Kimyoviy formulalar bo‘yicha hisoblashlar. Massa ulush



Yüklə 17,59 Kb.
tarix19.05.2022
ölçüsü17,59 Kb.
#58634
asosiy qonunlar


KIMYOVIY FORMULALAR BO‘YICHA HISOBLASHLAR. MASSA ULUSH
1.2.1. KIMYOVIY MODDA TARKIBIDAGI ELEMENTNING VA
ARALASHMA TARKIBIDAGI MODDANING MASSA ULUSHI

Massa ulush berilgan tarkibiy qism massasining (m) modda umumiy massasiga (m() nisbatiga teng:


, (1.8)
bu erda ( massa ulush, olchamsiz kattalik, foizlarda ifodalash uchun 100 ga ko‘paytiriladi; m - aralashma (yoki eritma) tarkibidagi tarkibiy qismning massasi, kg, g, t ; m( - aralashma yoki eritmaning massasi, kg, g, t.
Ushbu formulaga mos ravishda modda tarkibiga kirgan element atomining massa ulushi ham aniqlanishi mumkin, buning uchun bu formulaga ayrim ozgartishlar kiritamiz:
(1.9)
1.27. KMnO4 tarkibidagi elementlarning massa ulushlarini hisoblang.
Yechish: Masalani yechish uchun (1.9) formuladan foydalanamiz:
yoki 24,7 %; yoki (Mn=34,8 %; yoki (O=40,5 %.(
1.28. NaPO3 tarkibidagi elementlar atomlarining massa ulushlarini toping. (Javob: Na - 22,55 %; P -30,39 %; O - 47,06 %).
1.29. Na2S2O3 tarkibidagi elementlarning massa ulushlarini toping. (Javob: Na - 29,11 %; S - 40,51 %; O - 30,38 %).
1.30. Magniy sulfat kristallgidrati (MgSO4·7H2O) tarkibidagi suvning massa ulushini toping. (Javob: 51,22 %).
1.31. Tarkibida 35 % FeO va 65 % Fe2O3 bolgan 120 g aralashma tarkibidagi temirning massasini hisoblang.
Yechish: Eng avvalo (1.5) formula yordamida aralashma tarkibidagi har bir tarkibiy qismning massasi hisoblanadi.
mFeO=(m(=0,35.120=42 g,
m(Fe2O3)=(m(=0,65·120=78 g.
Masalaning davomi proporsiya bilan yechilsa: MFeO=72, bolganligi uchun 72:42=56:x; x=42.56/72=32,67 g Fe bor. 160:78=112:x; x=54,6 g. Fe bor.
Temirning jami massasi m=32,67+54,6=87,27 g.
1.32. Tarkibida 14 % pirolyuzit (MnO2) bolgan 5 t ruda tarkibida qancha massa marganets bor? (Javob: 442,5 kg).
1.33. Tarkibida 60 % magnitli temirtosh (Fe3O4) bolgan 2,5 t temir rudasidan qancha temir olish mumkin? (Javob: 1,1 t).
1.34. Qisman oksidlangan rux metali kukuni tarkibida 0,5 % kislorod borligi aniqlangan bolsa, shu namunadagi rux metalining massa ulushini hisoblang.
Yechish. Ushbu turdagi masalalarni yechishda malum miqdor namuna (ixtiyoriy) tanlab olinadi. Masalan, 100 g namuna olingan bolsa, uning tarkibidagi kislorodning massasi:
m(O)=((O).m(=0,005.100=0,5 g
aniqlanadi. Songra aralashmadagi metall oksidining massasi quyidagi proporsiya asosida topiladi: 81:x=16:0,5 g; x=2,5 g.
Endi aralashmadagi sof metalning massasini hisoblash mumkin: m(Zn)=m(-m(ZnO)=100-2,5=97,5 g.
Metalning massa ulushi:
yoki 97,5 %.
1.35. Qisman oksidlangan magniy metali kukuni tarkibida 2 % kislorod bolsa, namuna tarkibidagi magniy metalining massa ulushini toping. (Javob: 95 %).
1.36. Tarkibida 0,85 % bog‘langan kislorod bo‘lgan alyuminiy metali parchasidagi metallning massa ulushini hisoblang. (Javob: 98,2 %).

1.2.2. KIMYOVIY BIRIKMALARNING FORMULALARINI


CHIQARISH
Kimyoviy birikmalarning eng oddiy formulalari ular tarkibiga kiruvchi elementlarning massalari, massa nisbatlari yoki massa ulushlari asosida topiladi. Agar modda tarkibida ikkita element bolsa, bittasining massa ulushi berilganda, ikkinchisiniki ayirma shaklida topiladi. Ayrim hollarda modda tarkibiga kiruvchi tarkibiy qismlarning massa nisbatlari berilgan boladi. Eng oddiy formulani topish uchun modda miqdori yoki unga ekvivalent kattalik bolgan hisoblanadi. Hosil bolgan qiymatlar eng kichigiga bolinganda butun sonlar hosil bolishi kerak. Agar modda miqdorlari yoki kattaliklar eng kichik qiymatga bolinganda butun sonlar hosil bolmasa, umumiy boluvchi topiladi.
1.37. Tarkibida 39,7 % kaliy, 27,9 % marganets va 32,4 % kislorod bolgan moddaning eng oddiy formulasini toping.
Yechish: Moddaning umumiy formulasini KxMnyOz deb olsak, .
Demak, moddaning formulasi K2MnO4 ekan.
1.38. Agar oksid tarkibidagi fosforning massa ulushi 56,4 % va kislorodniki 43,6 % bolsa, oksidning eng oddiy formulasini toping.
Yechish: PxOy formuladagi indekslar quyidagicha topiladi:

Bu sonlarni eng kichigiga bolganda ham butun sonlar hosil bolmaydi. Shuning uchun umumiy boluvchi 0,9 topiladi:

Demak, moddaning eng oddiy formulasi P2O3 ekan.
1.39. Oksidlar tarkibiga kiruvchi elementlarning massa ulushlari mos ravishda quyidagicha a) (S=50,0%, b) (Mn=49,6%, c) (C=42,8%, d) (Pb=86,6%, e) (Cu=80,0 % bolsa, ularning eng oddiy formulalarini toping. (Javob: a SO2; b Mn2O7; c CO; d PbO2; e CuO).
1.40. Tarkibi quyidagicha bolgan gidroksidlarning eng oddiy formulalarini toping:
a) (Mn=61,8 %, (O=36,0 %, (H=2,3 %;
b) (Sn=77,7 %, (O=21,0 %, (H=1,3 %;
c) (Pb=75,3 %, (O=23,2 %, (H=1,5 %.
(Javob: a Mn(OH)2, b Sn(OH)2, c Pb(OH) 4).
1.41. Tarkibi quyidagicha bolgan kislotalarning eng oddiy formulalarini toping:
a) (H=0,021, (N=0,298, (O=0,681;
b) (H=2,4%, (S=39,1%, (O=58,5%;
c) (H=3,7%, (P=37,8%, (O=58,5%.
(Javob: a HNO2; b H2SO3; c H3PO3).
1.42. Tarkibi quyidagicha bolgan tuzlarning eng oddiy formulalarini toping:
a) (N=35,0 %, (O=60,0 %, (H=5,0 %;
b) (Mg=9,9 %, (S=13,0 %, (O=71,4 %, (H=5,7 %;
c) (K=39,67 %, ((Mn=27,87 %, ((O=32,46 %.
(Javob: a NH4NO3; b MgSO4·7H2O; c K2MnO4).
1.43. Tabiiy marvaridda kalsiy, uglerod va kislorodning massa nisbatlari 10:3:12. Marvaridning eng oddiy formulasi qanday boladi?
Yechish: Masalani yechish uchun massa nisbatga togri keladigan qiymatni har bir atomning nisbiy atom massasiga bolamiz:

Demak, marvaridning eng oddiy formulasi CaCO3 ekan.


1.44. Chumoli kislotada vodorod, uglerod va kislorodning massa nisbatlari 1:6:16. Bu moddaning eng oddiy formulasini toping. (Javob: HCOOH).
1.45. Temir oksidida temir massasining kislorod massasiga nisbati 7:3 bolsa, oksidning eng oddiy formulasi qanday boladi? (Javob: Fe2O3).
1.46. Oltingugurt oksidida oltingugurt atomi massasining kislorod atomi massasiga nisbati 2:3 bolsa, shu oksidning eng oddiy formulasi qanday boladi? (Javob: SO3).
1.47. 20 g massali oltingugurt 30 g massali kislorodga togri kelsa, shu oksidning eng oddiy formulasi qanday boladi?
Yechish: Masalani yechish uchun nisbat tuziladi va har bir elementning modda miqdorlari topiladi: 0,625:1,875=1:3. Demak, oksidning formulasi: SO3.
1.48. 18 g massali alyuminiy 6 g massali uglerod bilan birikma hosil qilgan bolsa, shu moddaning eng oddiy formulasini toping. (Javob: Al4C3).
1.49. Oksid tarkibidagi 12,8 g misga 1,6 g kislorod togri keladi. Shu oksidning eng oddiy formulasini toping. (Javob: Cu2O).
1.50. Oksid tarkibida 16,8 g temir va 6,4 g kislorod borligi malum bolsa, uning formulasi qanday boladi? (Javob: Fe3O4).
1.51. Massasi 49 g bolgan oltingugurtning xlorli birikmasida 6,4 g oltingugurt va 42,6 g xlor bor. Shu moddaning formulasi qanday? (Javob: SCl6).
1.52. Natriy sulfat kristallgidrati Na2SO4.xH2O tarkibida 55,9 % H2O bor. x ni toping.
Yechish: Masalani yechishda Na2SO4 va H2O ning massa ulushlarini ular molekulyar massalariga bolamiz: (Na2SO4)x(H2O)y va Demak, n=10 ekan.
1.53. Temir (II) sulfat (FeSO4.xH2O) kristallgidrati tarkibidagi suvning massa ulushi 0,453 ga teng bolsa, x ni toping. (Javob: n=7).
1.54. Cr2(SO4)3.xH2O tarkibidagi suvning massa ulushi 0,4525 bolsa, x topilsin. (Javob: 18).
1.55. K2S.xH2O da suvning miqdori 45 % bolsa, uning formulasi tarkibidagi x qanchaga teng. (Javob: x=5).
1.56. Natriy gidrofosfat (Na2HPO4.xH2O) kristallgidrati tarkibida 65,67 % kislorod bolsa, kristallgidrat tarkibidagi x ning qiymati nechaga teng?
Yechish: Moddaning molekulyar massasini quyidagi formulalar yordamida hisoblaymiz:
Mr=(1Ar(Na)+Ar(H)+Ar(P)+(2Ar(O)+x[(3Ar(H)+(4Ar(O)]:
va Mr=142+18x.
Bu ikkala qiymat teng bolganligi uchun ularni

tarzda yozib, tenglamani yechsak: x=7 boladi.


1.57. Elementlarning massa ulushlari boyicha kristallgidratlar tarkibidagi x ni aniqlang:
MgBr2(xH2O, (Br=54,79 %;
b) MgCl2(xH2O, (Cl=34,98 %;
c) Fe(NO3)3(xH2O, (N=10,4 %;
d) Al2(SO4)3((NH4)2SO4(xH2O, (S=14,11 %.
(Javob: a, b ( 6; c ( 9; d ( 24).
1.58. Kristallgidrat tarkibidagi vodorodning massa ulushi boyicha x ni aniqlang:
Na2HPO4(xH2O, (H=6,98 %;
b) NaH2PO4(xH2O, (H=3,85 %;
c) (NH4)2C2O4(xH2O, (H=7,04 %;
d) Al2(SO4)3((NH4)2SO4(xH2O, (H=6,18 %;
e) MgSO4(xH2O, (H=5,69 %.
(Javob: a ( 12; b ( 2; c ( 1; d ( 24; e ( 7).
1.59. Kristallgidrat tarkibidagi kislorodning massa ulushi boyicha x ni aniqlang:
Li2SO4(xH2O, (O =62,5 %; b) Cr2(SO4)3(xH2O, (O=67,04 %;
c) MgSO4(xH2O, (O=71,54 %; d) Na2SO4(xH2O, (O=69,56 %;
e) Mg(NO3)2(xH2O, (O=75 %; f) FeSO4(xH2O, (O=63,31 %;
g) Fe2(SO4)3(K2SO4(xH2O, (O=63,69; h) Fe(NO3)2(xH2O, (O=66,67 %;
i) Fe(NO3)3(xH2O, (O=68,57 %; j) Fe(NO3)3(xH2O, (O=71,29 %;
k) Al2(SO4)3(K2SO4(xH2O, (O=67,44 %;
l) Al2(SO4)3((NH4)2SO4(xH2O, (O=70,56 %;
m) Bi(NO3)3(xH2O, (O=46,19 %; n) FeCl2.xH2O, (O=32,16 %.
(Javob: a (1; b (18; c, f (7; e 6; d (10: g, k, l (24: h, i (6: j (9; m (5; n (4).

EKVIVALENT. EKVIVALENTLAR QONUNI

Element ekvivalentining molyar massasi ( bundan keyin qisqalik uchun ekvivalenti), uning nisbiy atom massasi (Ar) va shu birikmadagi valentligi B orasida quyidagicha bogliqlik bor:

Kislota, asos va tuzlar ekvivalenti ular molekulyar massalarining negizligiga b nisbati shaklida aniqlanadi:

Almashinish reaksiyalarida qatnashadigan kislota, asos yoki tuzlarning ekvivalenti shu reaksiyada qatnashadigan bir valentli ionlar soni asosida topiladi. Masalan, 1 mol H2SO4 1 mol NaOH bilan tasirlashsa, kislota ekvitvalenti
, g/mol
2 mol NaOH bilan tasirlashganda esa
, g/mol
boladi.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida qatnashadigan moddalar ekvivalentlarini topish uchun ularning molekulyar massalari shu reaksiyada qatnashadigan (modda bergan yoki qabul qilgan) elektronlar soniga bolinadi. Birikmaning ekvivalenti deganda, uning tegishli reaksiyada vodorodning bir ekvivalenti (1,008 massa qismi) yoki kislorodning bir ekvivalenti (8 massa qismi) yoxud boshqa moddaning bir ekvivalenti bilan reaksiyaga kirishadigan miqdori tushuniladi. Xulosa qilib aytganda, moddalar bir-biri bilan ekvivalentlariga mutanosib miqdorlarda reaksiyaga kirishadilar. Shunga kora quyidagini yozish mumkin:

Bu formula asosida faqat moddaning massasi, massa ulushi va ekvivalenti hisoblanib qolmasdan, uning tabiati, yani qaysi element yoki moddaligi ham aniqlanadi.


1.60. Alyuminiy oz birikmalarida uch valentli, uning ekvivalenti qayday boladi?
Yechish:
1.61. Xrom (III) oksidda xromning ekvivalenti qanday?
(Javob: 17,3).
1.62. Oltingugurt (IV) oksidda oltingugurtning ekvivalenti qanday? (Javob: 8).
1.63. Titan (IV) oksidda titanning ekvivalenti qanday? (Javob: 12).
1.64. Sulfat kislotadagi vodorod atomlari toligicha almashsa, H2SO4 ning ekvivalenti qanday boladi?
Yechish:
1.65. Ca(OH)2 ning ekvivalenti qanday? (Javob: 37).
1.66. Na2SO4 ning ekvivalenti qanday? (Javob: 71).
1.67. KMnO4 kislotali muhitda Mn2+ gacha qaytariladi. Shu modda ekvivalentining molyar massasi qanday boladi?
Yechish:
1.68. K2Cr2O7 kislotali muhitda Cr3+ gacha qaytariladi. K2Cr2O7 ekvivalentining molyar massasi qanday boladi?
(Javob: 49).
1.69. KBrO3 qaytarilganda Br- hosil bolsa, moddaning ekvivalenti qanday boladi? (Javob: 27,83).
1.70. Massasi 5,6 g bolgan nomalum ikki valentli metall 1,6 g kislorod bilan oksid hosil qilgan. Bu qaysi metall?
Yechish: Masalani yechish uchun formuladan foydalanamiz va nomalum moddaning ekvivalentini aniqlaymiz:

Element atomining ekvivalenti asosida, uning nisbiy atom massasini topamiz:


Demak, nomalum metall temir ekan.
1.71. Massasi 400 g bolgan ikki valentli metall 320 g massali oltingugurt bilan tasirlashib, sulfid hosil qilgan bolsa, bu qaysi metall ekanligini aniqlang. (Javob: kalsiy).
1.72. E2O5 tarkibli oksid hosil qiladigan 10,33 g elementga 12 g magniy togri keladi. Bu qaysi element? (Javob: fosfor).
1.73. Oksidining tarkibi R2O3 bolgan elementning 32 g miqdoriga 9,6 g kislorod togri kelsa, bu qaysi element?
(Javob: brom).
1.74. Oksidlanish darajasi +4 bolgan elementning xlorli birikmasi tarkibida 92,21 % xlor bor. Bu qaysi element?
Yechish: Masalani yechish uchun elementning massa ulushini topamiz: (A=100-92,21=7,79 %. Endi formuladan foydalanib, elementning ekvivalentini hisoblaymiz:

Demak, nomalum element uglerod ekan.


1.75. 0,7 g ikki valentli metall kislota bilan tasirlashganda 0,28 l vodorod ajralib chiqqan bolsa, qaysi metall kislota bilan tasirlashgan? (Javob: temir).
1.76. Vodorod bilan RH4 tarkibli birikma hosil qiladigan elementning oksidi tarkibida 53,3 % kislorod boladi. Shu elementning nomini ayting. (Javob: kremniy).
1.77. Yuqori oksidi RO3 bolgan elementning vodorodli birikmasi tarkibida 2,47 % vodorod bolsa, bu qaysi element? (Javob: selen).
1.78. Noma‘lum elementning vodorodli birikmasi H2X formulaga javob beradi, uning kislorodli birikmasi tarkibida 20,0 % kislorod bor. Bu qaysi element?
Yechish: Masalani yuqoridagiday yechish mumkin, bunda:

boladi. Qaysi element haqida gap yuritilayotganligini topish uchun bu qiymatni galma-gal 2, 3, 4 va h.k. sonlarga kopaytiramiz: Ar=32.2=64. Nisbiy atom massasi 64 bolgan mis elementi vodorodli birikma hosil qilmaydi. Ar=32.3=96. Nisbiy atom massasi 96 bolgan molibden elementi ham vodorodli birikma hosil qilmaydi. Ar=32.4=128. Nisbiy atom massasi 128 bolgan element tellurning vodorodli birikmasi H2X formulaga togri keladi. Demak, bu element tellur ekan.


1.79. VA guruh elementlaridan birining kislorodli birikmasi tarkibida 74,07 % kislorod bolsa, bu qaysi element?
(Javob: azot).
1.80. Valentligi 3 ga teng bolgan metall oksidining 40 g massasini qaytarish uchun 1,5 g vodorod sarflangan. Bu qaysi metall?
Yechish: Eng avvalo reaksiya tenglamasini tuzamiz:
Me2O3+3H2=2Me+3H2O.
Masalani reaksiya tenglamasi boyicha yechish mumkin, buning uchun proporsiya tuzamiz:
40:x=1,5:6,0; x=160 g.
Demak, oksidning molekulyar massasi 160 ekan. Endi molekulyar massani topish formulasi asosida:
Mr(Me2O3)=2Ar(Me)+3Ar(O)=160
ni yozish mumkin.
Bundan , yani uch valentli metall temir ekanligi malum boladi.
1.81. Nomalum xlorid tuzi tarkibida 31 %, nisbiy atom massasi 47,9 ga teng metall bolsa, shu metallning valentligi qanday boladi?
Yechish:
formuladan Demak, metall uch valentli ekan.
1.82. Sulfat kislotada 1,68 g nomalum metall eritilganda metalning 4,56 g massali sulfati hosil bolgan. Metallning ekvivalentini aniqlang.
Yechish: 1,68 g massali metall 4,56 g massali sulfat hosil qilgan, shu sulfatga qancha sulfat ion togri kelishini topamiz:
m(SO42-)=m(MeSO4)m(Me)=4,561,68=2,88 g.
Demak, 1,68 g metallga 2,88 g sulfat ion togri kelar ekan. Bundan 96:2,88=98:x; x= 2,94 g sulfat kislotaga togri keladi.
Metallning ekvivalenti:
1.83. 5,64 g metall nitrati konsentrlangan sulfat kislota bilan ishlanganda, shu metalning 4,8 g sulfati hosil bolgan bolsa, qaysi metalning nitrati olingan?
Yechish: Metall nitratining massasi sulfatining massasidan katta. Demak, metall bir valentli emas.
Agar metall ikki valentli bolsa:
Me(NO3)2+H2SO4(MeSO4+2HNO3
reaksiya sodir boladi. Nitrat va sulfatning molekulyar massalarini M[Me(NO3)2]=Me+2·62; M(MeSO4)=Me+96 topib, proporsiya tuzsak:

Bundan Ar(Me)=64. Bu yechim masala shartini qanoatlantiradi. Demak, metall mis bolishi mumkin.


Agar metall uch valentli bolsa:
2Me(NO3)3+3H2SO4(Me2(SO4)3+6HNO3
reaksiya sodir boladi. Nitrat va sulfatning molyar massalari asosida proporsiya tuzsak:
yoki Ar(Me)=96.
Metall molibden bolishi ham mumkin.
1.84. Tarkibida 10,4 g massali MeCl2 bolgan eritmaga tarkibida 7,1 g M2SO4 bolgan eritma tasir ettirilganda 11,65 g massali MeSO4 hosil bolgan. Qaysi xloridga qanday sulfat tasir ettirilgan?
Yechish: Reaksiya tenglamasi:
MeCl2+M2SO4(MeSO4+2MCl.
MeCl2 ning molekulyar massasi: Mr=Me+71 va MeSO4 ning molekulyar massasi: Mr=Me+96 dan va berilganlardan foydalanib proporsiya tuzsak:
. Bundan Me=137.
Tenglama boyicha proporsiya tuzsak: g/mol.
M2SO4 ning molekulyar massasi: Mr=2M+96. Bundan M=23. Bu natriyga togri keladi. Demak, BaCl2 ga Na2SO4 tasir qilingan va natijada BaSO4 olingan ekan.
1.85. Oltinchi guruh elementining vodorod bilan hosil qilgan birikmasi tarkibida 5,9 % vodorod bolsa, bu qaysi element ekanligini toping. (Javob: oltingugurt).
1.86. 27,4 g ikki valentli metall suv bilan tasirlashganda 4,48 l (n.sh.) gaz ajralib chiqqan bolsa, qanday metall suv bilan tasirlashgan? (Javob: bariy).
1.87. 4 g ikki valentli metall oksidi vodorod bilan qaytarilganda 0,9 g suv hosil bolgan bolsa, qaysi metall oksidi qaytarilgan? (Javob: mis).
1.88. 8,1 g ikki valentli element oksidi bilan tasirlashish uchun 7,3 g vodorod xlorid sarflangan bolsa, qaysi metall oksidi olingan? (Javob: rux).
1.89. 2,08 g nomalum metallning kislota eritmasi bilan tasirlashuvidan 896 ml vodorod ajralib chiqqan bolsa, nomalum metallni aniqlang. (Javob: xrom).
1.90. 20 g massali nomalum ikki valentli metallning suv bilan tasiridan 11,2 l vodorod ajralib chiqqan bolsa, qaysi metall olinganligini aniqlang. (Javob: kalsiy).
1.91. 19,7 g massali ikki valentli metall karbonati parchalanganda 2,24 l uglerod (IV)-oksid hosil bolgan bolsa, qaysi metall karbonati parchalangan? (Javob: bariy).
1.92. Molyar massasi 17 g/mol bolgan 6,8 g nomalum modda kislorodda yondirilganda 5,6 g azot va 10,8 g suv hosil bolgan bolsa, qaysi modda yondirilgan? (Javob: ammiak).
1.93. Massasi 17 g bolgan nomalum modda kislorodda yondirilganda 32 g oltingugurt (IV)-oksid va 9 g suv hosil bolgan bolsa, qaysi modda yondirilgan? (Javob: vodorod sulfid).
1.94. Oksidlanish darajasi +6 bolgan elementdan hosil bolgan 0,8746 g massali ikki negizli kislota parchalanganda shu kislotaning 0,8116 g angidridi hosil bolgan bolsa, qaysi kislota parchalangan? (Javob: H2WO4).
1.95. Massasi 3,2 g bolgan metall suv bilan tasirlashganda 1,792 l (n.sh.) vodorod ajralib chiqqan bolsa, metallning ekvivalentini toping. (Javob: 20).

1.4. KIMYOVIY REAKSIYALARNING TENGLAMALARI

Kimyoviy reaksiyalarning tenglamalari reaksiyaga kirishayotgan va reaksiyada hosil bolayotgan moddalarning formulalari asosida tuziladi va moddalar massasining saqlanish qonuniga binoan tenglashtiriladi. Buning uchun formulalar oldiga koeffitsientlar qoyiladi. Masalan, alyuminiyning oksidlanish reaksiyasi tenglamasini tuzishni qarab chiqsak:
Al+O2(Al2O3,
bu ifodaning chap tomonida bitta Al va ikkita (juft) kislorod bor, ong tomonida esa ikkita Al va uchta (toq) kislorod bor. Eng avvalo, ongdagi toq sonli kislorod atomlarini juftlaymiz, buning uchun Al2O3 ning oldiga 2 raqami qoyiladi, bunda
Al+O2(2Al2O3
hosil boladi. Endi ifodaning chap tomonidagi Al va O2 oldiga mos ravishda 4 va 3 koeffitsientlarini qoyamiz, yani
4Al+3O2(2Al2O3.
Endi tenglamaning har ikkala tomonidagi alyuminiy va kislorod atomlari sonlari tenglashdi.
Modda massasining saqlanish qonuniga kora, reaksiyaga kirgan moddalar massalari yigindisi, reaksiya natijasida hosil bolgan moddalar massalari yigindisiga teng boladi. Kopchilik kimyoviy reaksiyalar (yadro reaksiyalari bundan mustasno) shu qonunga boysunadi. Biroq hamma vaqt ham reaksiyalar oxirigacha bormaydi, natijada reaksiya unumi modda massasining saqlanish qonunidagidan (nazariyaga) kora past boladi. Buni hisobga olish uchun reaksiyaning unumi tushunchasi kiritilgan. Reaksiyaning unumi (() moddaning amaldagi massasining (ma) nazariy olinishi kerak bolgan massasiga (mn) nisbatiga teng bolgan kattalikdir:

Reaksiya unumi foizlarda ham ifodalanadi, bunda tenglama boyicha hisoblab olingan qiymat 100 ga kopaytiriladi. Agar masalaning shartida reaksiya unumi keltirilgan bolmasa, uni 100 % deb olish tavsiya qilinadi.


1.96. 10,4 g massali xrom olish uchun zarur bolgan Cr2O3 va alyuminiynnng massalarini hisoblang.
Yechish: Ushbu masalani proporsiya tuzish va modda miqdorini topish orqali ikki usulda yechish mumkin. Biz quyida bu ikki usulni ham keltirib, ularning qaysi biri qisqaroq ekanligi haqidagi xulosani ozingiz chiqarishga havola qilamiz. Masalani yechish uchun reaksiya tenglamasini tuzamiz:
Cr2O3+2Al=Al2O3+2Cr.
Birinchi usul (modda miqdori boyicha hisoblash): Olinishi kerak bolgan xromning modda miqdorini topamiz:
mol.
Reaksiya tenglamasidan malumki, 2 mol xrom olish uchn 1 mol Cr2O3 va 2 mol alyuminiy metali kerak. Endi Cr2O3 va Al ning massalarini topamiz: g.
mAl=0,2.27=5,4 g.
Ikkinchi usul (proporsiya usuli): Reaksiya tenglamasiga kora proporsiya tuzamiz:
104:10,4=152:x va g Cr2O3 kerak.
104:10,4=54:x va g Al kerak
1.97. 11,2 g temirning suyultirilgan sulfat kislota bilan tasirlashishida qancha hajm (n.sh.) vodorod ajralib chiqadi?
Yechish: Reaksiya renglamasini yozamiz:
Fe+H2SO4=FeSO4+H2.
Normal sharoitda har qanday gazning 1 mol miqdori 22,4 l hajmni egallashini hisobga olib, tenglama boyicha proporsiya tuzsak: 56:11,2=22,4:x; x=4,48 l.
1.98. 22,2 g malaxit [Cu2(OH)2CO3] parchalanganda necha grammdan mis (II) oksid, suv va karbonat angidrid hosil boladi? (Javob: CuO(16 g; H2O(1,8 g; CO2( 4,4 g).
1.99. 1 mol kaliy xlorat (KClO3) parchalanganda qancha massa kaliy xlorid va qancha hajm (n.sh.) kislorod hosil boladi? (Javob: 74,5 g: 33,6 l).
1.100. 5,85 g natriy xlorid hosil qilish uchun qancha massa natriy metali va qancha hajm xlor kerak? (Javob: 2,3 g; 1,12 l).
1.101. Tarkibida 22,2 g kalsiy xlorid bolgan eritmaga mol miqdor natriy karbonat tasir ettirilganda qancha massa kalsiy karbonat chokmasi hosil boladi? (Javob: 20 g).
1.102. 11,9 g massali kaliy bromid olish uchun qancha massa kaliy ishqori va qancha hajm (n.sh.) vodorod bromid kerak boladi? (Javob: 5,6 g; 2,24 l).
1.103. Reaksiya unumi 80 % bolganda 5,6 g KOH bilan mol xlorning tasiridan qancha massadan KClO va KCl hosil boladi? (Javob: KClO : 3,62 g va KCl: 2,98 g).
1.104. Tarkibida 75 % xrom (III) oksid bolgan 250 kg rudadan xromni toliq ajratib olish uchun qancha massa alyuminiy kerak boladi va qancha massa xrom olinadi?
Yechish: Ruda tarkibidagi xrom oksidining massasini topamiz: =0,75.250=187,5 kg.
Endi reaksiya tenglamasini tuzsak:
Cr2O3+2Al=Al2O3+2Cr. =152 g/mol.
152:187,5=54:x; x=66,6 kg Al kerak.
152:104=187,5:x; kg xrom olinadi.
1.105. 5,6 l vodorod sulfidni tarkibida 32,5 g simob (II) nitrat bolgan eritma orqali otkazganda qancha massa chokma hosil boladi?
Yechish: Reaksiyaga kirishuvchi har bir tarkibiy qismning modda miqdorini topamiz:
mol, mol.
Demak, reaksiya uchun olingan vodorod sulfid miqdori simob (II) nitrat miqdoridan kop ekan. Shuning uchun ham hosil bolgan chokmaning massasi simob (II) nitratning miqdori asosida hisoblanishi mumkin: mHgS=0,1.233=23,3 g.
1.106. Tarkibida bariy gidroksid bolgan eritma orqali 11,2 l karbonat angidrid otkazilganda 93,58 g bariy karbonat chokmasi hosil bolgan bo+lsa, shu reaksiyaning unumi qanday boladi? (Javob: 95 %).
1.107. Tarkibida 5 % begona jinslar bolgan 50 g texnik oltingugurtni yondirishda hosil bolgan oltingugurt (IV) oksid natriy gidroksid eritmasi orqali otkazilganda qancha massa natriy gidrosulfit hosil boladi? (Javob: 154,4 g).
1.108. Tarkibida 98 % kalsiy karbonat bolgan marmartoshning 150 kg massasini kuydirganda qancha hajm (n.sh.) karbonat angidrid va qancha massa kalsiy oksidi hosil boladi? (Javob: 33 m3; 82,32 kg).
1.109. Tarkibida 7,8 g bariy xlorid bolgan eritmaga, tarkibida 6,6 g natriy sulfat bolgan eritma qoshilganda qancha massa bariy sulfat chokmasi hosil boladi? (Javob: 8,74 g).
1.110. Tarkibida mis va rux bolgan 56 g massali qotishmaga suyultirilgan sulfat kislota eritmasidan yetarli miqdorda qoshilganda 11,2 l vodorod ajralib chiqqan bolsa, qotishma tarkibidagi misning massa ulushi qanday bolgan?
Yechish: Mis suyultirilgan sulfat kislota bilan tasirlashmaydi, rux esa tasirlashadi. Ushbu ozaro tasir reaksiyasining tenglamasini yozamiz:
Zn+H2SO4=ZnSO4+H2.
Ajralib chiqqan vodorodning modda miqdori:
Tenglama boyicha vodorodning miqdori ruxning miqdoriga teng. Demak, shuncha miqdor rux kislota bilan tasirlashgan, uning massasi mZn=0,5·65=32,5 g boladi. Misning massasi massalar farqiga teng: mCu=56-32,5=23,5 g.
Bundan
1.111. Qisman zanglagan temirning 12 g parchasini xlorid kislota bilan ishlaganda 4,48 l gaz ajralib chiqqan bolsa, namuna tarkibida necha foiz temir bolgan? (Javob: 93,3 %)
1.112. Hajmi 50 l bolgan idishdagi vodorod va kislorod aralashmasi portlatilgandan song 18 g suv kondensatlanib, kislorod ortib qolgan. Dastlabki aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushini toping. (Javob: 55,2 %).
1.113. Massasi 82,5 g bolgan rux va temir aralashmasini xlorlash uchun 41,2 l (n.sh.) xlor sarflangan bolsa, aralashmadagi temirning massa ulushi qanday bolgan? (Javob: 60,6 %).
1.114. Massasi 23,2 g bolgan volfram (VI) oksidini qaytarishga yetarli bolgan vodorodni olish uchun qancha miqdor rux kerak? (Javob: 0,3 mol).
1.115. 40 g massali komirni yondirganda hosil bolgan karbonat angidrid tarkibida 111 g kalsiy gidroksid bolgan eritma orqali otkazilganda dastlab hosil bolgan chokma toliq erib ketgan. Komir namunasidagi uglerodning massa ulushini toping. (Javob: 0,9).
1.116. Massasi 98 g bolgan ammoniy tuzini qizdirganda, 22,4 l (n.sh.) ammiak ajralgan bolsa, qanday anionli ammoniy tuzi olingan? (Javob: ammoniy bromid).
1.117. 42,65 g massali ikki valentli metall oksidi vodorod oqimida qizdirildi. Qizdirish toxtatilgandan song qaytarilgan metall va qaytarilmay qolgan metall oksidi aralashmasining massasi 26,65 g kelgan bolsa, reaksiya natijasida qancha massa suv hosil bolgan? (Javob: 18 g).
1.118. 5,4 g massali alyuminiy kukuni qanday massali kalsiy karbonat bilan qizdirilganda reaksiya mahsulotlari massalari yigindisi dastlabki aralashma massasiga teng boladi?
Yechish: Reaksiya tenglamalari:
4Al+3O2(2Al2O3 va CaCO3(CaO+CO2 yoki
4Al+3O2+CaCO3(2Ca(AlO2)2+CO2(.
Reaksiya uchun olingan aralashmaning massasi atmosfera kislorodining birikishi hisobiga tenglashganligi uchun reaksiyaga kirishgan kislorodning massasini topamiz: . 4,8 g. Qoshilishi kerak bolgan CaCO3 massasini bilan belgilasak, hosil boladigan Al2O3 va massalari yigindisi:

Tenglamadagi massalarni m=v(M bilan almashtirsak:



hosil boladi.
Yoki
,
bundan v=0,1 mol va m=0,1(100=10 g CaCO3.
1.119. 7,4 g massali Ca(OH)2 eritmasi orqali karbonat angidrid otkazilganda 9,6 g chokma hosil bolgan bolsa, reaksiyaning unumi qanday bolgan?
Yechish: Reaksiya tenglamasi:
Ca(OH)2+CO2((CaCO3+H2O.
Tenglama boyicha proporsiya tuzsak:
g.
Nazariya boyicha 7,4 g Ca(OH)2 dan 10 g CaCO3 hosil bolar ekan. Amalda 9,6 g chokma tushgan bolsa, reaksiyaning unumi:
yoki 96 %.
1.120. Reaksiya unumi 98 % bolganda tarkibida 0,5 mol CaCl2 bolgan eritmaga etarli miqdor Na2CO3 qoshganda qancha massa CaCO3 hosil boladi.
Yechish: Reaksiya tenglamasi:
CaCl2+Na2CO3((CaCO3+2NaCl.
Tenglama boyicha proporsiya tuzsak:
g.
Nazariya boyicha 0,5 mol CaCl2 dan 50 g CaCO3 hosil bolar ekan. Amalda hosil boladigan chokma massasi ma formula yordamida hisoblanadi: g.
1.121. Tarkibida bariy nitrat bolgan eritmaga kaliy sulfat eritmasidan etarli miqdor tasir ettirilganda 2,33 g chokma hosil bolgan. Agar reaksiya unumi 98,5 % bolsa, qancha massa bariy nitrat olish mumkin?
Yechish: Reaksiya tenglamasi:
Ba(NO3)2+Na2SO4((BaSO4+2NaNO3.
Tenglama boyicha proporsiya tuzsak:
g.
Amalda tasirlashgan Ba(NO3)2 massasi mn formula yordamida hisoblanadi:
g.
1.122. Tarkibida 93 % SiO2 bolgan 4,5 kg qum yuqori haroratda natriy ishqori bilan ishlanganda 8,39 kg natriy silikat hosil bolsa, reaksiyaning unumi qanday bolgan? (Javob: 98,6 %).
1.123. Tarkibida 5,45 g kalsiy nitrat bolgan eritmaga mol miqdor natriy oksalat qoshganda 4,14 g kalsiy oksalat chokkan bolsa, reaksiyaning unumi qanday bolgan? (Javob: 97,3 %).
1.124. Reaksiya unumi 87,5 % bolganda qorgoshin sulfatning 31,3 g chokmasi hosil bolgan. Buning uchun qancha massa qorgoshin nitrat olish kerak? (Javob: 37,83 g).
1.125. Zavodning sulfat kislota sexiga tarkibida 78 % FeS2 bolgan boyitilgan 86,5 t pirit keltirildi. Piritdan SO2 olish jarayoni unumdorligi 95 %, SO3 olish unumdorligi 97 % va oxirgi bosqichda H2SO4 olish unumdorligi 98,5 % bolsa, shuncha massa piritdan qancha sulfat kislota olinishi mumkin?
Yechish: Pirit tarkibidagi FeS2 ning massasi:
t.
Reaksiya tenglamalari:
4FeS2+11O2(8SO2+2Fe2O3,
2SO2+O2(2SO3,
SO3+H2O(H2SO4.
Tenglamalar asosida yagona sxematik tenglama tuzsak:
FeS2(2SO2(2SO3(2H2SO4
hosil boladi. Sxematik tenglama boyicha tuzilgan proporsiya:
t.
Reaksiyalar unumlari 100 % bolganda 110,2 t H2SO4 hosil bolardi. Berilgan bosqichlar unumi hisobga olinsa, bosqichlarning umumiy unumi:
Bundan: t H2SO4.
1.126. Fosfat kislota sexiga tarkibida 76,5 % Ca3(PO4)2 bolgan 82,4 t boyitilgan fosforit rudasi keltirilgan bolsa, unga sulfat kislota tasiridagi reaksiya natijasida unumdorlik 96,78 % bolganda, qancha massa ortofosfat kislota olish mumkin?
(Javob: 38,6 t).
1.127. Tarkibida 97,5 % NaCl bolgan toshtuzning 15,78 t massasidan unga konsentrlangan sulfat kislota tasir ettirib, unumdorlik 98,5 % bolganda, qancha massa vodorod xlorid olish mumkin? (Javob: 9,46 t).
Yüklə 17,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin