GERMANIYA GʻARBIY FRONTDA
SHIDDATLI TARZDA URUSH OLIB
BORDI
1940-yil 9-aprelda ,,Vezeryubung’’operatsiyasi boshlanib, uning natijasida
atigi ikki kun ichida nemis qo’shinlari Norvegiya va Daniyani bosib oldi.
Tronxeym va Narvikda harbiy bazalar barpo etilib, ularda Germaniya suv osti
flotining asosiy qo’shilmalari hamda suv usti flotining asosiy qismi jamlandi.
Bundan tashqari, Bergen va Tronxeymda harbiy-havo bazalari barpo etilib,
ularning kuchlari bilan Angliya hududini bombardimon qilish rejalashtirildi.
Germaniya
Gʻarbiy
frontda
muvaffaqiyatga
erishgach
endi
Sharqiy frontga hujum harakatlarini
boshladi
,,Barbarossa’’operatsiyasi 1941-yil 22-iyunda boshlandi. Gitlerga
ishonchsizlik kuchli bo’lgani va sovet-german biti- mi urushga tayyorlanishga
go’yoki imkon bergani uqtirilishiga qaramay, Sovet Ittifoqi g’aflatda qoldirildi.
Stalin sarosimaga tushdi. G’arbiy chegaralar mustahkam emas, Germaniya
agressiyasiga qarshi harakatlar to’g’risidagi direktivalar yaratilmagan edi.
Dastlabki ikki kundayoq ikki mingga yaqin sovet samolyotlari yerning o’zida,
motorini yurgizib ulgurmay yo’q qilindi.
Brest qal’asi, dushman qadami ortida qolganiligi holda, 1941-yil 22-iyundan
20-iyulgacha qahramonona mudofaani davom ettirdi. Mudofaaning aksariyat
qatnashchilari halok bo’ldi, faqat ayrimlarigina qurshovni yorib chiqishga erishdi.
Bu mudofaa Ikkinchi jahon urushidagi mardlik va qahramonlik timsoli bo’lib
qoldi.
RIMBERIO CO
IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA SSSR, BUYUK
BRITANIYA, AQSH DAVLATLARI OʻRTASIDA
ANTIFASHISTIK KOALITSIYA TUZILDI
Koalitsiya aʼzolari 3 marotaba
konferensiyaga to
ʻ
planishdi:
Potsdam konferensiyasi
Qrim konferensiyasi
Tehron konferensiyasi
Tehron
konferensiyasi
Tehron konferensiyasi 1943-yilning 28-noyabrdan 1-dekabrgacha bo’lib
o’tgan uch davlat rahbarlarining Tehron konferensiyasi Gitlerga qarshi
koalitsiyaning vujudga kelishida muhim qadamlardan biri bo’ldi1
. U Stalingrad
jangi va Al-Alamayn yaqinidagi jangdan so’ng, faqat harbiy emas, dunyoning
urushdan keyingi taqdiri borasidagi masalalar ham ko’ndalang turgan Ikkinchi
jahon urushida hal qiluvchi burilish yasalgan yilda bo’lib o’tdi. ,,Mamlakatlarimiz
faqat urush davomida emas, undan keyingi tinch davrda ham hamkorlik
qilishlariga ishonch bildiramiz ‘’, deb aytilgan edi uch davlat deklaratsiyasida.
,,Biz Germaniya qurolli kuchlarini tor-mor qilish rejasini kelishib oldik’‘, deb qayd
etdilar F. Ruzvelt, U. Cherchill va I. Stalin. Konferensiya 1944-yil may oyidan
kechikmay Fransiyada ikkinchi frontni ochish haqida qaror qabul qildi.
Konferensiyada Sovet Ittifoqiga Sharqiy
Prussiyaning bir qismi, shu jumladan Kenigsberg
shahrini berish haqida qaror
qabul qilindi. Boshqa qator muhim masalalar
haqida ham kelishildi. Eron urushdan
so’ng hududiy yaxlitligini saqlagan holda
mustaqil davlatga aylanishi lozim edi.
Sovet Ittifoqi Yevropada harbiy harakatlar
nihoyasiga yetganidan so’ng
Yaponiyaga qarshi urush boshlash majburiyatini
oldi.
SSSR, AQSh va Angliya o’rtasidagi hamkorlikning rivojlanishida
1945-yil
fevralda bo’lib o’tgan uch buyuk davlatlar rahbarlarining Qrim
konferensiyasi
muhim bosqich bo’ldi
. Urush nihoyasiga yetib qolgan, g’alaba yaqin edi.
Konferensiyada mag’lub Germaniya va ozod qilingan Yevropaga
nisbatanhamkorlikdagi siyosat rejalarining ishlab chiqilishi bosh masala hisoblandi.
Uch
davlat rahbarlari natsizmni, uning qurolli kuchlari, bosh shtabi, barcha idoralarini
yo’q qilish, fashistlar Germaniyasi rahbarlarini jazoga tortish, natsizmning nemis
xalqining madaniy va iqtisodiy hayotiga har qanday ta’sirini bartaraf etishga
kelishdilar.
Qrim konferensiyasi ishlab chiqilgan BMT Nizomi
loyihasini ma’qulladi va
1945-yil 25-aprelda San-Fransiskoda BMTning
Ta’sis konferensiyasini chaqirish
to’g’risida qaror qabul qildi1
. Sovet Ittifoqi o’zinig Yaponiyaga qarshi urush
boshlash niyatini tasdiqladi. Buning evaziga
Mongoliya Xalq Respublikasining
avvalgi mavqeini saqlab qolish, Sovet Ittifoqiga
Saxalinning janubiy qismi, Kuril
orollarini berish, Port-Arturdagi harbiy-dengiz
bazasini taqdim etishga qaror
qilindi.
|