O`qituvchi va o`quvchi faoliyatining tashkillanishini hisobga olsak integrirlangan dars sharoitida u tez - tez bahs va kelishmovchilikka sabab bo`ladi.
Tabiiyki, har bir sinfda o`quvchilar guruxdari bor. Ular bir - birlarid an xotira
turlariga ko`ra farq qilishadi, qabul qilish, diqqat jihatidan farqlanadi.
Ularning ba`zilari o`qituvchi olib borgan dars tezligi qoniqtiradi, kimgadir
tezlik qiladi. Kimgadir darsda ishlatilgan jadval tushunarli, boshqalari qayta - qayta izohlagan dan keyin tushunadi.Mustaqil tashkiliy ish o`quvchilarning imkonlarini bir oz tenglashtiradi, chunki har biri o`ziga xos qarorni tanlashga yo`l izlaydi, lekin albatta bir muammo qoladi -o`quvchiga qo`yilgan maqsadni topishga qanaqa usul, vosita bilan qur ollantirish kerak. Darsning cheklangan vaqti ham, har bir o`quvchining topshiriqni b ajar is h vaqti ham mo s emas , lekin ular n in g f aoliyatini ta`minlovchi yagona shaxs — o`qituvchi.Integr ir langan dar sning xususiyati bu jar ayonda 2 yoki 3 ba`zida undan ham ko`p pedagoglar qatnashishi mumkinligi. Bunday integrirlangan darsni o`tish osonmi, murakkabmi? Ko`pincha o`qituvchilar ga bog’ liq. Lekin, dar s bu ishning muhim qismi e kanligini unutmaslik kerak. Aynan dars orqali asosiy masalalar integrirlangan kurs da amalga oshiriladi va natija omadli yoki omadsiz bo`lishi mumkin.Lekin integrirlangan dars tushunchasi hamon bahsli bo`lib qolmoqda.
3.Integratsiya jarayonida o’rganishda buyuk pedagoklarning fikrlari.
Integrirlangan kursning o`zi yangi murakkab birlik bo`lib, umuman boshqacha shaklda bo`ladi hamda masalalarni aniq va samarali echishga qaratiladi.
11
Xushbaqova Z.__________
2) Ular 2 yoki 3 ta fan asosida rejalashtiriladi. Shuning uchun bir nechta o`qituvchi yoki bir nechta o`quv fanlari materiali mexanik usulda birlashtiriladi.
3) O`rganishga qiziqish jarayonini faollashtirishning usullari, malaka va ko`nikmalari ishlab chiqiladi.O`qituvchilar darsni birga yoki alohida o`tkazishlari
mumkin, lekin natijalar umumiy harakatlar orqali echiladi. Ko`pincha 5 - sinfda yangi o`qituvchilar kirishadi va o`quvchilarga turlicha talablar qo` yis h adi, an cha vaqt qiyn alis h adi. Bu nd an ko ` r in adiki, maktablarimizda pedagoglarimiz umumiy ta`lim siyosatiga ega emaslar, bir jamoa bo`lib harakat qilishmaydi. Integrirlangan dar sning chegarasida o`qituvchilar oldindan nima muhim , nima ikkinchi darajali ekanini aniqlashlari lozim. O`quvchilar bu darsda o`z ishlarini lo`nda va aniq ifoda etishni, og’zaki savollarni to`g’ri tuzishni, o`z - o`zini nazorat qilishni, o`ziga baho qo`yishni o`rganishi kerak. O`qituvchilar ana shunday hamko rlik asosida tuzilgan darslar integrirlangan
bo`ladi, lekin ular asosida o`rganilgan material bir - biri bilanhamohang
b o ` lm a yd i. Bundaydarslarni integratsiyaning 1 - darajasiga kiritish mumkin.
2-va 3 - darajali integratsiyali eng keng tarqalgan darslar.2- daraja deb tushuncha ma`lumotli o`quv fani M: Takrorlash darslariga qo`shimcha kiritish, mavzuga qo`shimcha material tanlash.3 - darajada solishtirish umumlashirishda gap materialni o`rganish masalalari bilan bog’liq. O`quvchilar hodisa va ob`ektlarni solish tirish va taqqoslash bilan bog’laydilar. Bunday dasrda 2 ta o`qituvchi ishtirok etishi mumkin.Eng chuqur deb integratsiyaning 4 - darajasi olinadi. O`quvchilar faktlarni solishtira boshlashdi, bitta hodisani, voqeani muhokama qilishadi, ular orasidagi aloqa larni aniqlashadi, hamkorlikda o`quv ko`nikmasini birgalikda ishlab chiqishadi.Integritsiyalangan dars maqsadi yuqoridagilarda qamrab olingan jarayon nazorat qilinadi. Qo`yilgan fikrlarni shakllantirish o`quvchining talabiga, qiziqishi, intilish iga ko`r a rivojlan tir iladi. O`qituvchilar va o`quvchilar orasida taqsimlangan vazifalarni hisobga olinganda integrirlangan darslar har xil shaklga ega, noan`anaviy Bilim
12
Xushbaqova Z.__________
almashish darsi.O`quvchilar guruhlarga bo`linadi. Har xil mavzularda topshiriq berilib, bir birlariga xabar beradilar. Bunday shakl o`quv fanlar bir - biriga o`xshash bo`lganda eng samarali.
2) O`zaro tekshirish darslari.Guruh va juftliklarda ish olib boriladi. U o`quvchilardan yaxshi tayyorgarlik talab qiladi. Faoliyatning hamma turl arida ob`ektiv va aniq baholash talab etiladi. Sinfdoshlarining bilimlarini
tekshirganda har bir o`quvchi ko`rsatkichlari jadvali bo`lishi shart.
3) Ijodiy izlanish darsi.O`quvchilar o`zlari mustaqil tarzda muammoning echimini izlashadi. Lekin
izlanish us lublari o`qituvchi tomonidan ilgari o`tilgan darslarda ko`rib
chiqilgan bo`ladi. Bunday dars samarasi yuqori bo`ladi.
4) Ro`znoma chop etish, ilmiy almanax (nashr) darsi. Ma`lum bir mavzuga asosan guruhlarga ijodiy topshiriqlar beriladi. Ish natijasi gazeta yoki al’manax. Ish natijasi nazorat is hlar i yoki ijodiy is hni himo ya yoki jor iy imtihon qilib o`tkazilishi mumkin.Mavzu asosan suhbatlar, muammoli masallarni echish, tanlov, kim oshdi savdosi.Boshlang’ich sinflarda o`quv fanlari kam. Nimani integrirlas h kerak? Qanday? Boshlang’ich sinf o`qituvchisiga integrirlangan dar slar ga o`tish oson, chunki bir o`zi hamma f anlar ni o`qitadi. O`quvchi qanchalar yosh bo`lsa, u shuncha kam biladi. Shuning uchun oshlang’ ichda integr atsiya imkonlar i chegar alangan. Boshlan g’ ich ta`limda amalda ichki va fanlararo aloqalardan foydalanish va r ivojlantir ish ker ak. Boshlang’ ich ta`limda integr atsiya «oz - oz hamma narsadan» usuliga ega. Bolalar boshlang’ich ta`limda juda ko`p hodisa, tushuncha, fanlar bilan tanishishadi, lekin ula r to`g’risida elementar tushuncha olishadi. Keyingi yillarda mavjud bilimlarini to`ldirib va kengaytirib borishadi. Shuning uchun o`qituvchi bir xillikdan qochishi va rang - barang shakl va usullarda dars o`tishi talab etiladi. Integratsiyalangan darslar charchoqni va taranglik n i o`quvchilardan oladi faoliyatning bir turidan ikkinchisiga o`tishi hisobidan ziyraklik va hozirjavoblikka o`rgatadi. Lekin 1 - 2 - sinflarda integratsion darslarga uncha
13
Xushbaqova Z.__________
berilmaslik tavsiya etiladi. Chunki bolaning bilim zapasi ko`p emas , grammatik, matematik va texnik ko`nikmalari shakllanib ulgurmagan.Chunki integratsiya mavjud mavzuni kengaytiradi, chuqur tahlil qilishni talab qiladi, hodisalarni umumlashtiradi, ularning bilim doirasi boshqa fanlar hisobiga kengayadi. O`quvchilar must aqil tarzda shuncha ishni bajarishga kuchi etmasligi mumkin.O`z navbatida o`qituvchiga juda ko`p talablar qo`yiladi.
Integrirlangan dars o`qituvchidan qo`shimcha tayyorgarlik, katta bilimdonlik, yuqori kasb mahoratini talab qiladi. O`z darsida o`qituvchi quyidagilarni e`tiborga olishi kerak.
1. Dars maqsadi (bu mavzuni o`rganish muddatini hujjati bo`lsaqisqartirish, o`quvchi bilimini kamolotiga yo`naltirish vaboshqa).
2. Ob`ekt tanlash, ya`ni yangi ma`lumot manbalarini, ularningdars maqsadiga javob berishi inobatga olinadi.
3. Tizimlashtiruvchi omillarni aniqlash, ya`ni har xilfanlarning ma`lumotlarini birlashtirish uchun asos toppish (fikr, hodisa,tushuncha, fan).
4. Kursning yangi tizimini yaratish. Bilimlarning funktsionalyo`nalishini o`zgar tirish.
5. Mazmunni qayta ishlash. eski shakllarni buzish, tizimdaalohida bo`lgan elementlar orasida aloqalar yaratish.O`qituvchi qachon va qanaqa fanlarni integrirlash mumkin yoki integrirlash shartligini bilish muhim ahamiyatga ega.
Boshlang’ich sinf o`quvchilarini o`qitishda dars samaradorligiga e rishish uchun
integrirlashga e`tibor berishi shart. «Birinchi sinfda quyidagi fanlarni integritsiyalashuv mumkin: o`qish, yozuv, tasviriy san`at va mehnat. Faqat o`qish va faqat yozish bolani juda charchatadi va unda salbiy tuyg’ularni uyg’otadi. 1 -sinf o‘quvchisida birinchi darslar dayoq o`q ishga bo’lgan istak yo’q bo`lmasligi kerak. Uning ko`zlaridagi uchqun o`chmasligi kerak. Yuqorida aytib o`tilgan fanlarni tartiblashda o`quvchining o`rganish jarayonini, qiziqishini ushlab turish, faollashtirishga e`tibor beriladi».2- sinfda o`qish, ona tili, tabiatshunoslik va tasviriy san`at fanlarini integritsiyalash mumkin. 3 - sinfda fanlarni
14
Xushbaqova Z.__________
integrallash imkoni bor variantlaridan foydalanish mumkin.Ta`lim tizimida ilgaridan integrirlangan kurslar borligini unutmaslik kerak. Hozir 1 - sinfda yarim yillikda o`qish va yozuvga o`rgati ladi. Sinfdan tashqari o`qish ham integritsiyalangan. Bunda bir butun jarayon: kitob - o`qish jihozi sifatida, darsda olgan o`qish ko`nikmalarini rivojlantirish, matn - so`z san`ati sifatida, nutqning rivojlanishi, kitob olami, suhbatdoshlar doirasi sifatida.Azaldan tabiatshunoslik integrirlangan: tabiatshunoslik va geografiya.Matematika asli arifmetika,
algebraning elementlari, geometriya, arifmetik materiallar yaxshiroq o`zlashtirishga ko`maklashadi. S hu bilan birga algebrani, geometriyani, mehnat ta`limi o`rganishga asos soladi.Yuqorida aytilgan integrar kurslarni o`qish - ona tili, o`qish - tabiatshunoslik, o`qish — tabiatshunoslik, o`qish — tasviriy san`at, o`qish - tabiatshunoslik - tasviriy san`at, ona ili - o`qish - tasviriy san`at, o`qish — tabiatshunoslik — mehnat, ona tili -tabiatshunoslik -tasviriy san`at kabilarga birlashtirish mumkin. Integritsiyalangan darsning asosiy xususiyati bunday dars bir fan asosida tuziladi, u asosiy e`tiborda bo`ladi, qolganlari u bilan birga integrirlashadi, uning aloqalarini , jarayonlarni o`rganishda fanning ma`nosini tushunishda, hayot bilan aloqasini tushunishda, olingan bilimni amalda ishlatishda qo`llanadi.Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar ta‘lim tizimi amaliyotida interfaol ta‘limlaridan tabora kengroq foydalanilmoqda.0 ‘quv fanining dolzarbligi oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim tizimida muhim bo‘g‘in hisoblanib, u bulada o‘qish-o‘rganish istagi va ko‘nikmalarini shakllantirish, bolani yuqori dariijada shakllangan bilish faoliyatiga jalb qilish, bola ruhiyatida zohir bo‘lgan adolat va ezgulikni barqarorlashtirishni maqsad qilib qo‘yadi. Boshlang‘ich ta’lim jarayonini tashkil etish, uning samaradorligini oshirish, kichik maktab yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning pedagogik asoslarini mukammallashtirishga xizmat qiladigan qator ilmiy qarashlar, pedagogik nazariyalar shakllanganki, ular xaraktcriga ko‘ra unitar (yakka) holatdagi, an’anaviy (predinelli) la’lim turidan farqii o'laroq shaxs kamolotini, uning barkamol shakllanib rivojianib borisiiini ta’minlasiiga xizmat etuvchi ta’lim-tarbiya
15
Xushbaqova Z.__________
jarayonini tasiikil qilish imkoniyatini beradi. Sohalar bo'yicha ta’lim mazmunining negizini belgilovchi ko‘rsatgichlar boslilaiig‘icli ta’iimning Davlat standartlarida bcrilib, ularda boshlangich ta’lim jarayonidagi uzviylik, fiinhiraro aloqadorlik, ta’iimning insonparvarlik, milliylik kabiy tamoyillari o‘z aksini topadi. liar bir mustaqil fan o‘zining predmeti (mavzusi) va metodologik asoslariga egadir. Jumladan, Hoshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi fani ham fan sifatida shakllanib, o‘zining predmetiga ega bo‘ldi. Boshqa fanlar kabi shlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi fani
ham fan sifatida paydo bo‘lar ckan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojiari asosida paydo bo‘ldi. Shu sababli boshlang‘ich ta’lim-tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi, deb q;irash lozim, chunki tarbiyaviy ishlami olib bormasdan turib jamiyatni, uning rivojianishini tasavvur qilish qiyin. Ushbu Boshlang'ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi fanidan tuzilgan dasturning tarkibiy tuzilmasidan o‘rin olgan mavzular o‘z mazmuni va yo‘nalishiga ko‘ra "Boshlang'ich ta'Iim pedagogikasining paydo bo'lishi va rivojianishi", Boshlang'ich ta'limni pedagogika sifatida .Boshlang'ich ta'Iim pedagogikasining predmeti va vazifalari, Boshlang'ich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy tushunchalari va texnologiyalari", Boshlang'ich sinf o'qiluvchisining siiaxsiy va professional fazilatlari, "Boshlangich Ta'limdagi innovalsiyalar","Bosiilang'ich ta'Iim maktabida tarbiyaviy ta'Iim texriologiyasi",
Hosiihmg'ich maklabda zamonaviy o'quv jarayoni ”, “Boshlang'ich ta’lim fanlarini ralsiyalash", “Boshlang'ich ta’Iimda integratsiyalashtirilgan darslami tashkil etish", iilardan foydalanish barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalashga xizmal qiladi.Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarni boshlang'ich ta’lim pedagogikinnovatsiya va integratsiyasi fanining tarixiy taraqqiyoti, rivojlanish tendensiyalari, la’Iimning innovatsion usullaridan foydalanish, dunyo va jahon pedagogikasi yatigiliklaridan foydalangan xolda o'qitishning ilg'or va zamonaviy axborotkummunikatsiyaviy texnologiyalarini tadbiq qilish va amalga oshirishga tayyorlash, pedagogik madaniyatni tarkib toptirish. Fanning vazifasi - talabalaming
16
Xushbaqova Z.__________
Ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o‘rganish, shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash,ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda rivojiangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish,ta’lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash, ilg‘or pedagogik tajribalarni umumiashtirish va amaliyotga joriy etish,pedagogiami pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish, ta’lim-tarbiya birligi liamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi
o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish,o‘qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish,oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etishga tayyorlashdan iborat. “Boshlangich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi ” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida. "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasining paydo bo'lishi va rivojlanishi"; - Boshlang'ich ta'iimni pedagogika sifatida .Boshlang'ich ta'iim pedagogikasining prcdmeti va vazifalari; - Boshlang'ich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy tushunchalari va texnologiyalari"; - Boshlang'ich sinf o'qituvchisining shaxsiy va professional fazilatlari - Bola shaxsining rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi to'g'risida g'oyalar; -sharq va g‘arb pedagoglarining ilg‘or tajribalarini boshlang'ich ta’iimni rivojlantirishga tatbiq qilish; - Boshlang'ich maktabining xususiyatlari; - Boshlang'ich ta'Iimda innovatsiyalar; - Boshlang'ich ta'iim maktabida tarbiyaviy ta'iim texnologiyasi; - Boshlang'ich maktabda Zamonaviy o'quv jarayoni; - Boshlang'ich ta’Iimda pedagogik jiirayonni tashkillashtirish; - Klassik ta'iim ti/.imlarining paydo bo'lishi va rivojlanishi; - Boshlang'ich maktabda o'qitishni rivojlantirish; - Boshlang'ich ta’Iimda innovatsiyalardan qo'llash va foydalanish; - Boshlang'ich ta’iim fanlarini integratsiyalashtirish; -Boshlang'ich ta’limda integratsiyalashtirilgan darslami tashkil qilish haqida boshlang'ich ta’lim va tarbiya
17
Xushbaqova Z.__________
jarayonida milliy g'oya va ma’naviyatimizning boy meroslaridan foydalanish; -o 'z pedagogik faoliyatini rejalashtirish; -boshlang'ich ta’lim tizimida o'qitish va tarbiyalashning (mnviy metod va texnologiyalarini qo'llash; - boshlang'ich sinf o'quvchisini rag'batlantirish, nazorat qilish, iste’dodi, iqtidorini ro'yobga chiqarish bo'yicha) chiqish, ayni zamondajazolashning zamonaviy shakllaridan foydalanish
o ‘quvchilar bilimini baholash; - ota-onalar, jamoa, o‘quvchilar bilan yakka va guruh bo‘lib ishlash; - o‘quvchilar guruhlarini boshqarish; - tanlangan metod va texnologiyalarni joriy qilishda muhitni, vaziyatni baholay olish; -ta’lim va tarbiya jarayonida talab qilingan irodani namoyish qilish, sabr-toqat, qat’iyat, kayfiyatni o‘zgartira olish, javobgarlikni his qilish malakasiga ega bo'lishi kerak.
Boshlangich ta ’lim pedagogikasi fan sifatida. Boshlang‘ich ta ’lim pedagogikasi
faniningmazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining tarixi va rivojlanishi.Fanning maqsad va vazifasi. Shaxs rivojianishining umumiy qonunlari, uning tashxisi to’g'risida g'oyalar.Shaxsiy rivojianish jarayoni shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar muhit, irsiyat, ta’lim tarbiya, shaxsiy faoliyat rivojlanishning yosh va individual xususiyatlari. Boshlang’ich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy tendensiyalari va texnologiyalari. Pedagogik jarayonning zamonaviy tendensiyalari.Pedagogik jarayonda o'quv-pedagogik texnologiyalar.3. Boshlang'ich maktabda pedagogik jarayonni optimallashtirish. Boshlangich sinf o‘qituvchisining bilim va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablar.Sharq va g‘arb tajribalaridan foydalanish. Boshlang'ich sinf o'qituvchisining shaxsi va kasbiga qo‘yilgan talablar. Boshlang'ich maktab o'qituvchisining bilim va ko'nikmalariga qo‘yilgan talablar.O'qituvchi mahoratini shakllantirish. Boshlangich ta ’lim didaktikasi.
D idaktika-ta’lim va o'qitish nazariyasi ekanligi. Didaktikaning maqsad - vazifalari va asosiy tushunchalari. Hozirgi davrdagi didaktika rivojining asosiy yo‘nalishlari.
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida ta’lim qonuniyatlari va qoldalari va prinsiplari.
Boshlang’ich ta’lim metodlari va vositalari. Ta’lim jarayoni -yagona dinamik tizim sifatida. Ta’lim - borliqni bilishning o‘ziga xos shakli sifatida. 0 ‘qitish va o'qitish
18
Xushbaqova Z.__________
jarayonlari tasniflari vaularning ta’lim jarayonidagi o‘zaro aloqadorligi. Sharq va G‘arb mutafakkirlarining ta’lim sohasidagi g‘oyalari. Ta’lim jarayoni va ta’lim oluvchilar ruhiyatidagi o‘zaro aloqadorlik.O‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarining uyg‘unligi. Ta’lim qonuniyatlari va lamoyillari.Boshlang’ich ta’limda ta’lim metodlari va usullaridan foydalanish
haqida ma’lumot.Hozirgi zamon didaktikasi va xususiy metodikasida boshlang‘ich ta’lim metodlarini tavsiflashga turlicha yondashuvlar. Ta’lim metodlari va vositalarining tavsifi. Sharq mutafakkirlarining boshlang‘ich ta’lim tizimida ta’lim metodlaridan foydalanish haqidagi fikriari. Boshlang’ich ta’limda ta’lim metodlarini qo’lashning o'ziga xos xususiyatlari. Ta’lim metodlarini faollashtirish yo’lari. Mustaqil ish va ularningturlari. Boshlang'ich sinf o‘qituvchisining pedagogik mahorati tajribasida ta’lim metodlari samaradorligini oshirish yo’lari. T a’limni
tashkil etish turlari va shakllari. dars - ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Ta’limni tashkil etish haqida tushuncha, uning xilm a- xil turlari. Ta’limni tashkil etish shakllari va ulaming didaktikada rivojianishi.Boshlang’ich ta’limda integratsiyalashgan dars. O‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlari bilim natijalarini tekshirish va tashxis qilishning maqsad va vazifalari. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv-biluv motivlarini shakllantirish. Boshlang’ich ta’limda o‘quvchilaming ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo‘yilgan talablar.
O ‘qituvchi nazorati va o‘quvchilar faoliyatini baholashning uyg‘unligi. Baholash mezonlari vaulardagi xatoliklar.Boshlang’ich sinf o‘quvchilaridao‘quv-biluv
motivlarini shakllantirish imkoniyati,o‘qitish ta’lim jarayoniningtarkibiy qismi sifatida. Mativ va mativatsiya. Boshlang‘ich ta ’limda tarbiya nazariyasi.
Tarbiya jarayoning mazmuni va mohiyati.Tarbiya tamoyillari va metodlari. Tarbiya nazariyasining mohiyati. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi ekanligi. Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalari. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining mazmuni. Tarbiya jarayoni o'qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan hamkorlik jarayoni sifatida.. Tarbiya
19
Xushbaqova Z.__________
jarayonining natijasi. Boshlang’ich ta’limda tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash. Tarbiya va uning turlari. Tarbiya qonuniyatlari. Tarbiya turlari va qonuniyatlari haqida tushuncha. Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar. Tarbiyalanuvchilar ming yosh xususiyatlari. Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari. 0 ‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari. Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik Jarayonning asosiy shakli Mustaqil llkrlovchi erkin shaxsni shakllantirish ta’lim va kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy maqsadi.Axloqiy tarbiyani tashkil etish. BoshlangMch sinf o‘quvchilarini ijtimoiy-axloqiy me’yorlar mazmunidan xabardor etish, axloqiy me’yorlar, axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish. Aqliy tarbiya, tafakkurni shakllantirish, dunyoqarashni rivojlantirish. Pedagogika tarixi fanining predmeti, vazifasi va metodologik asosi. Eng qadimgi xalq og‘zaki ijodiyoti yodgorliklarida inson tarbiyasiga oid fikrlar.
Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari.
Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.
Bola shaxsning ijtimoiy sifatlari.Bola shaxsning ijtimoylashuvi masala yuzasidan muammoli vaziyat. Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
0 ‘qituvchi mehnati, uning o‘zigaxos xususiyatlari va ijtimoiy ahamiyati. Mustaqil 0 ‘zbekiston sharoitida „Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonun va Kadrlar tayorlash milliy dasturi “ da o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar.
4. Boshlang’ich maktabda integrative ta’lim jarayonining uslubiy jihozlanishi.
Mamlakatimizda innovatsiyalarni joriy etishga extiyojlarni tugilishi.Innovatsion jarayonlarning yaratilish boskichlari.Yangi dasturlar, standartlar, darsliklarning innovatsion xarakteri.Innovatsiyalarni yaratish, tohplash, tanlash, kohllash tizimini yaratilishi.Fanda O’qituvchi innovatsion faoliyatining shakllanisb bosqichlarini yaratilishi.Pedagogik innovatsiyani tatbiq etish tohzilmasi (sxemasi)."To’plash", "tanlash", "qo’llash" tushunchalari. Innovatsion jarayonlarni boshqarish algoritmi. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Maktabni rivojlantirish dasturi.Rivojlantirish muhitida maktab ichki ishini tashkil etish.Zamonaviy, ilor
20
Xushbaqova Z._________
innovatsion texnologiyalarni o’zlashtirish va jarayonigatadbiq etish.Maktab hayotini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish va liberallashtirish.Boshqaruv madaniyatini printsiplari. Boshlang‘ich maktabda integratsiyalashgan ta ’limdan
foydalanish. Integratsiyalashgan dars turlari.Zamonaviy darsni o’tkazishda integratsiya.O‘qituvchilarda darsga ichki tayyorgarlikni ta’minlash.Integratsiyalashgan darslami tashkil etishning samaradorligi. Integratsiya-ta’lim jarayonini qulaylashtirishning muhim prinsipi sifatida. Integratsiya haqida umumiy tushuncha.Ta’lim jarayonida integratsiyalashgan darslarni tashkil etish.Boshlangich sinflarda Integratsiyalashgan darslarni rejalashtirish. Seminar mashg’ulotlar bo’yiha ko’rsatma va tavsiyalar. Fan bo‘yicha rejalashtirilgan seminar mashg‘ulotlar davomida nazariy bilimlar mustahkamlanadi. Seminar mashg‘ulotlarda tadbiqlar keng qoilanilayotgan asosiy usullarni o‘rgatishga e’tiborni kuchaytirish lozim. Ma’lum sababalarga ko‘ra
ma’ruzaga kirmagan va murakkab bo‘lgan tushunchalarni seminar mashg‘ulotlarda
ko‘rib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Jarayon o‘qituvchi tomonidan uzluksiz nazorat qilinadi. Boshlang‘ich maktabda integratsiyalashgan ta’limdan foydalanish
Biz integratsiyaning moxiyatini aniqlash jarayonida uning filosofik, pedagogik — psixologik va metodik asoslarini aniqlab oldik. Ma‘lumki, oqitish va tarbiya jarayoni bir —biri bilan uzviy bogliq, lekin inson shaxsining shakllanishida tarbiya ustivor axamiyat kasb etadi. Chunki, tarbiya ta‘lim jarayonining barcha majmuini oz ichiga oladi. Zamonaviy intelektual insonni tarbiyalashda integrativ ta‘limning barcha jixatlari(aqliy, axloqiy, iqtisodiy, mexnat, estetik, gigienik, xuquqiy, jismoniy tarbiya)ni kamrab oladi va ularning ozaro boglikligini ta‘minlaydi. Integrativ ta‘lim jarayonida oquvchi, olamning yaxlitligini, koinot, tabiat konunlarini, tabiat, jamiyat va insonlarning ozaro munosabatlari haqida xar tomonlama bilimlarga ega bolib kamol topadi. Tabiat gozalligini xis qila olish, undan zavqlanish, e‘zozlash konikmalariga ega boladi. Ta‘limning globallashuvi sharoitida fanlararo uzviylikni kengroq qollash ayni zaruriyatdir. Fanlararo uzviylik tamoyiliga tayanish ta‘lim muassasalari oquv jarayoni uchun tatbiqiy tus olishi
21
Xushbaqova Z.__________
lozim. Fanlararo uzviylik tamoyili turdosh oquv predmetlararo munosabatlarning murakkab jihatlarini toliq ozlashtirilishini ta‘minlab, bilimlarning ichki mohiyatiga kirib borishini ta‘minlaydi, natijada turli tizimlar ichki aloqadorlik, integirativ yaxlitlik vujudga keladi. O’quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta‘lim sifatiga kuchli ta‘sir korsatib: - ta‘limni modernizatsiyalash, innovatsion oqitish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi; Fanlararo aloqadorlik ta‘minlangan holda, darsni tashkil qila olgan oqituvchi oquvchilarda ozining faniga bolgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, mazkur fanni ozlashtirishga yordam beradi. Fanlararo aloqadorlikni tizimli tarzda amalga oshirish natijasida oquv tarbiya jarayonining aloqadorligi sezilarli darajada ortadi. Maktabning asosiy vazifalaridan biri oquvchilarda dunyoga yaxlit, ozaro aloqador bolgan birlik sifatida qarashni, uning global muammolari hamda bu muammolar yechimini kora va tushuna bilishni shakllantirishdan iborat. Ta‘lim mazmunida inson va uning dunyoga bolgan munosabati: ―inson va tabiat, ―inson va jamiyat, ―inson va inson, ―inson va texnika, ―tabiat-insontexnika-atrof-muhit‖
muammosi tobora markaziy orin egallamoqda. Tabiatni organuvchi fanlarni bir sinfda bir marta organib bolmaydi. Uni bogcha, maktab, tizimida uzluksiz va uzviylik asosida organmoq zarur. Tabiiy fanlar ta‘limi mazmuni inson va tabiat aloqadorligi atrofidagi muammolarni organuvchi turli oquv fanlariga oid bilimlar uzviyligi va integratsiyasini aks ettirmogi lozim, bu esa tabiiy fanlarga oid bilimlarni sifat jihatdan yangi ozgarishlarga olib keladi. Bu bilimlar oziga xos sintez, tabiiy fanlarga oid bilimlar va insonparvar yonalishlar majmui sifatida namoyon boladi. Ularning tafakkurning tizimli va ehtimolli uslubi sifatida tavsiflanishi tabiiy bilimlarning ajralib turadigan xususiyatlari sirasiga kiradi. Aynan uzviylik asosida tashkil etilgan integratsiya biosferani ilmiy bilish, inson faoliyatini organish, tinchlik uchun kurash boyicha global masalalarning yechimini topishda tabiiy fanlarning ornini samarali tarzda belgilab berish mumkin. Pirovard natijada, bu barcha maktab oquv fanlaridagi maxsus bilimlar bilan umumiy-madaniy bilimlar ortasidagi ozaro nisbatning uzviylik asosida ozgarishiga (keyingilarining foydasiga)
22
Xushbaqova Z.__________
olib keladi. Shu tariqa, uzviylik asosida tashkil etilgan integratsiya tabiiy fanlar ta‘limi mazmunini insonparvarlashtirishning asosiy mexanizmi sifatida namoyon bo’ladi. Tadqiqotlarimiz tabiatshunoslik ob‘ektlarini «tabiat – fan – texnika – jamiyat – inson» uzviylik tizimida organish tabiiy fanlar ta‘limi mazmunini insonparvarlashtirishning yagona metodologik asosi bolib hisoblanishini korsatib berdi.Integratsiyalashgan dars turlari. Integratsiyalashgan darslarni tashkil etishning samaradorligi. Integratsiyalashgan dars.Boshdan integratsiyalashgan kurs- bu sinfdan tashqari o’qish.Bu yerda yaxlit jarayon kechadi: -kitob o’ish asbobi sifatida o’ish darslarida olgan o’qish ko’nikmalarinitakomillashtirish; -matn ustida ishlash; -suhbatdoshlar doirasini tanlash kabi kitoblarni tanlash. Tekshiruvlar ko’rsatishicha integral yondashuvni amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalarga: 1.Evristik suhbatlar; 2.Umumiy suhbatlar; 3.Ekskursiyalar; 4.Ona tili tabiatshunoslik darslarida kuzatishlar,badiiy asarlar materiallari asosida nutq o’stirish uchun yozilgan ijodiy ishlar; 5.Ta’limning ko’rgazmali metodlari; 6.Mustaqil ishlar; 7.O’qish,matematika darslarida og’zaki rasm chizish; 8.Imo-ishorali ko’rinishlar(pantomimalar); 9.Tabiatshunoslik darslarida tabiat tasvirlarini
ifodali o’qish; 10.Ona tili darslarida tabiatshunoslikka oid diktantlar,matnlar yozish(shu sinfga tegishli orfagrammalarni takrorlagan holda); 11.O’lkashunoslik asosida matematik masalalarni hal qilish,yechish va boshqalar.
23
Xushbaqova Z.__________
Xulosa va tavsiyalar
Boshlang’ich sinf ta’limida o’quv jarayonini tashkil etish holati jiddiy
bo’lib, o’quv faoliyatini bosqichma-bosqich amalga oshiradi. Chunki bu davrda
o’quvchining ta’lim tushunchalarini qabul qilish salohiyati yuqori saviyada
bo’lib, ularni muntazam ravishda nazorat qilib borish lozim bo’ladi.
Darslarda ko’proq ularni qiziqtirish uchun innovastion texnologiyalardan
foydlanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, hamkorlikka asoslangan
o’quvchilarning faolligini oshirishga mo’ljallangan o’quvchilarni boshqarish
fikrini eshitish, tushunish, hurmat qilish, o’zgalar manfaati bilan hisoblashish,
ularga o’rgatish, ta’sir qila olish, o’zining va boshqalarning, mehnatini sezish,
his qilish, o’zini boshqarish fikrini aniq, lo’nda va puxta bayon eta olishga
o’rgatishdan iboratdir.
Ayniqsa, biz yuqorida ko’zda tutgan o’qish, ona tili, matematika, tabiat darsida innovastion texnologiyalardan foydalanamiz. O’qitish nutqiy, aqliy, fikriy holatlarni rivojlantirish, ularda bilim, ko’nikma, kategoriyalarni tez shakllanadi. Chunki o’qish darslarining to’la mazmuni o’quvchi shaxsini axloqiy shakllantirishga qaratilgan bo’lib, boshqa darsliklar bilan inegrastiyalashib ketganini ko’ramiz.
Xulosa qilib aytganda, dars davomida o’quvchining ta’lim faoliyati
innovastion texnologiyalar asosida amalga oshirilsa, uning axborotni qabul
qilishi oson kechadi va ta’lim samaradorligi ortadi.
24
Xushbaqova Z.__________
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Barkamol avlod - O’zbekistoi taraqqiyotning poydevori.
2. Sayidaxmedov N.S. Oliy pedagogik ta`limda integral texnologiyalar.
3. 0chilov M. YAngi pedagogik texnologiyalar.
4. Yo’ldoshev J. Xorijda ta`lim. Integratsiyalashgan va maxsus kurslar.
5. O’.AsqarovaG. G.Egamberdieva Boshlang’ich ta`limda integratsiya.
6. R.A. Mavlonova, N.H. Rahmonqulova Boshlang’ich ta`limning integratsiyalashgan pedagogika“ILM ZIYO”
R.A.Mavlonova,D.Abdurahimova. Pedagogik mahorat. 0 ‘quv qo‘llanma
S.Nishonova, M.lmomova, R.Xasanov. Pedagogika tarixi. Darslik 0‘qituvchi
M.Ochilov. Muallim qalb me’mori. 0 ‘quv qo’llanma 0‘qituvchi.
25
Xushbaqova Z.__________
Dostları ilə paylaş: |