Java do-while Loop(takrorlanuvchi operatori) 29/08/2016G'ayratjon RayimjonovJavaNo Comments Yuqoridagi «while» sikl operatorida, agar shart yolg‘on bo‘lsa, sikl umuman ishlamasligini ko‘rib o‘tdik. Agar shart yolg‘on bo‘lsa ham, sikl tanasidagi operatorlar bir marotaba bajarilishi kerak bo‘lsa, «do-while» sikl operatoridan foydalanamiz. Bu operatorda oldin operatorlar bajariladi, so‘ng siklga qo‘yilgan shart tekshiriladi. Shu sababli sikl tanasi kamida bir marotaba ishlaydi. Bunday siklni «sharti keyin tekshiriladigan» sikl deyish mumkin.
Ifoda: do{
//code to be executed
}while(condition);
«do-while» dan ham odatda ketma-ketlik tartibi doimiy bo’lmagan va bir marta bo’lsa ham amal bajarilishi kerak bo’lgan hollarda foydalaniladi.