Elektron matn (Электронная консультастия, Elektronic text) – Axborot tizimining xotirasiga yozilgan matn (hujjatlar, kitoblar, oynomalar, ma‘lumotnomalar va h.k.). elektron matnlar tizimlarda joylashgani sababli, o‘quvchilar (foydalanuvchilar) oldida yangi imkoniyatlar ochiladi. Matnning ixtiyoriy tahlilini bajarish, kerak bo‘lgan qatorlar, xatboshi, bo‘lim va h.k. larni topish mumkin.
Elektron pochta (Электронная почта, Elektronic Mail) –tarmoqning eng ommaviy xizmat turi bo‘lib, foydalanuvchilar o‘rtasida elektron xabarlar almashish imkoniyatini beradi.
Faks-modem (Факс-модем, Fax modem) – modem va faksimil apparat vazifalarini birgalikda bajaruvchi qurilma. Ko‘p holatlarda matn va grafik ma‘lumotlarni uzatishda ishlatiladi.
Fayl-server (Файл-сервер, File-server) –lokal tarmoqni tashkillashtirishning bir arxitekturasi bo‘lib, umumiy resurslarni (fayllarni) saqlash, boshqarish, himoya qilish va ulardan foydalanishga ruxsat berish server zimmasiga yuklatiladi.
Forum (Форум, Forum) – saytda suhbatlashish uchun uskuna. Forumdagi xabarlar pochta xabarlariga nimasi bilandir o‘xshash, ularning har biri muallifga, mavzuga va xususiy mazmunga ega. Ammo xabarni forumga yuborish uchun hech qanday qo‘shimcha dastur kerak emas, shunchaki saytda tegishli shaklni to‘ldirish kifoya.
Foydalanuvchi (Пользователь, User) –Kompyuterdan foydalanuvchi shaxs. Agar Kompyuter tarmoqqa ulangan bo‘lsa, unga nisbatan tarmoq foydalanuvchisi termini ishlatiladi.
Foydalanuvchi profili (Профиль пользователя, Structure of the user) – Kompyuter foydalanuvchisi kiritgan parametrlarni saqlovchi fayl. Bu parametrga ishchi stolni va tarmoqni sozlovchi
ma‘lumotlarni, dasturlarning shaxsiy parametrlarini kiritish mumkin.
Funksional blok (Функциональный блок, Functional unit) –echilayotgan vazifaning aniq qismini bajarayotgan qurilma yoki dastur. Axborot tarmoqlarining arxitekturasida, bayonnomani amalga oshiradigan va kerakli xizmatlarni ta‘minlaydigan funksional blok tushunchasi muhim ahamiyatga ega. Funksional blok algoritm bilan tavsiflanadi. Algoritm, ma‘lumotlarga ishlov berish, ularni saqlash yoki uzatish bilan bog‘liq jarayonlarni belgilab beradi.