Fan bo’yicha mustaqil ish mavzulari 1-mavzu. ”Kimyoviy texnologiya jarayonlari va qurilmalari” faniga kirish “Kimyoviy texnologiya jarayonlari va qurilmalari” fanining mazmuni, kelib chiqishi, rivojlanishi va jarayonlarning klassifikatsiyasi. Jarayonlarning nazariyasi, ushbu jarayonlarni amalga oshiradigan mashina va qurilmalarning tuzilishi va ishlash prinsiplari va ularni hisoblash uslublari.
2-Modul. Gidrodinamika 2-mavzu. Gidrodinamika Suyuqlik harakatining asosiy xarakteristikalari. Suyuqlik harakatini ifodalovchi kattaliklar. Suyuqlikni massaviy va xajmiy sarfi va tezlik.
3-mavzu. Oqimning uzluksizlik tenglamasi va energetik ma’nosi Oqimning uzluksizlik tenglamasi, yoki oqimning moddiy balansi. Suyuqlik harakatining Eyler differensial tenglamasi. Haqiqiy suyuqlik oqimi uchun Bernulli tenglamasi, gidrodinamik va energetik ma’nosi. Suyuqlik harakati rejimlari.
4-mavzu. Gidravlik qarshiliklar Gidravlik qarshiliklar. Ishqalanish va mahalliy qarshilik turlari, koeffitsientlari. Bernulli tenglamasining qo‘llanilishi. Drossel asboblar.
5-mavzu. O‘xshashlik nazariyasining asoslari Kimyoviy texnologiya jarayonlarini o‘rganish yo‘llari. O‘xshashlik shartlari va teoremalari. Gidromexanik o‘xshashlik kriteriylari.
3-Modul. Suyuqlikda qattiq jism harakati 6-mavzu. Suyuqlikda qattiq jism harakati Harakat rejimlari. CHo‘kish tezligi. Og‘irlik kuchi ta’sirida cho‘ktirish. Siqiq cho‘kish tezligi.
7-mavzu. Turli jinsli sistemalar, klassifikatsiyasi Turli jinsli sistemalar, klassifikatsiyalanishi. Xarakteristikalari. Ajratish usullari. CHo‘ktirish jarayoni va qurilmalari.
Markazdan qochma kuch ta’sirida turli jinsli sistemalarni ajratish. Senrifugalar. Senrifugalarni hisoblash.
8-mavzu. Gazlarini tozalash usullari Sanoat gazlarini tozalash usullari. CHang cho‘ktirish kamerasi. Inersion ajratgichlar. Markazdan qochma kuch ta’sirida ajratish. Siklon. Batareyali siklon. CHanglarni yuvib toozalash. Filtrlash.
9-mavzu. Elektrostatik kuchlari ta’sirida cho‘ktirish Elektrostatik kuchlari ta’sirida cho‘ktirish. Ionlashtirish. Nurlanuvchi va cho‘ktiruvchi elektrod. Elektrofiltrlar konstruksiyalari.
10-mavzu. Filtrlash jarayoni Filtrlash jarayoni. Filtrlash turlari. Filtr to‘siqlar. Filtrlash tezligi va tenglamasi. Filtrlar konstruksiyalari.
4-Modul. Mavhum qaynash qatlam gidrodinamikasi 11-mavzu. Mavhum qaynash qatlami gidrodinamikasi Qo‘zg‘almas donador va g‘ovak qatlamlar orqali suyuqlik harakati. Suyuqlikni aralashtirish usullari. Mavhum qaynash qatlamida birinchi va ikkinchi kritik tezliklar. Arximed soni. Mavhum qaynash soni.
5-Modul. Suyuqliklarni uzatish 12-mavzu. Suyuqliklarni uzatish. Nasoslar Nasoslar va ularning turlari. Nasoslarning asosiy parametrlari. Porshenli nasoslar.
13-mavzu. Markazdan qochma nasoslar Markazdan qochma nasoslar tuzilishi, ishlash prinsipi va xarakteristikalari. Proporsionallik qonuni. Kavitatsiya. Boshqa turdagi nasoslar.
14-mavzu. Aralashtirish Suyuqlikni aralashtirish usullari. Aralashtirish jarayoni. Aralashtirgichlarning konstruksiyasi.
6-Modul. Issiqlik almashinish jarayonlari 15-mavzu. Issiqlik tarqalish turlari Jarayon issiqlik balansi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Fure qonuni. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti. Issiqlik nurlanishi. Stefan-Bolsman qonuni. Kirxgof qonuni.
Konveksiya. Nyuton qonuni. Issiqlik berish koeffitsienti. Issiqlik almashinish jarayonlari kriteriylari: Nu; Fo; Pr; Pe; Gr; Ga. Asosiy tenglamasi. Issiqlik o‘tkazish koeffitsienti. Xarakatlantiruvchi kuchi.