Ko`p qavatli epiteliy asosan himoya funktsiyasini bajaradi, shuning uchun ham u tananing ko`proq tashqi ta’sirotlarga uchraydigan joylarini qoplaydi. U terining yuzasini, og`iz bo`shlig`ini, qizilo`ngach, ko`zning muguz pardasini, buyrakning kosachasi, siydik pufagi, siydik chiqaruv yo`li va qinni qoplaydi. Ko`p qavatli yassi epiteliy qavatma-qavat joylashgan hujayralardan tuzilgan, uning faqat bazal qavatidagi hujayralari bazal membranada yotadi