“Uzbekistan-China: development of cultural, historical, scientific and economic relations” VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7 494
w www.oriens.uz November 2022 Adabiyotlarda keltirilishicha, jahon amaliyotida klaster siyosati olib boriladigan ikkita model
mavjuddir. Birinchisi liberal model bo‘lib (AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada), unda
klaster bozorning tarkibiy qismi hisoblanadi va federal hokimiyatning roli uning tabiiy rivojlanishi
uchun to‘siqlarni olib tashlashdan iborat hisoblanadi. Ikkinchi model esa “derijyor” model
(Yaponiya, Koreya Respublikasi, Singapur, Shvetsiya, Fransiya, Finlandiya, Sloveniya) bo‘lib,
unda davlat klasterlarni yaratish va rivojlantirishda faol ishtirok etadi [5].
Klasterlarni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha jahon mamlakatlari tajribasiga qisqacha
nazar solsak, ko‘rishimiz mumkinki, klasterlashtirish siyosati mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish
darajasi va tipi, imkoniyatlari va klasterlashtirishdan ko‘zlangan maqsadlardan kelib chiqib turlicha
xususiyatlarga egadir. Xususan, Yevropa Ittifoqida klaster siyosatining maqsadimintaqa bo’ylab
klasterlarni rivojlantirish hamda ularning innovatsion sig’imkorligi, raqobatbardoshligini oshirish
hisobalanadi va klasterlashtirish rivojlanayotgan sanoatlar va mintaqa doirasidagi hamkorlik,
klasterlarni xalqaro doiraga olib chiqish, klasterlarni mukammallashtirish jarayonlarini qamrab
oladi [6]. Mintaqadagi raqobatbardosh bir qancha agrosanoat klasterlari mavjud mintaqaKataloniya
bo‘lib, Kataloniyada klasterlarni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash tashabbuslari 1992-yildan
boshlangan va klaster siyosatining maqsadi biznes raqobatbardoshligini oshirish hisoblanadi.
Kataloniya klasterlarining muvaffaqiyatiga davlat va xususiy sektor hamkorligi, ya’ni tashabbuslar
davlat tomonidan ilgari surilganligi va xususiy yetakchilik mavjud sohalarda amalga oshirilganligi
sabab bo’lib, Kataloniya klaster siyosati 4 ta muhim ustunlarga tayanadi [7]:
• Xalqaro hamkorlik (xalqaro loyihalarda ishtirok etish, xalqaro maydonda klasterlararo
hamkorlikni rivojlantirish);
• Klaster dasturlarini doimiy takomillashtirib borish (innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash,
doimiy yangilanishlar orqali tajribani oshirib borish, davlat va xususiy sektor hamkorligini
ta’minlash va sh.k.);
• Baholash va faoliyatni yoritish (baholash me’zonini o‘rnatish, klaster doirasidagi
tadbirlarni yoritish, “World class clusters” dasturi veb-sahifasini olib borish);
• Strategik o‘zgarishlar va klasterlararo hamkorlik (raqabatbardoshlikning asosi sifatida
tarmoqlararo va klasterlararo stragetik o‘zgarishlarni amalga oshirish; grantlar ajratish).
AQSHda iqtisodiy klasterlar bir necha o‘n yilliklardan buyon rivojlanib kelayotganiga
qaramasdan, ta’kidlash lozimki mamlakatda bugungi kunda ham klasterlarning barcha
xususiyatlarini aniqlovchi yagona model, yagona klaster siyosati mavjud emas [8]. Mamlakatda
klasterlarning tabiiy ravishda shakllanib, rivojlanishiga bir qancha omillar sabab bo‘lib, klasterlarni
shakllantirish va qo’llab-quvvatlash siyosati quyidagi omillar bilan bog‘liq bo‘lgandir [9]: federal
hukumat tomonidan importga qo‘yiladigan qattiq cheklovlar; texno parklarni yaratish; hukumatda
ishlab chiqarish sektorining qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash; korxonalarning kapitalida davlat
ulushining mavjudligi; texnikaga ixtisoslashgan maktab va kollejlarning shakllantirilishi; amaliy
tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash va boshqalar.
Rossiyada esa klasterlarni shakllantirish 2000-yillardan boshlangan va bugungi kunda
klasterlarni
takomillashtirish
siyosati
Rossiya
iqtisodiyotini
rivojlantirishning
asosiy
mexanizmlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda [10].Mamlakat hukumati tomonidan iqtisodiy
klasterlarni shakllantirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilayotganiga qaramasdan, Rossiyada
klaster rivojlanishi bilan bog‘liq bir qancha muammolar mavjud. Ba’zi olimlar klaster rivojida
klaster tashkiliy tuzilmasining o‘ta murakkabligi, mahalliy iqtisodiyot tarmoqlari bilan hamkorlik
qilish, ularni boshqarishda muammolar mavjudigi ta’kidlasalar [11], ba’zilari, mazkur dasturlarga
umumiy axborot maydoni etishmasligi, klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha
mamlakatning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmagani [12] va klasterlar mamlakatning butun
hududini to‘liq qamrab olmaganini ta’kidlaydilar [13].