Jek London. Meksikalik (hikoya)
I
Hech kim uning o‘tmishini bilmas, Xunta* odamlari esa buni mutlaqo
bilmasdilar. Bu bola ularning «kichkina siri», «ulug‘ vatanparvar» edi, u
ham yaqinlashib kelayotgan Meksika inqilobiga qo‘lidan kelgancha hissa
qo‘shish uchun xuddi xuntachilar singari astoydil ishlardi. Buni ancha
keyin e’tirof qildilar, chunki Xuntadagilar uni yoqtirmasdilar. U
xuntachilarning tor va odam to‘la uyiga birinchi mapta kirib kelganda,
uni Diasning* sotqin va maxfiy agentlaridan biri deb shubha qildilar.
Axir G‘o‘shma Shtatlarning turli joylaridagi grajdan va harbiy
qamoqxonalarida qamalib yotgan o‘rtoqlar ozmidi! Ko‘pgina
o‘rtoqlarning oyoq
-
qo‘llariga kishan urdilar, ularni hatto kishanlangan
holda ham chegaradan olib o‘tishar va dev
or tagiga tizib, bir chekkadan
otib tashlashardi.
Birinchi qarashda bola yomon taassurot qoldirdi. U rostdan ham yosh
bola, endi o‘n sakkizga kirgan bo‘lib, jussasi yoshiga nisbatan kichikroq
edi. U otim Felipe Rivera, inqilob foydasiga xizmat qilmoqchiman, dedi.
Uning aytgani faqat shu bo‘ldi, boshqa bir og‘iz so‘z ham, izoh ham
bermadi. U kutib turaverdi. Na lablarida tabassum, na qarashlarida
biror ifoda bor edi. Qiziqqon, novchadan kelgan Paulino Veraning a’zoyi
badani jimirlab, seskanib ketdi. Bu yigitcha unga allaqanday jirkanch,
qo‘rqinchli, sirli ko‘rindi. Uning qora ko‘zlari juda sovuq boqar, nazari
allaqanday zaharli edi. Bu ko‘zlarda poyonsiz g‘azab, cheksiz kek o‘ti
yonib turardi. Yigitcha ko‘zlarini qo‘zg‘olon boshliqlaridan olib,
mashinkada xun
ta qog‘ozlarini tiqirlatib yozib o‘tirgan jajjigina missis
Setbiga qaradi. U xotinga bir qarab qo‘ydi, missis Setbi buni ko‘rib qoldi
-
yu, allanechuk bir holga tushib, ishlay olmay qoldi. Xotin ishini davom
ettirish uchun yozayotgan xatni boshqadan o‘qib ch
iqishga majbur
bo‘ldi.
Paulino Vera savol nazari bilan unga, keyin Arellano va Romosga qaradi,
ular ham yigitchaga savol nazari bilan qarab oldilar-da, keyin bir-
birlariga qaradilar. Bu oriqqina bola tushunib bo‘lmas bir muammo edi,
muammo bo‘lganda ham ju
da chigal muammo edi. Mana shu oddiy,
vijdonli inqilobchilar, g‘azabli, o‘tkir nafrati faqat Dias va uning
istibdodiga qarshi qaratilgan, oddiy va sofdil vatanparvarlar
tushunolmaydigan bir bola edi. Bu yerda qandaydir bir sir bor edi, lekin
bu sir ularga
qorong‘u qoldi. Pirovardida boshqalarga qaraganda
serg‘ayrat va harakatchan bo‘lgan Vera jimlikni buzdi:
–
Juda soz,
–
dedi sovuqqina qilib u.
–
Inqilob uchun xizmat
qilmoqchiman degin? Kamzulingni yech, mana bu yerga osib quy.
Beri kel, ko‘rsataman. Chelak bilan latta qani? Bu yer iflos. Sen o‘z
ishingni mana shu xonalarning polini yuvib tozalashdan
boshlaysan. Tufdonlarni tozalash kerak, so‘ngra derazalarni
yuvasan.
–
Inqilob uchunmi bu?
–
deb so‘radi bola.
–
Ha, inqilob uchun,
–
deb javob berdi Vera.
Rivera so
vuq, shubhali nazar bilan o‘tirganlarning hammasini bir
-bir
ko‘zdan kechirdi
-da, kamzulini yecha turib:
–
Yaxshi,
–
deb qo‘ydi.
Boshqa hech narsa demadi. Har kun ishga kelib, xonalarni supurdi, qirdi,
yuvdi, tozaladi. U pechkadagi kullarni oldi, ko‘mir va tu
tantiriq keltirdi.
Inqilobchilarning eng faollari kelib, o‘z joylariga o‘tirmasdan ancha ilgari
pechka yoqib, uyni isitib qo‘yardi.
–
Men shu yerda yotib qolsam maylimi?
–
deb so‘radi bir kun y.
Ha-
a! Shundaymi hali, mana bu Diasning qo‘li endi Xunta binosid
a
tunab qolish, uning sirlari, odamlarning ro‘yxati, Meksika territoriyasida
bo‘lgan o‘rtoqlarning manzilgohlarini bilib olish demakdir. Uning
iltimosi rad qilindi; bu iltimosini ortiq takrorlamadi. Riveraning qayerda
tunashini, ovqatni qayerdan topib yeyishini ular bilmas edilar. Bir kuni
Arellano unga bir necha dollar berdi, Rivera bosh chayqab, pulni olmadi.
Vera ol deb qistayvergach u:
–
Men inqilob uchun ishlayotirman,
–
deb javob berdi.
Yana inqilob ko‘tarish uchun ko‘p pul kerak. Xunta hamma vaqt pulga
muhtoj edi. Tashkilot a’zolari ko‘p vaqt och qolishar, lekin ish deganda
o‘z kuchlarini ayamas edilar; eng uzun kunlar ham ular nazarida juda
qisqa bo‘lib ko‘rinardi. Ba’zan inqilobning taqdiri bir necha dollarga
qapab qolgandek tuyulardi. Bir kuni bino x
o‘jayini, ijara puli ikki oydan
beri to‘lanmadi, uyni bo‘shatasizlar, deb turib olgan edi, eski kiyimli
xizmatkor Felipe Rivera oltmish dollar keltirib, Setbi stoliga qo‘ydi.
Shundan keyin u tez-
tez pul olib keladigan bo‘ldi. Mashinistkalar
tomonidan tashk
ilotga yordam ko‘rsatish haqida yozilgan
iltimosnomalar, gazetalarning yolg‘on va tuhmatlariga qarshi yozilgan
norozilik xatlari, Qo‘shma Shtatlardagi sudlarning inqilobchilarga
nisbatan qilgan qabih munosabatlariga qarshi yozilgan xitobnomalar
marka bo‘lm
agani sababli joy-joyiga yuborilmay yotardi. Veraning
otasidan qolgan eski oltin soati sotilib ketdi. Mey Setbining o‘rta
barmog‘idagi oltin uzugi ham g‘oyib bo‘lib qoldi. Ahvol og‘ir edi. Ramos
bilan Arellano umidsizlanib, o‘zlarining o‘siq mo‘ylovlarini
yulqar edilar.
Xatlar jo‘natilishi kerak, pochta esa qarzga marka bermaydi. Shunda
Rivera shlyapasini kiyib chiqib ketdi. Qaytib kelib, Mey Setbi stoliga
mingta ikki sentli marka qo‘ydi.
–
Bu yana Diasning la’nati oltinlariga kelgan bo‘lmasin? –
dedi Vera
o‘
rtoqlariga.
Ular qoshlarini chimirdilaru, javob bermadilar. Inqilob foydasiga xizmat
qilayotgan Felipe Rivera zarur bo‘lib qolganda, Xunta ehtiyoji uchun
oltin, kumush keltirib beraverdi.
Shunday bo‘lsa ham, ular Riverani yaxshi ko‘rmas edilar. Unga hech
t
ushunib bo‘lmaydi, o‘zi ochilib gapirmaydi. Qiliqlari boshqalarnikiga
o‘xshamaydi. U bilan yaxshiroq tanishib olish maqsadida berilgan
savollar javobsiz qoladi. Undan hadeb so‘rayverishga esa
botinolmaydilar.
–
Ehtimol, buyuk va yolg‘iz bir ruhdir… bilmayman
, bilmayman,
–
deb Arellano qo‘llarini yozar edi.
–
Unda insonga xos hech narsa yo‘q, –
deb qo‘ydi Ramos.
–
Vujudidagi barcha sezgi a’zolari o‘tmaslashgan, –
dedi Mey Setbi.
–
Undagi ezgu hislar va kulgi xuddi kuydirib tashlangandek. U
xuddi murdadek sovuq, shu bilan birga unda qandaydir mudhish
hayot kuchi bor.
–
Rivera jahannam olovlaridan o‘tib kelgan, –
dedi Paulina.
–
Hayotning achchiq-chuchugini totimagan, azob-
uqubatli yo‘llarni
bosib o‘tmagan odam bunday bo‘lmaydi. U hali yosh bola
-ya
tag‘in.
Shunga qaramay, ular Riverani hamon sevmas edilar. U hech
gaplashmaydi, hech narsa so‘ramaydi, dilidagini ochib aytmaydi. Ular
hayajon va baland ruh bilan inqilob haqida gapirganlarida, sovuq boqib
turgan ko‘zlarini hisobga olmaganda, xuddi jonsiz buyumday qimir
etmay
tik turib qolardi. Bu ko‘zlar xuddi toblangan burovga o‘xshab
sanchiladi va kishini dovdiratib, bezovta qiladi.
–
U josus emas,
–
dedi Vera Mey Setbiga,
–
u vatanparvar. Xo‘p
deyavering, u bizdan ko‘ra o‘tkirroq vatanparvar. Men bunga
ishonaman. Men buni o‘z ongim bilan o‘qib, yuragim bilan sezib
turibman. Lekin men bu yigitga hech tushunolmay dog‘daman.
–
Uning xarakteri yomon,
–
dedi Mey Setbi.
–
Gapingiz to‘g‘ri, –
dedi Vera,
–
u bugun menga bir qarash qildi
deng. Bunday nazari og‘ir odamning qalbida sevgi hissi bo‘lmaydi.
Bu ko‘zlar qo‘rqinchli, yo‘lbars ko‘zlari kabi dahshatli. Bordi
-yu,
men xoinlik qilgunday bo‘lsam, y meni albatta o‘ldiradi, men buni
yaxshi bilaman. Unda shafqat degan narsadan asar yo‘q. U po‘lat
kabi ayovsiz, muz kabi sovuq. U xud
di odam yolg‘iz o‘zi tog‘
cho‘qqisida qolib sovuqqa qotayotgan paytda, qish kechasini
yoritib turgan oy shu’lasiga o‘xshaydi. Men Diasdan ham, uning
barcha jallodlaridan ham qo‘rqmayman. Ammo bu boladan
qo‘rqaman. Gapning to‘g‘risini aytayotirman. Undan qo‘rqaman. U
xuddi o‘lim farishtasiga o‘xshaydi.
Shunga qaramay, Riveraga birinchi mas’uliyatli vazifa topshirishga
boshqalarni Veraning o‘zi ko‘ndirdi.
Los-
Anjelos bilan quyi Kaliforniya orasidagi aloqa uzilgan. O‘rtoqlardan
uch kishi o‘zlari qazigan go‘r y
oqasiga keltirilib, otib tashlangan edi.
Boshqa ikkitasi Amerika Qo‘shma Shtatlarining asirlari sifatida Los
-
Anjelosda qamoqda yotishibdi. Federal qo‘shinlarining bosh
qo‘mondoni Xuan Alvarado razil odam bo‘lib chiqdi. U inqilobchilarning
barcha rejalarini barbod qildi. Ular quyi Kaliforniyadagi maslakdoshlari
bilan ortiq xabarlasholmay qoldilar.
Yosh Rivera tegishli ko‘rsatmalarni olib, janubga jo‘nadi. U qaytib
kelganda, aloqa o‘rnatildi, Xuan Alvarado esa o‘ldirilgan edi. Uni o‘z
yotog‘ida ko‘kragiga to
sopiga qadar xanjar tiqilgan holda topibdilar.
Riveraga bunday vazifa topshirilgani yo‘q edi. Lekin Riveraning barcha
harakatlari, har bir bosgan qadami Xunta a’zolariga aniq ma’lum edi.
Ular Riveradan hech narsa so‘ramadilar. U ham hech narsa demadi. Ular
bir-birlariga qarashdilaru, masalaga tushundilar.
–
Aytdim-ku sizga,
–
dedi Vera,
–
Dias hammamizdan ko‘ra mana
shu yigitchadan hayiqishi kerak. U
—
shafqatsiz, jazo beruvchi
qudratli kuch.
Riveraning Mey Setbi shubhalangan va keyinroq boshqalar ham sezgan
yomon xarakteri endi amalda, ya’ni jismoniy dalillar bilan isbot qilina
berdi. Yigitcha goh lablari yorilgan, peshonasi g‘yppa bo‘lgan, goh
quloqlari, yuz-
ko‘zlari shishgan holda kelar edi. Ma’lum bo‘lar ediki, u
yeb-ichib va uxlab yurgan, pul topadigan va
ularga noma’lum bo‘lgan
yo‘llarda tentirab yuradigan o‘sha tashqi dunyoda mushtlashar,
janjallashar edi. Asta-sekin u haftada bir marta chiqadigan inqilobiy
varaqa bosishni, harf terishni o‘rganib oldi. Harf terishga holi
-qudrati
kelmaydigan vaqtlari ham
bo‘lardi: ba’zan uning qo‘llari shishgan, katta
barmoqlari yaralangan, uning o‘ng yoki chap qo‘li mayib bo‘lib shalvirab
qolgan vaqtlar ham bo‘lardi. Bunday vaqtlarda uning yuzlari kuchli alam
chekayotganligini ifoda qilib turar edi.
–
Daydi,
–
der edi Arellano.
–
Yomon joylarda sanqib yuradi,
–
der edi Ramos.
–
Ajab, pulni u qayoqdan oladi?
–
deb tushuna olmas edi Vera.
–
U xuddi shu bugun qog‘oz uchun hisob
-
kitob bo‘yicha bir yuz qirq
dollar pul to‘labdi, men buni hozirgina bildim.
–
Bu uning yo‘q bo‘lib ketishi na
tijasi,
–
dedi Mey Setbi.
–
Bu haqda
u hech narsa gapirmaydi.
–
Uning orqasidan poylash kerak,
–
deb taklif qildi Ramos.
–
Uning orqasidan josuslik qilishni men aslo istamas elim,
–
dedi
Vera.
–
Shunday qilsam, meni tobutda yotganimda
ko‘rmasangiz,
bu dunyoda tirik ko‘rolmassiz deb o‘ylayman. Mening fikrimcha,
uning noma’lum bo‘lgan sirli bir maqsadi bor. Bu sirni bilishga
intilganlarni o‘ziga hech ham yaqinlashtirmaydi.
–
Uning qarshisida men o‘zimni kichkina boladek his qilaman, –
deb
b
o‘yniga oldi Ramos.
–
Menimcha, bu bolada qandaydir ibtidoiy kuch bor. U hujumga
otlangan yo‘lbars, ajdaho, zaharli mingoyoq! –
dedi Arellano.
–
Unga qarab turib, yig‘lab yuboray deysan kishi, –
dedi Mey Setbi,
–
uning oshna-
og‘aynisi yo‘q. U hammani yomon ko‘
radi. Istagi,
maqsadiga sherik bo‘lganimiz uchun ham bizga yomon ko‘z bilan
qaramaydi. U yolg‘iz, yoppa
-
yolg‘iz. –
Xotinning o‘pkasi to‘lib,
ovozi kesildi, nazari xiralashdi.
Riveraning vaqt o‘tkazishi haqiqatan ham sirli edi. Bir haftalab yo‘qolib
ketgan
vaqtlari ham bo‘lardi. Bir marta u butun bir oy yo‘qolib ketdi,
lekin qaytib kelgandan keyin hech gap-
so‘z qilmasdan, Mey Setbi stoliga
albatta pul keltirib qo‘yardi. Undan keyin uzoq vaqt Xunta ixtiyorida
qolardi. Yana bir necha vaqtdan keyin kun bo‘yi yo‘q bo‘lib ketar va
Xunta idorasiga faqat erta azonda bir, kechqurun bir kelardi. Bir gal
Arellano yarim kechada uning harf terib o‘tirganini ko‘rib qoldi. Uning
barmoqlari shishgan, yorilib ketgan lablaridan qon sizib turardi.
II
Hal qiluvchi payt yaqinl
ashmoqda edi. Qanday bo‘lsa ham inqilob
Xuntaga bog‘liq, Xunta esa mablag‘ jihatdan siqilib qolgan edi. Pulga
bo‘lgan ehtiyoj boshqa vaqtdagiga qaraganda hozir kuchliroq, pul topish
esa juda ham qiyin edi.
Vatanparvarlar o‘zlarining eng oxirgi tsentlarigac
ha qoqib berdilar,
berishga endi hech narsa qolmadi. Meksikadan qochib kelgan ishchilar
arzimagan oyliklarining yarmisini keltirib berib turdilar. Biroq yana pul,
yana ham ko‘proq pul kerak edi. Ko‘p yillik og‘ir mehnat, yashirin
tashkilotda ishlash endi o
‘z mevasini berish oldida. Vaqt yetib keldi.
Inqilobning taqdiri tarozi pallasiga qo‘yilgan. Yana bir turtki, yana bir
qahramonona intilish bo‘lsa, tarozi pallasi g‘alaba tomonga bosib
ketadi. Xunta o‘z Meksikasini biladi. Inqilob boshlanib ketsa, u o‘z
-
o‘
zini
ta’min qila oladi. Dias tomonidan qurilgan siyosiy mashina xuddi
payraxadan yasalgan uydek parcha-
parcha bo‘lib ketadi. Chegara
qo‘zg‘olonga tayyor. «Jahon industrial ishchilari» tashkilotidan yuzlab
ishchilar bir yanki boshchiligida Janubiy Kaliforniya uchun jang
boshlashga tayyor holda chegarada buyruq kutib turibdi. Lekin qurolga
muhtoj. Hamma qurolga muhtoj
—
sotsialistlar, anarxistlar,
umidsizlangan kasaba soyuz a’zolari, Meksikadan quvg‘in qilinganlar,
qullikdan qutilib qochgan batraklar, shiddat bilan olishuvni chin
ko‘ngildan istagan Ker d’Alen va Kolorado kon ishchilari, nihoyat, baxt
izlovchi o‘ta avantyuristlar, banditlar —
g‘oyat murakkab dunyoning
barcha xor-zorlari va murtadlari
—
hamma qurolga muhtoj. Xunta
shularning hammasi bilan aloqa
bog‘lab ish ko‘radi. Miltiq va o‘q
-dori,
o‘q
-
dori va miltiq, degan to‘xtovsiz va muttasil qichqiriq Atlantik okeani
sohillaridan kelayotgan faryod ovozlari edi.
Qasos istagi bilan yonayotgan mana shu kuchlar chegaradan o‘tsa
bormi
—
inqilob boshlangan hiso
b; bojxona, Meksika portlari qo‘lga
olinadi. Qarshilik ko‘rsatishga Diasning qurbi yetmaydi. U o‘z
armiyasining asosiy kuchlarini bularga qarshi qo‘yishga botinolmaydi. U
janubni himoya qilishga majbur, lekin shunga qaramay, alanga janubga
ham tarqaladi. X
alq qo‘zg‘olon ko‘taradi, shaharlar mudofaasi yorib
o‘tiladi, shahar orqasidan shahar, shtat orqasidan shtat
qo‘zg‘olonchilarning qo‘liga o‘tadi. Pirovardida inqilobning g‘olib
armiyasi Diasning so‘nggi tayanchi bo‘lgan Meksika poytaxtini qurshab
oladi.
Ammo pulni qayerdan olish kerak? Inqilob ixtiyorida kurashga
intilayotgan va qurolni ishlata biladigan odamlar ko‘p. Xunta boshliqlari
qurol sotadigan va uni yetkazib beradigan savdogarlarni biladi. Lekin
inqilobga tayyorgarlik ko‘rish Xuntaning madorini quritib qo‘ydi. Eng
oxirgi dollar sarflandi, eng oxirgi manba quridi, eng oxirgi vatanparvar
ham qoqlandi. Buyuk inqilob ishi tarozi pallasida muallaq turibdi. Miltiq
va o‘q
-dori! Qashshoq batalonlar qurollanishi kerak, axir. Lekin qanday
qilib? Ramos musodar
a qilingan o‘z boyliklarini o‘ylaydi, Arellano o‘z
yoshligida boylikni o‘rinsiz sarf qilganidan xafa bo‘ladi. Mey Setbi esa,
Xunta a’zolari boshda iqtisod qilish —
tejashni o‘ylaganlarida, yaxshiroq
bo‘lmasmi edi deb kuyinadi.
–
O‘ylab ko‘ring, Meksikaning ozodligi la’nati bir necha ming
dollarga qarab qolsa-ya!
–
dedi Paulino Vera.
Ularning yuzlaridan, qarashlaridan umidsizlik ifodasini o‘qish mumkin
edi. Ularning eng so‘nggi umidi Xose Amariloda. Bu odam yaqinda
inqilob tomoniga o‘tib, pul berishga va’da qilgan edi. Amarilo o‘z uyi
oldida qamoqqa olinib, o‘z uyi oldida otib tashlandi. Bu haqdagi xabar
hozirgina kelib yetdi. Tiz cho‘kib pol yuvayotgan Rivera boshini ko‘tardi,
uning shimarilgan qo‘llaridan kir suv tomchilari oqib turardi.
–
Besh ming bo‘lsa yeta
dimi?
–
deb so‘radi u.
Hamma taajjublanib, unga qaradi. Vera bosh irg‘itib, tasdiq ishorasini
berdi. Uning nafasi tiqilar edi. Bir so‘z aytishga ham madori qolmagandi.
Birdan unda umid uchquni paydo bo‘ldi.
–
Unday bo‘lsa, miltiqlarni
buyurtiraveringlar,
–
dedi Rivera, umrida
uzoq nutq so‘zlagani shu bo‘ldi. –
Baqt tang, uch haftadan keyin
men sizga besh mingni keltirib beraman: o‘shanda yaxshi
bo‘ladi,ob
-
havo qulay bo‘ladi. Urush uchun qulayroq. Bundan
ortiq men hech narsa qilolmayman.
Vera o‘zida uyg‘ongan umid uchqunini bosishga tirishdi. Bu umid
haqiqatga zidday tuyuldi. U inqilobiy o‘yinni boshlagandan beri juda
ko‘p orzu
-
umidlar kul bo‘lib, ko‘kka sovurilib ketdi. U mana shu inqilob
uchun pol yuvayotgan va juldur kiyingan bolaga ishonar, shu bilan birga
ishonishga qo‘rqap edi.
–
Jinni bo‘lib qolibsan! –
dedi u.
–
Uch haftadan keyin,
–
dedi Rivera beparvo.
–
Miltiqlarni
buyurtiravering.
U o‘rnidan turib, shimarilgan yenglarini tushirdi va kamzulini kiya turib:
–
Miltiq buyurtiravering,
–
deb takrorladi.
–
Men ketdim.
III
Bir qancha ur-
sur, to‘polon, sanoqsiz telefon qoqish va so‘kishlardan
keyin Kellining kontorasida tungi kengash bo‘lmoqda edi. Kellining ishi
boshidan oshib yotibdi; buning ustiga ishi o‘ng kelmadi. Bundan uch
hafta ilgari u Nyu-Yorkdan Denni Uordni chaqirib olgan, u bilan Villi
Karti o‘rtasida boks matchi o‘tkazmoqchi edi. Lekin mana ikki kun bo‘ldi,
Karti qo‘li sinib yotibdi. Buni gazetalardan maxfiy saqlamoqdalar, lekin
uning o‘rnini bosadigan hech kim yo‘q. Keyli yengi
l vaznli barcha
boksyorlarga telegrammalar yubordi. Lekin ularning hammasidan ham
umid uzildi, qay birlari match bilan band, qay birlari esa shartnoma qilib
qo‘yganlar.
Shunday bir paytda umid shu’lasi xira nur sochganday bo‘ldi.
–
Yuragingga balli,
–
dedi Kelli Riveraga qiya boqib.
Riveraning ko‘zlarida g‘azab va nafrat o‘ti yonib turar, lekin yuzi eskicha
hech narsa ifoda qilmasdi.
–
Men Uordni yengaman.
–
Uning aytgan gapi shu bo‘ldi.
–
Sen qayoqdan bilasan buni? Uning boks tushganini biror marta
ko‘rganmisan o‘zing?
Rivera javob bermadi.
–
U ko‘zini yumib turib, ag‘darib tashlaydi seni.
Rivera yelkasini qisib qo‘ydi.
–
Nima balo, tiling yo‘qmi? –
deb ming‘illadi impressario.
–
Men uni yengaman.
–
Ilgari birorta kishi bilan olishganmisan?
–
deb so‘radi Maykl Kelli.
May
kl impressarioning akasi bo‘lib, Ielloustoundagi bir tatalizatorning
xo‘jayini edi. O‘sha yerda u boks janglarini tashkil qilib, katta
-katta pul
ishlardi. Rivera unga javoban bir g‘azabli qarash qilib qo‘ydi.
Ko‘rinishda sportchiga o‘xshagan bir yigit —
impressarioning sekretari
«piq» etib kulib yubordi.
–
Xo‘p, Robertsni bilasanmi? –
deb noxush jimlikni birinchi bo‘lib
buzdi Kelli.
–
Men unga odam yubordim, kutib o‘tir. Lekin yengib
chiqishingga hech ham ko‘zim yetmaydi. Men tomoshabinlarga
masxarabozlik ko‘
rsatmoqchi emasman. Birinchi qatordagi joylar
o‘n besh dollardan sotilayotir axir.
Roberts shirakayf holda kirib keldi. U novchadan kelgan, oriq,
qadamlarini sanab bosadigan, terib-terib gapiradigan bir odam edi.
Kelli to‘ppa
-
to‘g‘ri ishga kirishdi.
–
Quloq bering, Roberts, siz mana shu meksikalikni topdim deb
maqtangan edingiz. O‘zingizga ma’lum, Karti mayib bo‘lib yotibdi.
Endi mana shu meksikalik itvachcha Kartining o‘rniga men
chiqaman deb bezbetlik qilayotir. Siz bunga nima deysiz?
–
Juda soz, Kelli,
–
deb javob berdi Roberts bitta-bitta qilib,
–
u
Denni bilan bemalol olishadi.
–
Ehtimol, siz hali Dennini yengib chiqadi ham dersiz,
–
deb kesatdi
Kelli.
Roberts bir oz o‘ylanib qoldi.
–
Yo‘q, men bunday demayman. Uord tajribali jangchi, mardi
maydon yigit. Biroq u Riverani tezda yengolmaydi. Men bu
meksikalikni bilaman. U asabsiz odam. Uning ikki qo‘li ham bab
-
baravar ishlaydi. U har qanday pozitsiyadan turib ham sizni
ag‘darib tashlaydi.
–
Buning hammasi bekor gap. Biroq u tomoshabinlarning talabiga
javob bera o
ladimi, masala shunda. Siz o‘z umringizda juda ko‘p
boksyor tarbiyaladingiz. Sizning fikringiz men uchun juda
qimmatli. Lekin o‘z pullari evaziga odamlar tomosha ko‘rishni
istaydi. Tomoshabinlarga hech qanday zavq bera oladimi bu?
–
Albatta beradi.
Bundan tashqari, ko‘rarsiz hali, u Dennini toza
tinkasini quritadi. Bu yigitni bilmaysizlar, men bo‘lsam yaxshi
bilaman. Uni kashf qilgan odam men bo‘laman. Uning zaif joyi
yo‘q. U devdek olishadi. Mana ko‘rasiz. U bilan uchrashgandan
keyin Uord hayron qoladi hali, hammangiz ham hayron qolasiz.
Men Uordni albatta yengib chiqadi demayman, lekin bu bola o‘zini
ko‘rsatadi. Bu bolaning dong‘i chiqadi hali.
–
Juda soz,
–
dedi Kelli va kotibiga qarab dedi.
–
Uordga telefon
qiling. Men unga kerak bo‘lsangiz, chaqiri
b olarmiz degan edim. U
uzoqda emas, Ielloustounda. Denni o‘sha yerda tomoshabinlar
orasida oliftalik qilib, shuhrat orttirib yuribdi.
–
Ichasizmi?
–
deb murojaat qildi u Robertsga.
Roberts viskidan bir oz ichdi-
da, so‘zlab ketdi:
–
Men bu bolani qanday topganligimni hikoya qilib bermadim
shekilli? Bundan bir necha yil ilgari bu bola mashq zallarida paydo
bo‘ldi. O‘sha vaqtlarda men Preyn Dileniga qarshi tayyorlash bilan
mashg‘ul edim. Preyn yovuz odam, unda shafqat degan narsaning
urug‘i ham yo‘q. U mashq paytida o‘ziga qarshi chiqqan odamni
kaltaklab, sulaytirib tashlaydi. Men o‘z ixtiyori bilan unga qarshi
chiqadigan odamni topolmadim. Ahvol og‘ir edi. Men odam
qidirib, aylanib yurgan edim, ot ostida ivirsib yurgan mana shu
meksikalik bolani ko‘rib qoldim. Darrov unga yopishdim, qo‘liga
qo‘lqop kiydirib, ishga soldim. U xuddi iylangan teridek, lekin kuchi
kamroq edi.
Boshda u hatto boksning nimaligidan mutlaqo bexabar edi. Preyn uni
sulaytirib tashladi. Zo‘rg‘a oyoqda bosib tursa ham, ikki raundga chidab
berdi. Keyin hushidan ketib qoldi. Uning shu qadar dabdalasi chiqqan
ediki, shu holda ko‘rsa mehribon onasi ham taniyolmasdi. Keyin bilsam,
u och ekan. Men unga yarim dollar pul berib, qornini tuydirdim. Voy-bu-
uy, uning ovqat yeyishini ko‘rsangiz! Ikki kundan
beri tuz totimagan
ekan. Men endi bola bu yerlarga hech kelmas deya o‘ylagan edim. Yo‘q,
qayda deysiz, ertasiga ertalab y yog‘ochdek qotgan, a’zoyi badani
momataloq bo‘lib ketgan holda kirib keldi. U yana bir marta yarim
dollar va yaxshi ovqat ishlashga qa
t’iy qaror qilgan ekan. Bora
-bora u
o‘zini ushlab oldi. U tug‘ma boksyor, g‘oyat shafqatsiz. Unda rahmdillik
degan narsa yo‘q. U bir parcha muz. U bilan tanishganimdan beri o‘nta
so‘zni birga qo‘shib aytganini eslay olmayman.
–
Men uni bilaman,
–
dedi kotib,
–
u sizga ko‘p pul ishlab berdi.
–
Mashhur boksyorlarning hammasi unda o‘z kuchini bir sinab
ko‘rgan, –
deb tasdiq qildi Roberts.
–
Bu bola ulardan ta’lim oldi.
Ko‘pgina boksyorlarni urib tashlashi mumkin edi ham. Lekin bu
yigit nima uchundir boksni yaxshi
ko‘rmaydi. U bizning kasbimizni
yomon ko‘radi deb o‘ylayman.
–
So‘nggi oylar ichida u ko‘pgina kichik klublarda olishib yurdi, –
dedi Kelli.
–
To‘g‘ri, lekin bunga uni nima majbur qildi ekan, bilmadim. Yoki
g‘ururi qo‘zg‘ab qoldimikan? Mana shu vaqt ichida u ko‘pgina
boksyorlarni urib tashladi. Pulga muhtoj bo‘lsa kerak; anchagina
pul ishlab oldi ham. Lekin uning ustidagi kiyimini ko‘rib, hech kim
uni puldor odam demaydi. U g‘alati bola. Uning nima ish qilishini,
qanday vaqt o‘tkazishini hech kim bilmaydi. Ish
bilan band
bo‘lganda ham, ish tugashi bilanoq darrov g‘oyib bo‘ladi. Onda
-
sonda haftalab yo‘q bo‘lib ketadi. U hech kimning maslahatiga
quloq solmaydi. Uni kim yo‘lga sololsa, katta pul ishlaydi. Lekin u
bunga hech e’tibor bermaydi. Hali qarab turing, shar
tnoma
tuzganda, naqd pul ustida tortishadi.
Shu vaqt savlat va tantana bilan, quvnoqlik va xushchaqchaqlik bilan
Denni Uord kirib keldi. Uning opqasidan menedjer va trener kirib
kelishdi. Denni hamma bilan salomlashar, hazil-
mutoyiba qilar, o‘tkir,
qochiri
q so‘zlar aytar, tabassumi esa barchaga baravar edi. Bu qiliqlar
juda ham samimiy bo‘lmay, ko‘pi soxta edi. Uord usta aktyor, shuning
uchun ham ochiq chehrali bo‘lish muvaffaqiyat qozonishning eng zarur
usullaridan deb hisoblardi. To‘g‘risini aytganda, u e
htiyot bilan ish
ko‘ruvchi boksyor va biznesmen edi. Qolganlarining hammasi niqob edi.
Uni bilgan yoki u bilan pul munosabatida bo‘lgan kishilar ish hisob
-
kitobga kelganda, u juda xasis derdilar. Barcha ishlarda uning o‘zi
shaxsan qatnashadi, uning menedje
ri esa qo‘g‘irchoqdek gap
deyishardi.
Riveraning fe’l
-atvori butunlay boshqacha edi. Uning badanida hindu
qoni oqardi. U burchakda qimirlamay jim o‘tirar, faqat qopa ko‘zlari bir
kishining yuzidan ikkinchisiga o‘tib, hamma narsani ko‘rib turardi.
–
E-e, mana shu kishi ekan-da,
–
dedi Denni, raqibini boshdan-oyoq
ko‘zdan kechirib. –
Ahvolingiz qalay, yigitcha?
Riveraning ko‘zlari g‘azab bilan chaqnab ketdi. Dennining salomiga
hatto javob ham bermadi. Gringolarning hammasini juda yomon
ko‘rardi. Dennini esa o‘lguday yomon ko‘rib qoldi.
–
Ana xolos!
–
dedi Denni hazilomuz match boshlig‘iga qarab. –
Meni, nima, soqov bilan olishadi deb o‘ylaganmidingiz? –
deb
kulgi to‘xtagandan keyin, u dushmanini yana chaqib olmoqchi
bo‘ldi. –
Nima balo, Los-Anjelos shunaqangi kamb
ag‘al bo‘lib
qolganmi? Qidirib topganlaring shumi hali? Buni qaysi bolalar
bog‘chasidan topib keldinglar?
–
U yaxshi yigit. Denni, ishonaver menga!… –
deb Roberts Riverani
yoqlab chiqdi.
–
Sen o‘ylagancha, uni osonlik bilan yengish qiyin.
–
Bundan tashqari, bi
letlarning yarmisi sotilib bo‘ldi, –
dedi yalinish
ohangi bilan Kelli.
–
Endi nima ham qilasiz, shu yigit bilan olishasiz-
da. Boshqa ilojimiz yo‘q, Denni. Topganimiz shu bo‘ldi.
Denni Riveraga yana bir masxarali qarash qildi-
da, og‘ip tin oldi.
–
O‘ylashimcha, men u bilan uzoq olishib o‘tirmayman. Agar u biror
ayyorlik ishlatib qo‘ymasa.
Roberts piq etib kulib yubordi.
–
Siz unga ehtiyot bo‘ling, –
deb tanbeh berdi menedjer Denniga.
–
Noma’lum raqib biror hunar ko‘rsatib qo‘yishi mumkin.
–
Xayr, mayli, ehtiyot bo
‘laman, –
deb iljaydi Denni.
–
Men
muhtaram tomoshabinlarni mamnun qilish uchun u bilan
maynavozchilik qila turaman. O‘n besh raundga cho‘zsam
bo‘ladimi? Keyin poq etib nokaut qilamiz, qalay bo‘ladi, Kelli?
–
Juda soz,
–
deb javob berdi Kelli.
–
Lekin tomoshabinlar buni
sezmasligi shart.
–
Unday bo‘lsa, ishga o‘taylik, –
dedi Denni va o‘zicha hisob qilib, bir
oz o‘ylab qoldi. –
O‘z
-
o‘zidan ma’lumki, Karti bilan qilgan
shartnomamizda ko‘rsatilganidek, daromadning oltmish besh
foizini men olaman. Lekin
bo‘lishni boshqacha qilamiz. Sakson
foizini men olsam bas. To‘g‘ri keladimi? –
deb so‘radi u,
menedjerdan.
U tasdiq ishorasini qildi.
–
Gapga tushundingmi?
–
deb so‘radi Kelli Riveraga murojaat qilib.
Rivera bosh chayqadi.
–
Mana shunday, quloq sol,
–
dedi Kelli.
–
Daromadning oltmish
besh foizi ikkingizniki. Sen hali yangisan, seni hech kim bilmaydi.
Sen bilan Denni bu pulni bo‘lib olasizlar. Sakson foizi unga, yigirma
foizi senga. Shunday qilsak adolatli bo‘ladi, shunday emasmi,
Roberts?
–
Juda yaxshi, Rivera,
–
deb uning fikriga qo‘shildi Roberts, –
hali
sening noming chiqmagan.
–
Daromadning oltmish besh foizi qancha bo‘ladi? –
deb so‘radi
Rivera.
–
Ehtimol besh ming, balki sakkiz ming ham bo‘lar. –
Yoki shunga
yaqin,
–
deb tushuntirdi Denni.
–
Senga taxminan bir ming yoki bir
ming olti yuz tegadi. Menga o‘xshagan usta boksyordan yengilib,
shuncha pul olsang, yomon emas, axir. Nima deysan?
Shunda Rivera hammani shoshirib qo‘ydi.
–
Yengib chiqqan hammasini oladi,
–
dedi Rivera qat’iy qilib.
Hamma bir zumga jim qoldi.
–
Bu axir muttahamlik-ku,
–
dedi menedjer sokinlikni buzib.
Denni bosh chayqadi.
–
Hammangiz bilasizki, men boksning piriman. Men sudyadan ham,
bu yerdagilardan ham shubhalanayotganim yo‘q. Ba’zan uchrab
qoladigan har xil shantaj va qo‘rqitishlar haqida gapirm
ayman.
Birdan-
bir aytadigan so‘zim shuki, bu shart meni
qanoatlantirmaydi. Men kuchimga ishonganim holda jangga
kiraman. Kim biladi, to‘satdan qo‘lim sinib qolar? Yoki birortasi
meni zaharlab qo‘yar, unda nima bo‘ladi? Yutishmi yoki
yutqizishmi
—
baribir, mening haqim sakson foiz. Meksikalik nima
der ekan bunga?
Rivera bosh chayqadi. Denning jig‘ibiyroni chiqib, gapni boshqa
tomondan oldi.
–
Xo‘p, meksikalik itvachcha! Sen hali qarab tur, tumshug‘ingni bir
yerga ishqab qo‘yay.
Roberts ohista o‘rnidan turib, i
kkisining orasiga tushdi.
–
Yenggan hammasini oladi,
–
deb takrorladi Rivera qovog‘ini solib.
–
Nega bunday deyapsan?
–
deb so‘radi Denni.
–
Men sizni yengaman.
Denni paltosini yechmoqchi bo‘ldi. Lekin menedjer bu harakat
xo‘jako‘rsinga qilinayotganligini bilard
i. Palto nima uchundir
yechilavermadi va Denni lutf aylab, o‘zini tinchlantirishga ijozat berdi.
Hamma uning tarafdori edi, lekin Rivera chetroqda turgan edi.
–
Menga qapa, ahmoq bola,
–
deb unga gap uqtirmoqchi bo‘ldi Kelli.
–
Sen kimsan o‘zing? Hech Kim! So‘nggi vaqtlarda nima ish qilib
yurganingni bilamiz
—
mayda mahalliy boksyorlarni urib yurding.
Lekin Denni mashhur boksyor. U bundan keyin chempionlikni olish
uchun jang qiladi. Seni esa tomoshabin bilmaydi. Los-Anjelosdan
tashqarida hech kim nomingni ham eshitmagan.
–
Eshitib qolar,
–
deb yelkasini qisdi Rivera.
–
Shu matchdan keyin
eshitar.
–
Nahotki bir zumga bo‘lsa ham meni yengaman deb xayol qilsang?
–
deb baqirib yubordi Denni o‘zini tutolmay.
Rivera bosh irg‘ab, tasdiq ishorasini qildi.
–
Hay
yigitcha, o‘ylab ko‘rsang
-
chi o‘zing, –
deb uni ko‘ndirishga
urinardi Kelli.
–
Dovrug‘ing ketishini bir o‘ylab ko‘rsang
-chi!
–
Menga pul kerak,
–
deb javob berdi Rivera.
–
Meni ming yilda ham yengolmaysan,
–
dedi ishonch bilan Denni.
–
Unday bo‘lsa, nega tortishib o‘tiribsiz? –
deb so‘radi Rivera. –
Agap pul: «Mana, meni oling» deb turgan bo‘lsa, nega uni rad
qilasiz?
–
Yaxshi, men roziman,
–
deb qoldi birdan qat’iy qilib Denni. –
Men
seni ringda o‘lgudek kaltaklayman, qarog‘im. Hazil qiladigan
odamingii topibsan-ku rosa. Shartnomani yozing, Kelli. Yengib
chiqqan, pulning hammasini oladi. Buni sport gazetalarida e’lon
qiling. Shuningdek, bu yerda shaxsiy g‘arazgo‘ylik ham bor deb
ayting. Men bu bolaning adabini berib qo‘yaman.
Kellining kotibi yoza boshlagan
edi, Denni uni to‘xtatdi.
–
To‘xta! –
deb y Riveraga o‘girildi. –
Og‘irlikni qachon o‘lchaymiz?
–
Olishuvdan oldin,
–
deb javob berdi Rivera.
–
Hech-da, bezbet bola. Agar yengib chiqqan hammasini oladigan
bo‘lsa, og‘irlikni ertalab soat o‘nda o‘lchaymiz.
–
Shunda yenggan hammasini oladimi?
–
deb so‘radi Rivera.
Denni bosh irg‘ab, tasdiq ishorasini berdi. Masala hal. U butun kuch
-
quvvatini yiqqan holda ringga chiqadi.
–
Og‘irlik shu yerda soat o‘nda o‘lchanadi, –
deb shart qildi Rivera.
Kotibning qalami yana qog‘oz us
tida yurib ketdi.
–
By besh qadoq oshiqcha og‘irlik demakdir, –
deb norozilik bildirdi
Roberts Riveraga qarab.
–
Bunda yutqizasan. Boy berdim deyaver.
Denni hukizday baquvvat bo‘ladi. Jinni bo‘libsan. Bo‘lsa
-
bo‘lmasa
u seni yengib chiqadi. Yutib chiqish uchun senda hech qanday
umid yo‘q.
Javob berish o‘rniga Rivera unga sovuq va nafratli qarash qildi.
Boshqalarga qaraganda durustroq deb bilgan mana shu gringodan ham
u jirkanardi.
IV
Riveraning ringda paydo bo‘lishi nazar —
e’tibordan deyarli chetda
qoldi. Uni u yer-bu yerdan chapak bilan qapshi oldilar. Tomoshabinlar
unga ishonmadilar. U buyuk Denni oldiga luqma qilish uchun tashlangan
qo‘zichoq edi. Shuningdek, tomoshabinlarning hafsalasi pir bo‘lib qoldi.
Ular Denni Uord bilan Billi Karti o‘rtasidagi ajoyi
b jangni kutgan edilar,
endi bo‘lsa, mana shu ayanchli yosh bolaning olishuvini tomosha qilish
bilan qanoatlanishlari kerak. Ular o‘zlarining noroziliklarini o‘ynagan
garovlari bilan ham ifoda qildilar: Denniga birga qarshi ikki, hatto uch
hissa pul qo‘ydilar. Garov o‘ynagan pulni qaysi tomonga qo‘ygan bo‘lsa,
uning yuragi ham shy tomonda bo‘ladi.
Yosh meksikalik o‘z burchagida o‘tirib kutmoqda edi. Daqiqalar ohista
o‘tmoqda. Denni kuttirib qo‘ydi. Bu eski quvlik, lekin bu usul yosh
boksyorlarga so‘zsiz ta’sir ko‘rsatgan bo‘lardi. Tajribasiz yosh boksyorlar
toqatsizlanib, borgan sari xavflari ortadi, papiros tutuniga ko‘milib
beparvo o‘tirgan tomoshabinlarga qarshi yuzma
-
yuz turib, o‘zlaridagi
ishonchni yo‘qotib qo‘yadilar. Lekin bu gal sinalgan quvlik o‘zin
i oqlay
olmadi. Roberts haqli edi: Rivera qo‘pqish nima ekanligini bilmasdi. Shu
yerdagilarning hammasidan ham ko‘proq o‘zini qo‘lga ola biladigan,
asabiyroq va ta’sirchanroq bo‘lgan Rivera uchun qo‘rqish hissi yot edi.
Ilgaridan tayyorlab qo‘yilgan mag‘lubiyat atmosferasi unga ta’sir
ko‘rsatmadi. Uning sekundantlari yaramas kishilar, mana shu qonli
o‘yinning iflos supurindilari bo‘lgan vijdonsiz giringolar edi. Ularning
o‘zlari ham Riveraning yengilishiga ishonar edilar.
–
Ehtiyot bo‘l, –
deb ogohlantirdi Riverani, uning bosh sekundanti
Spayder Xagerti.
–
Olishuvni kuching boricha ko‘proqqa cho‘z. Kelli
shunday deb buyurdi. Aks holda gazetalar bu olishuvni
maynavozchilik deb butun Los-Anjelosga jar soladilar.
Bularning hammasi ruhni ko‘tarishga yordam bermasd
i, albatta. Lekin
Rivera hech narsaga e’tibor bermay o‘tiraverdi. U boksni juda yomon
ko‘rardi. Bu la’nati gringolarning bema’ni o‘yini. Rivera bu o‘yinni
ochdan o‘lmaslik uchun jang maydonchalarida nishon vazifasini ado
etishdan boshladi. U xuddi boks uchun dunyoga kelganday, lekin uning
uchun bu ahamiyatsiz bir narsa edi. Rivera Xuntaga kelmasdan burun
pul uchun jang qilgan emas, keyin boks pul topishning oson yo‘li
ekanligini angladi. O‘z istagiga qarshi jirkanch kasb bilan shug‘ullanuvchi
odam faqat ugina emas, axir.
To‘g‘risi, Rivera bu masala ustida bosh qotirib o‘tirmadi. U mana shu
jangda g‘olib chiqishi kerakligini yaxshi bilardi. Boshqa yo‘l yo‘q. Mana
shu zalda liq to‘lib o‘tirganlar Riverani qanday qudratli kuch ishga
solayotganini xayollariga ham keltirmaydilar. Denni Uord pul uchun
olishadi, hayotda unga mamnunlik, osoyishtalik tug‘dirib beruvchi pul
uchun boks tushadi. Rivera ham pul uchun olishayotir, ammo asl
maqsad boshqa; bu maqsad uning butun vujudini qoplab olgan. U
kurash maydonida o‘tirib, o‘z raqibini kutar ekan, uning katta ochilgan
ko‘zlari oldidan ko‘z qamashtiruvchi va dahshatli manzaralar o‘ta
boshladi.
U Rio-
Blankodagi gidrostantsiya binosining oq devorlarini ko‘rdi. Ochlik
va jahannam azobida yashayotgan olti ming ishchi va kunig
a o‘n sent
olib, kun bo‘yi ishlayotgan 7
-
8 yashar bolalarni, ranglari za’faron bo‘lgan
tirik murdalarni
—
buyoqxonada ishlovchi ishchilarni ko‘z oldiga keltirdi.
Uning otasi bu buyoqxonalarni «o‘lim kamerasi» deb atagani esida,
chunki bu yerda bir yil ishl
ash o‘lim bilan baravar edi. U o‘zlarining
kichkina hovlichalarini, doim uy ishlari bilan ivirsib, tirikchilik ketidan
tinmay yugurib yuradigan onasini esladi. Onasi shu qadar band
bo‘lishiga qaramay, o‘g‘lini erkalatib, suyishga vaqt topardi. Uning ko‘z
o
ldida otasi gavdalanadi. Otasi chorpaxil, shopmo‘ylov, muloyim tabiatli
bir kishi edi. U shu qadar oqko‘ngil, mehri daryo kabi shu qadar keng
ediki, uning mehridan ona ham, hovlichaning bir burchida o‘ynab
yurgan o‘g‘ilchasi ham bahramand bo‘lardilar. O‘sh
a zamonlarda uning
oti Felipe Rivera bo‘lmay, Fernandes edi; u o‘z otasi va onasining
familiyasida yurardi. Uning oti Xuan edi. Keyin o‘z otini ham,
familiyasinn ham o‘zgartirdi. Fernandes degan familiya politsiya
prefektlari va jandarmlar uchun nafratli nom edi.
Azamat gavdali, muloyim tabiatli Xuakin Fernandes! Riveraning fikru
xayoli ko‘p vaqt otasi bilan band bo‘lar edi. U zamonlarda bola hech
narsani tushunmasdi. Hozir esa u o‘zi bosib o‘tgan hayot yo‘liga qarab,
hammasini tushunib olgan. Otasining kichik bir matbaada harf
terayotganini yoki qo‘lyozmalar uyilib yotgan stol oldida shoshilib
nimalarnidir yozayotganini ko‘z oldiga keltirdi. Tun qorong‘uligida
ishchilarning xuddi yovuz kishilardek yashirincha kelganlari va uning
otasi bilan uchrashib, uzoq
vaqt suhbatlashib o‘tirganlari yana qaytib
uning xayolidan o‘ta boshladi. Shunda u kichkina bola bo‘lib, o‘z
burchagida uxlamay yotardi.
Uning qulog‘iga qayerdandir —
uzoqlardan Xagertining ovozi
eshitilganday bo‘ldi.
–
Zinhor darrov yerga yotib olmaysan. Yo
‘riqnomada shunday. Pul
oladigan bo‘lganingdan keyin, kaltagini ham yemog‘ing kerak.
O‘n daqiqa o‘tib ketdi, Rivera esa hamon o‘z burchagida o‘tirardi.
Dennidan darak yo‘q. Nayrangbozlikni to oxirigacha olib borishga qapop
bergan bo‘lsa kerak.
Riveraning k
o‘z oldidan yangi manzaralar o‘ta boshladi. Ish tashlash yoki
to‘g‘risi, lokaut natijasida, Rio
-Blankodagi ishchilar Puebloda ish
tashlagan birodarlariga yordam berganlari uchun hammalari ishsiz
qolib, ko‘chaga haydalgan edilar. Och qoldilar, meva va o‘sim
lik
tomirlarini axtarib toqqa chiqdilar, o‘simlik tomirlarini yeganlari uchun
ichburug‘ kasaliga giriftor bo‘ldilar. Undan keyin dahshatli manzara:
kompaniya do‘koni oldidagi maydon; minglab och qolgan ishchilar;
general Rosalo Martines va Porfirio Diasnin
g askarlari; o‘lim purkovchi
miltiqlar. Otilayotgan miltiq ovozlari to ishchilar qilgan gunohlarini o‘z
qonlari bilan yuvib, tozalanmaguncha to‘xtamaydigandek ko‘rinar edi.
Aravalarga uyib ortilgan o‘liklar —
ko‘rfazdagi akulalarga ovqat sifatida
Vera Krus
ga jo‘natilmoqdalar. Hozir ham u mana shu dahshatli joylarda
emaklab, o‘z ota
-onasini axtarib yuribdi. Eng oxiri ularni qiyma-qiyma
qilib tashlangan holda topib oldi. U ayniqsa onasini unutolmaydi.
Onasining faqat yuzi ko‘rinadi, gavdasi esa boshqa gavdala
r orasiga
ko‘milgan. Porfirio Dias askarlarining miltiqlari yangidan otila boshladi,
yangidan bola yerga yotib olib, xuddi ovchilar quvgan quyondek
emaklab kochdi.
Dengiz shovqiniga o‘xshagan guvullagan ovoz Riveraning qulog‘iga kirdi.
U Dennini ko‘rdi. De
nni bir qancha trener va sekundantlar bilan birga
kelmoqda edi. Tomoshabinlar qiy-
chuv ko‘tarib, mashhur boksyorni
olqishladilar. Denni arg‘amchi ostiga chaqqonlik bilan sho‘ng‘ib,
maydonga chiqqanda, hatto Riveraning sekundantlari ham xursand
bo‘lib ketdilar. Denni iljayar, iljayganda yuzining har bir chizig‘i, hatto
ko‘zlari chetidagi ajinlari, ko‘z ichlarigacha tabassum sochar edi. Bunday
boksyorni hech kim hech qayerda va hech qachon ko‘rgan emas. Uning
yuzi yaxshi reklama xizmatini o‘tashi, sog‘lomlik,
samimiyat va
xushchaqchaqlik namunasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin edi. U hammani
taniydi. U hazillashar, tabassum sochar va chegara qilib qo‘yilgan
arg‘amchi ichida turib, tanishlari bilan salomlashardi. Orqaroqda
o‘tirganlar, o‘z quvonchlarini izhor qil
ish imkoniyatini topolmay, «Allo,
Denni»,
–
deb qichqirar edilar. Umumiy xursandlik va olqishlar besh
daqiqacha davom etdi.
Riveraga hech kim e’tibor bermadi. Tomoshabin
-
lar uchun u yo‘qdek
gap edi. Spayder Xagerti Rivera oldiga keldi.
–
Qo‘rqma, –
deb dalda berdi Spayder.
–
Yo‘riqnomani esda tut:
birdan yotib olma. Agar yotib oladigan bo‘lsang, narigi yoqqa
chiqqaningda o‘lguncha do‘pposlaymiz. Jang qilasan, vassalom!
Zalni qarsaklar bosib ketdi, Denni o‘z raqibi tomon kelmoqda edi. U
engashdi, ikki qo‘li bilan Riveraning o‘ng qo‘lini ushlab, chin yurakdan
mahkam siqqan bo‘ldi. Denni kulib turgan yuzini uning yuziga juda yaqin
olib bordi. Tomoshabinlar Dennining mard boksyor ekanligiga qoyil
qolib, unga tahsin o‘qidilar: u o‘z raqibi bilan xuddi o‘z ukas
iday
ko‘rishayotir. Dennining lablari qimirladi. Tomoshabinlar o‘zlari
eshitmagan bu gapni issiq salomlashuv deb o‘yladilar. Shovqin yana
kuchaydi. Denni aytgan so‘zlarni faqat Rivera eshitdi:
–
Hazir bo‘l, meksikalik itvachcha, –
deb shivirladi Denni hamon
yuzidan kulgi arimay.
–
Hozir butun tomirlaringni sug‘urib olaman!
Rivera qimir etmadi. O‘rnidan turmadi. Uning qapashida nafrat o‘ti
yonardi.
–
Tur o‘rningdan, la’nati! –
deb qichqirib yubordi kimdir orqadan.
O‘tirganlar uning beodobligini qoralab, hushtak
chala boshladilar, lekin
u hamon qimirlamay o‘tirar edi. Denni orqasiga qaytganda, yana uni
qattiq chapaklar bilan tabrikladilar.
Denni yechingan edi hamki, «O-o-o, e-eh» degan quvonchli ovozlar
yangradi. Dennining badani ixcham, sog‘lom va kuchdan darak b
erib
turardi. Uning terisi xotinlarnikidek oppoq va silliq. Unda latofat,
ixchamlik va zo‘r quvvat birlashgan edi. U ko‘pgina kurashlarda buni
isbot qildi. Uning suratlari barcha sport jurnallarida bosilgan.
Spayder Xagerti Rivera ustiga yopilgan yaktakni olganda, zalda ingrash
ovoziga o‘xshagan kuchli tovush ko‘tarildi. Meksikalikning badani
bug‘doyrang bo‘lgani uchun u yana ham oriqroq bo‘lib ko‘rindi. Unda
muskul bor, lekin Denniniki singari bo‘rtib chiqmagan. Tomoshabinlar
Riveraning ko‘krak qafasi kengligini e’tibordan chetda qoldirgan edilar.
Shuningdek, zalda o‘tirganlar uning chayirligini, muskul hujayralaridagi
tez harakatni, badanini jangovar mexanizmga aylantirib yuborgan nerv
tizimining pishiq ekanligini ham hisobga ola bilmagan edilar.
Tomoshabi
nlar faqat jajji bir o‘smirning bug‘doyrang badanini, o‘n
sakkiz yashar bolaning gavdasini ko‘rdilar, xolos. Denni esa butunlay
boshqa gap. Denni yigirma to‘rt yoshli yigit. Uning badani haqiqiy erkak
badani. Ular maydon o‘rtasiga chiqib, sudyaning so‘nggi
yo‘riqnomasini
eshitib turganlarida, ikkisi o‘rtasidagi farq ayniqsa ko‘zga tashlanib
turdi. Rivera Robertsning sudyalar orasida o‘tirganini ko‘rdi. U
odatdagidan ham mastroq, shunga ko‘ra uning gaplari ham dona
-dona
edi.
–
Qo‘rqma, Rivera, –
deb cho‘zib ga
pirdi Roberts.
–
U seni o‘ldirib
qo‘ymaydi, shuni esingda tut. U senga birdan tashlanadi, ammo
qo‘rqma. O‘zingni himoya qil, keyin klinch usulini ishlat. U seni
juda ham chalpak qilib tashlamaydi. Bu yerni mashq zali deb faraz
qilaver.
Rivera uning so‘zlar
ini eshitmaslikka soldi.
–
O‘jar shayton! –
deb shivirladi Roberts yonida o‘tirgan
qo‘shnisining qulog‘iga. –
U hamma vaqt shunday.
Riveraning qarashida odatdagi g‘azab
-
nafrat belgisi yo‘q edi.
Qatorlashib turgan son-
sanoqsiz miltiqlar ko‘ziga ko‘rinib, naza
ri
xiralashdi. Eng oldingi qatorda o‘tirganlardan tortib, to orqa tomonda
bir dollarlik o‘rinlarda o‘tirgan har bir tomoshabin unga miltiq bo‘lib
ko‘rindi. U quyoshdan jizg‘anagi chiqqan unumsiz Meksika chegaralarini
ko‘z oldiga keltirdi, bu chegara bo‘yla
b miltiq topish umidida harakat
qilayotgan yarim yalang‘och odamlar gavdalandi.
Rivera o‘rnidan turib, kutmoqda edi. Uning sekundantlari arg‘amchi
ostidan o‘rmalab kirib, maydondan Rivera o‘tirgan brezent kursini olib
chiqib ketdilar. Uning qarshisida Denni Uord qarab turardi.
Gong chalindi-da, boks boshlanib ketdi. Tomoshabinlar zavq bilan
qichqirib yubordilar. Ular hech qachon boksning bunday
boshlanganligini ko‘rmaganlar. Gazetalar haqli edilar. Bu kurashga
shaxsiy g‘araz ham aralashgan. Denni o‘zi bilan raqib o‘rtasidagi
ora
liqning to‘rtdan uch qismini bir sakrashda bosib o‘tdi. Unda
meksikalik yigitni tiriklayin yeb qo‘yish istagi borligi ochiq ko‘rinib
turardi. Uning hujumi bir, ikki, o‘n musht tushirish bilan cheklanmadi!
Bu hujum allaqanday quyun yoki girdobni eslatardi.
Rivera ko‘zdan
g‘oyib bo‘lib ketdi. Tushayotgan son
-sanoqsiz musht zarbi ostida u
bamisoli ko‘milib ketganday edi. O‘z hunarining ajoyib ustasi Denni
unga hammayog‘idan va turli pozitsiyadan turib hujum qilaverdi. Rivera
kaltak zarbidan arqon yoniga uloqtirib tashlandi. Sudya ularni ajratib
qo‘ydi, shu ondayoq u yana arqon yoniga uloqtirildi.
Buni hech kim jang deb ayta olmas edi. Bu kaltaklash, do‘pposlash edi.
Boks jangini tomosha qiluvchilardan boshqa hap qanday tomoshabin
ham birinchi daqiqadayoq bunday
manzarani ko‘rarkan entikib, nafasini
ololmay qolar edi. Denni qo‘lidan nima kelishini ajoyib ustalik bilan
ko‘rsatib berdi. Tomoshabinlarning jang nima bilan tugashiga bo‘lgan
chuqur ishonchi, Denniga tarafdorlik hissi shu qadar kuchli ediki, ular
meksik
alikning hamon oyoqqa bosib turganligini e’tibordan chetda
qoldirdilar. Tomoshabinlar Riverani esdan chiqarib qo‘ydilar. Ular
Dennining mushti zarbi ostida qolgan Riverani deyarli ko‘rmasdilar. Bir
-
ikki daqiqa o‘tdi. So‘ng raqiblar bir nafasga ajralganlari
da, hamma
meksikalikni ko‘rdi. Uning lablari yorilgan, burnidan qon oqmoqda edi.
U orqasini o‘girib klinch qilganida, arqonga urilish natijasida hosil
bo‘lgan qonli chiziqlar ochiq ko‘zga tashlanib turardi. Lekin bir narsani
tomoshabinlar sezmadilar: uning
ko‘kragi nafas olishda tez
-tez
ko‘tarilmas, ko‘zlari esa eskicha o‘t bo‘lib yonib turibdi. Chempion
unvonini olaman deb yurgan juda ko‘p boksyorlar uni mana shunday
dahshatli hujumlarga bardosh berishga o‘rgatib qo‘yganlar. Avval u bir
marta mushtlashgani
uchun yarim dollar, haftasiga o‘n besh dollar olib,
bunday qaqshatqich zarbalarga bardosh berishga o‘rgandi. Bu og‘ir
maktab edi, lekin bu maktab unga katta, juda katta foyda berdi.
Keyin hayratda qolarli bir hodisa ro‘y berdi. Quyunga o‘xshagan musht
zar
blari birdan to‘xtadi. Ringda Riveraning yolg‘iz o‘zi turardi. Denni,
bahaybat Denni chalqancha tushib yerda cho‘zilib yotardi. U
gandiraklamadi, yerga sekin yiqilmadi, balki gumburlab tushdi. O‘ng
musht bilan yondan turib tushirilgan qisqa zarb uni xuddi
o‘lim kabi
ag‘darib tashladi. Sudya Riverani bir qo‘li bilan itarib yubordi va yiqilgan
gladiator ustida turib sekundlarni bitta-bitta sanay boshladi. Dennining
hushi o‘ziga kela boshlaganda, uning badani dir
-dir titradi.
Tomoshabinlar odatda qoyil qilib tushirilgan musht natijasida raqib
yerga ag‘darilsa, g‘olibni olqishlar bilan tabriklar edilar, lekin bu gal
chapak chalinmadi. Hodisa bir zumda, qo‘qqisdan ro‘y berdi.
Tomoshabinlar jiddiy vaziyatni saqlab, soniyalarning sanalishiga quloq
solar edilar. Mana shu sokinlikda Robertsning:
–
Uning ikki qo‘li ham baravar ishlaydi deb aytmaganmidim, –
degan
mag‘rur ovozi eshitildi.
Beshinchi sekundda Denni mukka tushdi; sudya yetti deganda, u bir
tizzasi bilan turib dam ola boshladi, to‘qqizga borganda u turishga
ta
yyor edi. Agar uning tizzasi «to‘qqiz» deganda yerdan uzilmagan
bo‘lsa, u yengilgan va chippakka chiqqan hisoblanadi. Uning tizzasi
yerdan ko‘tarilib kelayotganda «o‘n» deyilsa, u turgan hisoblanadi.
Mana shu paytda Rivera uni yana ag‘darib tashlashga haqq
i bor. Lekin
Rivera tavakkal bilan ish ko‘rishni istamadi. Dennining tizzasi ko‘tarilib
kelayotganda, meksikalik uni yana boplamoqchi bo‘ldi. U Dennining
atrofida aylanib yurdi, u bilan birga sudya ham aylanib, raqiblarning
o‘rtasida turib oldi. Rivera sekundlarning juda sekin, cho‘zib
sanalayotganini aniq eshitdi. Gringolarning hammasi, hatto sudya ham
unga qarshi edi.
«To‘qqiz» deyilganda sudya Riverani itarib tashladi. Bu qoidaga xilof edi.
Sudyaning bu harakati Dennining turib olishiga imkon berdi. Uning
lablarida yana tabassum paydo bo‘ldi. Denni ikki bukilib, qo‘llari bilan
yuzi va qornini himoya qilib, Riveraning pinjiga tiqilib oldi. Qoidaga
muvofiq sudya uni darrov to‘xtatishi kerak edi, lekin undoq bo‘lib
chiqmadi. Denni Riveraga yopishib oldi. U s
ekund sayin o‘z kuchini
qaytarmoqda edi. Raundning so‘nggi daqiqalari tugab bormoqda. Agar
Denni raundning oxirigacha turib berolsa, bir daqiqali tanaffusda o‘ziga
kelib oladi. U o‘z ahvolining naqadar ayanchli bo‘lishiga qaramay, raund
oxirigacha chidab berdi, shu bilan birga iljayishni ham tark qilmadi.
–
Hali ham kuladi-ya!
–
deya qichqirdi kimdir, orqadan.
Tomoshabinlar yengil tortib kulib yubordilar.
–
Bu meksikalikning zarbi yomon ekan!
–
deb shivirladi Denni o‘z
treneriga. Sekundantlar zo‘r berib uni yel
pir edilar.
Ikkinchi va uchinchi raund uncha qiziq bo‘lmadi. Boks jangining tajribali
ustasi ayyor Denni manevr qilar, birinchi davrada yegan zarbdan tugal
o‘ziga kelish uchun intilib, hiyla ishlatar edi. To‘rtinchi raundda u tugal
o‘ziga keldi. Qattiq zar
b yeb har jihatdan ham ezilishiga qaramay,
sog‘lom badandagi kuch
-
quvvat tufayli kuchini yig‘ib oldi. Lekin
ilgarigidek yovuz taktikasini ishlatmay qo‘ydi. Meksikalik himoya
qilishning ajoyib san’atiga ega ekan. Endi Denni o‘zining boy tajribasini
ishga so
ldi. Zo‘r usta, chaqqon va ishchan jangchi raqibga hal qiluvchi
zarba berishga qurbi yetmay, asta-sekin uning quvvatini yemirish payiga
tushdi. Riveraning har bir zarbiga u uch zarb bilan javob berar, lekin bu
zarblar raqibni chipakka chiqaruvchi kuchli za
rb bo‘lmay, o‘ch olish
uchun tushirilayotgan mushtlar edi. Xavf tushirilayotgan zarblarning
miqdorida edi. Endi Denni, yonidan turib ikki qo‘li bilan baravariga qisqa
zarb tushirishda ajoyib qobiliyatga ega bo‘lgan mana shu bolaga qarshi
juda ehtiyotkorlik
bilan ish ko‘ra boshladi.
Mudofaada Rivera raqibini esankiratib, chap qo‘l bilan qayta zarb berish
usulini qo‘lladi. Dennining burni va labi uchun xavfli bo‘lgan bu usulni
Rivera qayta-qayta takrorladi. Lekin Denni turli-tuman usul ishlatishga
usta edi. M
ana shuning uchun ham uni chempion bo‘ladi deb aytar
edilar. U jang qilayotib, usuldan ikkinchisiga o‘taverar edi. Endi u
dushman bilan yaqin turib olishuvga qaror berdi. Ayniqsa, mana shu
uslubni qo‘llashda u juda usta bo‘lib, bu uslub Riveraning qaqshatq
ich
zarbasidan qochishga yordam berdi. U bir necha marta quyidan jaqqa
zarb tushirish usulini qo‘llab meksikalikni osmonga ko‘tarib yerga
ag‘dardi, mana shunday paytlarda tomoshabinlar zavqlanib, qattiq
qarsaklar bilan Dennini tabrikladilar. Rivera bir tizzasida turib,
sudyaning sanog‘ini tinglab, dam olardi. Unga kelganda sudya
sekundlarni juda tez sanashini yaxshi bilar edi.
Ettinchi raundda Denni mana shu dahshatli usulini yana takrorladi.
Lekin Rivera gandiraklab ketdi, xolos; shu ondayoq Denni raqibning
o‘ziga kelishiga imkon bermay, qaqshatqich zarb bilan uni arg‘amchidan
chetga urib tashladi. Rivera pastda o‘tirgan reportyorlar ustiga chalpak
bo‘lib tushdi, ular esa o‘z qatorida uni doiraning chetiga uloqtirdilar.
Sudya sekundlarni sanaguncha, Rivera shu yerda dam olib turdi. U endi
engashib arqonning ostidan o‘tishi kerak, doira ichida esa uni Denni
kutib turibdi. Lekin sudya aralashmadi, Dennini orqasiga itarib
tashlamadi. Tomoshabinlar zavqdan terisiga sig‘mas edi.
–
Ur uni, Denni, ur!
–
deb birdan baqirib yubordi kimdir.
Yuzlab ovozlar, xuddi bo‘ri galasidek, bu qichqiriqqa ergashdi.
Denni qo‘lidan kelgan butun choralarni ko‘rdi, lekin Rivera «to‘qqiz»ni
kutib o‘tirmay, «sakkiz»dayoq lip etib arqon ostidan o‘tdi
-da, Dennini
quchoqlab oldi. Sudya yana ishga kirishdi va Dennining zarb berishiga
qulay bo‘lsin uchun uni ajratib oldi. Sudya Denni tomonini olgani uchun
unga barcha imkoniyatlarni tug‘dirib berishga intilardi.
Rivera ilgarigidek xotirjam edi. Uning ko‘z oldidagi tuman tarqalib ketdi.
Bu yaramas gringolarning hammasi vijdonsiz. Tanish xayoliy manzaralar
yana uning ko‘z oldidan o‘ta boshladi; sahrodagi temir yo‘l relslari;
jandarmlar va Amerika polismenlari; qamoqxonalar va kartserlar;
vodokachka oldidagi daydilar
—
hammasi Rio-Blanko va ish tashlashdan
keyingi dahshatli va iflos epizodlar uning ko‘z oldidan bir
-
bir o‘tdi. Uning
ko‘ziga nur berayotgan va vatan bo‘ylab tantana bilan quloch otayotgan
qizil inqilob ko‘rindi. Miltiqlar! Mana, uning oldida son
-sanoqsiz
miltiqlar yotibdi! O‘tirgan la’na
tilarning har biri bir miltiq. U miltiq
uchun og‘ir jangga kiradi. Uning o‘zi miltiq! Uning o‘zi inqilob! U Butun
Meksika uchun kurashmoqda!
Riveraning xatti-
harakati tomoshabinlarning jig‘iga tega boshladi. Nima
uchun u yengilib qo‘ya qolmaydi? Baribir yengiladi
-ku, lekin nega
bunchalik o‘jarlik qilyapti? O‘tirganlarning juda oz qismi Rivera
tomonida. Ular Denni yengib chiqishiga shubha qilmasalar ham,
Riveraning tomonini olib garov o‘ynadilar. To‘qqizga qarshi to‘rt, uchga
qarshi bir. Ularning ko‘pchiligi Rivera necha davragacha bardosh bera
oladi deb garov qo‘yganlar. U oltinchi yoki yettinchi raundgacha
bardosh berolmaydi deb garovga katta-k
atta pul qo‘ydilar. Endi bu
garovni yutib olganlar, o‘zlarining qaltis o‘yinlari muvaffaqiyat bilan
tugallangach, xursandlikdan Dennini olqishlar edilar.
Rivera yengilishni istamas edi. Sakkizinchi davrada uning raqibi
apperkot usulini yana takrorlayman de
b ko‘p harakat qildi. To‘qqizinchi
davrada Rivera tomoshabinlarni yana dovdiratib qo‘ydi. Klinch paytida u
yengil, ixcham harakat qilib Dennidan ajraldi-
da, o‘ng qo‘li bilan
qaqshatqich zarba berdi. Denni yerga yumalab tushdi. Tomoshabinlar
aqldan ozayozdi
lar. Denni o‘z quroli bilan o‘zi jazolangan edi. Uning
mashhur «pastdan o‘ng tomonga» zarba berish usuli o‘ziga qarshi
ishlatildi. U «to‘qqiz» deganda o‘rnidan turib kelayotgan edi, Rivera
unga zarb tushirishga qasd qilmadi. Denni ko‘tarilarkan, sudya
ochiqdan-
ochiq o‘rtada g‘ov bo‘lib turib oldi. Lekin Rivera yiqilganda, u
aralashmay chetda turgan edi.
To‘qqizinchi raundda Rivera ikki marta apperkot usulini, ya’ni Dennining
jag‘iga pastdan zarb berish usulini qo‘lladi. Dennining esi og‘ib
qolayozdi. Hamon
uning yuzidan tabassum arimas edi. U yana o‘zining
dahshatli hujumini boshladi. Lekin quyun kabi qilingan bu hujumlar
Riverani safdan chiqarolmadi. Rivera bo‘lsa ana shu qizg‘in olishuv va
chir aylanish paytida Dennini birin-
ketin uch marta yerga ag‘dardi.
Denni endi ilgarigidek tez o‘ziga kelolmay qoldi. O‘n birinchi raundga
kelib uning ahvoli ancha jiddiylashdi. Lekin to o‘n to‘rtinchi raundgacha
u o‘z texnikasini juda ustalik bilan ishlatib bordi va o‘z kuchini avaylab
sarflashga harakat qildi. Bundan tashqari u shunday razil usullarni ishga
soldiki, bunday usullar faqat tajribali boksyorlargagina ma’lum edi. U
barcha hiyla-nayranglarini to oxirigacha ishlatdi: goh raqibning boshiga
tirsagini botirar, nafas olishini qiyinlashtirish uchun uning og‘zini
bek
itar; klinch usulini qo‘llaganda, tilinib ketgan, lekin tabassum sochib
turgan lablarini qimirlatib, yomon so‘zlar bilan Riverani haqorat qilar
edi. Hamma, sudyadan tortib tomoshabinlargacha Denni tomonida;
Dennining maqsadini yaxshi bilganlari holda, unga yordam berardilar.
Bunday kutilmagan raqibga ychpagan Denni endi o‘zining butun kuchini
eng so‘nggi, hal qiluvchi zarba berishga safarbar qildi. U yon berar,
chang solar va o‘z raqibiga qat’iy zarba berish uchun payt poylar edi.
Shu bilan u taqdir g‘ildir
agini burib yubormoqchi edi. Bir vaqtlar undan
ham mashhurroq bo‘lgan bir boksyor ishlatgan usulni qo‘llab, ham
o‘ngdan, ham chapdan —
miya bilan quyi jaqqa bir vaqtda zarba
tushirishi kerak edi. Denni mana shu usulni ishlatishi mumkin, chunki u
hali oyoqq
a bosib turibdi, qo‘llarida hali kuch bor.
Riveraning sekundantlari parvoyipalak raundlar oralig‘ida o‘tirar edilar.
Ular sochiqni xo‘jako‘rsinga yelpitib
-
elpitib qo‘yar va zo‘rg‘a nafas
olayotgan Riveraning o‘pkasiga ko‘proq havo kirishiga yordam
bepmacdi
lar. Spayder Xagerti unga maslahat berishni qo‘ymas, Rivera
esa bu maslahatlarning bir pulga qimmat ekanligini bilib, unga quloq
solmasdi. Hamma unga qarshi. U xoinlar orasiga tushib qolgan. O‘n
to‘rtinchi raundda u Dennini yana ag‘darib tashladi va sekund
larni
sanab bo‘lgunlaricha qo‘llarini ikki yoniga kuchsiz ravishda osiltirib dam
olib turdi. Qarshi tomonda u shubhali shivir-shivir qilayotganlarini sezib
qoldi. Maykl Kelli Robertsning yoniga kelib, uning qulog‘iga bir narsalar
deb pichirlayotganini ko‘r
di. Riveraning eshitish qobiliyati xuddi yovvoyi
mushuknikidek o‘tkir edi. Gapning bir uchi uning qulog‘iga chalindi. U
ko‘proq eshitib olishni istardi. Denni o‘rnidan turganda, olishuv arqonga
yaqin, chetroqda bo‘lsin uchun raqibini o‘sha tomonga qarab su
dradi. U
Mayklning:
–
Yengishi kerak,
–
degan ovozini eshitib qoldi. Roberts bosh irg‘ab
tasdiq ishorasini berdi.
–
Denni yengib chiqishi kerak, aks holda
men xonavayron bo‘laman… Men bunga butun boyligimni
tikkanman. Agar meksikalik o‘n beshinchi raundgacha
turib bersa,
mening uyim kuydi, xarob bo‘ldim deyavering. Bola sizga quloq
soladi. Qanday bo‘lmasin, bir aralashib ko‘ring. –
Bundan keyin
Riveraning miyasini xayoliy fikrlar chulg‘amadi. Uni tiriklayin
so‘ymoqchilar. U yana bir marta Dennini yerga ag‘darib, qo‘llarini
ikki yoniga tashlagan holda dam olarkan, Roberts o‘rnidan turdi.
–
Tamom,
–
dedi Roberts,
–
o‘z joyingga bor.
U Riveraga mashq maydonidagi singari ohang bilan so‘z qotdi. Lekin
Rivera Dennining o‘rnidan turishini kutarkan, nafrat bilan Roberts
ga
qarab qo‘ydi. Undan keyin bir daqiqalik tanaffus vaqtida Rivera o‘z
o‘rniga kelib o‘tirdi. Shu payt Kelli Riveraning oldiga kelib, so‘zlay ketdi:
–
Hazilingni tashla, ahmoq bola!
–
deb shivirladi u.
–
Yengilib qo‘ya
qol, Rivera. Mening so‘zimga kir, men s
eni boy qilib yuboraman.
Kelasi uchrashuvda Dennini yengishga imkon tug‘dirib beraman.
Bugun sen yengilishing kerak.
Riveraning ko‘zlari gapga quloq solganini bildirsa
-da, «ha» ham demadi,
«yo‘q» ham.
–
Nega javob bermaysan?
–
dedi jahli chiqib Kelli.
–
Baribir sen yutqizasan,
–
deb qo‘shib qo‘ydi Spayder Xagerti. –
Denni g‘alabani sening qo‘lingga berib qo‘ymaydi. Kelliga quloq
ber, yiqilib qo‘ya qol.
–
Yiqilib qo‘ya qol, yigitcha, –
deb qistar edi Kelli.
–
Men senga
chempion bo‘lishga yordam beraman.
Rivera javob bermadi.
–
Xudo haqqi, o‘z so‘zimda turaman! Hozir esa sen menga yordam
ber.
Zang chalinishi Rivera qulog‘iga mash’um bir sadodek eshitildi.
Tomoshabinlar hech narsani sezmas edilar. Xavf nimadan iborat ekanini
Riveraning o‘zi ham bilmasdi, bu xavf mana shu zalning o‘zida ekanligini
bilardi. Lekin bu xavf yaqinlashib kelayotganini ochiq sezdi. Dennining
ilgarigi ishonchi qaytib kelgandek bo‘lib ko‘rindi. Riverani qo‘rqitib
yuborgan narsa shu bo‘ldi. Unga qarshi qandaydir hiyla ishlatmoqchilar.
Denni unga tashlandi, lekin Rivera chaqqonlik bilan chap berdi. Uning
raqibi klinch usulini qo‘llamoqchi. O‘ylab qo‘yilgan hiylani ishlatish
uchun bu usul nima uchundir kerak. Rivera chekinar, chaqqonlik bilan
chap berar, lekin hozirmi, keyinroqmi, raqibning klinchidan ham,
hiylasidan ham qutula olmasligini bilardi. U mana shu hiylani tezroq
ishlatishga Dennini majbur qilmoqchi bo‘ldi. Denni unga tashlangan edi,
Rivera olishmoqchiday bo‘lib turdi, lekin eng so‘nggi daqiqada, ularning
badanlari bir-birlariga tegay deganda, Rivera juda chaqqonlik bilan
tisarildi; shu ondayoq Denni tarafdorlari: «Noto‘g‘ri» deb qichqirib
yuborishdi. Rivera ularni ahmoq qildi. Sudya ikkilanib to‘xtadi. Uning
aytmoqchi bo‘lgan so‘zlari og‘zida qoldi, chunki bir bolaning:
«G‘irromlik bo‘lmasin!» degan hayqirig‘i jarangladi.
Denni eshitiladigan qilib Riverani so‘kdi
-da, unga qarshi hujumga otildi.
Rivera tisarila boshladi. U o‘zicha, endi yon tomonga zarb urmaslik
kerak deb o‘ylab qo‘ydi. To‘g‘ri, bu bilan g‘alabaning yarmisi boy
beriladi. Leki
n g‘alaba qozonish uchun raqibdan ajralib zarb berish
kerakligini Rivera bilar edi. Baribir, sal narsaga ular Riverani g‘irromlikda
ayblayveradilar. Denni endi har qanday ehtiyotni ham bir tomonga
yig‘ishtirib qo‘ydi. U bilan yaqin turib olishuvdan qochayo
tgan mana shu
bolani ikki raundgacha toza kaltakladi.
Rivera halokatli klinchdan qochib, zarb ustiga zarb yer edi. Dennining bu
kaltaklashidan zavqlangan tomoshabinlar o‘rinlaridan turib ketdilar.
Hamma aqldan ozdi deb o‘ylash mumkin edi. Hech kim hech nar
sani
tushunmasdi. Ular faqat bir narsani
—
Dennilari yengayotganligini
ko‘rardilar, xolos.
–
Jangdan qochma,
–
deb Riveraga quturib gapira boshladilar.
–
Qo‘pqoq itvachcha! Ur uni, Denni. Tushir tumshug‘iga! Oshig‘ing
olchi, Denni!
Tomoshabinlar zalida birgi
na Rivera beparvo. U o‘z majozi, tabiati bilan
shu o‘tirgan odamlarning ichida eng tez qizib ketadigan, eng ehtirosli
kishi edi, lekin u shunday jahon olovlaridan o‘tib kelganki, o‘n minglab
odam bo‘g‘zidan otilib chiqayotgan g‘azabli ovozlar dengiz to‘lqi
nlari
singari ko‘tarilib kelayotgan bo‘lsa ham, u o‘zini yoz oqshomlarida esgan
salqin shabadada turgandek yengil his qilar edi.
O‘n yettinchi raundda Denni o‘z o‘yinini ishlatdi. Rivera musht zarbidan
bukulib qoldi. Uning qo‘llari susayib, osilib tushdi.
Denni hal qiluvchi
payt keldi deb o‘yladi. Bola endi uning ixtiyorida. Lekin Rivera bu bilan
raqibning sezgirligini bo‘shashtirdi va boplab turib uning jag‘iga
qaqshatqich zarba tushirdi. Denni ag‘darilib tushdi. Rivera bu zarbni uch
marta qaytardi. Har qa
nday sudya ham bu zarbalarni noto‘g‘ri deb ayta
olmas edi.
–
Voy, Bill, Bill!
–
deb zorlandi Kelli, sudyaga murojaat qilib.
–
Mening qo‘limdan nima kelardi? –
deb javob berdi u.
–
Bahona
qilishga hech qanday sabab yo‘q.
Denni toza kaltak yedi. Lekin har gal ha
m dadil o‘rnidan turardi. Kelli va
maydonga yaqin o‘tirgan boshqa odamlar bu do‘pposlashni to‘xtatmoq
uchun politsiyani chaqira boshladilar. Ammo Dennining sekundantlari
hali ham sochiqlarini yelkalariga tashlab turar edilar. Rivera, semiz bir
polismen, ar
g‘amchi ostidan engashib o‘tishga hozir turganini ko‘rib
qoldi. Bu nima gap o‘zi? Bu gringolar qanday ayyorliklarni
ishlatmaydilar! O‘rnidan turgan Denni xuddi mast kishiday chayqalib,
ayanchli bir vaziyatda turardi. Sudya bilan polismen baravariga
Riveraning oldiga yugurib keldilar, ammo shu onda u oxirgi zarbani
tushirgan edi. Endi kurashni to‘xtatib o‘tirishning hojati yo‘q edi, chunki
Denni ortiq o‘rnidan turmadi.
–
Sana!
–
deb bo‘g‘iq tovush bilan qichqirdi Rivera.
Sanoq tamom bo‘lganda, sekundantlar Dennini ko‘tarib, o‘z burchagiga
olib ketdilar.
–
Kim g‘olib? –
deb so‘radi Rivera.
Sudya istar-
istamas uning qo‘lqop kiygan qo‘lini ushlab, yuqori ko‘tardi.
Riverani hech kim tabriklamadi. U yolg‘iz o‘zi o‘z burchagiga bordi.
Haligacha uning
sekundantlari hatto stul ham qo‘ymagan edilar. U
arqonga suyanib, nafrat bilan sekundantlariga qaradi, keyin nazarini
uzoqlarga, mana shu o‘n minglab gringoni qamrab olguncha uzoqlarga
qaray berdi. Uning tizzalari qaltirar, o‘zi esa holsizlikdan o‘pkasi to‘lib,
azob chekar edi. Uning ko‘z oldida jirkanch basharalar suzar va tebranar
edi. Birdan Rivera bularning hammasi miltiq ekanligini esladi. Bu
miltiqlarning hammasi uniki. Inqilob davom etadi.
*
Xunta
—
Ispaniya va Lotin Amerikasida ijtimoiy-siyosiy tashkilotning
nomi.
* Dias, Porfirio (1830
—
1915). Meksikaning reaktsion hukmdori. Xalq
ommasining inqilobiy harakati natijasida 1911 yilda Dias diktaturasi
ag‘darildi.
Rus tilidan F. Abdullayev tarjimasi
Boshqa kitoblarni ushbu manzildan yuklab oling:
Elektron kutubxona
Dostları ilə paylaş: |