O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
8-SINF
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinflarida O‘zbekiston davlati va
huquqi asoslari fanidan bosqichli imtihon og‘zaki shaklda, tavsiya etilgan imtihon
materiallari asosida o‘tkaziladi.
Bosqichli imtihon uchun O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari fanidan
taqdim etilgan topshiriqlar Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturiga mos bo‘lib,
30 ta biletda berilgan. Har bir biletda 2 tadan savol mavjud. O‘quvchilar biletni
olganlaridan keyin tayyorgarlik ko‘rish va javob berishlari uchun 20 daqiqa vaqt
ajratiladi.
O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan
maktab ma’muriyati fan metodbirlashmasi qarori bilan mazkur maktabning 8-sinf
o‘quv dasturiga mos bittadan qo‘shimcha savol kiritishlari mumkin va qo‘shimcha
5 daqiqa vaqt beriladi.
1 ta muhrlangan konvertni o‘quvchilardan biri ochadi.
O‘quvchilarning og‘zaki javoblari quyidagi mezonlar asosida baholanadi.
Dostları ilə paylaş: |