19
19
18
1. Aksiyadorlar jamiyatini tavsiflab bering.
2. Ochiq va yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyatlarining bir-biridan farqi nimada?
3. Oddiy va imtiyozli aksiyalarning afzallik hamda kamchilik tomonlarini ayting.
4. Aksiyadorlar jamiyatining mas’uliyati cheklangan
sherikchilik firmasidan
qanday afzalliklari va kamchiliklari bor?
5. Hududingizdagi qanday aksiyadorlar jamiyatlarini bilasiz?
6. Aksiyadorlar jamiyatining aksiyalarini davlat yoki chet el firmalari sotib olishi
mumkinmi?
7. Aksiyador jamiyatni boshqarishga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?
8. Aksiyadorlar jamiyatining katta foyda ko‘rishidan kim ko‘proq manfaatdor:
oddiy aksiya egasimi yoki imtiyozli aksiya egasimi?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Abdullayev aksiyadorlar jamiyatining 16 ta oddiy aksiyasi sohibi. Yil
yakuniga ko‘ra, jamiyat 20000000 so‘m foyda ko‘rdi va uning hammasini divi-
dend sifatida taqsimlamoqchi. Agar jamiyatning jami 2000 dona oddiy aksiya
sotgani ma’lum bo‘lsa, Abdullayev aksiyalaridan qancha dividend oladi?
Mashq
•
Aksiyadorlar jamiyati — nizom jamg‘armasi
aksiyalar sotishdan
shakllanadigan, mas’uliyati cheklangan yirik firma bo‘lib, u ochiq yoki yopiq
turda tashkil qilinadi.
•
Aksiyadorlik jamiyati aksiya egasi — aksiyadorga o‘z foydasidan dividend
to‘laydi.
•
Aksiyalar fond birjasida erkin sotilishi mumkin.
•
Oddiy aksiyalar bo‘yicha dividend jamiyat foyda ko‘rgan holdagina to‘lana-
di.
•
Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha muayyan miqdordagi dividend kafolatlanadi.
Dostları ilə paylaş: