Kimdir qila olgan bo’lsa, siz ham qila olasiz. Hech kim qila olmagan bo’lsa,siz birinchi bo’lasiz



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə4/8
tarix15.07.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#136625
1   2   3   4   5   6   7   8
5-sinf mavzulashtirlgan test

Biz go‘yoki beparvo oshiqlar-u yirtiq chopon, o‘t nafas,
Jahon g‘ami sening g‘amingga arzimas.
A) Qosim Anvor B) Alisher Navoiy
C) Farididdin Attor D) Mirsayyid Kobuliy
9. «Zulmat ichra nur» qissasida «bid’at va xurofotdan yiroq, sog‘lom fikrli kishi» kim?
A) G‘iyosiddin B) Sharafiddin Ali Yazdiy
C) Husayin Boyqaro D) Abulqosim Bobur
10. «Zulmat ichra nur» qissasida Darvishali kim?
A) Alisherning ukasi B) Alisherning maktabdosh do‘sti
C) Shohruxning nabirasi D) Boysunqurning o‘g‘li
11. «Zulmat ichra nur» qissasida «xipcha bel, yag‘rini keng, qirg‘izqovoq» kim?
A) Alisher B) Husayn
C) Muhammad Ali G‘aribiy D) Mirsayid Kobuliy
12. «Zulmat ichra nur» qissasida hirotliklar «Davlatxona» deb ataydigan joy qayer?
A) Boyqarolarning ikki qavatli uyi B) Kichkina bahodirlarning Xiyobon mahallasidagi uyi
C) podshoh Shohruxning arzxonasi D) Temurbekning saroyi
13. «Zulmat ichra nur» qissasida podshoh Shohruh necha yoshida vafot etganligi aytiladi?
A) yetmish yoshida B) yetmish bir yoshida
C) yetmish ikki yoshida. D) yetmish uch yoshida
14. «Zulmat ichra nur» qissasida «kambag‘alman desang, ko‘chib boq» maqoli kimning tilidan aytiladi?
A) Alisher B) Mirsayid Kobuliy
C) G‘iyosiddin Kichkina D) Sharafiddin Ali Yazdiy
15. «Zulmat ichra nur» qissasida keltirilishicha, Sharafiddin Ali Yazdiy qaysi asarni bitgan?
A) Temur tarixi – «Zafarnoma»ni B) Temur tarixi – «Taashuqnoma»ni
C) Chingizxon tarixi – «Sadoqatnoma»ni D) Chingizxon tarixi – «Dahnoma»ni
16. «Zulmat ichra nur» qissasida Alisher Yazd cho‘lida adashib qolganida unga yo‘l ko‘rsatgan narsa nima edi?
A) otasining «Iroq viloyati kunbotish tomonda, Hirot – kunchi-qishda», – degan gapi.
B) otasining «Zuhro yulduzi kunchiqishda, Hirot ham kunchi-qishda», – degan gapi
C) onasining «Zuhro yulduzi kunbotish tomonda, Hirot – kunchi-qishda», – degan gapi
D) «Ilmi nujum»ni yaxshi o‘rganganligi
17. Mirkarim Osimning dastlabki qissasi qanday nomlanadi?
A) «Yangi ariq» B) «Yangi yo‘l» C) «Astrobod» D) «To‘maris»
18. M. Sholoxovning «Tinch oqar Don», S. Borodinning «Yeldirim Boyazid» nomli romanini, L. Batning «Hayot bo‘stoni» qissasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan ijodkor kim?
A) G‘afur G‘ulom B) Mirkarim Osim C) Hamid Olimjon D) Ozod Sharafiddinov
19. 1921–1924-yillarda do‘stlari Oybek va Homil Yoqubovlar bilan birgalikda ta’lim va tarbiya texnikumida adabiyot va san’at sirlarini o‘rgangan ijodkorni toping.
A) G‘afur G‘ulom B) Hamid Olimjon C) Mirtemir D) Mirkarim Osim


OYBEK
1. Oybek qanday oilada dunyoga kelgan?
A) ziyoli B) baqqol C) bog‘bon D) bo‘zchi
2. Oybekning birinchi she’riy to‘plami qanday nomlangan?
A) «Qushcha» B) «Mitti yulduz» C) «Birinchi daftar» D) «Tuyg‘ular»
3. Oybekning dostonlarini toping.
A) «Singan umid», «Tillatopar», «Baxtigul va Sog‘indiq»
B) «Tillatopar», «O‘ch», «Navoiy»
C) «Dilbar – davr qizi», «O‘ch», «Baxtigul va Sog‘indiq»
D) «Qutlug‘ qon», «Navoiy», «Quyosh qoraymas»
4. Oybekning bir janrga mansub asarlarini toping.
A) «Dilbar – davr qizi», «Musicha», «Baxtigul va Sog‘indiq»
B) «Dilbar – davr qizi», «O‘ch», «Singan umid»
C) «Fanorchi ota», «O‘ch», «Singan umid»
D) «Qutlug‘ qon», «Navoiy», «Quyosh qoraymas»
5. Oybekning hikoyalarini toping.
1) «Dilbar – davr qizi»; 2) «Baxtigul va Sog‘indiq»;
3) «Singan umid»; 4) «Fanorchi ota»;
5) «Musicha»; 6) «Tillatopar»; 7) «Gulnor opa».
A) 1, 3, 4, 5, 7 B) 2, 4, 5, 6, 7 C) 3, 4, 5, 6, 7 D) 4, 5, 6, 7
6. Oybekning «Fanorchi ota» hikoyasida kimning darvozasi ustidagi fanor tasvirlangan?
A) Qosim cho‘loqning B) Ahmad akaning
C) Fonarchi otaning D) Tursunqul akaning
7. Oybekning qaysi qahramoni «Past bo‘yli, burushiq yuzli, juda yuvosh, indamas kishi» deya ta’riflanadi?
A) Dadaqo‘zi ota B) Sobir baqqol
C) Musa baqqol D) Fonarchi ota
8. Oybekning «Fanorchi ota» hikoyasida bolalar ichida eng ko‘p qo‘rqmaydigan, eng battoli kim edi?
A) Nozim B) Kozim C) Ahmad D) Qosim
9. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasi Oybekning qaysi asari tarkibida uchraydi?
A) «Bolalik» B) «Quyosh qoraymas» C) «Qutlug‘ qon» D) «Dilbar – davr qizi»
10. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasida bir tilim handalakni maqtagan bolaning ismi?
A) Muso B) A’zam C) Adham D) Aziz
11. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasida «bolaning ko‘ngli poshsho» gapi kimning tilidan beriladi?
A) muallifning B) bolaning C) Musulmonqulning D) Dadaqo‘zining
12. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasida bolaning ko‘ziga har vaqt quruq ko‘rinadigan va unda faqat sabzi, piyoz, un, kerosin sotiladigan do‘kon kimniki?
A) Dadaqo‘ziniki B) Sobir baqqolniki C) Musa baqqolniki D) Mo‘min baqqolniki
13. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasida muloyim, shirinso‘z, sersoqol keksa baqqol kim?
A) Dadaqo‘zi B) Sobir baqqol C) Muso baqqol D) Mo‘min baqqol
14. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasida keltirilishicha, qayerda 3 ta do‘kon bor edi?
A) «Oqmachit» mahallasida
B) «Oqqo‘rg‘on» mahallasida
C) «Kattaqo‘rg‘on» mahallasida
D) «Eshonguzar» mahallasida


MIRTEMIR
1. Mirtemirning birinchi she’ri qanday nomlanadi?
A) «Tanburim ovozi» B) «Shu’lalar qo‘ynida»
C) «Shudring» D) «Zafar»
2. Mirtemirning she’rlar va dostonlar to‘plamlarini toping.
1) «Bong»; 2) «Poytaxt»; 3) «O‘ch»;
4) «Sur’at»; 5) «Qoraqalpoq daftari»; 6) «Tingla, hayot!»;
7) «Izlaganim»; 8) «Tog‘day tayanchim».
A) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 8 . B) 3, 4, 5, 6, 7
3. Mirtemir umrining oxirida qaysi she’riy to‘plamni tayyorladi?
A) «Yodgor» B) «Yodgorlik».
C) «Kipriklarim» D) «Tog‘day tayanchim»
4. Mirtemir tarjima qilgan qoraqalpoq xalq dostonini toping.
A) «Manas» B) «Qirq qiz»
C) «Alpamis» D) «Qirq jigit»
5. Mirtemirning vafotidan keyin necha jildlik «Asarlar»i nashr etildi?
A) to‘rt jildlik B) olti jildlik
C) sakkiz jildlik D) o‘n ikki jildlik
6. Mirtemir «Bulut» she’rida bulutni nimalarga o‘xshatadi?
A) oqqa, sutga, qutga B) sutga, qutga, oppoq paxtaga
C) sutga, barqutga D) o‘tga, sutga, qutga, qaldiroqqa
7. Mirtemir «Shudring» nomli she’rida shudringni nimalarga qiyoslaydi?
1) kelinlar taqinchog‘iga; 2) uzuk ko‘zlariga;
3) ko‘zmunchoqqa; 4) qizlarning suzilib turgan ko‘zlariga;
5) ko‘z yoshlarga; 6) kumush bilakuzukka.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 3, 5, 6
C) 1, 2, 3, 6 D) 4, 5, 6
8. Quyidagi misralar Mirtemirning qaysi she’ridan olingan?

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin