INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI ISSN (E) 2181-2993 Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022) 311
www.birunijournal.uz
oshirildi. Ozod Sharafiddinovning “Iste’dod jilolari” (1976) kitobidan o‘rin olgan
“So‘z san’atiga fidoyi sadoqat” nomli maqolasi Oybekning adabiy-tanqidiy
qarashlarini o‘rganishdagi ilk qadamlardan bo‘ldi. Unda adibning Navoiy lirikasiga
bag‘ishlangan maqolasi, “Alisher Navoiy” tadqiqoti, “A.Qodiriyning ijod yo’li”
risolasi haqida so‘z yuritiladi. Olim o‘z ishida Oybekning mahoratli adabiyotshunos
ekanligiga ahamiyat qaratadi, boy ilmiy-tanqidiy merosini tahlil etadi. U keyinchalik
ham ko‘plab maqola va tadqiqotlarida Oybek ijodiga o‘zining munosabatini bildirib
bordi. Yana bir adabiyotshunos olim, akademik Baxtiyor Nazarov nomzodlik
dissertatsiyasini Oybekning adabiy-tanqidiy qarashlarini o‘rganishga bag‘ishladi.
Uning “Bu sehrli dunyo”(1980) nomli kitobi Oybek hayoti, ijod olamiga kirib kelishi
va mahoratli yozuvchi bo‘lib yetishishi haqidagi voqealarni bayon qiladi. Shu bilan
birga Oybekning adabiy-tanqidiy qarashlarini ham tahlilga tortadi. Olimning
“Hayotiylik
-
bezavol mezon” (1985) kitobidan o‘rin olgan “Quyoshdek yashagan
ichdagi sevgi…” nomli maqolasida Oybekning ijodiy va ilmiy faoliyati o‘rganiladi.
Maqola nomini uning she’rlaridan biridagi dilbar misradan oladi. Sababi Oybekning
adabiyotga, ijodga bo‘lgan mehri uning qalbida quyoshdek yashagan edi. Faqat
Oybekgagina xos bo‘lgan uslub, mahorat munaqqid e’tiborini tortadi va o‘z fikrlarini
adibning hatto ilmiy maqola yozishda ham badiiylik va ilmiylikni uyg‘unlashtira
olgani bilan isbotlaydi. So‘ngra shunday xulosaga keladi: Ilmiy maqolani bu qadar
badiiy chechaklar bilan bezash, yozilayotgan masalani, xodisotni suratlashtirish,
jonlantirish, tanqidiy ishni ham imkonicha badiiy asar yanglig‘ o‘qimishli qilish,
mantiqiy va obrazli fikrlash orasida hukm surmish sarhadlarni ajib bir ustalik bilan
yoritib, yozayotgan maqolasi to‘qimasiga ifor tuyg‘ularini singdirib yuborish olim
Oybek uslubiga xos bo‘lgan fazilatlardan biridir
2
. Munaqqid ta’kidlab o‘tganidek,
Oybekning ilmiy ishlari va adabiy-tanqidiy maqolalari xuddi badiiy asardek ehtiyoj
farzandlari, zarurat xosilasi sifatida maydonga keldi.