Iqtisodiyotga oid atamalar va tushunchalar izohli



Yüklə 105,97 Kb.
səhifə4/67
tarix02.01.2022
ölçüsü105,97 Kb.
#39958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Iqtisodiyotga oid atamalar va tushunchalar izohli-fayllar.org

AGENTLIK OPERASIYALARI - bir tomonning topshirig'i bilan 

kelishilgan  hududda    ikkinchi    (agent)  tomon  amalga  oshiradigan  oldi-

sotdi  bilan bog'liq bo'lgan  amaliy va huquqiy harakatlar. 

 

AJIOTAJ  TALAB - bozordagi shov-shuv va vahima ta'siri ostida 

sun'iy  paydo  bo'ladigan    hamda  shiddat  bilan  ortib  boradigan  talab.  AT 

odatdagi normal holatga nisbatan ortiq talab hisoblanadi. Bunday talab bir 

tomondan,  aholi  orasida  mish-mishlar  tarqatish  va  reklama  vositasida 

muayyan  tovarlarga  o'ta  ortiqcha  baho  berish  orqali  iste'molchi 

psixologiyasiga  ta'sir  etish  yo'li  bilan,  ikkinchi  tomondan  tovarlarga 

bo'lgan  g'oyat  katta  qiziqish,  qimmatchilik,  qaxatchilik,  har  xil  shov-

shuvlar ta'sirida puldan tezroq qutulish va tovar zahirasini ko'paytirishga 

intilish oqibatida yuzaga keladi. 

 

AKKREDITIV  -  (lat.  accredo-ishonaman)-  bank  yoki  omonot 

banklarining  biror  shaxs  yoki  tashkilotga  ma'lum  miqdordagi  mablag'ni  

berish  haqida  boshqa  bank  yoki  kassaga  yuborgan  buyruq  qog'ozi, 

masalan,  jamg'armalar bankiga qo'yilgan  pulni istalgan omonat bankidan 

olish uchun berilgan hujjat. 

 

AKSIZ - keng iste'mol mollari (qand, gugurt, tuz, tamaki va h.k.) 

ga  solinadigan  qo'shimcha  ustama 

soliq. 


Mahsulotga 

 

yoki 


ko'rsatilayotgan  xizmat    (kommunal,  transport  va  boshqa  turdagi 

xizmatlar) narxi ustiga qo'yiladi. 

 


Yüklə 105,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin