Fizika-matematika fakulteti “fizika o’qitish metodikasi’’



Yüklə 197,18 Kb.
səhifə1/4
tarix18.05.2023
ölçüsü197,18 Kb.
#116501
  1   2   3   4
dilnur kurs ishi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS


TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
FIZIKA O’QITISH METODIKASI’’
FANIDAN
KURS ISHI

MAVZU: ,,Fizika fanidan ochiq darslarni


o’kazish usullari’’

Bajardi: Sayfullayeva Dilnura


Ilmiy rahbar: Muhammedova Dilafruz
Kurs ishi himoya qilingan sana:
Komissiya a’zolari :

Ball:
Buxoro-2023


MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………………..
I BOB.Fizika fanini o’qitishning maqsad va vazifalari

1.1 Fizika fanini o’qitishning maqsad va vazifalari


1.2Fizika fanini o’qitishning fan dasturi…………………………………………....
1.3 Fizika fanini o’qitishda ochiq dars mashg’ulotlarning o’rni…………………...

II BOB.Ochiq dars mashg’ulotlarning bilim berishda samaradorligi

2.1Fizika fanidan ochiq dars mashg’ulotlarini tashkil qilish usullari………………
2.2 Fizika fanidan ochiq dars mashg’ulotlarini o’tkazishda qo’llaniladigan
metodlar……………………………………………………………………………

Xulosa……………………………………………………………………………...

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………………………….............

Qiyin fanning o’zi yo’q ,


qiyin tushuntirish bor xolos.
A.Gersen
Kirish
Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O’zbekiston zaminida keng rivojlanib , O’rta Osiyo hududi dunyo intellektual markazi bo’lib kelgan .Yur-timiz hududida yuzaga kelgan birinchi va ikkinchi Renessans davri butun dunyo tan oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Muhammad al-Xorazimiy, Ah -mad al-Farg’oniy , Abu Nars Farobiy , Abu Rayhon Beruniy , Mahmud Koshg’a-riy Abu Ali ibn Sino , Nasriddin Tusiy , Qozizoda Rumiy , Jamshid Koshiy ,Mir-zo Ulug’bek , Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlari ilmiy tatqiqotlari jahon ilm- fani rivojiga beqiyos hissa qo’shdi .
Buyuk ajdodlarimizning ilmiy an’analarini munosib davom ettirgan holda , XX asrning 40-yillaridan boshlab O’zbekistonda fizika fanini rivojlantirish jara-yonida nufuzli ilmiy maktablar tashkil etildi , ularning vakillari xalqaro mukofot-larga sazovor bo’ldi va xorijiy akademiyalar a’zolari bo’lib saylandi . Eng muhim ilmiy yo’nalishlarni shakllantirishda Fanlar akademiyasining taniqli ilmiy mak –tablar yaratgan atoqli fiziklari muhim o’rin tutdi . Mamlakatimiz fizika maktabi qattiq jismlar fizikasi , atom yadrosi fizikasi ,yarim o’tkazgichlar fizikasi , lazer fizikasi va issiqlik fizikasi sohalarida jahon ilm faniga ulkan hissa qo’shdi .
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o’qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o’qitish uslublarini joriy qilish , iqtidorli o’quvchi- larni saralash , mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxasislarni tayyorlash , ilmiy tadqiqod va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo’nal-tirishga katta e’tibor qaratilmoqda .
Shu bilan birga ,sohada yechimini topmagan qator masalalar fizika sohasi-dagi ta’lim sifati va ilmiy tadqiqod samaradorligini oshirishga qaratilgan cho- ra-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko’rsatmoqda. Jumladan :
birinchidan , yoshlarning fizika faniga qiziqishlarini kuchaytirishga yetarli e’tibor berilmayapti , ta’lim dasturlari o’quvchilarda mustaqil kreativ fikrlash- ni shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilmagan , ta’lim sifatini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar zamon talablariga javob bermaydi ;
ikkinchidan , ta’lim jarayonini tashkil etishda umumiy o’rta va oliy ta’lim dasturlarining uzviyligi ta’minlanmagan ;
uchinchidan , pedagog kadrlarning kasbiy bilim va ko’nikmalarini oshirish maqsadida ularni xorijdagi nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarda ta’lim olishi hamda stajirofkadan o’tishi uchun qulay sharoitlar yaratilmagan , xorijlik yetakchi mutaxassis , olim va o’qituvchilarni dars jarayoniga jalb etish dara- jasi pastligicha qolmoqda ;
to’rtinchidan , fizika fani bo’yicha zamonaviy darsliklarni yaratish yaxshi yo’lga qo’yilmagan , o’quv adabiyotlarning mazmuni fan va texnika taraqqi- yotining bugungi darajasini yetarli qamrab olmagan , masalalar to’plami , prak-tikum , labaratoriya ishlarini bajarish bo’yicha qo’llanmalar , multimedia das- turlarini yaratishga e’tibor qaratilmagan ;
beshinchidan , fizika ta’limi va tadqiqotlari infratuzilmasining moddiy –texnik bazasi eskirganligi fizika fani bo’yicha o’quv va ilmiy labaratoriyalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanmaganligi kadrlar tayyorlash sifatiga va tadqiqodlar samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda ;
oltinchidan , fizika ixtisosliklari bo’yicha ilmiy va ilmiy- pedagogik kadrlar tayyotlash salmog’ining kamligi bu sohadagi ilmiy salohiyatning pastligiga sabab bo’lmoqda ;
yettinchidan ,ilmiy tadqiqodlar va innovatsiyalar ko’lami yetarli darajada natijadorlikka yo’naltirilmagan ,olib borilayotgn ilmiy tadqiqot ishlarining ishlab chiqarish korxonalari muammolariga qaratilmaganligi natijasida saha innovat-sion ishlanmalari amaliyotga tadbiq etish ko’rsatkichlari talabga javob bermaydi.
Fizika fani bo’yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish yuqori malakali peda-gog va ilmiy xodimlarni tayyorlash , ta’lim muassasalari zamonaviy labarato-riyalar , darsliklar va boshqa o’quv jihozlari bilan ta’minlash , ilmiy tashkilot- larning salohiyatini rivojlantirish , ularning faoliyatini samarali tashkil etish , ilm- fan ishla chiqarish sohalari o’rtasida o’zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo’lga qo’yish hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29- dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida :
2021-2023-yillarda fizika fanlari bo’yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqodlarning natijadorligini ta’minlash bo’yicha chora –tad- birlar dasturi tasdiqlandi.
Quyidagilar Kompleks dasturning asosiy maqsad va vazifalari etib belgilan- di :
umumta’lim muassasalarida fizikani fanini o’qitish sifatini oshirish , darslik va o’quv qo’llanmalarini takomillashtirish fizika fani bo’yicha kadrlar xususan , qishloq joylardagi maktablarning o’qituvchilarni tayyorlash , qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish ;
ta’lim jarayoniga zamonaviy o’qitish uslublarini , shu jumladan axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish ;
pedagog kadr va o’qituvchilarning fizika fanini bilish darajasini baholash , iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning mahalliy v axalqaro fan olimpia- dalarida muvaffaqiyatli ishtirok etish hamda sovrinli o’rinlar egallashini ta’-minlash ;
oliy ta’lim muassasalarida fizika fanlarini o’qitishning integrative prinsiplari-ni joriy etish , yangi va ta’lim bozorida talab yuqori bo’lgan mutaxassislar bo’yicha kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yish orqali yoshlarning fizika ta’limi bilan qamrab olish darajasini oshirish ;
fizika sohasidagi ilmiy tadqiqodlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog’liq-ligini ta’minlash iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy ishlar ko’lamini kengaytirish ;
ilmiy tadqiqodlarning va innovatsiya ishlarining natijadorligi va amaliy ahamyatini oshirish etib belgilandi.
Kurs ishining maqsadi :Fizika fanidan ochiq dars mashg’ulotlarini tashkil qilish usullarini o’rganish .
Kurs ishining obyekti: Fizika fanidan ochiq darslar .

Kurs ishining predmeti : Fizika fanidan ochiq darslarni tashkil qilish va ularda qo’llaniladigan metodlarni o’rganish .

Kurs ishining vazifalari:


  • Fizika fanidan ochiq dars mashg’ulotlarini o’tkazish usullarini chuqur o’zlashtirish ;

  • Fizika fanidan ochiq dars mashg’ulotlarini o’tkazishfa qo’llaniladigan metodlar haqida ma’lumot yig’ish va o’rganish ;

I BOB . Fizika fanini o’qitishning maqsad va vazifalari


1.1 Fizika fanini o’qitishning maqsad va vazifalari
Fizika tabiatdagi hodisa va voqea hada ularning qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir .Inson ham tabiatning bir bo’lagi sifatida u bilan bevosita doimo munosa- batdadir .Tabiatdagi hodisalarning sirini bilish , ularning qonuniyatlarini aniqlash, asosan , insoniyat yashash sharoitini yaxshilash maqsadida olib boriladi .Shun- day bo’lmasa fizikaning yutuqlaridan foydalanib , tabiatni tubdan o’zgartirib yuborish mumkin edi .Jumladan, quyoshni xohlagan paytda chiqarib yoki botirib , yomg’irni esa kerak vaqtda yog’dirib yozni qishga - kuzni yozga aylantirib qo’yar edik .Aslida esa bunday emas , bo’lishi ham mumkin emas. Shuning uchun ham , tabiatda yuz hodisalarni o’rganib , ularning yordamida insoniyat- ning yashashi uchun kerakli tabiat boyliklari saqlashga ,ulardan samarali foydalanish yo’llarini o’rganishga ko’nikishimiz kerak .
Tabiiy fanlar ichida fizika alohida o’rin egallagani uchun u barcha tabbiy fanlarning poydevorini tashkil qiladi , deb aytiladi .Chunki fizika barcha tabiiy fanlarning yutuqlariga o’zining munosib hissasini qo’shgan va qo’shib kelmoq- da .Bunga misol qilib fizikaviy kimyo , kimyoviy fizika biofizika, astrofizika , geofizika va boshqa fanlarni ko’rsatish mumkin .
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.03.2021 yildagi ,, Fizika sohasi-dagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqodlarni rivojlantirish chora -tad-birlar to’grisida ’’ gi PQ-5032-son qaror bilan 2021-2023 yillarda Fizika fan- lar bo’yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorlikni ta’minlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi .
maktablarda fizika fanini o’qitish sifatini oshirish , darslik va o’quv qo’llanma- larini takomillashtirish ;
fizika fani bo’yicha kadrlarni , xususan , qishloq joylardagi maktablarning o’qituvchilarini tayyorlash , qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish ;
ta’lim jarayoniga axborot – kommunikatsiya texnologiyalarni keng joriy qilish ;
yangi va ta’lim bozorida talab yuqori bo’lgan mutaxassislik bo’yicha kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yish orqali yoshlarning fizika ta’limi bilan qamrab
olish darajasini oshirish ;
fizika sohasidagi ilmiy tadqiqodlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog’liqli- gini ta’minlash .
Fizika fanining asosiy vazifasi bizni qurshab turgan moddiy olamni har tomonlama bilish uning tuzulishi va harakat qonunlarini aniqlash , bu qonuniyatlarni bir –biriga bg’lab o’rganishdir .
Fizika fan sifatida hodisalarni kuzatadi , aniqlaydi va tekshiradi , tushun- chalar va terminlar kiritadi , qonunlarni ochadi va ta’riflaydi ,nazariyalarni yaratadi , faktlarni tushuntiradi hodisalarni bashorat qiladi .
Umumiy o’rta ta’limi muassasalarida fizika fanini o’qitishning vazifalari :
o’quvchilarga atrof olamni o’rganishga ishonch tuyg’ularini hosil qilish ;
tabiatdagi jarayon va hodisalarni kuzatish , tahlil qilish , fizik hodisalarni o’rganishda asboblardan to’g’ri foydalana olish , fan sohasida erishilayotgan yutuqlar , ularning amaliyotidagi tatbiqi orqali o’quvchilarning ilmiy dunyo- qarashlarini rivojlantirish , kelajakda insoniyatni fan va texnika ijodkorlariga hurmat bilan qarash , ma’naviy va madaniy merosini avaylab – asrash umum-bashariy madaniyat elementlarini tarbiyalashdan iborat .
Fizika fanini o’qitishdan asosiy maqsad ,birinchidan , tabiatning funda- mental qonunlarini ilmiy asosda tushuntirish , o’quvchilarning ilmiy dunyo- qarashi va falsafiy mulohaza yuritish qobilyatini rivojlantirish , texnika va turmushda foydalanilayotgan uskuna va jihozlarning ishlash prinspini tushunti-ruvchi fizik jarayonlar haqida tasavvurlarni shakllantirish bo’lsa ;
ikkinchidan , ta’lim olishni davom ettirish uchun mustahkam zamin yaratishdan iborat .
Fizika - texnika bilan chambarchas bog’langan. Bu bog’lanish quyidagi ikkita tomonlama namoyon bo’ladi :
fizika odamlarning turmush ehtiyoji sifatida yuzaga keladi . Masalan quri-lish va harbiy ehtiyojlar mexanikaning va termodinamikaning rivojlanishiga olib kelgan .
fizikaning rivojlanishi ishlab chiqarishning texnikaviy darajasi ta’sir ko’r- satadi .
1.2 Fizikza fanini o’qitishning fan dasturi .
Fizika fanining fan asturini ishlab chiqishdan oldin xalqaro tajriba o’rganil-di , xususan , Kembrijning IGSCE va A-Level dasturlari International Baccalaureate , Avstraliya , AQSH , Rossiya Federatsiyasi , Belarus singari dav-larning dasturlari o’rganiladi va fizikani o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari tahlil qilindi .
Ixtisoslashtirilgan va umum ta’lim maktablari uchun fizika dasturi , xalqaro tajribadan kelib chiqib , fanni uch bosqichda spiralsimon tarzda o’rganishni ko’zda tutadi . Birinchi bosqich 5-6-sinflarni qamrab oladi , bundan o’quvchi-lar fizika fanining barcha bo’limlarini boshqa fanlar bilan birgalikda murak- kab formula va hisob kitoblarsiz , sodda hayotiy jarayonlar orqali ko’rib chi- qadi hamda o’quvchilarda fizika faniga bo’lgan qiziqish va fanga oid dastlab-ki tushunchalar shakllantiriladi .
Ikkinchi bosqich 7-9- sinflar uchun mo’ljallangan bo’lib , uch yil davomida o’quvchilar ummumiy fizika kursining barcha bo’limlarini o’rganishadi va fan bo’yicha asosiy kompetensiyalar shakllantiriladi .
Uchinchi bosqichda 10-11-sinf o’quvchilari avvalgi ikki bosqichda shakllanti-rilgan kompetensiyalarni rivojlantirishadi va chuqurlashtirishadi . Bunday yon- dashuv o’zlashtirishi kerak bo’lgan barcha nazariy bilim ko’nikmalar va ama-liy malakalarni to’laligicha shakllantirish imkonini beradi .
Dastur fanni o’rganish natijasida o’’quvchi qanday nazariy bilim , ko’nik- ma va amaliy malakalarga ega bo’lish kerakligi aniq belgilab qo’yilmoqda. Dasturda , shuningdek , fizika hanining boshqa fanlar bilan integratsuyasi ham-da fan orqali 21-asr ko’nikmalari tahlil , uammolarga nostandart va samarali yechimlar taaklif qilish , ijodkorlik yaratuvchanlik , kommunikativlik singari qobilyatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda .
Kichik yoshdagi o’quvchilarni fizika faniga qiziqtirish maqsadida yangilan-gan dastur asosida 5-6-sinflar uchun ,,Fizika alifbosi “ darsligi ishlab chiqiladi. Ushbu darslikda borliqdagi fizik hodisalar va qonuniyatlar qiziqarli tarzda , sodda tilda bayon etiladi .Kuzatish va tajribalar orqali o’quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyalarini shakllantirilib borili-shi maqsad qilingan .
Fizika o’qitishda loyihalashtirish va tadqiqod usullari asosiy usul bo’lishi ularning vazifalari o’quvchilarning kompetentligi ni rivojlanishdan iborat bo’lishi zarur .Loyihalashtirish fizika bilan birgalikda - taxminan kundalik tur-muashdagi amaliyotga yaqin o’quv muammolarini yechish bo’yicha o’quvchi-ni mustaqil ijodiy ishlashga majbur qiladi .Loyiha - labaratoriya sharoitida pedagog tomonidan tashkil qilingan yetarli darajada ishlab chiqilgan muhim harakatdir . Loyiha bilan ishlash natijasida quyidagi : kommunikativ , ijtimoiy va fan kompetensiyalari shakllantiriladi . O’quvchilarning mustaqil ravishda ishlashlari : umumlashtirilgan jadvallarni to’ldirishda , fizik praktikum ishlari va frontal labaratoriya ishlari bajarishda , masalalar yechish jarayonida asosiy nazariy materialni mustahkamlash va mustaqil ravishda takrorlashga asosiy e’tibor qaratilishi zarur . Dars jarayonida o’quvchilarningdarsliklar bilan musta-qil ishlashlari katta e’tibor qaratilishi kerak .Darslik bilan ishlash jarayoni-da o’rganilgan hodisa va jarayonlarni tushuntirish , material ichidan manti- qan bog’liqlikni tushunish va ko’rish , matndan asosiy materialni ajratish ko’nikmasini shakllantirish zarur .
Fizika ta’limi eksperimental bazasini tubdan yangilash va umumiy o’rta ta’lim maktablarni davr talablariga muvofiq ravishdagi zamonaviy pedago- gik adabiyotlar bilan ta’minlsh zarur .
Fizika ta’limining ustuvor vazifasi mukammal va puxta chuqur fan bilim- lariga ega bo’lish va mustaqil ishlash ko’nikmasini shakllantirishdir .Fizika , informatika va iqtisodiyot fanlari bilimlarini birlashtirgan va yangi texnolo-giyalarni ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish jarayoni- ni boshqarish imkonoyatiga ega bo’lgan yangi mutaxassislar- texnologiya menejerlarini tarbiyalash kerak . Bunday mutaxassislar jamiyatning texnolo-gik elitasini shakllantirishlari mumkin .
O’quv dasturini tuzishada umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinfini tugat-gan o’quvchilar umumiy fizika kursining barcha bo’limlaridan , chunonchi , me-xanika , molekuyar fizika va termodinamika , elektr , optika , atom va yadro fi- zikasidan ma’lum darajada bilim , ko’nikma , malaka va kompitensiyalarga ega bo’lishlari zarurligi hisobga olindi . Fizika fani 7 -sinfdan boshlansa-da uning dastlabki tushunchalari boshlang’ich ta’limning atrofimizdagi olam tabiatshu- noslik va yuqori sinflarda tabiiy geografiya fanlarini o’rganib uning ahami-yati , ob-havo , yil fasllari ,atrofimizdagi narsalar :uy anjomlari o’quv qurolla-ri ,gazdan foydalanish ,uyda foydalaniladigan elektr jihozlari , uyda xavfsizlik qoidalaiga rioya qilish haqida tushunchalar shakllantirilib boriladi .

1.3 Fizika fanini o’qitishda ochiq dars mashg’ulotlarning o’rni .


Muayyan fan bo’yicha o’qituvchilar va mutaxassislar ishtirokida turli shaklda o’tkaziladigan darslar ochiq darslar deb ataladi . Ochiq darslarni o’tka-zishdan maqsad : o’qituvchilarni tegishli fan , texnika va texnalogiya sohalari bo’yicha jahonda erishilgan yutuq va yangiliklardan xabardor bo’lishlariga erishish va ular asosida zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion tex-nologiyalardan samarali foydalangan holda darslarni tayyorlash , o’tkazish va shu tariqa ta’lim sifatini oshirish hamda tayyorlanayotgan kadrlarning raqo-batbardoshligini ta’minlashdan iboratdir.
Ochiq darslarning maqsadi , darsni ilmiy asosda tashkil etish ta’lim mazmu-nini ta’minlashda yuqori bilim saviyasiga erishishni namoyish qilish , ta’lim tarbiyaviy jarayonda ilg’or shakl va uslublardan real foydalanishni tashkil etish didaktik va ko’rgazma vositalaridan optimal foydalnish tizimini yarati-dan iboratdir . Ochiq darsning asosiy maqsadi o’qituvchining dars o’tishdagi ilg’or tajriba va uslublarning samaradorligini ko’rsatish va uni ommmalashti-rishdir .
Ochiq darslarni o’tkazish vazifalariga quyidagilar kiradi:
- o’quvchilarga fandagi so’ngi yutuq va yangiliklarni yetkazish ;
- ta’lim sifatini boshqarishda fan , ishlab chiqarish va jamoatchilik ishtirokini ta’minlash ;
- ilmiy-uslubiy jihatdan yetuk dars materiallarini targ’ibot etish ;
- yosh pedagog kadrlarning kasb mahoratini oshirish ;
- yuqori sayiyadagi ochiq dars mualliflarini moddiy va ma’naviy rag’batlanti- rish ;
Ochiq dars , odatda o’z sohasi bo’yicha taniqli yoki daraja va unvonlarga ega bo’lgan tajribali o’qituvchilar tomonidan o’tkaziladi .
Ochiq darslarga qo’yiladigan talablar :

  • ochiq dars ta’lim – tarbiya , intellektual rivojlanish , jismoniy va ruhiy barqarorlanish jarayonining tashkiliy qismlaridan biri bo’lishi kerak . Dars senariysida darsning ilmiy ahamiyati ilmiy asoslanganligi , yoriti-layotgan mavzuning aniqligi ilm-fan rivojining o’rni , mavzu bo’yicha ilmiy muammolar borligi aks ettirilishi lozim ;

  • darsning metodik optimalligiga o’qitishning texnikaviy vositalarning to’g’ri tanlanishiga alohida ahamiyat berish kerak ;

  • dars shaklidan qat’iy nazar , maqsad o’quvchini mustaqil fikrlash va mustaqil ta’lim olishga yo’llash o’quv jarayonining asosiy omili ekanli- gini ko’zda tutish zarur ;

  • ochiq dars o’qituvchining o’quv jarayonidagi ilmiy- metodik izlanish natijasi bo’lib , uning tahliliy mehnati natijasi ekanligini ko’rsatish lozim .

Ochiq dars quyidagi ummumiy talablarga javob berishi kerak :

  1. Har bir dars ma’lumm maqsadni amalga oshirishda qaratilgan va puxta rejalashtirilgan bo’lmog’i lozim .

  2. Har bir dars mustahkam g’oyaviy- siyosiy va ilmiy qadriyatlar yo’nali-shiga ega bo’lmog’i lozim .

  3. Har bir dars turmush bilan , amaliyot bilan bog’langan bo’lmog’i lozim.

  4. Har bir dars xilma-xil shakl , metod va vositalardan unumli foydalan- gan holda olib borilmog’i lozim .

  5. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejab , undan unumli foyda-lanish kerak .

  6. Har bir dasr o’qituvchi va o’quvchilarning faolligi birligi ta’minlamog’i lozim .

  7. Darsda o’quv materialining mazmuniga oid ko’rgazmali qurollar tex- nika vositalari va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatlarini yoritmo-g’i lozim .

  8. Dars mashg’ulotlarini butun guruh bilan olib boorish bilan birga bunda har qaysi o’quvchilardan individual psixologik xususiyatlari , ularning mustaqilligini oshirish hisobga olinishi kerak .

  9. Har bir darsdan mavzuning xarakteridan kelib chiqib , xalqimizning boy pedagogik me’rosiga murojaat qilish va undan foydalanish imkoniyati-ni izlamoq kerak .

O’qituvchilar har bir darsini aniq maqsad qo’yilgan holda kuzatilsa , uni ilmiy , metodik , didaktik va umumiy pedagogik tahlil qilinsagina bu borada yaxshi natijalarga erishish mumkin .
Ochiq darslarning rejasini tuzishda , darslarning barcha turlarida samara- dorligiga erishish o’quv jarayonini vositalarga ahamiyat berish talab qilina-di.
II BOB. Ochiq darsmashg’ulotlarining bilim berishda samaradorligi
2.1 Fizika fanidan ochiq dars mashg’ulotlarini tashkil qilish usullari.
Ochiq darslarni tayyorlash
O’qituvchi ochiq darsga tayyorlanishda quyidagilarga e’tibor berishi kerak :

  • dars vaqtini optimal rejalashtirish -manbalarni chuqurlashtirish ;

  • shu darsda guruh o’quvchilarning o’zlariga xos imkoniyatlarini hisobga olish ( dars mavzusini tushuntirish uchun avval olgan bilimlarining ko’nikma darajasini bilish ) ;

  • dars berishning uslub va vositalarini to’g’ri tanlash ;

  • iqtidorli yoshlarga chuqur ta’lim berish tarbiyalariga javob berish ;

  • ochiq dars mavzusini shunday tanlash o’qituvchilarning pedagogik mahoratini , metodik ta’limini va dars o’tish vositalarini aniq ko’rsatish;

  • ochiq dars tayyorlanish davrida o’qituvchi ilmiy - metodik izlanishi ko’rgazmali qurollar va texnik vositalarning zamonaviy maktablaridan foydalanishi kerak .Bu o’qituvchilarda tahlil olishga qiziqish uyg’otib , zamonaviy yutuqlardan boxabarv bo’lish imkoniyatini yaratadi ;

  • dars senariysida belgilangan vaqt davomida o’qituvchi va o’quvchini kerakligini aniq ko’rsatilishi kerak ;

  • darsning moddiy-texnikaviy ta’minotini ilgaridan tayyorlash , barcha ko’rgazma va namoyish vositalaridan foydalanish ketma-ketligini avvaldan rejalashtirish kerak .

Har bir ochiq darsga puxta tayyorgarlik ko’rish kerak , bu tayyorgarlik ochiq darsning elementlarini ishlab chiqarish , ish bosqichlarini , vaqtlarga bo’lish , darsni ko’rgazmali materiallar bilan darsni samarali amalga oshirish maqsadida yangi faol mezonlaridan unumli foydalanish .



Ochiq dars o’tkazilishi haqidagi axborot maktablarda bir hafta oldin e’lon qilinadi .E’londa ochiq dars mavzusi ,o’qituvchining ismi-sharif , ilmiy darajasi , unvoni va toifasi hamda ochiq dars o’tkazish kuni , joyi va vaqti ko’rsatiladi .
Fizika fanidan ochiq darslarni o’tkazishda quyidagi na’munaviy ochiq darsni tahlil qilamiz .

Yüklə 197,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin