Кредит линияси очилган холда ссуда хисобраками буйича


SHARTNOMANI O‘ZGARTIRISH YOKI BEKOR QILISH TARTIBI



Yüklə 42,23 Kb.
səhifə5/6
tarix16.09.2023
ölçüsü42,23 Kb.
#144204
1   2   3   4   5   6
Армугон

6. SHARTNOMANI O‘ZGARTIRISH YOKI BEKOR QILISH TARTIBI.


6.1. Ushbu shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular yozma ravishda rasmiylashtirilgan va taraflar tomonidan imzolangan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
6.2. Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga taraflarning kelishuviga muvofiq yoki O‘zbekiston Respublikasini amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, yetkazilgan zarar qoplangan holda yo‘l qo‘yiladi.
6.3. Buyurtmachi xizmatlarning belgilangan bahosini to‘liq to‘lash sharti bilan ushbu shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma Ijrochining aybli harakatlari tufayli bekor qilingan hollar bundan mustasno.
6.4. Ijrochi ushbu shartnoma bekor qilinishi tufayli buyurtmachiga yetkazilgan zararning hammasini to‘lash sharti bilan ushbu shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma Buyurtmachining aybi bilan bekor qilingan hollar bundan mustasno.
6.5. Shartnomani bekor qilish haqida qarorga kelgan taraf ikkinchi tarafga 10 kun oldin yozma bildirishnoma yuborishi shart.
7. FORS-MAJOR HOLATLARI
7.1. Agar ushbu shartnoma imzolangandan so‘ng, Taraflarning erki va istagiga bog‘liq bo‘lmagan hamda oldindan ko‘ra bilish yoki oldini olib bo‘lmaydigan, favqulodda vaziyatlar oqibatidagi engib bo‘lmas kuch tufayli Taraflar mazkur shartnoma bo‘yicha olgan majburiyatlarini qisman yoki to‘liq bajara olmasalar (fors-major), buning uchun ular javobgar bo‘lmaydilar.
7.2. Quyidagilar favqulodda vaziyatlar (fors-major) bo‘lib hisoblanadi: suv toshqini, yong‘in, zilzila, portlash, bo‘ron, er ko‘chkisi, epidemiya va boshqa tabiat hodisalari, urush yoki harbiy harakatlar, fuqarolik tartibsizliklari, terrorchilik harakatlari.
7.3. Fors-major xolatlari yuzaga kelganda majburiyatlar bajarish muddati bunday xolatlar va ularning oqibatlari davom etgan vaqtga mutanosib ravishda kechiktiriladi.
7.4. Taraflar fors-major xolatlari vujudga kelganligi va tugaganligi xaqida zudlik bilan bir-birlarini yozma ravishda xabardor qilishlari lozim.
7.5. Fors-major xolatiga asoslanayotgan taraf, vakolatli davlat idorasining bunday xolatlarni vujudga kelganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatini taqdim etishi shart.
7.6. Agar uch oydan ortiq muddat davomida shartnomaviy majburiyatlarni to‘liq yoki qisman bajarish imkoni bo‘lmasa, ushbu shartnoma taraflarning kelishuviga ko‘ra to‘liq yoki qisman bekor qilinishi mumkin.



Yüklə 42,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin