Kasbiy kasalliklarni va ishlab chiqarishdagi jarohatlarni tekshi
Kasbiy kasalliklarni va ishlab chiqarishdagi jarohatlarni tekshirish, hisobga olish va aniqlash usullari Reja:
1. Kasb kasalliklari sabablari, tasnifi, oldini olish.
2. Ochiq va yopiq shikastlanishlar, ularda birinchi yordam ko‘rsatish.
Tayanch so‘zlar: kasb kasalliklari, sanitariya-gigienik, vibratsiya, shovqin, elektr magnit to‘lqinlari, patogen mikroblar, toksinlar, zararli odatlar, qon ivishi, arterial, venoz, kapillyar, parenximatoz qon ketishlar, gemartroz, gemotoraks, jgut, transport immobilizatsiyasi, shina.
Sanoat korxonalarida xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va Yong‘in xavfsizligi qoidalariga, me’yor va tavsiyanomalarga rioya qilmaslik ishchilarni jarohatlanishiga, zaxarlanishga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin. SHuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday baxtsiz hodisa har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi.
Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasallanishning sabablarini shartli ravishda quyidagilarga ajratish mumkin:
1. Texnik
2. Tashkiliy
3. Sanitariya-gigenik
4. Ruhiy-fiziologik
5. Iqtisodiy
6. Xodimlarni aybi b-n yuz beradigan kasalliklar
Texnik sabablar. Texnik vositalarning nosozligi, konstruktiv kamchiliklar, mashina va mehanizmlarning ishga yaroqsizligi, texnologik jaraYonlarning nomukammalligi va b.
Tashkiliy sabablar. Sanoat korxonasini loyihalash jaraYonida yo‘l qo‘yilgan xatolar, ishchi va xizmatchilarning xavfsiz ishlash usullariga o‘rgatilmaganligi, yo‘riqnomalarni noto‘g‘ri o‘tkazilganligi, nomutaxassis kadrlarni ishlatish, texnik nazoratning yo‘qligi, ish joylarini noto‘g‘ri tashkil qilish, xavfli holatlar haqida ogohlantiruvchi plakatlarning bo‘lmasligi va b.
Ruhiy-fiziologik sabablar. Ishning bir xilligi, qattiq jismoniy mehnat tufayli zo‘riqish, kishi organizmiga ish joyining ruhiy, anatomik, fiziologik jihatdan mos kelmasligi, charchash, jamoatchilik orasidagi nosog‘lom muhit, oilaviy notinchlik kabilar misol bo‘la oladi. Sanitariya-gigienik sabablar. Ob-havo sharoitining qoniqarsiz bo‘lishi, korxonadagi havo muhitining changlanganligi, ish joylarini etarlicha yoritilmaganligi, shovqin va titrashning mavjudligi, sanitariyagigenik xonalarining etarli emasligi yoki ularning sanitariya talablariga javob bermasligi.
Iqtisodiy sabablar. Mehnat muhofazasi masalalariga sovuqqonlik bilan qarash, shuningdek,oylik maoshlarni o‘z vaqtida berilmaslik va ishchilarning yuqori ish unumiga erishishga intilmasligi, ish sharoitlarini yaxshilashga etarli mablag‘ ajratilmasligi tufayli kelib chiquvchi sabablar hisoblanadi.
Ishchining aybi bilan sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalarga uning ehtiyotsizligi, intizomsizligi, ishga betob yoki mast holda kelishi sabab bo‘ladi.
Kasb kasalliklari– uzoq vaqt davomida zararli va xavfli omillar ta’siri ostida yuzaga keladigan holat Shikastlanishlar va kasbiy kasalliklarning sabablari:
1. Tashkiliy ish joyini qoniqarsiz tashkil qilish.
2. Texnik nazoratning etarli emasligi.
3. Texnik-texnologik jaraYonning mukammal emasligi.
4. Nobop mikroiqlim sharoitlari 5. YOritilganlikning etishmasligi va h.
Kasb kasalliklari tasnifi.
1. Kimyoviy omillar ta’siri ostida yuzaga keladigan kasalliklar: dermatitlar, toksik gepatit, toksik kamqonlik, o‘tkir va surunkali zaxarlanish.
2. Chang omili ta’siri ostida yuzaga keladigan kasalliklar: karbokonioz, pnevmokonioz, silikoz, metallokonioz, biosinoz, changdan surunkali bronxit.
3. Fizikaviy omillar ta’siri ostida yuzaga keladigan kasalliklar: qo‘l angionevrozi, dekompression kasallik, o‘tkir gipoksiya, nur kasalligi, eshitishning pasayishi, teri kuyishi, katarakta, elektrooftalmiya.
4. O‘ta zo‘riqish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklar: nevralgiya, nevritlar, bo‘yin-ko‘krak radikuliti, bo‘yin-elka pleksiti, qo‘l barmoqlari spazmi, miofassitlar, deformatsiyalanuvchi artrozlar, radikulonevrit.
5. Biologik omillar ta’siri ostida yuzaga keladigan kasalliklar: brutsellyoz, sibir yarasi, tuberkulyoz, kandidomikoz.
6. Allergik omillar ta’siri ostida yuzaga keladigan kasalliklar: laringit, rinosinusit, konyuktivit, rinit, faringit, dermatit, ekzema, bronxial astma.
7. Kanserogen moddalar ta’siri ostida yuzaga keladigan, yomon sifatli o‘sma, onkologik kasalliklar: leykoz, teri o‘smasi, oshqozon o‘smasi, og‘iz bo‘shlig‘i, nafas a’zolari a’zolari, jigar va suyak o‘smalari.
Ish faoliyatidagi zararli va xavfli omillar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Zararli odatlar: spirtli ichimliklarni muntazam ravishda iste’mol qilish, sigaret, nos, nasha chekish. Buning oqibatida insonning sog‘ligi zaiflashadi, xotira va ish qobiliyati pasayadi, psixologik o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Tabiiy ofatlar natijasida insonlar ruhiyatida sodir bo‘ladigan asosiy o‘zgarishlar – bu uyqusizlik, vaxima, kuchli hayajonlanish, kechalari qo‘rqib uyg‘onish, sarosimaga tushish va boshqalar.
2. Fizikaviy: vibratsiya, elektr magnit to‘lqinlari, shovqin, infraqizil nurlar, ultrabinafsha radiatsiya, elektr toki, mashina, mehanizmlar, ish joyidagi mateial va jihozlarning issiq yoki sovuqligi.
3.Kimyoviy: ish joyining gazlar bilan ifloslanganligi, kimyoviy birikmalarning changga, teriga zaxarli moddalarning tushishi, oshqozonichak yo‘llariga zaxarli moddalarning tushishi, kislota, ishqorlarning ta’siri.
4. Biologik: patogen mikroblar va ularning toksinlari. Hayvon, o‘simliklarning o‘rtasida yuqumli kasalliklarning tarqalishi.
5. Psixofiziologik: asab-ruhiy – ilmiy xodimlar, o‘qituvchilar, talabalar mehnati, ijod bilan shug‘ullanuvchilar, operatorlar, aviadispetcherlar, noqulay vaziyatdagi ish, qo‘l mehnati, og‘ir yuk ko‘tarish, og‘ir mehnat. Mehnat sharoiti – mehnat jaraYonida insonning sog‘ligi va ish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan ishlab chiqarish muhiti va mehnat jaraYoni yig‘indisidir. Mehnat sharoitlari 4 ta sinf bo‘yicha baholanadi: 1-sinf: optimal mehnat sharoitlari – ular ishlab chiqarishni oshiradi va diqqat-e’tiborni kam talab qiladi. 2-sinf: mumkin bo‘lgan mehnat sharoitlari – bu muhit va mehnat jaraYonining omillari ish joyidagi gigienik me’yorlarni buzmaydi. Bu sharoitlar inson salomatligi va uning zurriyotiga xavf solmaydi. 3-sinf: zararli mehnat sharoitlari – bunda ishlab chiqarish omillari gigienik normadan oshadi va inson sog‘ligi, uning zurriyotiga zarar ko‘rsatadi. Ular 4 darajali bo‘ladi:
1) Organizmda tiklanadigan funksional o‘zgarishlar bo‘ladi.
2) Organizmda jiddiy funksional o‘zgarishlar, kasalliklar keltirib chiqaradi.
3) Kasb kasalliklariga olib keladi va surunkali kasalliklarni o‘sishiga olib keladi.
4) YAqqol bo‘lgan professional kasalliklarning rivojlanishiga va ish qobiliyatini vaqtinchalik yo‘qotishga olib keladi. 4-sinf: shikastlanishga (ekstremal) olib keladigan mehnat sharoitlari. Ish vaqtida hayotga xavf soladigan va o‘tkir professional kasalliklarga olib keladigan mehnat sharoitlari:
1. Mehnat sharoitlari
2. Xavfsiz mehnat sharoitlari
3. Mumkin bo‘lgan mehnat sharoitlari
4. Zararli mehnat sharoitlari
5. Ekstremal mehnat sharoitlari Sanoat korxonalarida kasb kasalliklarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar: ishchilarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi moddalardan muhofaza qiluvchi qurilmalar tayyorlash yoki sotib olish, yaxshi shamollatish va havoni ventilyasion tizimlarini o‘rnatish, eskilarini takomillashtirish, havo xolatini kuzatadigan asboblar o‘rnatish va b. Sanoat korxonalarining bosh rejasida mazkur korxona joylashgan maydonlarni obodonlashtirish, ishchilar yashaydigan zonalar holatini yaxshilash, korxona tashqi ko‘rinishi va unga tutashuvchi yo‘l va yo‘lkalar holatini yaxshilash, barcha ishlab chiqarish zonalarini ko‘kalamzorlashtirish masalalari kiradi, unga ma’lum mablag‘ ajratiladi. SHikastlanishlar va ularda 1-tibbiy yordam ko‘rsatish. SHikastlanish - odam organizmiga tashqi omillar ta’sir etishi natijasida to‘qimalar va organlarning anatomik va funksional jihatdan buzilishi. SHikastlanishlarni quyidagi turlari ajratiladi: 1. Mexanik: urilganda, yiqilganda, portlovchi to‘lqin ta’siri. 2. Fizik: kuyishlar, sovuq oldirishlar, elektr toki ta’siri, singuvchi radiatsiya. 3. Kimyoviy: kislota, ishqor va zaxarli moddalar ta’siri. Olinayotgan jaroxatga ko‘ra shikastlanishlar ochiq va yopiq turlarga bo‘linadi. Ochiq shikastlanishlar – teri va shilliq qavatlarning butunligini buzilishi bilan kechadi. YOpiq shikastlanishlar - teri va shilliq qavatlarning butunligi buzilmasdan kechadi. Turli favqulodda vaziyatlarda shikastlanganlarning ko‘pchiligini yopiq shikastlanishlar tashkil qiladi. YOpiq shikastlanishlarda teri va shilliq qavatlarning butunligi buzilmaydi. Lekin zararlanish turli organ va to‘qimalarga, yumshoq to‘qimalarga, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i organlariga, bosh miyaga, bo‘g‘imlarga, siydik tanosil organlariga tarqalishi va ularda lat eyish, paylarning cho‘zilishi va uzilishi, bo‘g‘imlarning chiqishi, yumshoq to‘qimalarni tuproq, buzilgan binolar va inshootlarning bo‘laklari bilan ezilishini vujudga keltiradi. Lat eyish - yopiq shikastlanish bo‘lib, qattiq jismlar bilan urish yoki qattiq jismga urilish natijasida vujudga keladi va yumshoq to‘qimalarni qorin va ko‘krak bo‘shliqdagi turli organlarni zararlanishi bilan xarakterlanadi. Lat eyish natijasida vujudga keladigan o‘zgarishlar xarakteri va og‘ir engilligi urilish kuchiga jismning kattaligiga, og‘irligiga , shakliga, shikast beruvchi jismning yo‘nalishi va davomiyligiga, tananing zararlangan joyini kattaligiga va ahamiyatliligiga va shikast berish vaqtidagi anatomo – fiziologik xususiyatlariga bog‘liq. Lat eyish vaqtida teri osti yog‘ qavatidagi limfatik va qon tomirlar u yoki bu darajada zararlanib, lat eyish belgilarini kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Lat eyishning belgilari unchalik ko‘p emas, lekin ular shunday aniq va ravshan yuzaga keladiki, tashxis qo‘yish juda oson bo‘lib qoladi: og‘riq, shish, ko‘karish ( qon quyilishi, gemotoma) funksiyaning buzilishi. Og‘riq - har xil intensivlikda bo‘lib, zararlanish zonasi va nerv va qon tomirlari bilan ta’minlanganligiga bog‘liq. Ba’zan kuchli og‘riqlar travmatik shokka olib kelishi mumkin (oyoq yoki qo‘lning yumshoq to‘qimalarini ezilishi, qorinni lat eyishi, yirik nerv tolalarining yopiq shikastlanishi) Og‘riqning xarakteri organizmning og‘riqqa shaxsiy moyilligiga ham bog‘liq. SHish - yumshoq to‘qimalarga qonning shimilishi va aseptik yallig‘lanish natijasida ro‘y beradi. SHishning kattaligi yog‘ qavatini kattaligiga bog‘liq: yog‘ qavati qancha katta bo‘lsa shish ham katta bo‘ladi. Qon quyilish va ko‘karish (gematoma) - qon tomirlarining urilish zahoti yoki bir necha soat keyin uzilishi natijasida ro‘y beradi. Uning kattaligi uzilgan tomirning kalibiriga, qonning ivishiga, teri osti yog‘ qavatiga bog‘liq. Teri qavatlari dastlab to‘q ko‘kimtir rangga, keyinchalik gemoglabinni parchalanishi natijasida yashil va sariq rangga kiradi. Funksiyaning buzilishi dastlab organizmning shikastlanishga qarshi himoya reaksiyasi bo‘lib hisoblanadi va uni lat eyish joyiga, shikastlangan odamni og‘riqqa bo‘lgan reaksiyasiga va shikastlanish natijasida ro‘y bergan o‘zgarishlar xarakteriga bog‘liq. Organning funksiyasini buzilishi uning to‘qimala-rida qon va limfaning shimilishi natijasida ro‘y beradi. Mahalliy va umumiy haroratning ko‘tarilishi katta gematomaning so‘rilishi yoki uning yiringlashi natijasida ro‘y beradi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish – lat eyish ro‘y bergan zahoti o‘sha joyga siqib turuvchi bog‘lam qo‘yish, iloji bo‘lsa, lat egan joyga dam – badam sovuq jismlar bosish, muz xaltasini qo‘yish 40-50 minutdan keyin 10-15 minut dam beriladi. YAna qaytariladi. Sovuqning qo‘llanilishi qon quyilishini kamaytiradi, to‘xtatadi, og‘riqni kamaytiradi. Siqib bog‘lash natijasida zararlangan teri osti qon tomirlari bosilib, shishni kamaytiradi. Katta miqdordagi lat eyishlarda bemorni harakatlari chegaralanib, (immobilizatsiya) og‘riqni qoldiruvchi vositalar beriladi. Davolash – lat egan vaqtdan 2-3 kuno‘tgachissiqmuolajalarqo‘llaniladi (iliqisitgichqo‘llash, isituvchikompress, suvvannalari) massaj (uqalash), davolashgimnastikasiqo‘llaniladi. Katta o‘lchamli lat eyishlarda, rentgen orqali tekshirib, suyaklar sinishi bor yo‘qligini aniqlash kerak. O‘zicha so‘rilib ketmaydigan katta gematomalarni punksiya qilinib, ketidan antibiotiklar yuboriladi, ba’zan jarrohlik yo‘li bilan ivigan qon olib tashlanadi. Paylarning cho‘zilishi va uzilishi, ularda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish Paylarning cho‘zilishi tashqi kuch ta’sirida to‘qimalarning haddan tashqari zo‘riqishi natijasida ro‘yberadi. Tashqi kuch ta’sirida bo‘g‘im yuzalari vaqtincha fiziologik me’yordan chiqqan holda bir-biridan uzoqlashadi va bunda bo‘g‘im xaltasi va uni ushlab turuvchi pay va muskullar zararlanmaydi. Ko‘pincha boldir-tovon bo‘g‘imi paylari cho‘ziladi. Paylar cho‘zilganda ularning anatomik butunligi buzilmaydi, qon tomirlar uzilishi mumkin. Natijada bo‘g‘im atrofida shish va aseptik yallig‘lanish ro‘y beradi. Dastlabki vaqtlarda qon quyilishi bilinmasligi mumkin, keyinchalik esa tqq ko‘kimtir dog‘lar paydo bo‘ladi. Bo‘g‘im harakati yo‘qolmasa ham, harakat vaqtida og‘riqni zo‘rayishi harakatni chegaralaydi. Birinchi tibbiy yordam xuddi lat eyishdagiga o‘xshash bo‘lib, qon quyilishini kamaytirish maqsadida dastlab (muz xaltasi, sovuq jismlar, sovuq kompress) bosiladi. Uchinchi kundan boshlab, iliq muolajalarga o‘tiladi. Bemor tinch yotgan holatda oyoqlari ko‘tarilgan bo‘lib, siqib turuvchi bog‘lam qo‘yiladi. Ko‘rilgan choralar taxminan 10 kunlardan keyin bemor yurishiga imkon yaratadi. Muskul, pay va boylamlarning uzilishi to‘satdan bo‘ladigan keskin harakat natijasida ro‘y beradi. Muskul, pay va boylamlarning uzilishi qisman yoki to‘liq bo‘lishi mumkin, boylamlar suyak to‘qimasining bo‘laklari bilan uzilib ketishi ham mumkin. Muskul, pay va boylamlarning uzilish belgilari engil, o‘rta darajada va og‘ir formada namoYon bo‘lishi mumkin. Hamma darajaga xos bo‘lgan umumiy belgilar: boylam va paylarning suyakka birikkan joyida va muskulning uzilgan joyida kuchli og‘riqni bo‘lishi;bo‘g‘imni o‘rab turgan to‘qimalarga qon quyilishi, yoki bo‘g‘im bo‘shlig‘iga qon quyilishi (gemartroz) oqibatida shikastlanish joyi atrofida gematoma va shish paydo bo‘lishi;bo‘g‘im qo‘lyoki oyoq harakati funksiyasini buzilishi, shikastlangan muskulning funksiyasini buzilishi.Ko‘pincha bloksimon bo‘g‘imlarning (boldir-tovon, tizza,bilakpanja) kamroq sharsimon bo‘g‘imlarning boylamlari zararlanadi. Birinchi tibbiy yordam shikastlangan joylarni tinchlantirgan holatda siqib bog‘lash, shina yoki qo‘l ostidagi materiallar bilan harakatni chegaralab, qimirlatmaslik (immobilizatsiya qilish), kuchli og‘riq bo‘lganda shprits yordamida og‘riq qoldiruvchi vositalarni in’eksiya qilish, shikastlangan joyga sovuq jism yokimuz qo‘yish va o‘z vaqtida tibbiy muassasalarga evakuatsiya qilish. Tibbiy muassasada shikastlangan joyga tinch holat yaratib beriladi. 1-darajali uzilishda 7-10 kun, 2-darajada 21 kun, 3- darajada 4-6 haftacha immobilizatsiya qilish tavsiya etiladi. SHikastlangan joyni immobilizatsiya qilish shinalar, mahkamlovchi bog‘lamlar va gipsli longetlar yordamida amalga oshiriladi. Muskul, pay va bo‘g‘imlarning to‘liq uzilishi ro‘y berganda jarrohlik yo‘li bilan tikib qo‘yiladi. Keyinchalik davolash gimnastikasi, uqalash (massaj), fizioterapiya (quruq issiq, parafin va balchiqli applikatsiyalar) tavsiya etiladi. Jarohatlar va ularda shoshilinch tibbiy yordam. Mexanik ta’sir natijasida organ va to‘qimalarning teri va shilliq qavatlar butunligining buzilishi bilan bo‘ladigan shikastlanishga ochiq shikastlanish jarohat deyiladi. Jarohat beruvchi jism ta’sirida to‘qimalar orasida qon ivimalari, o‘lgan to‘qimalar bo‘laklari, suyak parchalari va yot narsalar bilan to‘lgan yoriq hosil bo‘ladi. Bu yoriqni jarohat kanali deb ataladi. Jarohat beruvchi jismning turiga va jarohat kanalining xarakteriga ko‘ra: Sanchilgan jarohat - o‘tkir uchli qurollarni sanchilishi natijasida vujudga keladi. (nina, mix, o‘tkir suyak, bigiz va b). Bunday jarohatni kirish teshigi to‘qimalarning qisqarishi natijasida kichik bo‘lib, undan chiqadigan ajralma (qon) deyarli bo‘lmaydi. Sanchilgan jarohatlarning xavfli tomoni shundaki, hayot uchun zarur bo‘lgan organlar zararlanishi mumkin (yurak, tomirlar, kovak organlar, miya) to‘qima va organlar mikroblar bilan ifloslanishi mumkin. Kesilgan jarohatlar o‘tkir tig‘li jismlar ta’sirida vujudga keladi. (pichoq, lezviya, shisha, skalpel). jarohatning chetlari tekis, atrofdagi to‘qimalar kam zararlanadi. Jarohat chetlari bir-biriga tegmaydi, shuning uchun jarohatdan qon oqib turadi va u bilan ma’lum miqdordagi mikroblar chiqib ketadi. Bunday jarohatlar kamroq yiringlaydi, tezroq bitadi. Urilgan jarohatlar – birorta tumtoq jism ta’sirida kelib chiqadi (tosh, yog‘och). Bu turga yirtilgan va ezilib ketgan jarohatlar ham kiradi. Bunday jarohatlarda qon ketish unchalik ko‘p bo‘lmaydi, atrofdagi to‘qimalar zararlanishi kengroq bo‘ladi. SHu sabab jarohat chetlari notekis, to‘qimalari o‘lgan bo‘lib infeksiya rivojlanishi uchun sharoit etarli darajada. Tishlangan jarohatlar - hayvon yoki odam tishlashidan vujudga keladi. Bunday jarohatlarga odam yoki hayvonning mikroflorasining tushishi oqibatida ko‘proq yiringlaydi. Hatto tishlangan jarohat quturish virusi bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. Zaharlangan jarohatlar – ilon yoki chaYon chaqishi, o‘q tekkan jarohatlar - o‘q otuvchi qurollar qo‘llanilishi natijasida sodir bo‘ladi. O‘q tekkan jarohatlarda kirish teshigi, jarohat kanali yoki jaro hat bo‘shlig‘i, o‘q teshib o‘tganda esa - chiqish teshigi farqlanadi. Kelib chiqishiga ko‘ra jarohatlar - ataylab qilingan va tasodifiy jarohatlarga taqsimlanadi. Hamma tasodifiy jarohatlar bakteriyalar bilan ifloslangan bo‘ladi. Infitsirlangan jarohatlarda mahalliy yallig‘lanish kuzatilib, ular infeksiyani to‘qimalar orasiga, limfatik to‘qimalar orasiga, limfatik va qon tomir yo‘llariga tarqalishi bilan xarakterlanadi. Kovakli organlar jarohatlarda jarohat infeksiyasi tez vujudga kelib, tez tarqaladi. Jarohatni mahalliy belgilari: og‘riq, shish, giperemiya, mahalliy gipertermiya. Og‘riq ayniqsa jarohatlanish vaqtida kuchliroq seziladi va shu joyni sezuvchanlgiga bog‘liq bo‘ladi. Barmoqlar, tish, til, jinsiy organlar, orqa chiqaruv teshigi sohalarida og‘riq kuchliroq seziladi. Jarohat bitaborgan sari og‘riq kamaya boradi. Og‘riqni kuchayishi jarohatni yiringlaganini bildiradi. Jarohatning asoratlari.
1. Qon oqish – agar yirik qon tomirdagi qon oqayotgan bo‘lsa, xavfli.
2. Ba’zan kuchli og‘riq natijasida travmatik shok bo‘lishi mumkin.
3. Qolgan hollarda asosiy xavf - jarohat infeksiyalanishi natijasida yiringlashi hisoblanadi. Ba’zan qoqshol, gazli gangrena va quturish kabi xavfli kasalliklarga sabab bo‘ladi. Qon tomirlaridan qon ketishi sabablari, turlari, vaqtincha to‘xtatish usullari. Qon tomir butunligining buzilib, qonni qon tomiridan tashqariga chiqishiga qon ketish deyiladi. Qon ketish turli shikastlanishlarda, yiringli jaraYonlarda, qon bosimi oshganda (gipertoniya kasalligi), nurlanish (radioaktiv rentgen nurlari) ta’sirida og‘rigan bemorlarda, qon ivishi pasaygan kasalliklarda vujudga kelishi mumkin. Qon ketishi birlamchi, ya’ni shikastlangan zahoti, yoki ikkilamchi, ya’ni qon ketishi to‘xtagandan bir muncha vaqt o‘tgach, bo‘lishi mumkin. Qaysi qon tomir zaralanganligiga qarab qon ketishlar quyidagilarga farqlaniladi:
1. Arterial qon ketishi - ancha xavfli bo‘lib, qon otilib chiqadi, rangi och qizil rangda bo‘ladi. (kislorodga to‘yingan qon)
2. Venadan qon ketishi-oqib chiqayotgan qonning rangi to‘q qizil rangda bo‘ladi. YUrakka yaqin joylashgan venalarning shikastlanishi hayot uchun xavfli hisoblanadi (bo‘yin, yuqorigi va pastki kovak venalar o‘mrov osti venasi).
Bu vaqtda hayot uchun nihoyat xatarli bo‘lgan havo emboliyasi bo‘lishi mumkin. Odatda venadan qon ketishini, yirik venalarni hisobga olmaganda oyoq yoki qo‘lni yuqori ko‘tarish yoki siqib bog‘lab ko‘yish bilan to‘xtatish mumkin. 3. Kapillyar qon ketishi-bu aralash qonning ketishi bo‘lib, mayda arteriya va venalardan qon ketadi, bunda jarohat yuzasi qon bo‘ladi. Bunday qon ketishni oddiy bog‘lash, siqib bog‘lab qo‘yish bilan to‘xtatish yoki esa o‘z-o‘zidan to‘xtashi mumkin. 4. Parenximatozli qon ketish-bunda parenximatoz organlar bo‘lgan jigar, taloq, buyrak va boshqalardan qon ketish tushuniladi. Bu xavfli qon ketish bo‘lib, uni aniqlash va to‘xtatish anchagina qiyin.Odatda uni to‘xtatish uchun biologik usullardan foydalaniladi (muskul, fassiyako‘chirib o‘tish), tikib qo‘yish, ba’zan taloq yoki buyrakni olib tashlanadi. Qon qaerga quyilishiga qarab, ichki va tashqi qon ketishga bo‘linadi. Tashqi qon ketishda qon teridagi jarohat orqali tashqariga ajraladi. Ichki qon ketishda qon to‘qimalariga, a’zolariga yoki bo‘shliqlarga quyiladi va maxsus nomlar bilan ataladi: gemotoraks ko‘krak bo‘shlig‘iga qon quyilishi; gemortroz-bo‘g‘im oralig‘iga qon quyilishi ; gemotoma- to‘qima oralig‘iga yig‘ilgan qon. Ba’zan ichki va tashqi qon ketishi birga kuzatilib, aralash qon ketishi deyiladi. Yo‘qotilgan qonning hajmiga ko‘ra qon ketishlar xam miqdorda 500ml gacha, o‘rta darajada-1000ml gacha, katta mikdorda-1500ml gacha va o‘ta katta mikdorda-1500mldan yuqori, qon ketishlar deb ataladi. Qon ketishi mahalliy va umumiy belgilar bilan xarakterlanadi: Tashqi qon ketish belgilari asosan shikastlanish og‘irengilligiga, shikastlangan tomirning katta kichikligiga va qon ketish xarakteriga bemorni qon yo‘qotish darajasiga bog‘liq. Ichki qon ketishning asosiy umumiy belgilari bo‘lib, ular teri va shilliq qavatlarning rangsizlanishi, tashnalik, terining quruq bo‘lishi, puls sekinlashib sustlashishi, arterial bosimni pasayishi, qonda gemoglobin miqdorini kamayishi, nafas olishni tezlanishi, oyoq-qo‘llarni muzlashi, madorsizlik, umumiy darmonsizlik, ko‘ngil aynish, quloq shang‘illashi, esnash, uyquchanlik, halloslash, hushdan ketish, og‘ir hollarda talvasaga tushish va o‘lim. Qon ketish natijasida tomirlardagi qon miqdorini keskin kamayishi qon bosimini tushib ketishi va bosh miyaga qon va kislorodning etishmasligi sababli o‘lim bo‘lishi mumkin. Odam 2,5 l qon (hamma qonnning yarmi) yo‘qotsa, bu o‘tkir qon yo‘qotish deb atalib, o‘lim bilan barobar. Lekin bemorning yoshi va jinsiga, yurak qon tomirlar sistemasining holatiga, qon ketish tezligi va xarakteriga qarab, bundan kamroq qon yo‘qotganda ham o‘lish mumkin. Bolalar va keksaygan bemorlarda qon yo‘qotish og‘ir kechadi. Ayollarda organizm fiziologik jihatdan qon yo‘qotishga o‘rganganligi tufayli, qon yo‘qotish engil o‘tadi. Qon ketishini to‘xtatish usullari. 1. Qon ketishini vaqtinchalik to‘xtatish usullari: A) siqib bog‘lab qo‘yish Qon oqayotgan yuzaga steril doka yoyilib, ustidan paxta qo‘yiladi va siqib bog‘lab quyiladi. Buning uchun shaxsiy boylov paketi juda qulay. B) oyoq yoki qo‘lni ko‘tarib quyish usuli ko‘pincha venoz qon ketishda qo‘llaniladi. V) oyoq yoki qo‘lni maksimal darajada bukilishi. Bu usul jarohat oyoq yoki qo‘lni asosida joylashib, jgut bilan bog‘lash mumkin bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi. G) barmoq bilan bosib turish usuli. Boshdagi jarohatlardan qon ketganda chakka arteriyasini bosiladi; yuz atrofidan qon ketishda tashqi jag‘ arteriyasini pastgi jag‘ga, uning burchagi bilan dahan o‘rtasidagi yuzaga bosiladi; uyqu arteriyasini to‘sho‘mrov so‘rg‘ichsimon muskulning ichki qirrasi bo‘ylab, bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang o‘sig‘iga bosiladi: elka arteriyasi ikki boshli muskulning ichki qirrasi bo‘ylab, elka suyagiga bosiladi: o‘mrov osti arteriyasi 1- qovurg‘aga o‘mrov suyagi ustidan bosiladi: son arteriyasi chov sohasida son suyagiga bosiladi. D) Jgut yoki buragich yordamida to‘xtatish usuli. Qon oqayotgan joydan yuqoriroqga quyiladi. Bu usul ko‘proq arteriyadan qon ketganda ko‘llaniladi. Jgut bilan bog‘lash-yirik teri osti venalaridan qon ketganda ham ko‘llanilishi mumkin. Bunda jgut qon oqayotgan joydan pastroqga qo‘yiladi. 2.Qon ketishning butunlay to‘xtatish usullari. Qon oqishini butunlay to‘xtatish kasalxonalarda vrach tomonidan amalga oshiriladi va quyidagi usullarda bajariladi: A) Mexanik usul-kapilyar va kichik qon tomirlardan qon ketish siqib bog‘lash, ko‘tarib turish usullari bilan butunlay to‘xtatish mumkin. Parenximatoz organlardan qon ketishlarda tamponada qilinadi: jarohatlangan jag‘ oralig‘iga necha qavatlangan uzun doka kirgiziladi. Bunday usul burundan, kindik va boshka organlardan ya’ni qonayotgan tomir ko‘rinmagan hollarda qo‘llanilgan. Tampon 48-soatdan keyin narkoz ostida olib tashlanadi. Agar tampon yaxshi olinmasa 3 % li vodorod peroksid eritmasi bilan ivitiladi. Tomirlarni ligatura quyish ( ip bilan bog‘lab qo‘yish), tikib qo‘yish, zararlangan tomirni sun’iy tomir bilan almashtirish usullari ham yaxshi natija beradi. B) fizikaviy usul-qon ketishini sovuq (muz xaltasi) yoki issiq yordamida to‘xtatish eng yaxshi fizikaviy usul-yuqori chastotali tokdan foydalanish - elektrokoagulyasiya (elektrpichogi) Fizikaviy usul past haroratda oqsillarni koagulyasiya qilinishi natijasida tromb hosil bo‘lish xususiyatlariga asoslangan. V) Kimyoviy usul—moddalarni qon tomirlarini toraytirish va qon ivishini tezlatish xususiyatiga asoslangan. Tomirlarni toraytiruvchi preparatlarga 0,1% li adrenalin, Noradrenalin eritmasi, vazopressin stiptitsin moddalari kiradi. Qonning ivishini tezlatuvchi preparatlarga 10% li SaSl (vena orasiga yuboriladi), 5-10 % natriy xlor, 40% li glyukoza vitamin S bilan (vena orasiga), muskul orasiga vikasol, 3% li vodorod peroksidi shimdirilgan tampon kiradi. G) Biologik usul-qon ketishini shu joyning o‘zida to‘xtatish va butun organizmga ta’sir etib, to‘xtatish usullariga bo‘linadi. Birinchi usulda quyidagilar qo‘llaniladi: gemostatik gubka, trombin, gemostatik paxta, fibrin klYonkasi, biologik antiseptik tampon. Ikkinchi usulqon, plazma va qon o‘rnini bosuvchilarni qo‘yishdan iborat. Bolalarda qon oqishini to‘xtatish usullari xuddi kattalarnikiga o‘xshash bo‘lib, jgut bilan bog‘langan vaqti 45 minut yoki 1 soatdan oshmasligi kerak. Sinishning turlari va alomatlari. Tashqi mexanik ta’sir natijasida suyaklar butunligining buzilishiga – suyaklarning sinishi deyiladi. Sinishlar travmatik (shikastlanish natijasida) va patologik o‘smasi natijasida bo‘ladi. Deyarli har bir sinish muskullarni, nerv stvollarini, qon tomirlarini va ko‘pincha ichki organlarni zararlanishi bilan kechadi. Sinishlarning turlari: 1. Sinish tekisligini suyakning uzunlik o‘qiga bo‘lgan yo‘nalishiga qarab, sinishlar bo‘ladi. a) Ko‘ndalangiga sinish, qiyshiq sinish, vintsimon sinish, uzunasiga, bo‘lakli (maydalanib) 2. Joylashgan joyiga ko‘ra: a) Epifizar sinish – cinish chizig‘isuyakning epifiz qismidan o‘tgan bo‘lib, bunday sinishning bitishi qiyin bo‘ladi. Epifizar sinish bo‘g‘im chiqishi bilan kechadi(sinib-chiqish).Sinish chizig‘i bo‘g‘im ichidan o‘tganligi sababli bitishi qiyin bo‘ladi. b) Metafizar sinish- sinish chizig‘i suyakning g‘ovaksimon qismidan o‘tgan bo‘ladi.Markaziy va periferik bo‘lakning siljishi bilan kechadi. c) Diafizar sinish – sinish chizig‘i diafiz sohasidan o‘tgan bo‘ladi. 3. Sinishlar to‘liq va to‘liqmas bo‘lishi mumkin. a) Agar sinish chizig‘i butun suyak bo‘ylab o‘tgan bo‘lsa,to‘liq sinish deyiladi. b) Agar suyakning faqat bir qismi zararlanib,bo‘laklar siljimasa,to‘liqmas sinish deyiladi. Suyaklar sinishining qaysi turi bo‘lishidan qat’iy nazar,ularni 2ta katta turga bo‘lamiz: ochiq va yopiq sinishlar.Agar suyaklar sinishi teri butunligini buzilishi bilan birga ro‘y bersa, bunday sinish ochiq sinish deyiladi. Agar teri butunligi buzilmasa, unda yopiq sinish deyiladi. Bundan tashqari sinishlar bo‘laklari ajragan va ajramagan sinishlarga bo‘linadi. Ba’zan singan bo‘laklarning ikkilamchi ajrab ketishi kuzatiladi. Buning asosiy sababi shikastlanganlarni noto‘g‘ri transportirovka qilishdir. Sinishning alomatlari: 1. Mahalliy belgilar – og‘riq, suyak bo‘laklarining siljishi hisobiga shu sohada deformatsiya kuzatiladi. Sog‘lom tomon bilan zararlangan soha solishtirilganda, bu belgi aniq ko‘rinadi. Zararlangan soha funksiyasini buzilishi singan sohada harakat, ya’ni patologik harakatni paydo bo‘lishi kuzatiladi. Singan sohani sog‘lom sohaga nisbatan kaltalanishi, singan soha paypaslab ko‘rilganda, shu sohada g‘irchillash(krepitatsiya) eshitiladi. 2. Umumiy belgilar – kuchli og‘riq hisobiga shok belgilari rivojlanishi mumkin, jarohatlangan to‘qimada hosil bo‘lgan zaharli moddalar qonga so‘rilib, buyrak funksiyasining buzilishi, tana haroratining ko‘tarilishi kuzatiladi. Rentgenologik belgilariga ko‘ra tashhis qo‘yiladi. Sinishning asoratlari. 1. Suyak bo‘laklarining nerv tolalarini zararlanishi natijasida shok va falajlanish rivojlanadi. 2. Suyak bo‘laklari qon tomirlarini zararlab, tashqi qon ketish,to‘qima ichi qon quyilishi,anemiya rivojlanishi mumkin. 3. Singan sohada infeksiya qo‘shilib, shu sohada flegmona, osteomielit, sepsis rivojlanishi mumkin. 4. Xayot uchun zarur organlarni zararlanishi (miya, o‘pka, jigar). 5. YOg‘li emboliya. Sinishlarda birinchi tibbiy yordam. Sinishlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishdan maqsad: - shikastlanish natijasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan og‘ir holatlarning oldini olish (shikastlanish shoki, yirik qon tomirlari va nervlarni, yumshok to‘qimalarni zararlanishi); - ochiq sinishlarda jarohatga ikkilamchi infeksiya tushishini oldini olish, qon ketishini oldini olish; - suyakning singan bo‘laklarini biri-biriga nisbatan me’yorida turishi va tinch turishini ta’minlash; YOpiq sinishlarda hayot uchun xavfli qon ketish va jarohat infeksiyasi kabi holatlar kam bo‘ladi, shuning uchun birinchi tibbiy yordam taxtakach (shina) yoki qo‘l ostidagi vositalar yordamida immobilizatsiya qilinadi. Agar yopiq sinish shikastlanish shoki bilan asoratlangan bo‘lsa, oddiy shokka qarshi choralar qilinadi: isitib o‘rab qo‘yish, shprits-tyubik yordamida narkotik moddalardan in’eksiya qilish, issiq choy ichirish va x.k. Taxtakach qo‘yishdagi asosiy qoidalar: 1. Taxtakach qo‘yilayotgan joyga mos qilib, 2 ta bo‘g‘imni qamrab olishi kerak – shikastlangan joyning yuqorisidan va pastidan; elka va son suyaklari singanda 3tak bo‘g‘imni qamrab olishi kerak. 2. Taxtakachlar etarli darajada mustahkam, iloji boricha yumshoq va ularni qo‘yishda qulay bo‘lishi kerak. 3. Taxtakachni o‘lchami sog‘ tomondan yoki yordam ko‘rsatuvchining o‘lchami bo‘yicha yoki singan sohani santimetrli lenta yordamida o‘lchab olinadi. 4. Taxtakachlar kiyim ustidan oyok–kiyim ustidan kuyiladi, suyaklar turtib chikkan joylarga, botmasligi uchun paxta kuyiladi. 5. Taxtakachni mahkamlash yumshoq bintlar yordamida chekkadan markazga qarab, ehtiyotlik bilan qilinadi. 6. Taxtakach qo‘yib bo‘lingach, shikastlanganni o‘rab qo‘yish kerak. 7. Taxtakachlar funksional jihatdan qulay holatda qo‘yiladi (qo‘llar uchun – elka bo‘g‘imidan yoyilgan va tirsak bo‘g‘imidan 90 * bukilgan holatda; oyoqlar uchun chanoq – son bo‘g‘imida yoyilgan va tizza bo‘g‘imidan bir oz bukilgan, tovon boldirga perpendikulyar holatda). Vaktinchalik immobilizatsiya qilish uchun qo‘l ostida bo‘lgan materiallardan foydalanish mumkin (yog‘ochlar, taxtalar, tunuka, cho‘plar). Ba’zan hech narsa topmaganda, qo‘llarni tanaga, oyoqlarni bir – biriga bog‘lab qo‘yish mumkin. Ochiq sinishlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qon oqishni to‘xtatishdan boshlanadi, jarohatga aseptik bog‘lam qo‘yiladi va taxtakachni jgutni bo‘shatish yoki boshqa joyga ko‘chirish mumkin bo‘lishi uchun. Bolalarda suyaklarning sinishi va ularni davolash xususiyatlari Bolalar suyagi elastik bo‘lganligi suyak usti pardasining mustaxkamligi va o‘sish zonasini bo‘lishligi sababli sinishlar o‘ziga xos bulgan xususiyatlarga ega. Ko‘pincha bolalarda suyak usti pardasi ostida sinish (suyak usti pardasi butun qoladi), ya’ni «yashil novda» tipidagi sinish, chala sinish, epifizioliz uchraydi. Chala sinish – qiyshiqroq suyaklarning diafiz sohasida uchraydi (bilak va tirsak suyaklari). Bunda suyakning qavarib chiqqan tomoni sinib, botiq tomoni normal holatda qoladi. Epifizioliz – sinish chizig‘i o‘sish zonasidan o‘tgan bo‘lsa, epifizioliz deyiladi. Davolash. Bolalarda suyaklarning sinishi konservativ usulda davolanadi. Mahkamlovchi bog‘lamlar qo‘yiladi. Gips longetlari yordamida immobilizatsiya qilinadi. Bolalarning yoshi, singan joyi va sinish xarakteriga ko‘ra uni davolashda cho‘zish usuli qo‘llanishi mumkin (leykoplastirli yoki suyakni tortish). Suyakni tortish 5-7 yoshdan oshgan bolalarga, leykoplastirli cho‘zish 3 yoshgacha bulgan bolalarga qo‘llaniladi.Operativ davolash bir necha marta yopik repozitsiya yordam bermaganda qo‘llaniladi. Bo‘g‘imlarning chiqishi, turlari va belgilari. Birinchi tibbiy yordam. Bo‘g‘im yuzalarini bir-biriga nisbatan notg‘gri turishi va ulardan birining kapsulani yorib chiqishiga aytiladi. Bo‘g‘imlarning chiqishi ularni tez joyiga qo‘yib, davolashni talab qiladi. Bo‘g‘imlarning chiqishi to‘liq va to‘liqmas bo‘lishi mumkin. Agar bo‘g‘im yuzalari bir-biriga tegib turmasa, to‘liq chiqish deyiladi, agar qisman tegib tursa, to‘liqmas chiqish deyiladi. Ko‘pincha bo‘g‘imlarning chiqishi shikastlanish natijasida (90%), ba’zan patologik chiqishlar ko‘rinishida uchraydi (bo‘g‘imlarning o‘rab turgan to‘qimalarning patologik o‘zgarishlari tufayli). Ba’zan tug‘ma chiqishlar uchraydi, u yoki bu bo‘g‘imning yaxshi rivojlanmaganligi tufayli bo‘lishi mumkin. Masalan: son suyakning tug‘ma chiqishi. Bo‘g‘imlarning chiqishida 2 ta omil ishtirok etadi: tashqi kuchning ta’siri va muskullarning qisqarishi. Bo‘g‘imlarning chiqishida bo‘g‘im kapsulasi yirtiladi, bo‘g‘imni o‘rab va mustahkamlab turgan boylamlar, muskullar va paylar uziladi. Ko‘pincha elka bo‘g‘imi (55%), so‘ng tirsak bo‘g‘imlari (25%) chiqishi mumkin. Bo‘g‘imlar chiqishining belgilari:bo‘g‘im funksiyasining buzilishi;u yoki bu bo‘g‘imning shikastlanishga xos bo‘lgan oyoq yoki qo‘lning majburiy holati. M: elka bo‘g‘imining chiqishida shikastlangan qo‘lini tirsak bo‘g‘imida bukib, tanadan uzoqlashgan holatda;og‘riq oyoq yoki qo‘lni holatini o‘zgartirganda kuchayadi.bo‘g‘imning shaklini o‘zgarishi; yordamchi simptomlar (oyoq yoki qo‘lni shishishi, sezuvchanlik va harakatni buzilishi); Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. SHikastlangan oyoq yoki qo‘lni immobilizatsiya qilish (standart shinalar, qo‘l ostidagi vositalar yoki mahkam qilib bog‘lash bilan) bu vaqtda bo‘g‘imlarni to‘g‘rilab qo‘yish mumkin emas, chunki:bo‘g‘imlar chiqqanligini hamma vaqt ham aniqlab bo‘lmaydi.og‘riqsizlantirmasdan turib, bo‘g‘imlarni to‘g‘irlash shokka olib keladi.bo‘g‘imlarni to‘g‘irlash vrachning muolajasi. Immobilizatsiyadan tashqari og‘riqsizlantiruvchi vositalar beriladi, bo‘g‘imga muz xaltasi qo‘yiladi. Agar ochiq chiqishlar bo‘lsa, avval jarohatga aseptik bog‘lam qo‘yib, keyin immobilizatsiya qilinadi .Bo‘g‘imlarni to‘g‘rilash tibbiy muassasalarda vrachlar tomonidan amalga oshiriladi. To‘g‘irlashdan oldin og‘riqsizlantiriladi – 40-50mm 1%li novokain eritmasi bo‘him bo‘shlig‘iga yuboriladi, 1-2ml 2%li promedol 30 minut oldin m/o yoki t/o yuboriladi. Bo‘g‘imlarni to‘g‘irlashni Koxer, Djanelidze, Gippokrat usullari mavjud. Bo‘g‘imlar to‘g‘irlangandan keyin tinch holat yaratish va qaytatdan chiqishni oldini olish maqsadida immobilizatsiya qilinadi. Qo‘l kosinka bilan mahkam osib qo‘yiladi, shina yoki gipsli longet qo‘yiladi. (7-10 kunga). Oyoqdagi bo‘g‘imlar to‘g‘irlangach, shina yoki gipsli longeta yordamida immobilizatsiya qilinib, 15-30 kunga yotgan holat tavsiya qilinadi. Immobilizatsiyaning qaysi turi bo‘lishidan qat’iy nazar, massaj (uqalash), davolash gimnastikasi, fizioterapiya muolajalari qilinadi. Transport immobilizatsiyasi. Asosiy tushuncha. Immobilizatsiya – deb, tana qismlari shikastlanganda shikastlanish sohasiga tinch holat yaratib berish yoki harakatni kamayti rishga aytiladi. Transport immobilizatsiyasi – shikastlanganlarni statsionarga evakuatsiya qilish vaqtidagi immobilizatsiyasi. SHikastlanganlarni statsionarga yotqizilgach, vaqtinchalik bo‘lgan transport immobilizatsiyasini davolash yoki doimiy immobilizatsiya bilan almashtiriladi. Transport immobilizatsiyasi shikastlanish ro‘y bergan joyda qilinadi. Suyaklari singan shikastlanganlarni immobilizatsiyasiz ko‘tarish yoki ko‘chirish mumkin emas, chunki bunday holat singan suyak bo‘laklarini siljib, nerv va yirik qon tomirlarni zararlanish, infeksiyani tez tarqalishiga olib keladi. Immobilizatsiya qilish uchun taxtakach va qo‘l ostidagi materiallar qo‘llaniladi. Transport immobilizatsiyasi uchun maxsus standart taxtakachlar ishlatiladi. Standart transport taxtakachlari mahkamlovchi va cho‘zish bilan mahkamlovchi taxtakachlarga bo‘linadi. Mahkamlovchi taxtakachlar ko‘proq ishlatiladi. Bularga fanerli, kartonli, simli narvonsimon taxtakachlar kiradi. Cho‘zish bilan mahkamlovchilarga Diterixs taxtakachi kiradi. Fanerli taxtakachlar yupqa fanerdan tayyorlanib, qo‘l va oyoqlarni immobilizatsiya qilish uchun ishlatiladi. Simli narvonsimon Kramer taxtakachlari ikkita o‘lchamda chiqariladi110x10sm va 60x10sm. Ular narvonga o‘xshash, engil va mustahkam, turli shaklga keltirish mumkin. Uni birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda keng ko‘lamda qo‘llansa bo‘ladi. Diterixs taxtakachi rus xirurgi M.M.Diterixs tomonidan yaratilgan. U son suyagi va chanoq-son bo‘g‘imi singanda immobilizatsiya qilish uchun ishlatiladi. Standart taxtakachlar bo‘lmaganda qo‘l ostidagi materiallardan taxtakach sifatida foydalanish mumkin. Ba’zan autoimmobilizatsiya ham qilish mumkin: qo‘lni tanaga, singan oyoqni sog‘ oyoqqa bog‘lab qo‘yish mumkin. Qo‘llar shikastlanganda transport immobilizatsiyasi. Elka suyagining yuqori 1/3 qismi singanda qo‘lni tirsak bo‘g‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib buklanadi. Tana shikastlangan tomonga engashadi, shu tomondagi qo‘ltiq ostiga paxta-dokali yostiqcha qo‘yiladi va bint yordamida ko‘krak qafasiga mahkamlab qo‘yiladi. SHu holatda bilak kosinkaga osib qo‘yiladi, elka tanaga mahkamlab qo‘yiladi. Elka suyagining o‘rta qismi singanda simli narvonsimon taxtakach yordamida immobilizatsiya qilinadi. Taxtakachni paxta bilan qoplab olinadi, bunda taxtakach elka va tirsak bo‘g‘imiga mahkamlanadi. Avv Avval elka va bilak o‘lchab olinadi va to‘g‘ri burchak ostida buklanadi, ikkinchi tomoni orqada buklanadi. Qo‘ltiqqa yostiqcha qo‘yilib, mahkamlanadi. Singan qo‘lni buklangan taxtakachga joylashtirilib, mahkamlanadi, taxtakachni esa tanaga bintlab qo‘yiladi. Elka suyagining pastki 1/3 qismi singanda taxtakachni kaft-barmoq bo‘g‘imlarigacha etadigan qilib buklanadi va elkaning elkaning o‘rta qismi singanda qo‘yiladigan holda immobilizatsiya qilinadi. Bilak suyagi singanda simli narvonsimon va to‘rsimon taxtakachlar qo‘llaniladi. Taxtakachni elka suyagining o‘rtasidan kaft-barmoq bo‘g‘imlarigacha qo‘lning tashqi tomonidan qo‘yiladi. Tirsak bo‘g‘imi to‘g‘ri burchak ostida buklangan bo‘ladi, kaft ochilgan, qoringa yaqinlashtirilgan bo‘ladi. Kaftgaqattiq yostiqcha qo‘yilib, taxtakach qo‘l bilan mahkamlanadi va bilak kosinkaga osib qo‘yiladi. Fanerli taxtakach qo‘llanilganda unga paxta qo‘yiladi. Bilak-panja bo‘g‘imi va barmoqlar singanda simli narvonsimon va to‘rsimon taxtakachlardan foydalaniladi. Taxtakachni avval paxta bilan o‘ralib, kaft tomondan barmoqlarning uchidan to tirsakkacha qo‘yiladi. Og‘irroq shikastlanganda qo‘shimcha taxtakach orqa tomondan ham qo‘yiladi, kaftga qattiq valik qo‘yib, taxtakachni qo‘lga mahkamlanadi. Barmoqlarning uchi qon aylanishini kuzatib turish maqsadida ochiq qoldiriladi. Oyoqlar shikastlanganda transport immobilizatsiyasi.Son suyagi singanda chanoq-son, tizza va boldir-tovon bo‘g‘imi immobilizatsiya qilinadi. Buning uchun standart Diterixs taxtakachi qo‘llaniladi. Bunda immobilizatsiyadan tashqari oyoqni cho‘zish ham mumkin. Taxtakach uzunligi 1,71 va 1,46m, kengligi 8sm bo‘lgan 2 ta harakatlanadi gan plankadan iborat. Uzun plankani sonning tashqi yuzasidan qo‘ltiq osti sohasigacha, qisqa plankani ichki tomondan oraliqqacha qo‘yiladi. Plankalar harakatchan bo‘lganligi uchun bemoning bo‘yiga qarab o‘zgartirish mumkin. Plankaning distal qismlari ko‘ndalang yog‘och bilan biriktilgan. Tovonga bint bilan taglik mahkamlangan bo‘lib, unga burama(zakrutka) ipi biriktirilgan. Ikkala planka bint yordamida tanaga oyoqqa va bir-biri bilan mahkamlanadi. Oyoqni cho‘zish burama ipi yordamida amalga oshiriladi. Son suyagi singanda narvonsimon taxtakachlardan ham foydalanish mumkin. Standart taxtakachlar bo‘lmagan hollarda qo‘l ostidagi materiallardan foydalanish mumkin(yog‘och, taxta, chang‘i va boshqalar) yoki autoimmobilizatsiya qilinadi, ya’ni singan oyoqni sog‘ oyoqqa bog‘lanadi. Boldir suyagi singanda standart simli narvonsimon taxtakachlardan foydalaniladi. Taxtakach boldirga moslanadi, paxta yoki biror yumshoq material bilan qoplanadi, oyoqning orqa tomonidan dumba bo‘g‘imigacha olib boriladi, Yon tomonidan qo‘shimcha 2 ta fanerli taxtakachlar qo‘yiladi. Taxtakach, tizza va boldir-tovon bo‘g‘imini qoplashi kerak. Taxtakachni oyoqqa bint bilan bog‘lab qo‘yiladi. Umurtqa pog‘onasi shikastlanganda immobilizatsiya qilish. Bunday shikastlanganlarni ehtiyotlik ilan qattiq taxtali zambillarga orqasi bilan yotkiziladi. Taxta yuo‘lmasa, oddiy zambillarga qorin bilan yotkizilib, boshi va elkalari tagiga yostiqcha qo‘yiladi. Umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismi shikastlanganda paxta-dokadan tayyorlangan bog‘lam yoki Elanskiy taxtakachi qo‘yiladi. Bu taxtakach fanerdan tayyorlangan bo‘lib, bir-biri bilan biriktirilgan ikkita stvorkadan iborat. Ochilgan holatda bosh va tananing konturini eslatadi, ensa sohasida chuqurchasi bor. Atrofiga paxtadan yostiqchalar qo‘yiladi. Taxtakach qo‘llash vaqtida paxta bilan to‘ldirilib, tasmalar yordamida tana va elkaga mahkamlab qo‘yiladi. Taxtakach bo‘lmaganda shikastlanganlarni zambilga orqasi bilan yotkizilib, bo‘yinning tagiga yostiq qo‘yiladi. Chanoq suyagi shikastlanganda immobilizatsiya qilish. Qattiq zambillarga orqasi bilan yotiziladi, tizza va chanoq-son bo‘g‘imlari yarim bukilgan holatda, oyoqlari Yon tomonlarga bir muncha kerilgan holatda bo‘ladi. Tizza ostiga yostiqcha qo‘yiladi. Xulosa Inson hayoti davomida bo‘lajak mutuxassislarga hayotiy faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish qoidalarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat. Hayotiy faoliyatda yuzaga keladigan xavflarni identifikatsiyalash va ularni o‘rganish, ishlab chiqarish jaraYonlarida kasb kasalliklarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, texnosferada kasb kasalliklarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan chora-tadbirlarni o‘rganish. Shuningdek, aholini tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga o‘rgatish, zararlangan shikastlanish o‘choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklov ishlarini o‘tkazish, Yong‘inga qarshi xavfsizlik choralarini ko‘rish, jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish va boshqa muhim vazifalarni bajara oladigan bilim, ko‘nikma va kasbiy malakaga ega insonni tarbiyalashga qaratilgan.